Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
X, x
2
I. n inv 1. x, algebrada noma’lum son belgisi; noma’lum; 2. L‘X Politexnika instituti; un X, une X Politexnika instituti talabasi; 3. nm X (10 sonini bildiradigan rim raqami); II. adj un film classé X, un film X behayo, uyatsiz tasvirlar ko‘rsatiladigan, pornografik film. xénophile adj, n xorijliklarga, xorijiy narsalarga yaxshi munosabatda bo‘luvchi. xénophilie nf xorijliklarga nisbatan samim iy munosabat. xénophobe adj, n xorijliklarni, xorijiy narsalarni yoqtirmaydigan. xénophobie nf xorijliklarga, xorijdan kelgan narsalarga nisabatan adovat, xusumat, ularni yoqtirmaslik. xérès
nm Jerez oq vinosi (ispan). xylène
nm benzoldan olingan yoqilg‘i. xylographie nf yog‘och o‘ymakorligi. xylophone nm musiqa asbobi.
Y Y, y 1 nm fransuz alifbosining yigirma beshinchi harfi. y 2 nm inv y (algebrada ikkinchi noma’lum). y 3 I. adv 1. bu yoqqa, bu yerga, bu tomonga, beri, u yoqqa, u tomonga; j’y suis venu l’an dernier men bu yerga o‘ tgan yili kelganman; j’y vais men u yoqqa ketayapman; 2. bu yerda; shu yerda, bunda, shunda; u yerda, o‘sha yerda, o‘sha joyda, u joyda; je suis à Paris, mon frère y est aussi men Parijdaman, mening akam ham u yerda; II. pron u, bu; j’y penserai men bu haqda o‘ylab ko‘raman. yacht
nm yaxta (sportda yoki sayohat uchun ishlatiladigan kichikroq kema); yacht de course poyga yaxtasi. yachting nm yelkanli qayiq sporti. yack ou yak nm qo‘ tos, Tibet qo‘tosi. yankee nm yanki, amerikalik. yaourt nm yogurt (maxsus ferment qo‘shib uvitilgan chuchuk qatiq). yatagan nm egri qilich, shamshir, turk shamshiri. yearling nm toy, bir yoshga to‘lgan zotdor ot bolasi. yeuse nf doim yashil dub. yéti ou
yeti nm qor odam. yeux
nm pl voir œil. yé-yé
I. n ye-ye, 60-yillarda g‘arbdan kirib kelgan musiqa uslubi shinavandasi bo‘lgan yoshlar, shu uslubda kuylovchi xonanda; II. adj chanson yé-yé ye-ye uslubidagi qo‘shiq. yiddish
nm iddish, yahudiy tili. yod
nm ling yot. yoga
nm yoga (inson ruhiyati va fiziologiyasini boshqarish ta’limoti va metodi). yogi nm yoga bilan shug‘ullanuvchi. yogourt nm voir yaourt. yole nf mar yalik (ikki yoki to‘rt eshkakli qayiq). yougoslave adj yugoslaviyaliklarga va Yugoslaviyaga oid. youpin, ine nm et f yahudiy (so‘kish ma’nosida). you-you nm kichik qayiq. yo-yo nm inv io-io (o‘yin). ypérite nf iprit (tekkan yerni yara qiladigan va umuman zaharlaydigan rangsiz, moysimon gaz sifatida ishlatilgan zaharli modda). ysopet
ou isopet nm masallar to‘plami (O‘rta asrlarda).
Z Z, z nm inv fransuz alifbosining yigirma oltinchi harfi; de A à Z boshdan- oyoq, butunlay. zabre
nm sassiqqo‘ng‘iz. zakouski
nm gazak; yengil ovqat. zamier
nm bot sago palmasi. zanni
ou zani
nm masxaraboz, qiziqchi, mazaxchi (venitsian komediyasida). zanzibar ou zanzi
nm qimorning bir turi. zaouïa nf xonaqoh; madrasa, diniy maktab (Shimoliy Afrikada). zapper vi anglic televizor pulti yordamida kanallarni to‘xtovsiz o‘zgartirmoq, bir kanaldan boshqasiga o‘tmoq. zazou
n, adj stilyaga. zèbre
nm 1. zebra; loc fam courir comme un zèbre juda tez chopmoq, bor kuchi bilan yugurmoq, otkeldisiga chopmoq; 2. fam g‘alati odam. zébrer vt yo‘l-yo‘l chiziq tortmoq, yasamoq, chizmoq. zébrure nf yo‘l-yo‘l, taram-taram chiziq. zébu nm zebu, o‘rkachli buqa (Osiyo va Afrikada yashovchi o‘rkachli ho‘kizsimon hayvon). zélateur, trice n litt ashaddiy muxlis, tarafdor; g‘ayratmand. zèle
nm g‘ayrat, ishtiyoq, jahd, jon-jahd, jonbozlik, shaxt, shavq, shasht, ixlos, sa’y-harakat; travailler avec zèle g‘ayrat, shijoat bilan ishlamoq; faire du zèle zo‘r bermoq; oshiqcha xatti-harakat qilmoq. zélé, ée
adj g‘ayratli, g‘ayratmand, serg‘ayrat, shijoatli, tirishqoq, jonboz. zen
nm zen (buddizmning Yaponiyadagi sektalaridan biri). zénana
nm ichkari, haram (hind musulmonlarida uyning ayollar uchun mo‘ljallangan qismi). zend nm vieilli Zend, Zend-Avesto (Avestoning o‘rta fors tiliga qilingan tarjimasi va sharhi). zénith
nm 1. zenit (osmonning kuzatuvchi boshi ustidan ko‘ringan eng yuqori nuqtasi); 2. fig avj, cho‘qqi, eng yuqori daraja; le zénith de la gloire shuhrat cho‘qqisi. zéphyr
nm 1. poét mayin shabada, nasim, sabo; 2. yupqa va mayin ipgazlama. zeppelin nm dirijabl. zéro nm 1. nol; deux plus deux moins quatre, égale zéro ikki qo‘shuv ikkidan to‘rtni olsak nolga teng; gagner par trois buts à zéro uchu nolga yengmoq; avoir zéro sur vingt yigirmadan nol baho olmoq; 2. yo‘qlik; arzimaslik, nochorlik; il a le moral à zéro kayfiyati yo‘q; pour moi, c’est
ZÉROTAGE
ZYMOTIQUE
587 zéro buning men uchun (bir chaqalik) ahamiyati yo‘q; un zéro bo‘lmag‘ur, arzimas, nochor odam; 3. fam hech qanday, hech bir, mutlaqo, aslo; il a fait zéro faute à sa dictée u diktantida birorta ha xato qilmadi; ça m’a coûté zéro franc bu menga suvtekinga tushdi; recommencer tout à zéro hammasini boshqatdan boshlamoq; 4. nol, hisobning boshlang‘ich nuqtasi; dix degrés au-dessous de zéro minus o‘n daraja. zérotage nm biror o‘lchov asbobida nol nuqtani aniqlash (termometr). zeste
nm 1. yong‘oq mevasi ichidagi parda; 2. sitrus (limon, apelsin) mevalarining po‘chog‘ idan tayyorlangan ziravor. zêta nm zeta (grek alfavitining 6-harfi). zététique adj analyse zététique analitik uslub. zeugma ou zeugme nm zevgma. zeuzère nf zool arvohkapalak. zézaiement nm tilini chuchuklantirib gapirish. zézayer vi tilini chuchuklantirib gapirmoq (j yoki sh o‘rniga z talaffuz qilib). zibeline nf sobol, samur, suvsarning bir turi; shu hayvonning mo‘ynasi; manteau de zibeline suvsar palto. zieuter
ou zyeuter
vt fam ko‘z qirini tashlamoq, nigoh tashlamoq, qaramoq. zig
ou zigue
nm fam kimsa, nusxa, shaxs, odam; un drôle de zigue g‘alati nusxa. zigoteau ou zigoto
n kimsa, nusxa, shaxs, odam. zigouiller vt fam o‘ldirmoq. zigue nm fam voir zig. zigzag nm zigzag, siniq chiziq; egri-bugri yo‘l; marcher en zigzag gandiraklab yurmoq. zigzaguer vi egri-bugri yo‘ ldan yurmoq; gandiraklamoq. zinc
nm 1. rux; alliages de zinc ruxli qotishmalar; 2. fam peshtaxta (bar, kafe); bar, kafe; 3. fam samolyot. zincifère adj ruxli, tarkibida rux moddasi bor. zingage nm ruxlash, rux yugurtirish, rux bilan qoplash. zingaro nm lo‘li (Italiyalik). zinguer vt ruxlamoq, rux yugurtirmoq, rux bilan qoplamoq. zinjanthrope nm zinjantrop (Tanzaniyadan topilgan avstralopitek). zinnia nm sinnia (dekorativ o‘simlik, gul). zinzin I. nm narsa, allanima; II. adj inv g‘alati, esini yegan, jinni. zinzinuler vi sayramoq (chittak, tog‘chumchuq). zinzolin nm vieilli litt, adj inv qizil-siyoh rang, baqlajon rang. zip nm anglic molniya, zanjirsimon yopqich. zircon nm sirkon, sirkoniy silikat. zirconium nm chim sirkoniy. zizanie nf bot mastak, begona o‘t; fig kelishmovchilik, janjal, g‘avg‘o, nifoq, nizo, adovat; semer la zizanie nifoq solmoq, nizo urug‘ini sochmoq. zizi
1
nm sariq chumchuq. zizi 2
nm fam chuk, cho‘choq, bulbulcha. zloty
nm zloti (Polsha pul birligi). zob
nm vulg olat. zodiacal, ale, aux adj zodiakga oid, zodiak, burj; signes zodiacaux zodiak belgilari, o‘n ikki burj. zodiaque nm zodiak, burj. zoïle nm hasadgo‘y tanqidchi, hasadchi munaqqid, tuhmatchi, bo‘htonchi. zombie ou zombi nm arvoh, ruh; zombi; manqurt. zona nm méd temiratki, o‘rab oladigan temiratki, zona. zonage nm zonalashtirish, rayonlashtirish, zonalarga taqsimlash. zonal, ale, aux adj zonal, zonaga oid. zone nf 1. géog zona, mintaqa, doira; zone tempérée mo‘tadil iqlimli mintaqa; zone marécageuse botqoqzor; 2. zona, joy, makon, rayon; la zone dollar dollar amalda qo‘llaniladigan joy; poète de deuxième, de troisième zone ikkinchi darajali, o‘rtacha shoir; 3. zona, katta shaharlarning yomon sharoitda tashlab qo‘yilgan tevarak-atrof qismi; loc fam c’est la zone ahvol og‘ir, ish chatoq. zoo
nm hayvonot bog‘i, zoopark. zoogéographie nf zoogeografiya (hayvonlarning yer yuzida tarqalishini o‘rganadigan fan). zoolâtre adj, n hayvonlarga sig‘inuvchi, hayvonparast. zoolâtrie nf hayvonlarga sig‘inish, hayvonparastlik. zoologie nf zoologiya, hayvonshunos (hayvonlar olamini o‘rganadigan fan). zoologique adj zoologik, zoologiyaga, hayvonlarga oid; classification zoologique hayvonlar tasnifi, klassifikatsiyasi; jardin, parc zoologique hayvonot bog‘i. zoologiste n zoolog, zoologiya mutaxassisi. zoom
nm anglic zum, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, kattalashtirish va kichiklashtirish; kattalashtirib va kichiklashtirib beradigan obyektiv (fotoapparat). zoomer
vi kattalashtirib yoki kichiklashtirib beradigan obyektiv bilan suratga olmoq. zoomorphisme nm zoomorfizm, hayvonlarga topinish, hayvonparastlik. zoophilie nf zoofiliya. zoophobie nf ba’zi hayvonlardan qattiq qo‘rqish. zootechnicien, ienne n zootexnik, veterinar; chorvador. zootechnie nf zootexnika. zootechnique adj zootexnikaga oid. zoroastrien, ienne adj, n rel zardushtiy. zoroastrisme nm relig zardushtiylik. zozo nm fam befahm, anqov, lavang, ovsar, devona, dovdir; kimsa, nusxa, shaxs. zozoter
vi fam voire zézayer. zut
intj fam obbo, jin ursin. zyeuter
vt voir zieuter. zygoma
nm anat yonoq suyagi. zygomatique adj yonoqqa, yonoq suyagiga oid, yonoq; os zygomatique yonoq suyagi. zygote nm urug‘langan tuxum hujayra. zymotique adj achishga, bijg‘ishga oid, achish, bijg‘ish tufayli kelib chiqadigan. Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling