Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
chiqaradigan, qichitadigan, asabga teguvchi, tegadigan. crisper
I. vt 1. tutqanoq tutmoq, tomir tortishib qolmoq; 2. qattiq chandib, siqib, qisib, tortib qolmoq, burishtirmoq, tirishtirmoq; crisper le visage yuzini burishtirmoq; 3. fam achchiqlantirmoq, g‘azablantirmoq, jahlini chiqarmoq; crisper les nerfs asabiga tegmoq; II. se crisper vpr 1. siqilmoq, qisilmoq, g‘uj bo‘lmoq, burishmoq, bujmaymoq, tirishmoq, tirishib tipirchilamoq; 2. bezovtalanib yopishmoq, chirmashmoq; 3. fam
achchiqlanmoq, g‘azablanmoq, achchig‘ i kelmoq. crissement nm g‘ichirlash, g‘ijirlash, g‘ichir-g‘uchur, g‘ijirlagan, g‘ichirlagan tovush, g‘ajir-g‘ujur, g‘arch-g‘urch qilish. crisser
vi 1. g‘ijirlatmoq, g‘ichirlatm oq, g‘ijirlamoq, g‘ichirlamoq, g‘archillamoq, g‘arch-g‘urch qilmoq, g‘ajir-g‘ujur qilmoq (tish bilan); 2. g‘arch- g‘urch qilmoq (oyoq tagida); 3. qarsillamoq, qasirlamoq, qasir-qusur qilmoq; 4. chirillamoq (qora chigirtka). cristal nm 1. billur; cristal de roche, cristal de montagne; tog‘ billur, shaffof kvars; poét le cristal des eaux suv oynasi; 2. billur; 3. pl fam kristal so‘da.
cristallin, ine I. adj 1. billurdek shaffof, tiniq, zilol, sof, toza, oqko‘ngil, xrustalli; voix cristalline tiniq ovoz; 2. billurli; II. nm anat ko‘z gavhari. cristallisation nf kristal, xrustal-billurga aylantirish, kristalizasiya. cristalliser I. vt 1. kristallamoq, kristalga aylantirmoq, kristal holiga keltirmoq; 2. fig aniq bir shaklga keltirmoq, shakillanmoq, shaklga kirmoq, bezatmoq, yasatmoq, rasmiylashtirmoq; II. vi qaror topmoq, shakllanmoq, shakl olmoq; III. se cristalliser vpr 1. xrustalga aylanmoq; 2. muayyan shaklga, tusga kirmoq, shakllanmoq, rasmiylashmoq, joylashmoq, rasmiy suratga kirmoq; shaklga kirmoq. critère nm mezon, o‘lchov, belgi, saralash; saralash o‘yini, saralash musobaqalari. critique
1
adj keskin, jiddiy, qat’iy, uzil-kesil, eng so‘ngi, o‘zgartirib bo‘lmaydigan, hal qiluvchi, asosiy, eng muhim; tang, qiyin, og‘ir, mushkul, tang, ishkal, xavfli, xatarli. critique 2
I. n 1. nf tanqid, tanqid qilish, tanqid ostiga olish, tanqidiy muhokama; tahlil, tahlil qilish, tekshirish; 2. tanqidchi; critique d’art san’atshunos; critique littéraire adabiyotshunos, adabiy tanqidchi; II. adj tanqidiy, tanqid ko‘zi bilan qaraydigan, tanqidiy yondashadigan. critiquer vt tanqid qilmoq; manie de critiquer tanqidbozlik, nayzabozlik, surishtirmay tanqid qilaverish. croasser vi qag‘illamoq, qarillamoq. croc
nm 1. ilgak, changak, ilmoq, changal, chak (po‘lat ilmoq), uzun dastali ilgak, changak; moustaches en croc tepaga buralgan mo‘ylov; 2. pl qoziq tishlar, so‘yloq tishlar. croc-en-jambe nm chalish, chalib yiqitish, yuborish; faire un croc-en- jambe à qqn chil solmoq, chalmoq, chalib yiqitmoq. croche-pied nm chalish, chalib yuborish. crochet nm 1. ilgakcha, changakcha, ilmoq, changalcha; être, vivre aux crochets de qqn birov hisobiga kun ko‘rmoq, kechirmoq, yashamoq; 2. tikuv, to‘quv ilgagi, ilmog‘i; faire du crochet ilmoq bilan to‘qimoq; une veste au crochet qo‘lda tikilgan kurtka, kamzul; 3. aylanma yo‘l, aylanish; faire un crochet aylanib kelmoq, aylanma yo‘l orqali kelmoq; 4. ochqich, qulf; 5. techn tishli reyka; 6. pl kvadratli qavslar; entre crochets kvadrat qavslar ichida; 7. qisqa, kalta yonbosh zarba (boksda). crochetage nm 1. ilgakcha bilan ochish; 2. sport o‘rab, chirmab olish. crocheter vt 1. ilgakcha bilan ochmoq; 2. ilmoq, ilgak, changak bilan ilintirmoq, ilib olmoq. crochu, ue adj ilmoq qilib egilgan, qayrilgan, ilmoqsimon, changaksimon; avoir les mains crochues qo‘li egri bo‘lmoq, o‘g‘rilik qilmoq, egri. crocodile nm 1. timsoh; larmes de crocodile timsoh ko‘z yoshlari; 2. timsoh terisi, charmi; en crocodile timsoh charmidan qilingan; 3. aloqa signali (izda joylashgan, temir yo‘lda). crocus nm bot za’ far (zirovor o‘simlik), shafran (olma turi). croire I. vt 1. sanamoq, hisoblamoq, o‘ylamoq, fikr qilmoq, mulohaza qilmoq, fikr yuritmoq, faraz qilmoq; il est à croire que deb hisoblamoq kerak; j’ai cru entendre sa voix uning ovozi menga eshitilganday tuyuldi; on croirait deb o‘ylash mumkin; je crois bien! albatta, men o‘ylaymanki je te crois! fam bo‘lmasa-chi, turgan gap; 2. ishonmoq, ishonchi komil bo‘lmoq, inonmoq; je le crois bien jonim bilan ishonaman; croyez cela et buvez de l’eau claire fam ishongan baxtli, baxtiyor; 3. en croire qqn, qqch ishonmoq, inonmoq, ishonib topshirmoq; à l’en croire agar bunda unga ishonsang; je n’en crois rien men bunga ishonmayman; en croire à peine ses yeux u o‘z ko‘zlariga arang, zo‘rg‘a ishonadi; s’il faut en croire les rumeurs agar mish- mishlarga ishonsang; II. vi ishonmoq, inonmoq; croire sur parole so‘ziga ishonmoq; croire à (en) -ga ishonmoq; on a peine à croire ishonib bo‘lmaydi; j’ai (de la) peine à croire men ishonolmayman; croire dur comme fer ko‘r-ko‘rona inonmoq; faire croire ishontirmoq; III. se croire vpr o‘ziga hisoblamoq; s’en croire beaucoup o‘z haqida juda yuqori fikrda bo‘lmoq. croisade nf salbchilar yurishi. croisé, ée I. adj 1. kesishgan, uchrashgan, to‘qnashgan, but, krest shaklidagi, chorrahali, kesib o‘ tgan, chaparasta; mots croisés krassvord; rimes croisées qator oralab keladigan qofiya; feu croisé chorsuli yong‘in (o‘t, olov); veston croisé ikki qator tugmali kostum; étoffe croisée sarja bir xil astarbop gazlama; sangs croisés qon almashish, aylanishi; demeurer les bras croisés qo‘l qovushtirib o‘ tirmoq; 2. chatishgan, duragay, aralashgan; race croisée chatishgan, duragay; II. nm 1. salib yurishlari ishtirokchisi, qatnashchisi; 2. sport oyog‘ini chalkashtirib; croisé arrière orqa oyoqlari; croisé avant oldingi oyoqlari; 3. sarja to‘qishi (tekstilda). croisée
nf 1. deraza romi (shishasi bor), uchrashgan, to‘qnashgan deraza qoplamasi; 2. uchrashish, kesishish (yo‘lda, sayohatda); 3. chorraha yo‘l; croisée des chemins yo‘l kesishishi, chorraha, chorsu. croisement nm 1. yo‘llar kesishishgan joy, chorraha, kesishish, to‘qish (to‘qilish usuli, tarzi), to‘qnashish, uchrashish; poyezdni bir yo‘ldan boshqa yo‘lga o‘ tkazib yuboradigan joy; 2. biol chatishish, chatishuv, chatishtirish; 3. yurib ketayotib uchrashish, uchrashuv, to‘qnashish, to‘g‘ri, duch kelish. croiser I. vt 1. qovushtirmoq, chalishtirmoq, kesishtirmoq, ustma-us t taxlamoq, qo‘ymoq, yig‘ib qo‘ymoq; croiser son châle ro‘molini bog‘lamoq; croiser les jambes oyoqlarini chalishtirmoq; croiser les bras qo‘l qovushtirmoq; fig hech narsa qilmay o‘ tirmoq; croiser l’épée, les épées, le fer qilichlarni kesishtirmoq, qilichlashmoq; croiser les feux kesishtirib o‘ t ochmoq, qarshi otishmoq; 2. biol chatishtirmoq; 3. kesib o‘ tmoq; 4. chizib- chizib tashlamoq, o‘chirib tashlamoq; 5. tugmalarini qadamoq, o‘ tkazmoq; croiser son veston pidjak tugmalarini yaxshilab qadamoq, o‘ tkazmoq; croiser les persiennes darpardani yopmoq; 6. uchrashmoq, to‘qnash, duch kelib qolmoq; croiser qqn dans la rue ko‘chada uchrashib qolmoq; II. vi mar qatnamoq, suzib yurmoq; III. se croiser vpr 1. uchrashmoq, qarama-qarshi, duch, to‘qnash kelib qolmoq, to‘qnashmoq; 2. hist salibchi bo‘lmoq, salibchilar yurishiga bormoq, jo‘namoq; 3. birlashmoq, qo‘shilmoq, qovushmoq, jinsiy aloqada bo‘lmoq. croiseur nm kema, tezyurar katta harbiy kema, kreyser; croiseur de bataille urush kemasi. croisière nf 1. mar suzib yurish, dengizda soqchilik qilish; en croisière soqchilikda; vitesse de croisière kema tezligi; 2. dengiz, havo sayohati, kruiz, kezib yurish; 3. kesishish, chorraha, to‘qnash, duch kelib qolish, yo‘l kesishgan joy. croisillon nm 1. romning bir-biri bilan kesishgan joyi; 2. temir yo‘lda poyezdni boshqa yo‘lga o‘tkazib yuborgich, o‘ tkazgich. croissance nf o‘sish, ulg‘ayish, yuksalish, rivojlanish, taraqqiy etish, yiriklashish, oshish; crise de croissance, mal de croissance xastalikning kuchayishi. croissant 1 , ante adj o‘sayotgan, ulg‘ayayotgan, yuksalayotgan, rivojlanayotgan, oshib borayotgan, yiriklashayotgan, taraqqiy etayotgan. CROISSANT
CRUCIFÈRE
128 croissant 2
chiniqtirish, pishitish, pishish, emizik, so‘rg‘ich, choxsimon bulochka (non); 3. egik, o‘roqsimon pichoq. croître vi 1. o‘smoq, rivojlanmoq, katta bo‘lmoq, unmoq, ko‘karmoq; 2. ulg‘aymoq, katta bo‘lmoq, yiriklashmoq, ko‘paymoq, oshmoq, ortmoq; aller croissant kattalashmoq, yiriklashmoq, o‘sib bormoq; croître en beauté go‘zallashmoq, ko‘rkamlashmoq, to‘lishmpoq, chiroyli bo‘ lib ketmoq; croître en sagesse aql kirib qolmoq, aqlliroq bo‘lib qolmoq. croix nf 1. xoch, but, salib; faire le signe de la croix cho‘qinmoq, cho‘qinib olmoq, qaytadan cho‘qintirmoq; mettre en (sur la) croix chormixga tortmoq, qo‘l-oyoqlarini butga tortib m ixlamoq; en croix loc adv butsimon, xochga o‘xshash; porter sa croix o‘z yukini o‘zi ko‘tarmoq, ko‘ tarib yurmoq; chacun porte sa croix dans ce monde bu dunyoda har kimning o‘z yulduzi bor; Croix de guerre harbiy xizmatlari uchun medal (krest, Fransiyada); Croix-Rouge Qizil xoch jamiyati; croix gammée svastika (uchlari qayrilgan krest); croix de Malte M alta oroli kresti; croix de Lorraine Lotaringiya kresti; 2. tanganing oryol, gerb bor tomoni; 3. krest, belgi, alomat (qo‘yiladigan); faire, mettre une croix sur qqch fig biron ishga krest, belgi, alomat qo‘ymoq, hammasiga tupurmoq. croquant nm faqir, qashshoq, kambag‘al, bechora, yalangoyoq, qalang‘i- qasang‘i, daydi, darbadar, miskin, qo‘nimsiz, jahongashta. croquant, ante I. adj g‘ichirlaydigan, g‘ijirlaydigan (tish haqida); II. nf bodom pecheniy. croque au sel (à la) loc adv xomlay, tuz bilan, tuzlab. croque-mitaine nm bo‘ji, olabo‘ji. croque-monsieur nm inv go‘shtli va pishloqli buterbrod, sandvich. croque-mort nm ko‘mish idorasining mayyitni qabristonga olib boruvchi xizmatchisi; avoir figure de croque-mort motam qiyofasida bo‘lmoq. croquer
I. vt 1. g‘ajimoq, kemirmoq, chaqmoq; croquer le marmot uzoq kutmoq (yopiq eshikda); faire croquer le marmot uzoq kutishga majbur qilmoq; 2. fam xomaki rasm solmoq, chizmoq; joli à croquer go‘zal, juda chiroyli; 3. sarflamoq, xarjlamoq, xarajat qilmoq, isrof qilmoq, bekorga sarflamoq, sovurmoq; croquer de l’argent pul sovurmoq; croquer une fortune butun boyligini yeb tamom qilmoq; II. vi g‘archillamoq, qarsillamoq, qasirlamoq, qisirlamoq, g‘ichirlamoq; croquer sous la dent tishlarda g‘ijirlamoq, qisirlamoq, karsillamoq. croquet 1
nm kroket, sharlarni to‘qmoqcha bilan urib sim darvozachalardan o‘ tkazish o‘yini. croquet 2
nm bodom mag‘izli biskvit (pecheni turi). croquis
nm 1. xomaki chizma rasmlar; 2. chizma, tasvir, tarh; croquis panoramique perspektiv chizma; 3. qisqacha sharh. cross nm kross, past-baland joylarda o‘ tkaziladigan poyga, yugurish musobaqasi. crosse
nf 1. hassa, aso, temir hassa; 2. qo‘ltiqtayoq, tayoq, hassa; 3. sport hokkey tayoq; 4. uchi qayrilgan tayoq; crosse de l’aorte shotomir, aorta, eng katta tomir yoyi; 5. pishang, richag, ko‘targich; 6. pistolet dastasi, miltiq qo‘ndog‘i; mettre la crosse en l’air nayza, shtikni yerga sanchimoq, urishdan bosh tovlamoq; autant pour les crosses fam qoldirilsin! bekor! boshqatdan! 7. xartum, xabot (to‘p o‘rnatilgan lafetning orqasidagi uzun qismi); 8. polzun, sirg‘aluvchi qism. crosses
nf chercher des crosses à qqn fam janjal, nizo qidirmoq, jig‘iga tegmoq, achchig‘ini chiqarmoq, tegajog‘lik qilmoq, kekirdak cho‘zmoq. crotale nm shaqildoq, zaharli ilon. crotte nf 1. qumaloq, qiy; 2. crotte de chocolat shokoladli dumaloq konfet. crotté, ée adj ifloslangan, iflos bo‘lgan, kirlangan, kir bo‘lgan, loy bilan ifloslangan. crotter I. vt vieilli bulg‘amoq, iflos, kir qilmoq, iflos, loy sachratmoq; II. vi fam najaslamoq, bulg‘amoq (hayvonlar haqida); III. se crotter vpr ifloslanmoq, bulg‘anmoq, loy sachratmoq. crottin nm 1. ot go‘ngi, qo‘y qulamog‘i; 2. echki sutidan qilingan pishloq. croulant, ante I. adj nurayotgan, qulayotgan, ko‘hna, eskirgan, puturdan ketgan, to‘zgan, chirigan, omonat, sharti ketib parti qolgan; empire croulant yemirilib borayotgan imperiya; II. n fam keksa, qari, kampir, qarigan, keksaygan, munkillagan, qartayib qolgan. croule
nf loyxo‘rak qushlarni ovlash fasli. crouler
vi qulamoq, buzilmoq, ag‘darilmoq, yiqilmoq, vayron bo‘lmoq; zirillamoq, titramoq, qimirlab ketmoq, larzaga kelmoq, tebranmoq, qaltiramoq; la salle croule sous les applaudissements olqishlar, chapakdan zal larzaga keldi; faire crouler un projet reja, loyihani barbod qilmoq. croup
nm méd tomoq yallig‘lanishi, bo‘g‘iz shamollashi. croupe
nf 1. sag‘ri, ot sag‘risi, orqa oyoqlari usti, dumg‘aza; croupe avalée osilgan sag‘ri, dumg‘aza; loc adv en croupe orqasida (ot, motosikl); 2. tog‘ cho‘qqisi. croupetons (à) loc adv cho‘kkalab, cho‘kka tushib. croupier nm 1. qimorxona egasi, xizmatchisi; 2. qimorga pul qo‘ygan, tikkan kishi. croupir vi 1. turib, sasib qolmoq (suv haqida); 2. fig biror narsa botqog‘iga botmoq, qotib qolmoq, botib, tiqilib qolmoq. croupissant, ante adj 1. turib qolgan, sasigan (suv haqida); 2. fig botib, tiqilib qolgan; vie croupissante hamisha bir xil hayot. croustillant, ante adj 1. qisirlaydigan, g‘ ijirlaydigan (tish haqida); 2. fig ta’mi o‘ tkir, nordon, jozibali, yoqimli, dilkash, behayoroq. croustiller vi 1. fam qurigan, quritilgan non yemoq; 2. g‘ ijirlamoq, qisirlamoq (tish haqida), g‘ ijir-g‘ijir qilib turmoq. croûte nf 1. non cheti; pâté en croûte jigar pashtet; gagner sa croûte fam bir burda nonga ishlab topmoq; casser la croûte yemoq, ovqatlanmoq; casser une croûte tamaddi qilib olmoq; t’en fais pas pour la croûte arg tashvishlanma! tashvish tortma! 2. po‘st, po‘stloq, qobiq; croûte terrestre yer qobig‘i, yerning ustki qattiq qatlami; il s’est formé une croûte po‘stloq hosil qilindi; 3. fam no‘noq rasm, yomon ishlangan surat; la foire aux croûtes ko‘chadagi rasm savdosi; 4. fam esi yo‘q, ahmoq, tentak, esi past, ovsar, ablah, kallavaram, to‘nka; quelle croûte! ana to‘pori! kaltafahm! qovoqbosh! croûter vi fam tamaddi, nonushta qilib olmoq. croûton nm non cheti; quruq non. croyable adj ehtimol, yuz berishi, bo‘lishi mumkin bo‘ lgan, bo‘lishi ehtimol tutilgan. croyance nf 1. ishonch, e’tiqod, bovar; ishonish; 2. din, mazhab, maslak, imon; croyances politiques siyosiy dunyoqarash, siyosiy e’tiqod; contre toute croyance aksincha, hech narsaga qaramay, xilof ravishda; cela passe toute croyance bu butunlay mumkin emas, amri mahol. croyant, ante adj dinga ishonadigan, ishonuvchan. cru 1
nm 1. uzumzor, tokzor; vin du cru mahalliy vino; les crus de Bordeaux Bordo vinosi; les meilleurs crus eng yaxshi nav vino; 2. cela est de votre cru bu sizning uydirmangiz; dire une chose de son cru fam ajoyib fikrni, bor haqiqatni aytmoq. cru 2
adj 1. xom, pishirilmagan, pishmagan, qaynatilmagan; 2. xom, g‘o‘r, g‘aliz, tozalanmagan, ishlanmagan, ishlab pishitilmagan, ajratilmagan; soie crue xomashyo ipak, pilla; 3. qo‘pol, dag‘al, qo‘rs, qattiq, to‘ng, to‘rs, xunuk; réponse cru qo‘pol, to‘ng javob; couleur crue xunuk, qo‘rs rang; 4. bebosh, intizomsiz, tartibsiz, buzuqi, erkin, ixtiyoriy, bemalol; à cru loc adv to‘ppa-to‘g‘ri, to‘g‘risi; lumière qui tombe à cru o‘ tkir to‘ppa-to‘g‘ri nur; monter à cru egarsiz ot minib yurmoq. cruauté
nf shafqatsizlik, rahmsizlik, berahm lik, zolimlik, jabr-jafo, qahri qattiqlik, bag‘ri toshlik; commettre des cruautés jabru jafo qilmoq, bag‘ri toshlik qilmoq. cruche
nf 1. ko‘za, kuvacha, krujka; tant va la cruche à l’eau (qu’à la fin elle se brise) buzoqning yugurgani somonxonagacha; 2. fam esi yo‘q, ahmoq, tentak, esi past, nodon, merov; quelle cruche! eh, nodon! cruchon
nm ko‘zacha, kuvacha. crucial, ale adj qat’iy, keskin, nozik, jiddiy, hal qiluvchi, asosiy, eng muhim; points cruciaux asosiy nuqta, joylar; question cruciale eng muhim savol, jiddiy savol. crucifère I. adj xoch, krest taqib yurgan, xochi, kresti bor; II. nf pl xochgullilar (o‘simlik). CRUCIFIEMENT
CUITE
129 crucifiement nf chormixga mixlab qoqish, chormixga tortish, qo‘l- oyoqlarini xoch, butga tortib mixlash. crucifix nm xochga tortilgan Iso M asih tasvirlangan kerst. cruciverbiste n krassvord ishqibozi, krossvordni yaxshi ko‘ruvchi. crudité nf 1. xomlay, pishirmasdan yeyiladigan sabzavot, mevalar; 2. qo‘pollik, dag‘allik, qo‘rslik, qo‘pol, dag‘al muamila. crue
nf 1. suv ko‘tarilishi, suv ko‘payishi; les grandes crues suv toshqini, bahor, eruvchilik toshqini; les crues printanières bahorgi suv ko‘tarilishi, ko‘payishi, toshqini; être en crue ko‘tarilmoq, ko‘paymoq (suv haqida); 2. o‘sish, ulg‘ayish, kattalashish, yiriklashish. cruel, elle adj qahri qattiq, shavqatsiz, rahmsiz, berahm, qahrli, zolim; destin cruel achchiq qismat, taqdir, yozmish, nasiba, ko‘rgilik. cruellement adv shavqatsizlik bilan, beshavqat, ayamasdan, rahm qilmasdan, rahmsizlarcha, zolimlarcha, zolimona; dahshatli, vahimali, g‘oyat, benihoyat; mudhishona. crûment
adv qat’ iy, keskin, qattiq, to‘g‘risida, to‘ppa-to‘g‘ri, tikka, to‘g‘ri, qisqa yo‘ldan. crypte nf yer ostidagi sag‘ana, daxma; 2. anat bez, chuqurcha, bo‘shliq. cryptogame adj sporali ko‘payadigan. cryptogamique adj maladie cryptogamique zamburug‘lar tufayli yuzaga keladigan kasalliklar. cryptogramme nm kriptogaramma, sirli belgi va ishoralar bilan bitilgan xat, shiferlash. cryptographie nf kriptografiya, sirli, maxfiy xat yozish. cryptographique adj maxfiy, sirli xatga doir. cubage nm kub o‘lchash; sig‘im, eltish, eltuvchanlik, sig‘imlilik, hajm, kub hajmi, kubatura; cubage d’air havoning kub hajmi. cubain, aine n Kubalik, Kuba oroli aholisi. cube
I. nm 1. math kub 2. kubchalar; jeu de cubes kubikchalar o‘yini (rasmli); 3. arg bir sinfda uchinchi yil o‘ tirgan o‘quvchi; II. adj kubli, kubga oid; un mètre cube kub metr. cuber
I. vt 1. math 3-darajaga, kubga ko‘tarmoq; 2. kub hajmini aniqlamoq; II. vi kub hajmiga ega bo‘lmoq, sig‘dirmoq, eltmoq; ce tonneau cube 100 litres bu bochka, idish 100 litr sig‘diradi. cubique
I. adj kubli, kubga oid, 3-daraja; II. nf qiyshiq, egri uchinchi tartib, qator.
cubisme nm kubizm (san’at maktabi). cubiste I. adj kubizmga oid; II. nm kubist, kubizm tarafdori. cubitus nm anat tirsak suyagi. cucul adj fam tentaknamo, ahmoqroq. cucurbitacées nf pl poliz ekinlari. cueilleur, euse n meva teruvchi, yig‘uvchi. cueillir vt 1. yig‘moq, termoq, to‘plamoq, chaqirmoq, uzmoq, yulmoq; cueillir des lauriers erishilgan g‘alabaning rohatini ko‘rmoq; cueillir un baiser bo‘sa olmoq; 2. fam terib olmoq, yig‘ib, yig‘ishtirib qo‘ymoq; yo‘l- yo‘lakay terib olmoq; en passant, je vous cueille chez vous yo‘l-yo‘lakay siznikiga kirib o‘ taman; 3. fam o‘ tkazmoq, qamab qo‘ymoq, ushlab, tutib turmoq; cueillir un voleur o‘g‘rini ushlamoq. cuillère ou
nf 1. qoshiq; cuillère à café choy qoshiqchasi; cuiller à desserts shirinlik, desert qoshiqchasi; cuillère à soupe oshqoshiq; cuiller à pot katta qoshiq cho‘mich; cuiller à fondre yog‘log‘ i, cho‘mich; cuiller à couler quyish cho‘michi; en deux coups de cuiller à pot tez, birdaniga; être à ramasser à la petite cuiller fam o‘ta achinarli holatda bo‘lmoq; ne pas y aller avec le dos de la cuiller ochiqchasiga, ro‘yrost harakat qilmoq; 2. suv oqadigan nov tagidan ko‘chirilgan tosh; 3. qarmoqqa bog‘lanadigan yaltiroq plastinka, baliqcha. cuir
Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling