‘Institut’ va ‘norma’ tushunchalarining mohiyati


Download 148.08 Kb.
bet1/6
Sana27.03.2023
Hajmi148.08 Kb.
#1299645
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHI BY ANDAKULOV




Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi
4-kurs (sirtqi bo`lim) talabasi
Andakulov Azizjonning
Institutsional iqtisodiyot fanidan

KURS ISHI
Mavzu: ‘Institut’ va ‘norma’ tushunchalarining mohiyati.
Bajardi: Andakulov Aziz
Qabul qildi: _______________

TOSHKENT­­-2023


Reja:
1. Kirish
2. Asosiy qism:
2.1. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi. 2.2. Institutsional matritsa.
2.3. Institutsional o`zgarishlar va institutlarning o`zaro bog`liqligi.
2.4. Institut va tashkilot o`rtasidagi chegara.
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Mavzuning predmeti: “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati.Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi.Institutsional matritsa. Institutsional ozgarishlar va institutlarning ozaro bog`liqligi.Instutsionalizm asoschilarining fikri haqida.
Mavzuning ob`ekti: Institutlar va ularning jamiyat rivojlanishidagi roli va jamiyatning institutsional matritsasi.
Mavzuning maqsadi: Institutlar jamiyat hayotida muhim o`rin tutadi. Agar bir daqiqaga barcha institutlar yo`q bo`lib ketganligini tasavvur qiladigan bo`lsak, u holda tartibsizlik boshlanib ketib, bu o`z navbatida abadiy davom etmas edi. Chunki insonlarning o`z hayotini tartibga keltirishga urinishlari yangi institutlarning paydo bo`lishiga olib kelgan bo`lar edi.
Institutlar tabiatini yanada chuqurroq tahlil qilish global xususiyatlarga ega bo`lgan qator savollarga, xususan, nima uchun bozorlar “ishlaydi” yoki “ishlamaydi”? Iqtisodiy siyosatning u yoki bu tadbirlari nima uchun samarali yoki samarasiz bo`ldi? Iqtisodiyotdagi qaysi o`zgarishlar ichki sabablarga ko`ra yohud hukumatning u yoki bu qarori tufayli yuzaga keldi, degan savolga javob berish imkonini beradi.
Institutlar o`zi nima? Turli davrlar tadqiqotchilari institutlar mohiyatini va ularning faoliyat ko`rsatish mexanizmini yoritvchi bir necha ta’riflarni asoslashgan. Institutlarni T.Veblen quyidagicha ta’riflagan: “Institutlar – bu insonlar ularga amal qilgan holda turmush kechiradigan odatiy tafakkur tarzi” yoki “Institutlar – bu o`tmishda sodir bo`lgan jarayonlar natijasi bo`lib, ular o`tmish sharoitlariga moslashgan va o`z navbatida, hozirgi vaqt talablariga to`liq moslashmagan”.
Ye.Erdvard tomonidan “Institutlar – bu ko`plab individuumlar ulardan hamma joyda va har kuni foydalanadigan va asosan o`zining noyobligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy ne’matlar. Institutlar almashuv jarayonini soddalashtiradi. Ular – qarorlar qabul qilish jarayonining yakka tartibdagi qarorlarni ijobiy qarorlarga aylantiruvchi ajralmas qismi”, deya ta’riflangan.
J.Xodjsonning ta’riflashicha, “Institutlar – an’ana, urf-odat yoki qonunchilik cheklovi orqali uzoq muddatli va barqaror hulq-atvor namunalarining yaratilishiga olib keluvchi ijtimoiy tashkilot”.
Institutlarni ko`z bilan ko`rib, ularni jismonan his etib yoki o`lchab bo`lmaydi. Bu inson ongi bilan yaratilgan o`ziga xos konstruksiyalar, ko`zga ko`rinmaydigan mexanizmlardir


Download 148.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling