Institut français d’Études sur l’asie centrale


Download 18.64 Mb.

bet237/238
Sana14.02.2017
Hajmi18.64 Mb.
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   238

n voleybol o‘ynovchi, voleybolchi. 

volontaire 

I.  adj  1.  ixtiyoriy,  erkin,  ozod,  ko‘ngilli,  talabgor;  engagé 

volontaire  ko‘ngilli  askar;  2.  ataylabdan,  jo‘rttaga,  qasddan  qilingan;  mort 

volontaire  o‘z joniga  qasd qilish;  3.  irodali, qat’ iyatli, qat’iy, matonatli;  o‘jar, 

qaysar,  o‘zboshimcha;  II.  n  1.  nm  ko‘ngilli  askar;  2.  n  ko‘ngilli;  talabgor, 

xohlovchi, tolib; pas de volontaires? talabgorlar bormi? 

volontairement 

adv  ixtiyoriy  ravishda,  o‘z  xohishi,  ixtiyori  bilan, 

ko‘ngillilarcha,  erkin,  bemalol,  tortinmasdan,  tap  tortmay;  atayin,  ataylab, 

jo‘rttaga. 

volonté 


nf iroda, istak, xohish, ixtiyor, amr, azm, erk, intilish, ishtiyoq, izm, 

ra’y, rag‘bat, taqozo, tob; les gens de bonne volonté, les bonnes volontés 

yaxshi niyatli kishilar; dernières volontés so‘nggi istak, vasiyat; avoir de la 

volonté  irodali  bo‘lmoq; à volonté xohlagancha, istagancha, miriqib,  to‘yib, 

ko‘ngli  tilagancha,  tusagancha;  fam  faire  ses  quatre  volontés  ko‘ngli 

tusaganini qilmoq, hushiga nima kelsa, shuni qilmoq. 

volontiers 

adv 1. jon deb, jonu  dil bilan, bajonudil, mamnuniyat bilan;  2. 

tabiatan, odatda; 3. osongina, yengillik bilan, qiyinchiliksiz. 

volt 


nm volt (elektr kuchlanishi o‘lchov birligi). 

voltage 


nm  elektr  tarmog‘ining  kuchlanishi  (voltlar  bilan  ifodalangan); 

biror uskuna ishlashi uchun zarur bo‘ lgan elektr toki kuchlanishi miqdori. 

voltaire 

nm  suyanchig‘i  baland  va  biroz  yotib  turadigan,  chuqur  kreslo, 

oromkursi. 

voltairien,  ienne 

I.  adj  Volterona,  Volterga  xos;  II.  n  volterchi,  Volter 

maslakdoshi. 

volte 

nf  1.  sport  otning  bir  davra  aylanib  chiqishi;  2.  mar  yo‘nalishni 



o‘zgartirish. 

volte-face 

nf  inv  aylanish,  burilish;  o‘z  so‘zidan,  fikridan  qaytish,  keskin 

o‘zgarish;  faire  volte-face  turgan  joyida  aylanmoq;  birdaniga  o‘z  fikrini 

o‘zgartirmoq. 

voltige 


nf  1.  dorbozlik;  chig‘iriqda  o‘ynash,  mashqlar  ko‘rsatis h;  2. 

chavandozlik  mashqlari;  3.  uchuvchilik  san’ati,  uchuvchilar  havoda 

bajaradigan murakkab mashqlar. 

voltiger 

vi  1.  uchmoq,  parvoz  qilmoq,  parillamoq,  pirillamoq,  pirillab 

uchmoq,  qanot  qoqmoq;  havoda  aylanmoq;  hilpiramoq,  hilpillamoq, 

pirpiramoq; 2. dorbozlik qilmoq; chavandozlik mashqlarini bajarmoq; 3. fig bir 

guldan  boshqasiga  o‘ tib  yurmoq,  yalla,  taralla-bedod  qilib  yurmoq, 

yengiltaklik bilan hayot kechirmoq. 

voltigeur 

nm  1.  dorboz;  chavandoz;  mohir  uchuvchi;  2.  sigara  turi;  3. 

piyoda askar. 

voltmètre 

nm voltmetr (elektr toki kuchlanishini o‘lchaydigan asbob). 

volubile 

adj 1. gapga chechan, so‘zamol, sergap, ko‘p gapiradigan; 2. bot 

chirmashadigan; plantes volubiles chirmashadigan o‘simliklar. 

volubilis 

nm chirmoviq, pechak. 

volubilité 

nf gapga chechanlik, so‘zamollik, sergaplik; tez gapirish; parler 

avec volubilité bidirlab, labi labiga tegmay gapirmoq. 



VOLUME

 

VOYEUR



 

 

 



584 

volume 


nm  1.  tom,  jild;  2.  hajm,  sig‘im;  3.  miqdor,  salmoq,  ko‘lam, 

miqyos;  le  volume  de  la  production  ishlab  chiqarish  salmog‘i,  hajmi;  4. 

ovoz balandligi. 

volumineux,  euse 

adj hajmi katta, kattakon, salmoqli, salmoqdor, keng 

ko‘lamli, ko‘lamdor; katta, beso‘naqay, bahaybat, qo‘pol. 

volupté 

nf  1.  hirs,  shahvatparastlik,  shahvat;  2.  lazzat,  rohat,  farog‘at, 

huzur, halovat, zavq, orom, gasht. 

voluptueusement 

adv  rohat,  farog‘at  bilan,  huzur-halovat  bilan,  maza 

qilib, zavqlanib. 

voluptueux,  euse 

I.  adj  1.  vieilli  shahvatparast,  hirsli;  shahvoniy, 

shahvatli; 2. lazzatli, yoqimli, huzur bag‘ishlaydigan, rohatbaxsh,  farog‘atli; 3. 

shahvoniy  hisni,  ishtiyoqni,  hirsni  qo‘zg‘atuvchi,  hayajonlantiruvchi, 

qizdiruvchi;  II. n shahvatparast, ishratparast, shahvoniy hisga,  aysh-ishratga 

berilgan odam. 

volute 

voluta  (o‘rtasida  ko‘z  ishlangan  chulg‘amsimon  me’moriy  bezak); 



chulg‘am,  jingila,  burama  shaklidagi  narsa;  en  volute  voluta  shaklida, 

jingalak, gajak, chulg‘amsimon. 

vomer 

nm anat burun bo‘shlig‘ ining orqa qismini tashkil etuvchi suyak. 



vomi 

nm fam qusuq. 

vomir 

vt  1.  qusmoq,  qayt  qilmoq,  qaytarmoq;  avoir  envie  de  vomir 



ko‘ngli  aynimoq,  o‘qchimoq,  behuzur  bo‘lmoq;  2.  otmoq,  otib  chiqarmoq, 

burqiratmoq;  le  volcan  a  vomi  de  la  lave  vulqon  lava  otib  chiqardi;  3. 

yog‘dirmoq (la’nat, haqorat so‘zlarini); vomir des injures bo‘ralatib so‘kmoq, 

la’nat yog‘dirmoq; 4. nafratlanmoq, juda yomon ko‘rmoq, jirkanmoq. 

vomissement 

nm qusish, qayt qilish; qusuq; vomissement de sang qon 

qusish. 

vomissure 

nf qusuq. 

vomitif,  ive 

I.  adj  1.  qusdiradigan,  qusdiruvchi,  qayt  qildiradigan;  2. 

jirkanch,  nafratlantiradigan,  iflos,  qabih,  chirkin,  badbashara,  yoqimsiz, 

qo‘lansa, bemaza, ko‘ngilni aynitadigan, xunuk, murdor; II. nm qusdiradigan, 

qayt qildiradigan dori. 

vorace 

adj,  n  1.  ochko‘z,  yebto‘ymas,  sertomoq,  mechkay,  ochofat, 



badnafs,  xo‘ra,  nafsi  buzuq,  yuho,  suq;  il  a  un  appétit  vorace  ishtahasi 

karnay;  2.  fig  ishtiyoqmand,  hirsli,  tashna,  chanqoq;  3.  buzg‘unchi, 

yemiruvchi, vayron qiluvchi; agr plantes  voraces yerni ishdan chiqaradigan, 

yerning kuchini olib qo‘yadigan o‘simliklar. 

voracement 

adv  badnafslik,  mechkaylik,  ochko‘zlik,  suqlik,  ochofatlik 

bilan, suqlanib, ochko‘zlik qilib. 

voracité 

nf  1.  ochko‘zlik,  to‘ymaslik,  yeb  to‘ymaslik,  mechkaylik, 

ochofatlik, badnafslik, xo‘ralik; 2. fig ishtiyoq, havas, hirs. 

vortex 

nm uyurma, quyun, girdob, girvat, girdibod. 



votant,  ante 

n  ovoz  beruvchi,  ovoz  berishda  qatnashuvchi,  ovoz  berish 

huquqiga ega bol’gan shaxs. 

vote 


nm ovoz, ovoz berish, saylov;  vote  à  main levée  qo‘l ko‘ tarib ovoz 

berish; vote  secret yashirin ovoz  berish; droit de vote ovoz  berish huquqi; 

procéder au vote ovozga qo‘ymoq; vote de confiance ishonch bildirish. 

voter 


I.  vi  ovoz  berishda  qatnashmoq;  II.  vt  ovozga  qo‘ymoq;  ovoz 

bermoq, saylamoq, ovoz berish yo‘li bilan qabul qilmoq. 

votif, ive 

adj relig nazr-niyoz qilib, atab berilgan, nazr qilingan. 

votre, 

pl 


vos 

adj  poss  sizning,  o‘z,  o‘zingizning,  sizlarning;  Votre 

Excellence Siz janobi oliylari. 

vôtre 


pron  poss,  n  le  vôtre,  la  vôtre,  les  vôtres  sizniki,  o‘zingizniki, 

sizlarniki; les vôtres siznikilar, do‘stu yorlaringiz, qarindosh-urug‘laringiz. 

vouer 

I. vt 1. bag‘ishlamoq, atamoq, nazr qilmoq, niyat qilmoq; vouer son 



enfant  à  un  saint  bolasini  biror  avliyoga  nazr  qilmoq;  2.  tantanali  va’da 

bermoq;  3.  duchor,  mahkum  qilmoq;  un  bâtiment  voué  à  la  démolition 

buzib  tashlash  ko‘zda  tutilgan  bino;  II.  se  vouer  vpr  o‘zini  bag‘ishlamoq, 

berilmoq;  homme  qui  se  voue  au  théâtre  o‘zini  teatrga  baxshida  etgan 

inson. 

vouloir


1

 

vt  1.  istamoq,  xohlamoq,  tusamoq,  ixtiyor,  azm  etmoq,  rag‘bat 



qilmoq;  arrangez-vous  comme  vous  voulez  bilganingizni  qiling;  sans  le 

vouloir beixtiyor, g‘ayri  ixtiyoriy,  ga’yrishuuriy ravishda; vouloir du bien, du 

mal à qqn yaxshilik, yomonlik  tilamoq; que tu le veuilles ou non sen shuni 

istaysanmi,  yo‘qmi,  baribir;  vouloir  dire  ifoda  etmoq,  bildirmoq;  voulez-

vous!  bas!  2.  talab  qilmoq,  so‘ramoq,  buyurmoq;  la  loi  veut  qonun  talab 

qiladi;  3.  rozilik  bermoq,  rozi  bo‘lmoq,  ruxsat  bermoq;  je  veux  bien  men 

roziman;  voulez-vous!  ovozingizni  o‘chirasizmi  yo  yo‘qmi?  4.  marhamat 

qilmoq,  lozim  topmoq,  iltifot  ko‘rsatmoq;  veuillez  marhamat  qilib,  iltifot 

ko‘rsatsangiz; vous voudrez bien m’excuser aybga buyurmaysiz, uzr; 5. en 

vouloir  à qqn  jahli chiqmoq,  birovdan xafa  bo‘lmoq, g‘azablanmoq; birovga 

sovuq  munosabatda  bo‘lmoq,  kek  saqlamoq;  en  vouloir  à  qqch  botinmoq, 

ko‘z  olaytirmoq,  qasd  qilmoq;  hasad  qilmoq,  suqlanmoq;  II.  se  vouloir  vpr 

istamoq,  tilamoq;  s’en  vouloir  de  tavba  qilmoq,  pushaymon  bo‘lmoq, 

afsuslanmoq. 

vouloir

2

 



nm  iroda,  istak,  tilak,  xohish,  ixtiyor,  mayl,  azm,  ishtiyoq,  ra’y, 

rag‘bat;  bon,  mauvais  vouloir  yaxshi,  yomon  niyat;  avec  tout  mon  bon 

vouloir chin dildan, chin ko‘ngildan. 

voulu,  ée 

adj  kerakli,  zarur,  istalgan,  ixtiyoriy,  maqbul,  matlub;  c’est 

voulu bu atayin, jo‘rttaga, qasddan qilingan. 

vous 

pron  pers  1.  siz,  sizlar  (ikkinchi  shaxs  ko‘plik  olmoshi);  que  Dieu 



vous aide Xudo sizga quvvat bersin; dire vous à qqn sizlamoq, sizsiramoq; 

si j’étais vous sizning o‘rningizda bo‘lganimda; s’il vous plaît marhamat; 2. 

olmoshli fe’llarda: vous vous lavez siz yuvinyapsiz. 

voussure 

nf  archit  1.  gumbaz,  toq,  ravoq  kabilarning  egilgan,  bukilgan 

joyi; 2. eshik, deraza tepasiga o‘rnatilgan toq. 

voûte 

nf  1.  gumbaz,  qubba;  egilgan,  bukilgan  joy;  en  voûte 



gumbazsimon,  gumbaz  shaklidagi;  voûte  céleste  osmon,  osmon  gumbazi; 

2. anat voûte palatine qattiq tanglay. 

voûté, ée 

adj 1. gumbazli, qubbali;  gumbazsimon, qubbasimon;  2. bukik, 

bukri,  egri, egilgan,  bukilgan,  bukchaygan, yelkasi chiqqan; une vieille très 

voûtée ikki bukilgan kampir. 

voûter 

I.  vt  1.  gumbaz  bilan  yopmoq,  gumbaz  o‘rnatmoq;  2.  egmoq, 



bukmoq,  qiyshaytirmoq;  l’âge  l’a  voûté  yillar  uning  qaddini  bukdi;  II.  se 

voûter vpr egilmoq, bukilmoq,  bukchaymoq;  il s’est voûté  avec l’âge qarib 

bukchayib qoldi. 

vouvoiement 

nm sizsirash, sizlab gaplashish, sizlashish. 

vouvoyer 

vt sizlab, sizsirab gapirmoq, sizlashmoq, sizsiramoq. 

vox populi 

nm inv litt jamoat fikri, xalq ovozi. 

voyage 


nm 1. sayohat, safar, sayr, yo‘l;  récit de voyage sayohatnoma; 

entreprendre,  faire  un  voyage,  être  en  voyage  sayohat  qilmoq,  safarga 

chiqmoq; bon voyage oq yo‘l, safaringiz bexatar bo‘lsin, yo‘l bo‘lsin; faire le 

grand voyage narigi dunyoga safar qilmoq, olamdan o‘tmoq; 2. qatnash; un 

seul  voyage  suffira  pour  transporter  ces  meubles  bu  mebellarni  bir 

qatnashda tashiymiz; 3. fig kayf (narkotik moddalar ta’sirida). 

voyager 

vi  1.  sayohat,  sayr  qilmoq,  safar  etmoq,  sayyohlik  qilmoq, 

yurmoq, kezmoq; voyager à pied yayov kezmoq; 2. tashilmoq, olib borilmoq; 

fruit  qui  s’abîme  en  voyageant  tashishga  noqulay  meva,  tez  buziladigan, 

uzoqqa olib borish o‘ng‘aysiz bo‘lgan meva. 

voyageur,  euse 

I.  adj  kezib  yuruvchi,  sayohat  qilib  yuruvchi, 

jahongashta,  sayyor;  uchib  o‘ tadigan,  ko‘chmanchi;  pigeon  voyageur  xat 

tashuvchi kaptar; II.  n 1. sayohatchi, sayyoh,  turist; musofir, jahongashta; 2. 

yo‘lovchi, passajir. 

voyant,  ante 

I.  adj  1.  ko‘ra  oladigan,  ko‘ruvchi,  ko‘zli,  ko‘zi  ochiq;  2. 

ko‘zga  tashlanadigan,  ko‘rinadigan,  o‘ziga  tortadigan,  chaqnoq,  ravshan, 

ko‘zni  oladigan;  toilette  voyante  ko‘zni  oladigan  pardoz;  II.  n  1.  vx 

payg‘ambar;  2.  oldindan  ko‘ruvchi,  oldinda  biluvchi,  bashorat  qiluvchi  kishi, 

bashoratchi;  folbin;  3.  ko‘ra  oladigan,  ko‘ruvchi,  ko‘zi  ochiq  odam;  4.  nm 

yorug‘lik signali, chiroqli signal (turli asbob-uskunalarda); voyant d’essence 

yoqilg‘i  tugayotganida  ogohlantiruvchi  chiroq  (mashinalarda);  5.  nm  vizir 

(géodeziyada);  3.  nm  ba’zi  asboblar  ichini  ko‘rish  uchun  o‘rnatilgan  shisha 

qism. 


voyelle 

nf  unli  tovush;  unli  harf;  voyelles  antérieures,  postérieures  til 

oldi, til orqa unlilari. 

voyer 


nm vx yo‘l nazoratchisi, noziri. 

voyeur, euse 

n 1. vieilli tomoshabin, tekin tomoshalarni xush ko‘ruvchi; 2. 

panada turib, yashiringan holda shahvoniy sahnalarni kuzatish ishqibozi. 



VOYOU

 

WAHHABITE



 

 

 



585 

voyou 


nm,  adj  1.  bezori,  yaramas,  o‘g‘ri;  to‘polonchi,  sho‘x,  shum, 

xumpar,  bebosh;  petit  voyou  shum taka;  2.  firibgar,  tovlamachi,  qallob, 

muttaham, razil, qabih, yaramas, ablah, nobakor, pastkash. 

vrac  (en) 

loc adv  1.  ustma-ust,  qalashtirib,  ayqash-uyqash, pala-partish, 

betartib  holda,  aralash-quralash;  2.  kilolab,  o‘lchab,  qadoqlanmagan  holda; 

acheter du thé en vrac kiloli choy olmoq. 

vrai, vraie 

I. adj 1. rost,  to‘g‘ri, aniq, durust, chin, haqiqiy, haqqoniy, haq, 

barhaq,  bexato;  n’est-il  pas  vrai?  shunday  emasmi?  fam  c’est  pas  vrai! 

bo‘lishi  mumkin  emas!  behazil!  bunisi  endi  oshiqcha,  chidab  bo‘lmaydi;  2. 

otdan  oldin  kelganda:  asl,  haqiqiy,  chin,  chinakam;  de  vraies  perles  asl 

marvarid; 3.  otdan  oldin kelganda:  o‘ taketgan, borib  turgan, uchiga chiqqan, 

g‘oyat; une  vraie  crapule uchiga chiqqan  tovlamachi;  loc  fam vrai de vrai 

chippa-chin;  4.  vieilli  to‘g‘riso‘z,  rostgo‘y,  haqiqatgo‘y,  samimiy;  II.  nm 

haqiqat,  haqqoniyat,  rostlik,  to‘g‘rilik;  vous  êtes  dans  le  vrai  siz  haqsiz;  à 

dire le  vrai, à dire vrai, à  vrai dire rostini  aytganda, gapning po‘stkallasini 

aytganda,  aslini  olganda;  au  vrai  haqiqatan,  darhaqiqat,  darvoqe;  loc  fam 

pour  de  vrai  haqiqatan,  rostdan  ham,  haqiqatdan  ham,  chindan  ham;  III. 

adv haqiqatan, chindan, chini bilan; jouer vrai haqqoniy o‘ynamoq. 

vraiment 

adv  haqiqatan,  haqiqatda,  chindan,  rostdan,  haqiqatdan  ham, 

chindan ham, aslida, shubhasiz, albatta,  to‘g‘risi, rosti, gapning po‘stkallasini 

aytganda;  vraiment?  nahot,  rostdanmi,  chini  bilanmi,  rostdanmi,  yo‘g‘-ey, 

yopiray; pas vraiment unchalik emas, u darajada emas. 

vraisemblable 

adj  haqiqatnamo,  haqiqatga  o‘xshagan,  maqbul,  qabul 

qilsa  bo‘ladigan,  ehtimol,  yuz  berishi,  ro‘yobga  chiqishi,  amalga  oshishi 

mumkin bo‘lgan, bo‘lishi ehtimol tutilgan. 

vraisemblablement 

adv balki, ehtimol, chamasi, aftidan. 

vraisemblance 

nf  ehtimollik,  ehtimol,  haqiqatnamolik,  haqiqatga 

o‘xshaganlik; selon toute vraisemblance shubhasiz. 

vrille 

nf 1. parma, dastparma; 2.  jingalak, gajak, chirmoviq (o‘simliklarda); 



vrille  de  la  vigne  tok  gajagi;  3.  spiral,  parmasimon,  purjinasimon,  burama 

chiziq; escalier en vrille burama, aylanma zina; 4. samolyotning buralib, o‘z 

atrofida aylanib sho‘ng‘shi (halokat tufayli yoki havo mashqlari paytida). 

vriller 


I.  vt  parmalamoq,  parmalab  teshmoq;  fig  zirqiratmoq,  sirqirab 

og‘ritmoq; II. vi 1. o‘rilmoq,  eshilmoq, chiyralmoq; buralmoq, o‘ralmoq;  2. av 

buralib, o‘z atrofida aylanib sho‘ng‘imoq, ko‘tarilmoq (samolyot). 

vrombir 


vi 

varillamoq, 

varanglamoq, 

tarillamoq, 

g‘uvillamoq, 

g‘o‘ng‘illamoq,  g‘ ing‘illamoq,  vizillamoq,  guvillamoq,  guldiramoq;  le  moteur 

vrombit motor varillayapti. 

vrombissant,  ante 

adj  varillayotgan,  varanglayotgan,  tarillayotgan, 

g‘uvillayotgan,  g‘o‘ng‘illayotgan,  g‘ing‘ illayotgan,  vizillayotgan,  guvillayotgan, 

guldirayotgan. 

vrombissement 

nm  varillash,  varanglash,  tarillash,  g‘uvillash, 

g‘o‘ng‘illash, g‘ing‘illash, vizillash, guvillash, guldirash; le vrombissement du 

moteur motorning guvillashi, tarillashi. 

vroum 


intj  varang,  var-r-r,  tar-r-r,  g‘o‘ng,  g‘o‘ng-g‘o‘ng  (tezligini  

oshirayotgan motor shovqini). 

vs 

prép abrév voir versus. 



vu

1

,  vue 



I.  adj  ko‘ringan,  ko‘rilgan;  c’est  bien  vu?,  fam  vu? 

tushunarlimi?; II. nm ko‘rish, qarash, nigoh; au vu, sur le vu de ko‘rib, ko‘rib 

chiqib;  au  vu  et  au  su  de  tout  le  monde  ochiqchasiga,  oshkora, 

hammaning ko‘z oldida, el nazarida, yashirmasdan. 

vu

2

 



prép  e’tiborga,  inobatga,  nazarga  olgan  holda,  nazarda  tutib,  kelib 

chiqib; sababli, sababdan, bois, tufayli; vu les circonstances, il vaut mieux 

attendre un peu vaziyatdan kelib chiqib, biroz kutib turgan ma’qul. 

vue 


nf 1. ko‘rish; ko‘z; nazar, nigoh, qarash;  avoir une bonne vue ko‘zi 

o‘tkir  bo‘lmoq,  yaxshi  ko‘rmoq;  troubles  de  la  vue  ko‘z  nuqsonlari,  ko‘rish 

bilan bog‘liq ko‘z kasalliklari; vue basse, courte yaqindan ko‘rish,  uzoqdan 

ko‘rolmaslik;  jeter,  porter  la  vue  sur  ko‘z  tashlamoq,  qaramoq;  perdre  la 

vue  ko‘zdan  qolmoq,  ko‘r  bo‘lib  qolmoq;  rendre  la  vue  à  qqn  ko‘rish 

qobiliyatini tiklamoq, qaytadan ko‘radigan qilmoq (jarrohlik yo‘li bilan); perdre 

de  vue  ko‘zdan  uzoqlashmoq,  ko‘rinmay  qolmoq,  ko‘zdan  qochirmoq;  à 

perte de vue ko‘z qamrab olguncha; à portée de  sa  vue ko‘z o‘ngida, ko‘z 

tushadigan joyda; à première vue bir qarashda, ko‘rishda; je le connais de 

vue  bu  odam  menga  ko‘z  tanish;  dessin  à  vue  xomaki  rasm;  à  vue  d’œil 

ko‘z o‘ngida, ko‘z oldida; en  mettre plein la vue à qqn esankiratib qo‘ymoq, 

lol  qoldirmoq,  hayratda  qoldirmoq,  hayron  qoldirmoq,  g‘oyat  zavqlantirmoq, 

maftun qilmoq, qoyil qoldirmoq; avoir qqch en vue nazarda, ko‘zda  tutm oq, 

e’tiborga  olmoq;  2.  ko‘rinish,  manzara;  en  vue  ko‘rinishidan,  tashqarisidan, 

rangidan;  un  personnage  en  vue  atoqli,  ko‘zga  ko‘ringan  odam;  3.  tasvir, 

rasm, surat;  4. qarash,  tasavvur, nazar,  nuqtai  nazar; échange de vues  fikr 

almashish; 5. maqsad,  niyat, o‘y, qasd, ahd; reja, mo‘ ljal;  g‘araz; en vue de 

uchun, maqsadida, niyatida, qasdida; avoir des  vues sur qqn ko‘z tutm oq, 

umid bog‘lamoq, mo‘ljallamoq; avoir des vues sur qqch ko‘z olaytirmoq. 

vulcanisation 

nf vulkanizatsiya, kauchukni rezinkaga aylantirish. 

vulcaniser 

vt vulkanizatsiya qilmoq. 

vulcanologie 

nf voir volcanologie. 

vulgaire 

I.  adj  1.  oddiy,  sodda,  o‘rtacha,  o‘rta-miyona,  ko‘zga 

tushmaydigan,  xashaki,  chakana,  do‘lvar,  to‘pori,  go‘l;  basit;  odatdagi, 

kundalik;  mahalliy,  jaydari;  le  coton  vulgaire  jaydari  paxta;  2.  ling  keng 

tarqalgan,  sodda,  og‘zaki,  soddalashtirilgan;  latin  vulgaire  og‘zaki  lotin  tili, 

avom  tili;  nom  vulgaire  d’une  plante  biror  o‘simlikning  xalq  tilida 

nomlanishi;  3.  péj  vulgar,  odobdan  tashqari,  beadab,  nazokatsiz,  qo‘pol, 

dag‘al, koski;  mot vulgaire  qo‘pol,  odobdan  tashqari, uyatsiz so‘z; 4.  otdan 

oldin kelganda: allaqanday, qandaydir; II. nm 1. vieilli avom, omma, xaloyiq; 

2. oddiylik, soddalik;  qo‘pollik, qo‘rslik, dag‘allik; beo‘xshovlik,  beso‘naqaylik; 

3. so‘zlashuv tili, og‘zaki til. 

vulgairement 

adv  1.  litt  vieilli  odatda,  so‘zlashuv  tilida,  xalqona;  2.  péj  

qo‘pollik,  dag‘allik,  qo‘rslik  bilan;  oddiy,  sodda,  beo‘xshovlik,  beso‘naqaylik 

bilan, to‘porilarcha. 

vulgarisateur, trice 

n, adj ommalashtiruvchi, omma orasida  tarqatuvchi, 

yoyuvchi, soddalashtiruvchi, ilmiy-ommabop qiluvchi. 

vulgarisation 

ommalashtirish,  omma  orasida  tarqatish,  soddalashtirish, 

ilmiy-ommabop  qilish;  ouvrage  de  vulgarisation  scientifique  ilmiy-

ommabop asar. 

vulgariser 

vt  1.  ommalashtirmoq,  omma  orasida  tarqatmoq,  yoymoq, 

soddalastirmoq,  sodda  tilda  tushuntirmoq,  ommabop  qilmoq;  urfga,  odatga 

kiritmoq; 2. qo‘pollashtirmoq, dag‘allashtirmoq, ma’nosini buzmoq. 

vulgarisme 

nm vulgarizm,  dag‘al,  qo‘pol,  odobdan  tashqari, uyatsiz so‘z 

va iboralar. 

vulgarité 

nf  oddiylik,  soddalik,  go‘llik,  to‘porilik;  beadablik,  qo‘pollik, 

qo‘rslik, dag‘allik; beo‘xshovlik, beso‘naqaylik. 

vulgate 


nf relig Bibliyaning lotincha nusxasi (tarjimasi). 

vulnérabilité 

nf litt bo‘shlik, mo‘rtlik, noziklik, zaiflik. 

vulnérable 

adj darrov shikastlanadigan, bo‘sh, mo‘rt, nozik, zaif, nimjon. 

vulnéraire 

I.  adj  vx  shifobaxsh,  davo  bo‘ladigan,  dorivor,  yarani 

bitkazuvchi, jonlantiruvchi; II. nm vx yarani bitkazuvchi dori. 

vulvaire

nf bot sassiq olabuta, sho‘ra. 



vulvaire

2

 



adj ayollar tashqi jinsiy a’zosiga oid. 

vulve 


nf tashqi jinsiy a’zolar, farj (ayollar va urg‘ochi sut emizuvchilarda). 

 

 



 

 



W, w 

nm inv fransuz alifbosining yigirma uchinchi harfi. 

wagon 

nm  vagon;  wagon  de  marchandises,  wagon  à  bestiaux  tovar 



vagoni, yuk vagoni; wagon de voyageurs yo‘lovchi  tashiydigan vagon; cent 

wagons de blé yuz vagon don. 

wagon-citerne 

nm vagon-sisterna. 

wagon-lit 

nm yotib ketish uchun mo‘ljallangan vagon. 

wagonnet 

nm vagonetka. 

wagon-restaurant 

nm vagon-restoran. 

wahhabisme 

nm vahobiylik. 

wahhabite 

adj vahobiy; le Royaume wahhabite Saudiya Arabistoni. 



WALLON

 

ZÉRO



 

 

 



586 

wallon, onne 

I. adj Vallonga oid,  Vallon, valloniyalik; II. n  1. valloniyalik; 

2. nm vallon tili. 

wapiti 

nm vapiti, Kanada bug‘usi. 



wassingue 

nf pol artadigan latta, pol latta. 

water-closets 

nm inv voir W.-C. 

water-polo 

nm vaterpolo, suv polosi. 

waters 

nm pl hojatxona. 



watt 

nm vatt; mille watts ming vatt. 

W.-C. 

nm pl hojatxona, tualet. 



week-end 

nm  anglic  dam  olish  kunlari,  shanba-yakshanba,  shanba-

bozor. 

western 


nm vestern, kovboylar haqidagi film. 

wharf 


nm anglic pristan. 

whisky 


nm viski; un whisky soda gaz suvli viski. 

 

 



 

 



X, x

1

 



nm inv fransuz alifbosining yigirma to‘rtinchi harfi. 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   238


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling