Institutdan amaliyot rahbari: Ibragimov M. Korxonadan amaliyot rahbari: O’ktamov S. Samarqand -2023 2 mundarija
-Mavzu: Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditi
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Shaxboz hisobot-3(2)
8-Mavzu: Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditi.
Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar. Tovar moddiy zahiralar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 27 avgust 44-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS-4) ga binoan olib boriladi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda TMZlarni hisobga olish uchun 1000-«Materiallar» aktiv schyotidan foydalaniladi. Bu schyot o’z navbatida bir necha schyotlarga bo’linadi. - 1010 - Xom ashyo va TMZlar; 47 - 1020 - Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar; - 1030 - yoqilg’i; - 1040 - Ehtiyot qismlar. - 1050 - Qurilish TMZlari. - 1060 - Idish va idishbop TMZlar. - 1070 - Qayta ishlashga berilgan TMZlar. - 1080 - Inventar va xo’jalik jihozlari. - 1090 - Boshqa TMZlar. Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zahiralari» (4-son) standartiga ko’ra ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam baho bo’yicha baholanadi. Materiallarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig’imlarini, tovarni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to’langan komission to’lovlarni, Soliqlarni, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Tovar moddiy zaxiralarning xususiyatlari quyidagilarda nomoyon bo’ladi: - materiallarning mahsulot tarkibidagi ulushiga qarab; - materiallar ishlab chiqarish jarayonida o’rniga qarab; - ishlab chiqarishning uzluksiz vositasi sifatida taminlash; - 4-sonli BHMS ga binoan, ombordagi va ombordan chiqib ketayotgan. -materiallartning ombordagi hisobiga qarab; -hujjatlarning rasmiylashtirilishi bo’yicha; - mahsulot tan narxida aks etishiga qarab; - materiallarning inventarizatsiyasi bo’yicha; -hujjatlarda aks etishiga qarab; Tovar moddiy zaxiralar korxona buxgalteriya balansiga sotib olingan va sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar barcha xarajatlarni o’z ichiga olgan tannarx bo’yicha olinishi kerak. Tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga quyidagilar kiradi: A) Bojxona bojlari va yeg’imlari; B) 48 Tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan soliqlar va yig’imlar summasi C) Vositachilarga to’lanadigan vosita haqi; D) Tovar moddiy zaxiralarnisotib olish bilan bog’liq bo’lgan sertifikatlash xarajatlari; E) Transport xarajatlari; F) Tovar moddiy zaxiralarni sug’urta qilish xarajatlari; G) Tovar moddiy zaxiralarni yuklash xarajatlari; H) Tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog’liq boshqa xarajatlar; Materiallarni qabul qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ichida joylashtirilishi va ombordan berilishi muomalalarini rasmiylashtirish uchun bir xillashtirilgan idoralararo dastlabki hujjatlar ko’zda tutiladi.Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga quyidagilar natijasida kiritilishi lozim: a) mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish; b) ta’sischilardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi; g) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha); e) uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish; j) ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash; i) tashkilotning o‘zida tayyorlanishi; k) hisobot davri oxirida tugallanmagan hamda tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida hisobga olinadigan ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish; Tovar-moddiy zaxiralari tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi bo‘yicha kiritiladi va ular o‘z ichiga xarid qiymatini (mol yetkazib beruvchiga to‘lanadigan summalar) va xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni kiritadi. Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi: a) bojxona bojlari va yig‘imlari; b) tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa); v) ovar-moddiy zaxiralar ta’minotchi va vositachi tashkilotlar orqali xarid qilinganda ularga to‘lanadigan vositachilik haqi; 49 g) ovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni texnik shartlarga muvofiq sinash bo‘yicha xarajatlar; d) ovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari va ovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga transportda tashish uchun tariflarni (fraxtni) to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shu jumladan ovar-moddiy zaxiralarni transportda tashishda xatarlarni sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi; e) ovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Tovar-moddiy zaxiralar qarz kapitali hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda kreditdan (qarzdan) foydalanganlik uchun foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar qarz kapitali hisobidan to‘liq yoki qisman sotib olingan ovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi. Tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) ovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar kiritiladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi: a) ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan holda); b) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shu jumladan ular bo‘yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summalari; v) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; g) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. 50 12-chizma.TMZbo’yicha hisoblashishlarga ikkiyoqlama yozuv. Uno Nova MCHJ ning yil 2021-yilning oxirida jami 742 361 270 so’mlik Tovarni realizatsiya qilgan .Ushbu tovarlarning tannarxi 406 770 750 so’mni tashkil qiladi.Bu kor’satichlar mos ravishda 2022-yilning yakunida 826 145 230 so’mni Tannarx 557 108 920 so’mni tashkil qilgan.Korxona TMZ lar chiqmini Aveco usulida hisobga oladi Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: * zaxiralarning haqiqatda mavjudligi; * zaxiralar bilan bog‘liq barcha muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganligi; * barcha zaxiralar korxona mulki ekanligi ya’ni ularga mulkiy huquq mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi; * zaxiralarni va ular bilan bog‘liq majburiyatlarni baholashning to‘g‘riligi; 51 * tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tamoyillari to‘g‘ri tanlanilganligi va qo‘llanilishining to‘g‘riligi. Tovar-moddiy zaxiralarni tekshirishda quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalaniladi: 1. Moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga aloqador me’yoriy hujjatlar. 2. Hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq. 3. Tovar - moddiy zaxiralar bilan bog‘liq muomalalarni rasmiylashtirishga doir dastlabki hujjatlar. 4. Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar. 5. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi registrlari va buxgalteriya hisobotlari. Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga quyidagilar kiradi: * korxona rahbarining buyrug‘i (yoki farmoyishi) direktor kengashi majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa komissiyalar yig‘ilish qarorlari. Agar korxona ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki o‘zgartirish chog‘ida ulush sifatida materiallar, inventar va xo‘jalik ashyolari, tovarlar qo‘shilgan bo‘lsa, shuningdek, agar dividendlar yoki daromad-lar moddiy qiymatliklar bilan to‘lansa ushbu hujjatlarni o‘rganish auditor uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi; * korxonada o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o‘tgan yillardagi hisobotlari; * tovarlar, materiallar, xomashyolar va hokazolarni yetkazib berish shartnomalari; * moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq: * mazkur tekshiruv uchastkasining yo‘nalishlari bo‘yicha hisob siyosatining qoidalarini o‘rganish; 52 * tovar-moddiy zaxiralarga doir ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini baholash. Buning uchun ombor xo‘jaligi va omborxonalarning holatini tekshirib chiqish; moddiy javobgarlik va moddiy javobgar shaxslar hisobotlarining tashkil etilishini o‘rganish; * tovar-moddiy boyliklarning hisobot sanasiga tarkibini tahlil qilish; * tanlab inventarizatsiya qilinadigan obyektlarni va inventarizatsiya o‘tkazish pozitsiyalarini aniqlash; * tovar-moddiy zaxiralar harakatini tahlil qilish; * tovar-moddiy zaxiralarni baholashning to‘g‘riligi; * tovar-moddiy zaxiralar sintetik va analitik hisobining tashkil etilishi hamda holatini tekshirish. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling