Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
isbotlamoq; o‘rinli, to‘g‘ri deb topmoq; justifier les dépenses xarajatlarini o‘rinli deb topmoq; 3. poligr satrni uzunligini to‘g‘rilamoq; II. vi tasdiqlamoq, tasdiq qilmoq, tasdiqlab bermoq; justifier de son identité o‘z shaxsini hujjat yordamida tasdiqlamoq; III. se justifier vpr o‘zini oqlamoq, aybsizligini isbotlamoq, haqliligini ko‘rsatmoq; se justifier d’une accusation javobgarligini o‘zidan soqit qilmoq; sa conduite ne se justifie guère uning xatti-harakatini oqlash, to‘g‘ri deb hisoblash mumkin emas; uning xatti- harakatini kechirib bo‘ lmaydi. jute
nm jut (tola beradigan o‘simlik). juteux, euse adj sersuv, shirali; poire juteuse shirali nok. juxtaposer I. vt 1. yonma-yon joylashtirilmoq, qo‘yilmoq; 2. solishtirmoq, taqqoslamoq; II. se juxtaposer vpr yonma-yon joylashmoq. juxtaposition nf 1. yonma-yon joylashish; 2. ling teng bog‘lanish.
K K, k
nm fransuz alifbosining o‘n birinchi harfi. kabbale
voir cabale. kabyle
I. adj Kabiliyaga oid; II. nm Kabiliyada gaplashiladigan berber tili. kafkaïen, ïenne adj Kafka romanlaridagi azob, qiynoqlarni esga soluvchi. Kaiser
nm Germaniya imperatori (1870-1918 yillarda). kakemono nm yapon rassomchilik san’ati (shoyi yoki qog‘ozga ishlangan). kaki 1
nm xurmo. kaki
2
adj inv mosh rang, xok rang, xokiy; des pantalons kaki mosh rang shim. kaléidoscope nm kaleydoskop. kamikaze nm kamikadze. kangourou nm zool kenguru. kaolin
nm kaolin, oqgil. karakul
ou
caracul nm qorako‘l. karaté nm karate. karting nm karting (kam litraj li kichik avtomobillar poygasi). kascher adj inv voir
casher.
kayak nm baydarka (sport qayig‘i turi). kayakiste n baydarka bilan shug‘ullanuvchi sportchi. KAZAKH
LABYRINTHE
298 kazakh
I. adj qozoqlarga va Qozog‘ istonga oid, qozoq; II. n 1. qozoq; 2. nm qozoq tili. kebab nm kabob, shashlik. kéfir nm kefir, qatiq. képi nm 1. kepi; 2. koziryokli yumshoq bosh kiyim. kermesse nf 1. yillik yarmarka va xalq sayili (Gollandiya, Belgiya va Fransiyaning shimolida); 2. xayriya bayrami (ochiq maydondagi). kérosène nm kerosin. ketchup
nm ketchup, pomidor qayla. khâgne
ou cagne
nf fam tayyorlov sinfi (pedagogika oliy o‘quv yurtiga kirish uchun). khâgneux, euse ou cagneux
adj fam pedagogika oliy o‘quv yurti tayyorlov sinfi o‘quvchisi. khalifat nm xalifalik. khalife
nm xalifa. khan
nm xon. khanat
nm xonlik. khôl, kohol nm qosh, kiprik uchun ishlatiladigan qora bo‘yoq. kibboutz nm inv kibbuts (Isroilda jamoa fermasi). kidnapper vt biror kimsani o‘g‘irlamoq (foyda undirish maqsadida); kidnapper un enfant bolani o‘g‘irlamoq. kif nm tamakiga aralashtirilgan nasha kukuni. kif-kif adj inv o‘xshash, xuddi o‘shanday, bir xil. kiki nm fam bo‘yin, tomoq, halqum. kilo nm kilo. kilogramme nm kilogramm; il pèse 60 kilogrammes u 60 kilo keladi, uning og‘irligi 60 kilo. kilométrage nm kilometraj (kilometr bilan ifodalangan masofa, uzunlik). kilomètre nm kilometr; un kilomètre carré kilometr kvadrat; de deux kilomètres ikki kilometrli; faire du cent kilomètres à l’heure soatiga yuz kilometr tezlik bilan yurmoq. kilométrer vt kilometrlab o‘lchamoq. kilométrique adj distance kilométrique kilometrdagi (kilometr bilan o‘lchangan) masofa. kilowatt nm kilovatt. kilowattheure nm kilovatt-soat. kilt nm kilt (Shotlandiyada erkaklar kiyadigan milliy yubka). kimono nm kimono. kinescope nm kineskop. kinésithérapeute n massajchi. kinésithérapie nf davolovchi massaj va davolash gimnastikasi. kiosque nm 1. kioska, do‘koncha; kiosque à journaux gazeta kioskasi; 2. un kiosque à musique orkestr estradasi (parkda). kirghiz
I. adj qirg‘izlarga va Qirg‘izistonga oid; II. n 1. qirg‘iz; 2. nm qirg‘iz tili.
kirsch nm olchadan tayyorlangan aroq. kitchenette nf oshxonacha, kichik oshxona. kiwi nm kivi mevasi. klaxon nm klakson (avtomobil, mototsikl va shu kabi larda mexanik signal turi). klaxonner vi signal bermoq, gudok chalmoq; interdit de klaxonner signal berish ma‘n etiladi; klaxonner qqn pour le doubler quvib o‘ tish haqida signal berib ogohlantirmoq. kleptomane n voir
kleptomanie nf voir
cleptomanie. knock-out ou
K.-O.
I. nm nokaut; battre par knock-out nokaut bilan g‘alaba qozonmoq; II. adj nokautga uchragan. knout
nm temir uchlik qo‘yilgan qamchi. koala
nm zool koala, xaltali ayiq. kodak
nm kodak (fotoapparat turi). kola
nm voir cola. kola
nm kola. kolkhoze nm kolxoz, jamoa xo‘jaligi. kolkhozien, ienne I. adj kolxozga oid; II. n kolxozchi, kolxoz a’zosi. komsomol I. nm komsomol; II. n komsomol a’zosi. kopeck
nm tiyin; une pièce de 2 kopecks ikki tiyinlik tanga. korrigan nm iblis, shayton, jin. kouglof
nm Elzas pirogi. koulak
nm hist quloq, o‘ziga to‘q dehqon. koumis
nm qimiz. krach
nm sinish, kasod bo‘lish, kasodlik; birjada qimmatli qog‘ozlar inqirozi, qaiymatsizlanishi. krypton nm chim kripton. kummel nm kummel, zirali aroq. kyrie ou kyrie eleison nm inv katoliklarda diniy marosimlar va tantanalar vaqtida o‘qiladigan ibodatning boshlanishidagi iltijo, o‘ tinch bilan qilingan murojaat. kyrielle nf uzun qator; ko‘p, ancha miqdor; kyrielle d’injures to‘xtovsiz haqorat. kyste nm méd kista (sariq suv olgan shish, o‘sma). kystique adj kistasimon, kistaga oid.
L L 1 , l
nm inv fransuz alifbosining o‘n ikkinchi harfi; en L L shaklidagi. l 2 abrév, nm inv 1. l litr; 2. L 50ni bildiruvchi rim raqami. la 1
art déf f la pendule de la cuisine oshxonaning osma soati. la 2 pron pers f je te la prête si tu me la rends agar sen menga uni qaytarib bersang, men senga uni berib turaman. la 3 nm inv mus lya; donner le la avec un diapason lyani keng ovozda bering. là
I. adv 1. u yerda, o‘sha yerda, o‘sha joyda, unda; ne restez pas ici, allez là-bas bu yerda turmang, u yerga boring; les faits sont là asosiy ish o‘sha yerda; fam être un peu là e’tiborli bo‘lmoq; 2. o‘sha yerda, o‘sha paytda; 3. unda, shunda, bu yerda, o‘sha yerda; tout est là hamma narsa shunda; restons-en là shu o‘rinda to‘xtaylik; nous n’en sommes pas là hali u joyga yetib kelganimiz yo‘q; II. intj shunday, yaxshi; hé là! doucement ha shunday! sekin. label
nm anglic yorliq, tamg‘a, belgi; label de garantie d’un vêtement kiyimning kafolat yorlig‘i. labeur nm litt og‘ir, mashaqqatli mehnat; zahmat; dur, pénible labeur og‘ir, mashaqqatli yumush. labial, ale, aux adj labga oid, lablangan. laboratoire nm laboratoriya; fam labo. laborieusement adv chidam, mashaqqat, qiyinchilik bilan. laborieux, ieuse adj 1. litt og‘ir, mashaqqatli, zeriktiradigan; une laborieuse entreprise mashaqqatli ish; 2. mehnatkash, zahmatkash; 3. péj mashaqatli, og‘ir. labour
nm 1. yer haydash, chopish, shudgor qilish; labour à la bêche, à la charrue yer chopish, omoch bilan yer haydash; 2. pl shudgor qilingan, haydalgan yer. labourable adj ishlovli yer, o‘zlashtirilgan yer, ekin ekiladigan yer. labourage nm yerni o‘zlashtirish; labourage d’un champ dalani haydash. labourer vt 1. yerni chopmoq, haydamoq, shudgorlamoq; labourer un champ dalani haydamoq; 2. haydalgan, ag‘darilgan, o‘yilgan yer, ishlov berilgan yer. laboureur nm yerni haydovchi, chopuvchi, shudgorlovchi. labyrinthe nm 1. labirint; chalkash yo‘ l; zinapoyalarning chalkash yo‘lagi; 2. murakkab, chiqib bo‘lmaydigan sonsiz yo‘laklar; 3. anat labirint (quloqning chig‘anoqsimon ichki qismi). LAC
LAISSER - ALLER
299 lac
nm 1. ko‘l; loc fam tomber dans le lac chippakka, puchga chiqmoq, barbod bo‘lmoq, muvaffaqiyatsizlikka uchramoq; 2. litt xalqob. laçage nm ipini, bog‘ichini bog‘lash; le laçage d’une bottine botinkaning ipini bog‘lash. lacer
vt ipini, bog‘ichini bog‘lamoq. lacérer
vt uzunasiga yirtmoq, bo‘lak-bo‘ lak qilmoq; vêtement lacéré uvada, yirtiq-yamoq bo‘lib ketgan kiyim. lacet nm 1. bog‘ich, ip; serrer, nouer un lacet de soulier tuflining bog‘ichini tortmoq, bog‘lamoq; 2. ilang-bilang, egri-bugri, ilon izi joy; les lacets d’un chemin de montagne tog‘ yo‘lining ilon izi joylari; 3. tuzoq, sirtmoq, ko‘zanak; prendre des lièvres au lacet quyonlarni sirtmoq qo‘yib tutmoq.
lâchage nm 1. qo‘yib yuborish, qo‘ldan chiqarib yuborish (biror narsani); 2. fam qo‘yib yuborish, tashlab ketish (biror kimsani). lâche
1
I. adj 1. qo‘rqoq, yuraksiz; 2. razil, qabih, yaramas, pastkash; son lâche agresseur uning qabih tajovuzkori; 3. manfur, jirkanch, razil; un lâche répentir jirkanch pushaymon; II. n qo‘rqoq, yuraksiz odam. lâche 2
adj 1. bo‘sh, salqi, bo‘sh tortilgan, tarang emas; vêtement lâche shalviragan kiyim; 2. bo‘sh, sust. lâchement adv qo‘rqoqlarcha, manfurona; ils l’ont lâchement assassiné ular uni razilona qatl qildilar. lacher
1 I. vt 1. qo‘yib yubormoq, qo‘lidan chiqarib yubormoq; fam bermoq, qo‘ldan chiqarmoq; il ne lâchera pas un sou u biror tiyinni ham qo‘ldan chiqarmaydi; 2. qo‘yib yubormoq, uchirmoq; lâcher des pigeons, un ballon pochta kaptarlarini, sharni uchirmoq; lâcher du lest yon bermoq; 3. fig lâcher la bride à qqn bo‘sh qo‘yib bermoq; fam lâcher le morceau hammasini tan olmoq; 4. demoq, aytmoq, tashlamoq, qilib qo‘ymoq; il vient de lâcher une gaffe, une bêtise, une énormité u hozir noma’qulchilik, ahmoqlik, qo‘pollik qilib qo‘ydi; 5. qo‘ymoq, solmoq, talatmoq; 6. qo‘yib yubormoq, undan ajramoq (kishini); il ne le lâche pas une minute, pas d’une semelle u undan bir daqiqa ham, bir qadam ham ajramaydi; 7. ortda qoldirmoq, o‘ tib ketm oq; il vient de lâcher le peloton u hozir peshqadam lardan o‘tib ketdi; 8. fam tashlab ketmoq, tashlab qo‘ymoq; II. vi uzilib, yechilib ketmoq; le nœud a lâché tugun yechilib ketdi. lâcheté nf 1. qo‘rqoqlik, yuraksizlik; fuir avec lâcheté qo‘rqoqlarcha qochmoq; 2. qo‘rqoqlik, yuraksizlik, irodasizlik, irodasi sustlik; 3. pastlik, pastkashlik, tubanlik, pastkashlik, palidlik, vijdonsizlik. lâcheur, euse n fam so‘zida, va’dasida turmaydigan, subutsiz, munofiq. lacis nm inv to‘r; kalava; litt un lacis de ruelles chatishib ketgan ko‘chalar. laconique adj qisqa va aniq, ixcham, lo‘nda. laconiquement adv qisqa, aniq, lo‘nda qilib; répondre laconiquement aniq-lo‘nda qilib javob bermoq. laconisme nm litt qisqa va aniqlik, lo‘ndalik; fikrni qisqa, lo‘nda ifodalash. lacrymal, ale, aux adj ko‘z yoshiga oid; glande lacrymale yosh, ko‘z yoshi bezi. lacrymogène adj ko‘zdan yosh oqizuvchi (ba’zi bir iboralarda); gaz lacrymogène, grenades lacrymogènes ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, granatalar. lacs
nm inv litt sirtmoq. lactation nf. emchakda sut hosil bo‘lishi, sut kelishi. lacté, ée adj sutga oid; sutli; voie lactée somon yo‘li. lactique adj acide lactique sut kislotasi. lacunaire adj kamchilikli, nuqsonli; documentation lacunaire kamchiligi bor hujjatlar. lacune nf kamchilik, g‘alizlik, nuqson, xato. lacustre adj ko‘l yaqinida yashovchi; plantes lacustres ko‘ lda o‘suvchi o‘simliklar. lad
nm chopqir otlar sayisi. ladre
n et adj litt xasis, ziqna, qurumsoq. lagon
nm marjon qoyalari bilan yer o‘rtasidagi kichik sho‘r ko‘l. lagune
nf sayozlik, laguna. lai
nm O‘rta asrlarda kichik lirik yoki epik she’riy doston. laïc, laïque I. n dunyoviy, dinga taalluqli bo‘lmagan kishi; II. laïque adj dunyoviy; l’enseignement laïque dunyoviy ilm larni o‘qitish; l’école laïque dunyoviy fanlarni o‘qitadigan maktab. laïcisation nf cherkovdan ajratish, dindan ajratish; laïcisation de l’enseignement ta’limni din ta’siridan ajratish. laïciser vt dindan, cherkovdan ajratmoq. laïcité nf 1. dunyoviylik; 2. dindan, cherkovdan ajralganlik; la laïcité de l’État davlatni dindan ajralganligi. laid, laide I. adj 1. xunuk, ko‘rimsiz; 2. xunuk, yoqimsiz, jirkanch; II. nm xunuklik, ko‘rimsizlik, badbasharalik. laidement adv xunukdan-xunuk qilib, xunuk. laideron, onne I.
nm xunuk, ko‘rimsiz ayol, qiz; cette fille est un laideron bu qiz ko‘rimsiz; II. adj ko‘rimsiz, xunuk. laideur nf 1. xunuklik, badbasharalik, badburushlik, beo‘xshovlik (jismoniy); 2. pastkashlik, qabihlik, ifloslik, xunuklik; 3. hayot qahatchiligi. laie
nf urg‘ochi to‘ng‘iz. lainage
nm 1. jun mato; 2. jundan to‘qilgan kiyim; prends un lainage pour sortir chiqishda jun kiyimingni olib ol. laine nf 1. jun, yung; laine brute; cardée, peignée xom; titilgan, taralgan jun; filer la laine jun yigirmoq; tissage de la laine jun to‘qish; laine des Pyrénées tivitdan qilingan matoh; 2. sun’iy tola, momiq; laine de verre shisha tola, shisha momiq. laineux, euse adj 1. yungli matoh; 2. mayin, momiqday; cheveux laineux mayin soch. lainier, ière adj junga oid, jun; l’industrie lainière jun sanoati. laïque n, adj voir laïc. laisse nf it tasmasi; laisse de cuir charm tasma; en laisse tasmada; tenir, mener un chien en laisse itni tasmada olib yurmoq. laissé(e)-pour-compte adj tashlandiq, hech kim xohlamaydigan; marchandise laissée-pour-compte xaridor rad etgan mol. laisser I. vt 1. qo‘yib bermoq, imkon bermoq, yo‘l qo‘ymoq; 2. ruxsat bermoq, ijozat bermoq, imkon bermoq, yo‘l qo‘ymoq; laisser partir qqn biror kishining ketishiga yo‘l qo‘ymoq; laisser faire qqn biror kishiga biror narsa qilishga imkon bermoq, unga harakat qilishga imkon bermoq; laisser voir son trouble o‘zining hayajonini ko‘rsatib qo‘ymoq; 3. biror narsani, kishini biror holatda tutib turmoq, qoldirmoq; laisser tranquille, laisser en paix o‘z holiga, tinch qo‘ymoq; cela me laisse indifférent mening bu bilan ishim yo‘q; 4. qo‘ymoq, shug‘ullanmaslik; laissez donc cela buni qo‘ysangizchi; to‘ldiruvchisiz; laissez, c’est moi qui paie qo‘ying, men to‘layman; 5. qoldirmoq, bermoq, imkon bermoq, yo‘l bermoq, qo‘yib bermoq; laisser les enfants à leur mère bolalarni onalariga qoldirmoq; laissez-lui le temps d’agir unga o‘ylab ko‘rishga vaqt bering; 6. bartaraf qilmaslik, qoldirmoq, o‘tkazib yubormoq; 7. ajratmoq, qoldirmoq, olmaslik; 8. laisser à qoldirmoq, olib qo‘ymoq, band qilib qo‘ymoq; laissez-nous de la place bizga joy olib qo‘ying. 9. qoldirmoq, tashlab ketm oq; ajrashmoq; elle a laissé son mari u erini tashlab ketdi; 10. qoldirmoq, yo‘qotmoq; y laisser sa (la) peau u yerda pand yemoq; liquide qui laisse un dépôt cho‘kindi qoldiradigan suyuqlik; cet accident lui a laissé une cicatrice bu falokat unda chandig‘ qoldirdi; document qui ne doit pas laisser de trace iz qoldirishi kerak bo‘lmagan hujjat; 11. bermoq, sotm oq; je vous laisse ce tapis pour mille francs, à mille francs men sizga bu gilamni ming frankka beraman; 12. meros qoldirmoq; laisser une maison à ses enfants bolalariga uyni meros qodirmoq; 13. litt qo‘ymaslik, tashlamaslik, tark etmaslik, yig‘ishtirmaslik; barham bermaslik, to‘xtatmaslik; malgré leurs disputes, elles ne laissent pas d’être amies tortishuvlariga qaramay ular do‘stliklarini tark etishmas edi; II. se laisser vpr imkon bermoq; elle s’est laissée tomber u yiqildi, qulab tushdi; elle s’est laissé injurier u o‘zini haqoratlatib qo‘ydi; se laisser mener par le bout du nez o‘zini burnidan yetalattirib qo‘ymoq; se laisser faire qildirib qo‘ymoq, qilishga imkon bermoq, qarshilik qilmaslik; fam un vin qui se laisse boire, un film qui se laisse voir yaxshi ko‘rib ichiladigan, ichishli vino, ko‘rishga arziydigan film. laisser-aller nf inv 1. beparvolik, sovuqqonlik, e’ tiborsizlik; 2. péj pala- partishlik, tartibsizlik .
LAISSEZ - PASSER LANCER
300 laissez-passer nm inv ruxsatnoma; montrez vos laissez-passer ruxsatnomangizni ko‘rsating. lait nm 1. sut; 2. sut mahsuloti; sut-qatiq; lait écrémé yog‘i, beti olingan sut; petit lait sut zardobi; loc boire du petit lait izati nafsini qondirmoq; lait condensé, concentré quyuqlashtirilgan sut; loc monter comme une soupe au lait lovullab ketmoq, qizishib ketmoq, jahli, achchig‘i chiqib ketmoq, qoni, zardasi qaynamoq; être soupe au lait qiziqqon, jahli tez, zardasi qaynoq odam bo‘lmoq; 3. o‘simlik shirasi, suti. laitage
nm sut mahsulotlari, sut-qatiq. laitance ou laite
nf baliqlarning urug‘ bezi va undagi suyuqlik. laiterie nf 1. sut zavodi; 2. vieilli sut do‘koni. laiteux, euse adj sutday, oq rangli, oppoq; lumière laiteuse oppoq yorug‘lik. laitier
1 , ière
I. n sut sotuvchi kishi; II. adj 1. vache laitière ou une laitière sut beradigan, sog‘in sigir; 2. sutga oid, sut; industrie, coopérative laitière sut sanoati, jamoasi; produits laitiers sut mahsulotlari. laitier
2
nm shlak, metall zaki, to‘pon. laiton nm jez (mis va ruh qotishmasi); fil de laiton jez sim. laitue nf shovul, salat; assaisonner une laitue salatga ziravor solmoq. laïus nm inv 1. fam nutq, so‘z; faire un laïus à la fin d’un banquet ziyofatning oxirida nutq so‘zlamoq; 2. dabdabali, balandparvoz gap, so‘z. lama
1
nm lama (Janubiy Amerika tuyasi); tissu en poil, en laine de lama lama tivitidan, junidan qilingan mato. lama
2
nm lama (Tibet va Mo‘g‘ilistonda budda dini ruhoniysi); grand lama ou dalaï-lama dalay-lama. lamaïsme nm lama ta‘ limoti (buddizmnining asosan, Tibet va Mo‘g‘ulistonda tarqalgan oqimi). lamaïste n lama ta‘limoti tarafdori, lamaga e’ tiqod qiluvchi odam. lambeau nm 1. eski-tuski, latta-putta, uvada, juldir, qiyqindi; vêtements en lambeaux uvada kiyim; 2. teri, qog‘oz parchasi; une affiche en lambeaux qog‘oz parchasiga yozilgan afisha; 3. uzuq-yuluq, chala-yarim parcha, bo‘lak, qism; des lambeaux de conversation parvenaient à mes oreilles suhbat qulog‘imga uzuq-yuluq chalinar edi. lambin, ine n, adj fam lapashang, bo‘shang, lapashang, lavang, og‘ir karvon, imillagan, imirsilagan; quel lambin, toujours le dernier! lapashang, doim oxirida qoladi! elle est un peu lambine u biroz imillagan. lambiner vi fam imillamoq, imirsilamoq, bo‘shashmoq; revenez sans lambiner! im illamay qaytib keling! lambourde nf taglik, tag to‘sin. lambrequin nm araqi, o‘yma naqsh, yog‘och, marmar araqi; tillo suvi yuritilgan araqi. lambris nm inv bezak, naqsh, ganchkor naqsh; lambris de bois, de marbre yogoch, marmar naqsh; lambris dorés tillo suvi yuritilgan bezak. lambrisser vt ganchkor naqsh solmoq (devorga); bezamoq; salon lambrissé naqshinkor mehmonxona. lame 1
nf 1. yassi yupqa qattiq jism; lames de parquet parket g‘ishtchalari; 2. tig‘, dam; lame de ciseau, de poignard, de scie pichoqning, Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling