Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
du roi Pétaud fam jinnixona; 3. sud, qasr, saroy; Cour suprême, Haute Cour Oliy sud; Cour internationale Xalqaro sud; cour d’appel apelaysion, shikoyat sudi; cour martiale harbiy tribunal, sud; tenir cour plénière kengaytirilgan majlis o‘ tkazmoq. courage nm botirlik, jasurlik, mardlik, dovyuraklik, jasorat, dadillik, qahramonlik, mardonavorlik, tetiklik, bardamlik, baquvvatlik; courage à toute épreuve jasorat, jur’at, botirlik; reprendre courage o‘zini qo‘lga olmoq, dadil bo‘lmoq; perdre courage ruxi tushmoq; prendre son courage à deux mains jur’at etmoq, jasur bo‘lmoq; avoir le courage de ses opinions o‘z fikrlarini qo‘rqmasdan bayon etmoq; avec courage mardonavor; avez-vous le courage de? jur’atingiz yetarmikan? bon courage! qo‘rqma, ruhing tushmasin, muvaffaqiyat tilayman; du courage! um idsizlanmang! courageusement dadillik bilan, qo‘rqmasdan, tortinmasdan, dadil, jasurona. courageux, euse adj jasur, botir, qo‘rqmas, dovyurak, jasoratli, jur’atli, mard, qahramon, mardonavor, qahramonona. couramment adv 1. tez, ravon, tutilmay, erkin, hur, ozod, bemalol, osongina, yengilgina; lire couramment ravon o‘qimoq, ko‘z yugirtirib chiqmoq; 2. odatda, ko‘proq, odatga ko‘ra, odatdagidek, ko‘pincha; on dit couramment que odatda, ko‘pincha shunday deydilar. courant, ante 1
adj 1. chopayotgan, yugurayotgan, yugurib ketayotgan, yuguruvchi; chien courant tozi it, tozi; écriture courante ravon yozuv; main courante qo‘l ushlagich (eskalator, zinorpoya); 2. oquvchan, oqar, oqadigan, hozirgi, shu kundagi; eau courante oqar suv, suv quvuri; 3. hozirgi, shu kundagi (yil haqida); le dix courant hozirgi (shu oyning o‘ninchisida); 4. odatdagi, oddiy, doimo bo‘lib turadigan, sodda; compte courant odatdagi hisob-kitob; langage courant og‘zaki nutq, so‘zlashuv tili; affaires courantes dolzarb ishlar; opération courante oddiy bank ishi, operasiyasi; monnaie courante muomaladagi chaqa pul; fig qabul qilingan vosita; type courant oddiy, sodda namuna; tout courant loc adv osongina, bemalol, bemashaqqat, qiynalmay, qiyinchiliksiz. courant
2
nm 1. oqim, oqish, oqib ketish, oqib o‘ tish, yo‘nalish; courant d’air havo oqim i, havo yo‘nalishi, gurillagan shamol, yelvizak; courant atmosphérique havo oqimi; courant marin dengiz oqimi; courant de marées ko‘ tarilish va pasayish oqimlari; suivre, descendre le courant oqim bo‘ylab suzmoq; remonter le courant oqimga qarshi suzmoq; qarshi turmoq, qarshi kurashmoq (ko‘chma m’noda); 2. elektr toki; courant électrique, courant continu doimiy, o‘zgarmas tok; courant alternatif o‘zgaruvchan tok; courant de haute fréquence yuqori tezlik, chastota toki; courant à haute tension yuqori kuchlanishli tok; courants tourbillonnaires uyurma tok (harakat); courants vagabonds sayyor tok; courant faradique induksion tok; courant monophasé bir fazali tok; courant triphasé uch fazali tok; établir le courant tok yubormoq; interrompre le courant tokni uzib qo‘ymoq; 3. oqim, yo‘nalish, jarayon, yurish, aylanish, ko‘chish, siljish, harakat; courant de l’histoire tarixiy jarayon; les courants d’échange mol, tovar aylanishi; courant de populations aholining ko‘chib yurishi; être au courant de xabardor bo‘lmoq, bilmoq; mettre au courant de xabardor qilmoq, bildirmoq; tenir au courant de xabardor qilib turmoq, bildirib turmoq; dans le courant de jarayonida, davomida, ichida. courante nf fam ichburug‘. courbatu, ue adj charchagan, horigan, toliqqan, horg‘in, bedarmon, holsiz.
courbature nf qaqshoq, zirqiragan og‘riq, qattiq holdan toyish. courbaturé, ée adj horg‘in, darmmonsiz, holsiz, toliqqan, charchagan. courbaturer vt zirqirab og‘rimoq, qaqshab og‘rimoq, holdan toydirmoq, charchatmoq, toliqtirmoq, iligi qurimoq, darmonsizlanmoq, holsizlanmoq. courbe
adj I. egri, qiyshiq, egilgan, bukilgan, qayrilgan; II. nf egri, qiyshiq, muyulishli yo‘l; courbe démographique demografik egri chiziq, egri chiziq; III. burulish (temir yo‘lda). courbé, ée adj I. egilgan, bukilgan, qayrilgan, bukchaygan, munkaygan; II. fig xo‘rlangan, kamsitilgan, tahqirlangan. courbement nm I. egish, bukish, qayirish; II. egrilik, qiyshiqlik, qayrilish, muyulish, notekis joy. courber
vt I. egmoq, bukmoq, qiyshaytirmoq, qayirmoq, engashtirmoq; courber l’échine belini mayishtirmoq, qaddi bukilmoq, bukchaymoq, egilmoq; II. vi egilmoq, qaddini bukmoq, bosh, bo‘yin egmoq, engashmoq, bukilmoq; se courber egilmoq, bo‘yin egmoq, ta’zim qilmoq, o‘zini kamsitmoq. courbette nf 1. kurbet, irg‘ ish (otning irg‘ib orqa oyoqlarida tikka turishi); 2. chuqur ta’zim; faire des courbettes à, devant qqn yaltoqlanmoq, xushomad qilmoq, birovga tiz cho‘kmoq. courbure nf egrilik, notekislik, qiyshiqlik. coureur, euse n 1. poygachi, chopuvchi, yuguruvchi; 2. chopar, xabarchi, xat tashuvchi, mil aloqachi; 3. chopqir, uchqir ot; 4. nm betayin, xotinboz, takasaltang; 6. nf buzuqi, suyuq oyoq, fohisha. courge
nf 1. qovoq, oshqovoq; 2. kalta fahm; courgette tomosha qovoq. courir
I. vi 1. chopmoq, yugurmoq; courir à toutes jambes oyog‘ini qo‘liga olib chopmoq, jon halvatda chopmoq, oldi-ketiga qaramay chopmoq; courir à qui mieux kim o‘zarga chopmoq; courir après quvmoq, ta‘qib etmoq; l’année qui court joriy yil; le bruit court mish-mish yuribdi; 2. courir à sa fin oxiriga yetaboshlamoq, tugab bormoq, intihosiga yaqimlashmoq; courir à sa perte halokatga qarab bormoq; o‘zini jar yoqasiga olib bormoq; II. vt 1. quvmoq, ortidan tushmoq, ta‘qib qilmoq; 2. courir les honneurs izzat talab bo‘ lmoq; 3. courir un danger xavf ostida qolmoq, falokatga yo‘liqmoq; III. il nous court u bizning jonimizga, me’damizga tegdi. courlis
nm baliqchi qush. couronne nf 1. toj, taxt, saltanat, tillaqosh; 2. gulchambar; couronne de lauriers g‘alaba gulchambaragi; abdiquer la couronne toju-taxtdan, saltanatdan voz kechmoq; 3. tishning sadaf qismi; 4. krona (pul birligi); 5. quyosh toji, gardishsimon shu‘la (astronomiyada). couronnement nm 1. monarxga toj kiydirish marosimi; 2. sovrindorga gulchambar kiydirish; 3. le couronnement de l’œuvre asarning, ishning yakunlanishi; 4. binoning qosh-qalami, bo‘g‘ot. couronner vt 1. toj kiydirmoq, taxtga o‘ tqizmoq; 2. nikoh gulchambarini kiydirmoq, sovrin bermoq, mukofotlamoq, taqdirlamoq; 3. tamomlamoq, yakunlamoq, nihoyasiga yetqazmoq, bitirmoq. courrier nm 1. xabarchi, chopar, xat tashuvchi; courrier diplomatique diplomatik pochta; courrier régulier bir yo‘nalishda harakatlanuvchi samolyot, tez yurar poyezd; 2. courrier de malheur shumxabar; 3. pochta xat-xabarlari; courrier théâtral teatr ma‘lumotnomasi. courroie nf tasma, qayish, bog‘ich; courroie de transmission harakatni uzatgich tasma; courroie de fixation mahkamlash bog‘ichi. courroucer vt g‘azablantirmoq, achchiqlantirmoq, jahlini chiqarmoq; se courroucer g‘azabdan tuklari hurpaymoq, tik bo‘lmoq, g‘azabdan ko‘zi qonga to‘ lmoq, g‘azabdan quturmoq, pishqirmoq; la mer se courrouce dengiz quturyapti.
COURROUX
COUVREUR
123 courroux nm g‘azab, nafrat, qahr, jahl, zarda; se mettre en courroux g‘azabga minmoq, jahllanmoq, darg‘aza bo‘lmoq. cours nm 1. o‘zan, oqim, yo‘nalish; cours d’eau daryo o‘zani; remonter le cours d’un fleuve daryo oqimiga qarshi suzmoq; 2. yo‘l, yo‘nalish, ish maromi, ishning borishi; être en cours amalda bo‘lmoq; en cours de paytida, mahalda, bosqichda, mobaynida, jarayonida; 3. qiymat, baho; cours du change almashlash qiymati; 4. saboq, dars, ma‘ruza, kurs; 5. qo‘llanma, darslik. course
nf 1. yugurish, poyga, chopish, yurish, siljish, o‘ tish, ko‘chish; course précipitée du temps vaqtning o‘ ta tez o‘ tishi; prendre sa course yugurib ketmoq; n’être pas dans la course zamondan orqada qolmoq; 2. topshiriq, ish, yumush, xarid; j’ai bien des courses à faire mening ancha yumushim, ishim bor; j’ai fait toutes vos course sizning hamma topshiriqlaringizni bajardim; 3. sayr, tomosha, kezish; 4. poyga, chopish, kim- o‘zdi. coursier
1 nm arg‘umoq, tulpor, poygachi ot. coursier 2 , ière n xat eltuvchi, chopar, kuryer. court
1 , courte I. adj 1. qisqa, kalta, kaltabaqay; courte vue kaltabinlik, uzoqni ko‘rabilmaslik; avoir la mémoire courte xotirasi sust bo‘lmoq, parishonxotir bo‘lmoq; II. adv qisqasi, lo‘nda qilib aytganda, kalta, yaqin; tout court sodda, oddiy qilib; appelez-moi Charles tout court meni sodda qilib Sharl deb chaqiravering; couper court og‘zini yopmoq, tovushini o‘chirmoq, gapirishdan to‘xtatib qo‘ymoq, jerkib bermoq, jim bo‘lib qolmoq. court 2
courtage nm 1. shirinkoma, vositachilik haqi; 2. dallollik, dallolchilik, vositachilik, hakamlik. court-bouillon nm baliq sho‘rva. court-circuit nm qisqa tutashuv. court-circuiter vi qisqa tutashtirmoq, noto‘g‘ri ulamoq. courtepointe nf qavima ko‘rpa. courtier, ière n dallol, vositachi; courtier d’assurance sug‘urta xodimi. courtilière nf buzoqboshi (hasharot). courtine nf 1. parda; 2. kurtina, qal’a devorining ikki burj oralig‘idagi qismi.
courtisan nm 1. saroy ahli, boyon, a’yon; courtisan de la fortune baxti, omadi yurishgan odam, peshonasi yarqiragan, baxt kulib boqqan odam, omadi olchi, xudo yarlaqagan odam; 2. fig xushomadgo‘y, laganbardor, tiz cho‘kib sajda qiluvchi. courtisane nf saroy qo‘shmachisi, yuqori tabaqalarda o‘ralashib yuradigan suyuq ayol. courtiser vt ayol ko‘nglini ovlamoq, ayol sevgisiga erishishga intilmoq, xushomad qilmoq, atrofida girdi kapalak bo‘lmoq, takalluf ko‘rsatmoq, shirin kalom bo‘lmoq. court-métrage nm qisqa metrajli film. courtois, oise adj xushmuomala, iltifotli, latofatli, shirin so‘z, kalom, tarbiyali, odobli, muhtaram, nazokatli, nozik, silliq, muloyim; littérature courtoise saroy va olijanoblikni madh etgan adabiyot. courtoisement adv odob bilan, nazokat ila, iltifot ila, lutfan. courtoisie nf odoblilik, nazokatlilik, xushmuomalalik, muloyimlik; sertakaluflik. couru, ue adj 1. noyob, nodir, favqulodda, o‘ziga jalb qiladigan, o‘ziga tortadigan; 2. fam mo‘ljallangan, nazarda tutilgan, aniq. couscous nm kus-kus (arabcha taom). cousin 1
n amakivachcha, ammavachcha, tog‘avachcha, xolavachcha. cousin
2
nm chivin. coussin nm yostiq, bolish, lo‘labolish. coussinet nm 1. yostiqcha, bolishcha; 2. rels ponasi, tagligi; 3. ishqalanishni kamaytiruvchi yostiqcha, vkladish. cousu, ue adj 1. tikilgan; fam cousu main qo‘lda tikilgan, nihoyatda nozik, qo‘l ishi; phrases mal cousues siyqasi chiqqan ibora, noma’qul gap; demeurer le bec cousu lom-mim demaslik, og‘ziga tolqon solmoq. coût
nf narx, baho, qiymat, tannarx. coûtant, ante adj prix coûtant tannarx, ishlab chiqarish narxi. couteau
nm pichoq (hamma turi); mettre le couteau sur la gorge à bo‘g‘ziga pichoq qadamoq. coutelas nm 1. dudama qilich, katta xanjar, duradgor boltasi; 2. oshpichoq. coutelier nm pichoqchi. coutellerie nf 1. pichoq ishlab chiqaruvchi korxona; 2. pichoq savdosi; 3. pichoqchilik mollari. coûter vi 1. qiymatga ega bo‘ lmoq, baholanmoq; coûter gros juda qimmat bo‘lmoq; coûter chaud o‘ ta qimmatga tushmoq; coûter les yeux de la tête nihoyatda qimmat; 2. coûter la vie hayot evaziga erishmoq, hayotini garovga qo‘ymoq. coûteusement adv qimmat, baland narxda. coûteux, euse adj qimmat, qimmatbaho, narxi baland. coutil
nm gazlama, matoh. coutume
nf 1. odat, urf, urf-odat, rasm, rasm-rusum, udum, taomil; 2. o‘rganish, odatlanish; de coutume loc adv odatiy, odatga ko‘ra, odat bo‘yicha; 3. hist hadyanoma, ayrim rasmiy hujjatlar nomi. coutumier, ière adj 1. odatiy, odat bo‘ lib qolan; droit coutumier urf- odatlar huquqi; 2. urf-odatlar qaydnomasi, odatiy huquqlar majmui. couture nf 1. tikish, kashta, tikuvchilik; maison de haute couture modalar uyi; 2. chok; bas sans coutures choksiz ayollar paypog‘i; sur toutes les coutures diqqat bilan, sinchkovlik bilan, sinchiklab, mufassal, batafsil, puxtalik bilan, tirishib, astoydil, atroflicha, miridan-sirigacha, ipidan- ignasigacha; battre à plate couture chok-chokidan titib, so‘kib yubormoq, butunlay buzib yubormoq; 3. chandiq, tirtiq, cho‘tir, bujur. couturé, ée adj chandiqli, tirtiqli. couturier nm modelyer, liboslar mutaxassisi. couturière nf 1. chevar ayol, mashinachi, tikuvchi; 2. oxirgi, asosiy repetitsiyadan oldingi repetitsiya (teatrda). couvain nm asalari yoki boshqa hasharotlar urug‘i, qurti. couvée nf bir kurk tovuq jo‘ja chiqarish uchun bosib yotgan tuxumlar; shu tuxumlardan chiqqan jo‘jalar to‘dasi. couvent
nm monastir (rohiblar yashab ibodat qiladigan joy); entrer au couvent rohib bo‘lmoq, monaxlikni, rohiblikni qabul qilmoq, monastirga bormoq. couver
vt I. 1. tuxum bosmoq, jo‘ja ochmoq; 2. vasiylik qilmoq, qaramog‘iga olmoq, murabbiylik qilmoq, g‘amxo‘rlik qilmoq; 3. yashirin reja tuzmoq; couver une vengeance qasos olishni rejalashtirmoq; II. 1. le feu couve sous le cendre kul ostidagi cho‘g‘. couvercle nm qopqoq. couvert 1
adj 1. yopiq, yopilgan, qoplangan, ustiga yozilgan, ustiga solingan, to‘shalgan, qopqog‘i yopilgan, usti yopilgan, bekilgan; 2. être bien couvert issiq kiyinmoq; rester couvert bosh kiyimda o‘ tirmoq; temps couvert bulutli kun, bulutli havo; ciel couvert bulutli osmon; couvert de honte uyatga qolgan; voix couverte par le bruit de l’orchestre orkestr shovqini bosib ketgan ovoz; parler à mots couverts imo-ishora bilan gapirmoq. couvert
2
nm 1. har bir kishi uchun dasturxonga qo‘yiladigan qoshiq, sanchqi, pichoq va idishlar majmuyi; 2. boshpana; donner le vivre et le couvert yedirib-ichirmoq va boshpana bermoq; sous le couvert de panohida, himoyasida, niqobi ostida; sous le couvert de la nuit tun qa‘rida; sous le couvert de l’amitié do‘stlik niqobi, bahonasi ostida. couverture nf I. 1. ko‘rpa, yopqich, yopinchiq; 2. muqova; 3. bino tomining yopqichi; II. 1. kafolat, ijtimoiy muhofaza. couveuse nf 1. makiyon; 2. inkubator; 3. inkubatsiya moslamasi (chala tug‘ilgan chaqaloq uchun maxsus moslama). couvre-chef nm bosh kiyim. couvre-feu nm mil tashqariga chiqmay, chiroqni yoqmay o‘ tiradigan payt, komendatlik soati. couvre-lit nm choyshab, yopqich, gul ko‘rpa. couvreur nm tom yopuvchi tunukachi.
COUVRIR
CRAYEUX
124 couvrir
vt I. 1. qoplamoq, bekitmoq, yopmoq, ustiga to‘shamoq, himoya qilmoq, to‘sib qo‘ymoq, ko‘mib tashlamoq; couvrir chaudement issiq kiyinmoq; couvrir d’éloges maqtovga ko‘mib yubormoq; couvrir de honte uyatga, nomusga qoldirmoq; 2. mil himoya qilmoq; couvrir ses flancs yon tomonlarini himoya, ihota qilmoq; 3. pana qilmoq, to‘sib turmoq, qo‘riqlamoq, yashirmoq, ihota qilmoq, saqlab qolmoq; être couvert par l’immunité parlementaire, diplomatique parlament, diplomatik daxlsizlikka ega bo‘lmoq; 4. qoplamoq, bosmoq, bosib o‘ tmoq (masofani); 5. xarajatlarni qoplamoq, to‘lamoq, to‘ldirmoq, uzmoq; 6. bosib ketmoq (tovush); 7. qochirmoq, buqaga qo‘ymoq; II. se couvrir vpr 1. bosh kiyim kiymoq; 2. himoyalanmoq, o‘zini oqlamoq; 3. burkanmoq, qozonmoq, ega bo‘lmoq, sazovor bo‘lmoq, qoplanmoq; 4. burkanmoq, qoplanmoq (ob-havo, osmon). coxal, ale adj songa oid; os coxal son suyagi. coyote nm koyot, amerika chiyabo‘risi. crabe nm qisqichbaqa. crabot ou
clabot
nm techn ikki mexanizmni ulovchi tishli uskuna. crac intj qars-qurs. crachat nm tupuk. craché, ée adj juda o‘xshash, quyib quygandek, bir tomchi suvdek o‘xshash. crachement nm 1. tupuk, tupurish, balg‘am tashlash; crachement de sang qon qusish, qon tupurish; 2. uchqun, alanga chiqarish; 3. turli qasir- qusir tovushlar, radio to‘siqlar tovushi. cracher
I. vt 1. tupurmoq, balg‘am tashlamoq, cracher du sang qon qusmoq, volcan qui crache des laves lava purkayotgan vulqon; II. vi 1. qitirlamoq; la radio crache radio qitirlayapti; 2. tupurmoq, haqorat qilmoq, kamsitmoq. cracheur, euse n tupuruvchi. crachin nm shvot, mayda izg‘ irinli yomg‘ir. crachoir nm tupukdon; loc fam tenir le crachoir tinmay gapirmoq; loc fam tenir le crachoir à qqn m iq etmay eshitmoq. crack
nm 1. poygachi otlar orasidagi sevimli qulun; 2. fam ishining ko‘zini biladigan, mohir usta, as. craie nf bo‘r, oq bo‘r; tracer à la craie bo‘r bilan chizmoq, yozmoq. craindre vt qo‘rqmoq, hayiqmoq, vahimaga tushmoq, cho‘chimoq, hurkmoq, xavfsiramoq, xavotirlanmoq, tashvishlanmoq; craindre pour sa vie hayotidan qo‘rqmoq; cela est à craindre bundan xavotirlanish lozim; se faire craindre qo‘rqitmoq. crainte
nf qo‘rqinch, vahima, dahshat, qo‘rqish, xavfsiorash, xavotirlanish, cho‘chish, hadiksirash, hadik, xavf; être saisi de crainte qo‘rquv, vahima, dahshat qamrab olmoq; de crainte de, dans la crainte de loc prép qo‘rquvdan, dahshatdan, vahimadan; loc conj de crainte que -dan qo‘rqib, qo‘rquvdan. craintif, ive adj qo‘rqoq, yuraksiz, hurkovuch, hadiksiragan, jur’atsiz, tortinchoq. craintivement adv qo‘rqoqlik, yuraksizlik bilan, hurkib, hadiksirab, jur’atsizlarcha, tortinib, tortinchoqlik bilan. cramer
I. vt tagini oldirmoq, yengilgina kuydirib yubormoq (ovqatni); sarg‘aytirmoq, yopishtirmoq (dazmol qilayotganda); II. yonib ketm oq, kuyib ketmoq, yonmoq, kuli ko‘kka sovurilmoq. cramoisi, ie I. adj to‘q qizil, malina rangi; cramoisi de colère jahldan qip- qizargan; II. nm to‘q qizil rang. crampe nf 1. tom ir tortishish, tirishish, changak, akashak bo‘ lish, talvasa, siqilish, qisilish, qisilib, qisib qolish; crampes d’estomac oshqozon sanchiqlari; il lui prit une crampe uning tomir tortishishi boshlandi; 2. band, halqa, tutqich, mahkamlagich. crampon
nm 1. temir mahkamlagich, halqa, band, changak, ilmoq, changal, ilgak, zanjir, temir panja, ilma, tugma; crampon de rail temir yo‘l katta qayrilma mixi; 2. tish, tirnoq, turum (poyabzalda); chausser les crampons futbol botinkasi kiymoq; fig futbol o‘ynamoq; 3. bot jingalak, gajak, chirmoviq o‘simliklar, yopishqoq o‘ tlar; 4. fam xira odam; quel crampon! qara! yopishib oldi! cran nm 1. kertma, kertik, o‘yilgan joy, kesik, tilingan joy, teshik, o‘yiq; cran d’arrêt to‘xtatish qirqimi; monter, baisser d’un cran fig bir zina ko‘tarilmoq, tushmoq; jusqu’au dernier cran imkon boricha, siqqanicha, limmo-lim, liq to‘la; 2. tasma, qayish, bog‘ichdagi teshiklar; serrer d’un cran qattiq siqib tortmoq, bog‘lamoq; lâcher d’un cran ozgina qo‘yib yubormoq, bo‘shatmoq; 3. fam abjirlik, o‘ tkirlik, epchillik, jasurlik, mardonalik, dadillik; avoir du cran jasur bo‘lmoq. crâne 1
bo‘lmoq. crâne
2
adj vieilli jasur, mard, mardonavor, dadil, botir, dovyurak, qaytmas, taptortmas, o‘ t, olov, sho‘x, qizg‘in, jo‘shqin. crâner
vi 1. fam maqtanmoq, kerilmoq, chiranmoq, kuchanmoq, katta gapirmoq, gerdaymoq, kekkaymoq; 2. dadil bo‘ lmoq, tutmoq, dadillanmoq, botirlanmoq. crâneur, euse fam I. adj sho‘x, abjir, chaqqon, chapanicha, chapanilarga xos, epchil, uchqur, tez, jo‘shqin; II. n maqtanchoq, kekkaygan, gerdaygan, kalondimog‘, lofchi, cho‘x odam, abjir yigit, chapani, katta og‘iz. crapaud
nm 1. cho‘lbaqa, qurbaqa; laid comme un crapaud xunukdan- xunuk; 2. keng va past suyanchig‘li o‘ tirg‘ich, kreslo; 3. olmos, qimmatbaho toshdagi kamchilik, nuqson. crapule
nf 1. razil, qabih, past odam, yaramas, ablah, nobakor, pastkash; 2. vx buzuqilik, axloqsizlik, sayoqlik, suyuqoyoqlik, fohishabozlik, fohishalik, Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling