Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
uchida turibdi; un jour viendra hali bir kyn keladi, bir kun kelib; je te vois venir (avec tes gros sabots) ichingdagini bilib turibman, nima o‘ylaganing ochiq-oydin ko‘rinib turibdi; 2. bormoq; yurmoq; venir à la rencontre de kutib olishga chiqmoq, qarshi olmoq, peshvoz chiqmoq; 3. sodir bo‘lmoq, ro‘y bermoq; boshlanmoq, kelib chiqmoq; l’heure est venue de réfléchir o‘ylab olish fursati yetdi; 4. o‘smoq, rivojlanmoq; 5. predlogli konstruksiyalarda: venir de olib kelinmoq, yetib kelmoq; qolmoq, tegmoq, nasib bo‘lmoq, meros bo‘lib o‘ tmoq; chiqmoq, kelib chiqmoq, yuzaga kelmoq, sodir bo‘lmoq; venir à kelmoq; bormoq, yetmoq, ko‘ tarilmoq, erishmoq, muvaffaqiyat qozonmoq; borib yetmoq; venir au monde tug‘ilmoq, dunyoga kelmoq; venir à maturité voyaga yetmoq; venir à bout uddalamoq, eplamoq, bardosh bilan yengmoq; venir à point vaqtida kelmoq; mos, loyiq kelmoq; yetilmoq; venir à ses fins, VÉNITIEN
VERDÂTRE
574 à son but maqsadiga yetishmoq, niyatini amalga oshirmoq; venir après ketidan, izidan bormoq, ergashmoq; venir en dernier lieu oxirgi o‘rinda bo‘lmoq, bormoq; venir en estafette xabar bermoq, ogohlantirmoq; à venir kelajakdagi, oldindagi, kelasi; les générations à venir kelajak avlod; en venir à la conclusion xulosa chiqarmoq, xulosaga kelmoq; en venir aux mains, aux coups bir-biriga tashlanmoq, olishib ketmoq, do‘pposlashmoq; d’où vient que, de là vient que shuning uchun, shundan kelib chiqadiki, demak; vouloir en venir à biror tomonga yoki o‘zi istagan tomonga burmoq, olib kelmoq, shama qilmoq; il faut en venir là bunga barham berish kerak; y venir biror ahvolga borib yetmoq; qaror, ahd, jazm qilmoq; venir à faire qqch bexosdan, bilmasdan, beixtiyor qilmoq; prov tout vient à point à qui sait attendre sabrning tagi sariq oltin; 6. venir de + inf (passé immédiat): je viens de me lever men endigina turdim; II. s’en venir vpr vx kelmoq. vénitien, ienne I. adj venetsiancha, Venetsiyaga oid; lanterne vénitienne qog‘oz fonarcha; II. n venetsiyalik. vent
nm 1. shamol, yel, bod, sabo; vent debout, vent contraire qarshidan esayotgan shamol; vent arrière hamroh shamol, orqadan esayotgan shamol; vent aigre, vent carabiné qattiq, achchiq shamol; vent de terre sohildan esayotgan shamol; vent du large dengizdan esayotgan shamol; vent solaire quyosh shamoli; vent force six olti balli shamol; il y a du vent, il fait du vent shamol esyapti; il n’y a pas un souffle de vent qilt etgan shamol yo‘q; avoir le vent debout shamolga qarshi yurmoq; au vent shamol yo‘nalishi bo‘yicha; shamolga qaragan, shamol tomondagi; à vent shamol yordamida harakatga keladigan; moulin à vent shamol tegirmoni; en coup de vent juda tez, shiddat bilan; aller, filer comme le vent yeldek uchmoq, yel quvmoq; quel bon vent vous amène? qanday shamol uchirdi? bon vent! oq yo‘l! to‘rt tomoning qibla, xohlagan yeringga ketaver; aller où le vent vous pousse boshi oqqan yoqqa ketmoq; aux quatre vents, à tous les vents hamma yoqda, har tarafda; des quatre vents dunyoning hamma tomonlaridan, butun dunyodan; il sent le vent yer tagida ilon qimirlasa biladi, hamma narsadan xabardor; contre vents et marées hech narsaga qaramasdan; faire du vent gerdaymoq, kekkaymoq, kerilmoq; sentir le vent du boulet xavf-xatarni sezmoq; selon le vent vaziyatga, sharoitga qarab; être dans le vent zamondan orqada qolmaslik, modada bo‘lish; le vent est à l’optimisme vaziyat yaxshi tomonga ketmoqda; 2. havo; en plein vent ochiq havoda; une plante de plein vent ochiq havoda, dalada o‘sayotgan o‘simlik; le nez au vent anqaygan, angraygan; 3. ichakdagi gazlar, yel; 4. hid (ov hayvonlarining); prendre le vent, avoir le vent hididan sezmoq, bilmoq; 5. instruments à vent puflab chalinadigan musiqa asboblari. vente nf sotuv, sotish, savdo, savdo-sotiq, sotish, o‘ tkazish; vente au comptant naqd pulga sotish; vente en gros ulgurji, ko‘ tara savdo; vente au détail chakana savdo, donalab sotish; vente aux enchères kimoshdi savdosi; vente à crédit qarzga, nasiyaga sotish; vente à la petite semaine bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan nasiyaga sotish; en vente sotiladi, sotuvdagi; mettre en vente sotuvga qo‘ymoq. venter
v impers yelmoq, esmoq (shamol); il vente shamol esyapti; loc qu’il pleuve ou qu’il vente nima bo‘lishidan qat’iy nazar, har qanday sharoitda. venteux, euse adj shamolli, shamol esadigan. ventilateur nm 1. ventilyator; 2. dam (biror narsaning yonishida havo bilan ta’minlab turadigan asbob). ventilation nf 1. shamollatish, ventilyatsiya, ventilyatsiyalash; ventilation pulmonaire o‘pkada havoning harakati, aylanishi; ventilation par aspiration havo bilan so‘rib olish, tortib olish; 2. fin taqsimlash, bo‘lish, taqsimot, taqsimlanish (pulning); 3. yo‘riqnoma, yo‘ llanma bo‘yicha taqsimlash, taqsimlanish. ventiler vt 1. shamollatmoq, havoni tozalamoq, ventilyatsiya qilmoq; 2. méd sun’iy nafas oldirish; 3. fin taqsim lamoq, bo‘ lmoq (pulni). ventouse nf 1. méd banka; appliquer, poser des ventouses à un malade bemorga banka qo‘ymoq; bruit de ventouse shalop etgan ovoz, sas; 2. zool, bot vantuz, so‘rg‘ich; ventouses de la pieuvre ro‘dapo so‘rg‘ichlari. ventral, ale, aux adj qoringa oid, qorin; parachute ventral qoringa osiladigan parashut. ventre
nm 1. qorin, qursoq, ich, oshqozon, me’da, qorincha, to‘sh; ich, ichki qism, qa’r; prendre du ventre qorin qo‘ymoq, solmoq; avoir le ventre creux ochiqmoq, qorni ochqamoq; avoir le ventre plein qornini to‘ydirmoq, to‘ymoq; avoir du cœur au ventre jasur, mard, dovyurak bo‘lmoq; à plat ventre yuz tuban, muk tushib, yer tishlab, sudralib, emaklab, o‘rmalab; être à plat ventre devant qqn laganbardorlik, xushomadgo‘ylik qilmoq, yaltoqlanmoq, jilpanglamoq; courir ventre à terre bor kuchi bilan, oyog‘ini qo‘lga olib yugurmoq; il a les yeux plus grands que le ventre uning ko‘zlari yeb qo‘ygudek, uning ko‘zlari och, suq; faire mal au ventre à qqn ko‘nglini aynatmoq, ozdirmoq, jirkantirmoq; manger à ventre déboutonné haddan tashqari ko‘p ovqat yemoq, og‘zi-burnidan chiqquncha yemoq; prov ventre affamé n’a point d’oreilles och qoringa gap yuqmas; 2. qavariqlik, do‘nglik, qavariq joy, qorin (biror narsaning); kema, samolyotning qorni. ventrée
nf mo‘l-ko‘l, serob ovqat, yegulik; s’en flanquer une pleine ventrée haddan tashqari ko‘p ovqat yemoq, burnidan chiqquncha yemoq. ventricule nm anat yurak qorinchasi; miya qorinchasi; zool ventricule succenturié jig‘ildon (qushlarda). ventrière nf qorinbog‘, ayil. ventriloque adj, n labini qimirlatmasdan gapira oladigan odam. ventripotent, ente adj qorni katta, qorni chiqqan, meshqorin, qorindor. ventru, ue adj 1. qorni katta, qorni chiqqan, meshqorin, qorindor; 2. qorni yumaloq, qorindor, do‘ppaygan, dumaloq, shishgan. venu, ue I. adj kelgan, bo‘lgan, amalga oshgan, yuzaga kelgan; la phrase la mieux venue munosib, o‘ng‘ay gap; venu d’une seule pièce ularning tuprog‘i, xamiri bir joydan olingan; venu à terme vaqt-soati yetib tug‘ilgan (chaqaloq); être bien, mal venu yaxshi, yomon qabul qilinmoq, kutib olinmoq; vaqtida, bemavrid kelmoq; être mal venu de bemavrid, o‘rinsiz harakat qilmoq; II. n un nouveau venu yangi, yaqinda kelgan; le premier venu birinchi uchragan odam. venue nf 1. kelish, yetib kelish, tashrif; allées et venues borib-kelish, qatnash; 2. arbre d’une belle venue baland, tik, ravon o‘sgan daraxt; tout d’une venue to‘g‘ri, ravon. vénus nf 1. go‘zal, barno ayol; 2. Venera, go‘zallik ma’budasi tasvirlangan san’at asari, haykal. vêpres
nf pl kechki ibodat (nasroniylarda). ver
nm qurt; chuvalchang; lichinka; gijja; ver de terre chuvalchang, yomg‘ir chuvalchangi; ver à soie ipak qurti; ver blanc may qo‘ng‘izi lichinkasi, buzoqboshi; ver luisant yonar qurt; ver solitaire soltiyor, lentasimon gijja; nu comme un ver qip-yalang‘och; loc fig tirer les vers du nez à qqn o‘smoqchilab bilib olmoq, gapirtirmoq; fam tuer le ver och qoringa bir piyola ichmoq (aroq). véracité nf rostgo‘ylik; haqqoniylik, haqqoniyat, rostlik, to‘g‘rilik; aniqlik, ishonchlilik. véranda
nf veranda, ayvon. verbal, ale, aux adj 1. og‘zaki, dahanaki; so‘zli, so‘z bilan, so‘zga oid, so‘z bilan ifodalangan; ordre verbal og‘zaki buyruq; 2. gram fe’lga oid, fe’lli, fe’ldan yasalgan. verbalement adv og‘zaki, so‘z bilan, dahanaki. verbalisation nf protokol tuzish, qaror yozish; psychol og‘zaki ifoda etish. verbaliser I. vi qaror yozmoq, protokol tuzmoq; II. vi, vt psychol so‘z bilan ifodalamoq, bayon etm oq. verbalisme nm mahmadonagarchilik, safsatabozlik, quruq gap talashish. verbe nm 1. gram fe’l; verbe auxiliaire yordamchi, ko‘makchi fe’l; forme nominale du verbe fe’lning noaniq shakli; 2. vx so‘z, nutq; 3. ohang, gapirish ohangi; loc avoir le verbe haut baland ovozda gapirmoq; manmanlik, kibr-havo, takabburlik bilan gapirmoq. verbeusement adv sergaplik, ezmalik bilan. verbeux, euse adj sergap, ezma, gapni cho‘zadigan, vaysaqi; cho‘zilib ketgan, uzun, uzundan-uzoq. verbiage nm mahmadonalik, gap sotish, ezmalik, safsata, safsatabozlik, vaysash. verbosité nf mahmadonalik, ko‘p gapirish, ezmalik, safsatabozlik. verdâtre adj ko‘kimtir, ko‘kish.
VERDEUR
VERROTERIE
575 verdeur
nf 1. achchiqlik, nordonlik (xom mevaning); taxirlik (yangi sharobning); 2. yoshlik g‘ayrati, shijoati; 3. betakalluflik, qo‘pollik, qo‘rslik, shartakilik (nutqda, muomalada). verdict
nm 1. dr hukm, hukmnoma, ajrim; rendre un verdict hukm chiqarmoq; verdict d’acquittement oqlov hukmi; verdict de culpabilité ayblov hukmi; 2. qaror, hukm. verdier
nm ko‘k chumchuq. verdir
I. vi ko‘k rangga kirmoq, ko‘karmoq, yashil tusga kirmoq, o‘smoq; ko‘karmoq, bo‘zarmoq, rangi o‘chmoq (qo‘rquvdan); II. vt yashilga, ko‘kka bo‘yamoq, ko‘kartirmoq. verdissant, ante adj ko‘karayotgan, yashil tusga kirayotgan, unib- o‘sayotgan. verdoiement nm ko‘karish, yashil tusga kirish (o‘simliklar). verdoyant, ante adj yashil, yam-yashil, ko‘k, ko‘m-ko‘k; ko‘karayotgan, yashil tusga kirayotgan. verdoyer vi ko‘karmoq, yashil tusga kirmoq, ko‘m-ko‘k bo‘lmoq, sabza urmoq (o‘simliklar). verdure nf 1. ko‘kat, maysa, o‘ t-o‘lan, sabza, o‘simliklar, barglar, chim; vallée noyée dans la verdure yashilga burkangan vodiy, yashil vodiy; 2. yashil, sabza rang; 3. rezavor, ko‘kat, sabzavot. véreux, euse adj 1. qurtli, qurtlagan, qurt tushgan, qurtlab ketgan; fruit véreux qurtlagan meva; 2. fig muttaham, noinsof, nokas, vijdonsiz, insofsiz, diyonatsiz, sotilgan; 3. shubhali, shubha tug‘diradigan, qorong‘i. verge nf 1. tayoq, chiviq, savag‘ich, xipchin, xivich, govron; loc donner des verges pour se faire battre, fouetter o‘z boshiga o‘zi balo orttirmoq; 2. techn o‘q, sterjen, tayoqcha (ba’zi asboblardagi tayoqsimon qism); 3. uzunlik o‘lchovi (0,914 m); 4. erkak jinsiy a’zosi, olat (odam va sut emizuvchilarda). verger
nm bog‘, mevali bog‘, mevazor, bog‘iston, ravza. vergeté, ée adj yo‘l-yo‘l, chiziq-chiziq, ola-bula, olabayroq, chiv iq. vergeture nf pl yo‘l-yo‘l, chiziq (terining haddan ortiq tortilishidan, masalan, homiladorlikdan keyin paydo bo‘ladigan chandiqsimon chiziqlar). verglacé, ée adj muz, muzlagan, muz qoplagan, to‘nglagan, yaxlagan, yaxmalak; route verglacée sirg‘anchiq, sirpanchiq, muzlagan yo‘l. verglas
nm yupqa muz qoplami, muz, yaxmalak. vergogne nf vx or, nomus, uyat, sharm, hayo; loc sans vergogne uyatsiz, surbet, behayo, bezbet, odobsiz, yuzsiz, orsiz, beor, sulloh; uyalmasdan, or-nomus qilmay, sharmandalarcha, uyat-andisha qilib o‘tirmasdan, surbetlarcha, sullohlarcha. vergue nf mar kema machtalarida yelkan bog‘lanadigan ko‘ndalang yog‘och. véridicité nf litt haqqoniylik, haqqoniyat, rostlik, to‘g‘rilik; aniqlik, ishonchlilik. véridique adj 1. litt rostgo‘y, to‘g‘riso‘z; 2. chin, rost, durust, to‘g‘ri, haqqoniy, haq, barhaq; haqiqatnamo, haqiqatga o‘xshagan. véridiquement adv rostgo‘ylik, haqqoniylik, to‘g‘riso‘zlik, aniqlik bilan. vérifiable adj tekshiriladigan, tekshirib ko‘riladigan, tekshirsa bo‘ladigan. vérificateur, trice n kontrolyor, tekshiruvchi, nazoratchi, taftishchi. vérification nf nazorat, tekshirish, tekshirib chiqish, taftish; vérification faite tekshirish natijasida. vérifier vt 1. tekshirmoq, ko‘rib chiqmoq, solishtirmoq, nazorat qilmoq, taftish etmoq, sinab ko‘rmoq; 2. tasdiqlamoq, ma’qullamoq, isbotlamoq. vérin
nm techn domkrat. vérisme
nm verizm (kundalik hayot va ijtimoiy masalalarni yoritishga yo‘naltirilgan, XIX asr oxirida paydo bo‘lgan italyan adabiy maktabi). véritable adj haqiqiy, haqqoniy, chin, to‘g‘ri, chinakam, asl, toza, voqeiy, barhaq. véritablement adv haqiqatda, haqiqatan, aslida; nahot. vérité
nf haqiqat, rostlik, to‘g‘rilik, chin, haq, haqqoniyat; parcelle de vérité haqiqat nishonasi; c’est la pure vérité bu ayni haqiqat; fausser la vérité haqiqatni buzib ko‘rsatmoq, xaspo‘shlamoq; démêler la vérité haqiqatning tagiga yetmoq; dire à qqn ses quatre vérités haqiqatni yuziga aytib tashlamoq; à dire la vérité to‘g‘risini aytganda; en vérité haqiqatan, chini bilan, darhaqiqat; à la vérité rostini aytganda. verjus nm pishmagan, xom uzumdan tayyorlangan nordon sharbat; nordon vino. verlan
nm verlan (so‘z bo‘g‘inlari o‘rnini almashtirib ishlatishga asoslangan jargon turi). vermeil 1
adj och qizil, alvon, shirmoy. vermeil
2
nm oltin suvi yugurtirilgan qizg‘ish rangdagi kumush. vermicelle nm vermishel. vermiculaire adj 1. chuvalchangsimon; appendice vermiculaire ko‘richakning chuvalchangsimon o‘sim tasi; 2.
méd mouvement vermiculaire oshqozon va ichaklarning to‘ lqinsimon kerilish yoki siqilish harakati. vermifuge I. adj gijja tushiradigan, haydaydigan; II. nm gijja haydaydigan dori. vermillon nm 1. kinovar, qizil rangli mineral, simob sulfid; 2. shu mineraldan tayyorlangan bo‘yoq; 3. oq qizil rang, alvon rang. vermine nf 1. parazit hasharotlar (burga, kana kabi); 2. jirkanch, iflos odam. vermisseau nm 1. qurt, chuvalchang; 2. uch pulga qimmat odam. vermivore adj zool qurt-qumursqa bilan oziqlanadigan. vermoulu, ue adj qurt tushgan, qurt yegan, chirik. vermoulure nf qurt tushgan, qurt yegan, qurt chaqqan joy. vermouth ou
nm vermut (aperitiv sharob turi). vernaculaire adj mahalliy, yerlik, tub; langue vernaculaire mahalliy til, lahja. verni, ie I. adj 1. loklangan, sirli, sirlangan, sirkor; silliq, yaltiroq; ongles vernis lok qo‘yilgan tirnoq; 2. omadli, omadi yurishgan, peshonasi yaltiragan; II. nm amirkon, loklangan charm. vernir
vt sirlamoq, loklamoq, lok surtmoq, silliqlamoq, yaltiratmoq. vernis
nm 1. lok, sir; vernis gras moyli lok; mettre du vernis à ongles tirnog‘iga lok qo‘ymoq; vernis du Japon lok daraxti, totim, sumax (teri oshlash uchun ishlatiladigan o‘simlik); 2. dabdaba, shukuh, jilo, sayqal, tashqi orastalik, usti yaltiroqlik; vernis d’érudition yuzaki, sayoz, yengil-yelpi bilim. vernissage nm 1. loklash, sirlash; 2. vernisaj, ko‘rgazmaning ochilishi. vernisser vt sirlamoq. vérole
nf 1. petite vérole chechak; marqué de la petite vérole cho‘tir; 2. fam zaxm, sifilis. vérolé, ée adj fam 1. zaxm bilan og‘rigan; 2. inform xatoli, xato tuzilgan; programme vérolé xatolari bo‘lgan, xato tuzilgan dastur. véronal, als nm veronal, uyqu dori. véronique nf bot itgunafsha, itbinafsha. verrat
nm agr erkak cho‘chqa (urchitish uchun ishlatiladigan, nasldor). verre
nm 1. shisha, oyna; verre dépoli xira oyna; verre fumé qoraytirilgan oyna; morceaux de verre shisha sinig‘i; porter des verres ko‘zoynak taqmoq; 2. shisha buyum, shisha; stakan, qadah, jom; shisha idish ichidagi ichimlik; spirtli ichimlik; verre de lampe chiroq shisha; verre à vitres deraza oynasi; petit verre rumka, qadah; verre gradué o‘lchovli shisha idish; lever son verre à la santé de qqn birovni sog‘ligi uchun qadah ko‘tarmoq, qadah so‘zini aytmoq, ichmoq; vider son verre qadahni bo‘shatmoq, ichmoq; prov qui casse les verres les paie o‘zing kesgan ugra osh, aynalib ich, chaynalib ich, o‘zing pishirgan oshni aynalib ham ichasan, o‘rgilib ham ichasan. verré, ée adj shisha zarrasi bilan qoplangan; papier verré jilvir qog‘oz, qum qog‘oz. verrerie nf 1. shisha zavodi; shisha, shisha buyumlar ishlab chiqarish, shisha sanoati; shisha, shisha buyumlari savdosi; 2. shisha idish, shisha mahsulotlari. verrier
nm shisha, shisha buyumlar yasovchi, shisha zavodi ishchisi; shisha idishlar sotuvchi, shisha sotuvchi. verrière nf oynavand deraza; oyna pardevor, to‘siq. verroterie nf shishadan qilingan kichik buyumlar, shisha marjon, munchoq.
VERROU
VESTIBULE
576 verrou
nm 1. tamba, lo‘kidon, surma yopqich; mettre le verrou yopmoq, berkitmoq; sous les verrous qamoqda; 2. mil zatvor (otish qurolining qulflovchi mexanizmi). verrouillage nm qulflab qo‘yish, berkitish; qurshab olish, muhosara; blokirovka. verrouiller I. vt 1. lo‘kidon bilan qulflab berkitmoq; qulflab, berkitib qo‘ymoq; yopib qo‘ymoq; verrouiller l’ordinateur kompyuterni qulflab qo‘ymoq, kompyuterga parol qo‘ymoq; 2. birovning ustidan qulflab qamab qo‘ymoq; II. se verrouiller vpr uyda qamalib olmoq, bekinib olmoq, yashirin olmoq.
verrue nf 1. so‘gal; 2. bo‘qoq (o‘simliklarda). verruqueux, euse adj so‘galli, so‘gal bosgan; so‘gal shaklidagi. vers 1
prép 1. yo‘nalishni ifodalaydi tomon, tomonga, tarafga, qarab, qarata, sari, -ga; courir vers la maison uyga, uy tomonga chopmoq; 2. vaqtni ifodalaydi tomon, taxminan, -ga yaqin; il est arrivé vers cinq heures u soat beshlarga qarab keldi; vers la fin oxiri, pirovardida, nihoyat, natijada. vers 2
nm she’r; misra; vers blanc oq she’r, qofiyasiz she’r; en vers she’rda, nazmda, she’riy uslubda yozilgan; mettre en vers she’riy shaklga keltirmoq; faire des vers she’r yozmoq, to‘qimoq. versant
nm yonbag‘ir, qiyalik, nishab. versatile adj o‘zgaruvchan, o‘zgarib, turlanib, aynib turadigan, beqaror, qikrini tez o‘zgartiradigan, og‘ma; omonat. versatilité nf o‘zgaruvchanlik, beqarorlik, fikridan tez qaytish, og‘malik, noustuvorlik. verse
nf 1. il pleut à verse yomg‘ir chelaklab quyganday yog‘moqda, yomg‘ir sharillab, shig‘ab, sharros, shiddat bilan yog‘ayotir; 2. yotib, yiqilib, engashib qolish (g‘alla ekinlari yomg‘ir, shamol, kasallik yoki boshqa ta’sirlar tufayli). versé, ée adj litt (dans qqch) bilimdon, mohir, usta, ustasi farang; xabardor. Verseau
nm astron, astrol Dalv; elle est Verseau u Dalv burjida tug‘ilgan. versement nm to‘ lash, to‘lov, badal, pul o‘ tkazish; o‘ tkazilgan to‘langan pul. verser
I. vt 1. quymoq, to‘kmoq, oqizmoq, ag‘darmoq, solmoq, sepmoq, sochmoq; yiqitm oq, yotqizib ketmoq; verser des larmes ko‘z yoshi qilmoq, to‘kmoq, yig‘lamoq; verser le sang qon to‘kmoq, o‘ldirmoq; 2. to‘ldirmoq, to‘latib solmoq; 3. to‘lamoq, topshirmoq (pul); verser des fonds mablag‘, sarmoya kiritmoq; verser une pension alimentaire aliment, nafaqa to‘lamoq; 4. qo‘shib qo‘ymoq, ilova qilmoq; verser au dossier deloga tikib qo‘ymoq; 5. ag‘darmoq, to‘ntarmoq (avtomobilni); II. vi 1. yiqilmoq, ag‘darilmoq, to‘ntarilmoq, ag‘darilib ketmoq, qulamoq; sa voiture a versé dans le fossé mashinasi chuqurga qulab ketdi; 2. yotib, yiqilib qolmoq (ekinlar); 3. verser dans berilmoq, qiziqmoq, ishqiboz bo‘lib qolmoq. verset nm band; oyat; versets du Coran Qur’on oyatlari. Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling