Institutdan amaliyot rahbari: Ibragimov M. Korxonadan amaliyot rahbari: O’ktamov S. Samarqand -2023 2 mundarija


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana02.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1664683
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Ochilov Shaxboz hisobot-3(2)

Debet Kredit 
0820 
6010 
6010 
5110 
0111-0190 
0820 
9410 
0111-0190 
9410 
0211-0290 
6-Mavzu: Nomoddiy aktivlar hisobi va auditi 
O‘zbekiston Respublikasining negizida mulkning davlat shakli bo‘lgan rejali 
iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor modeliga o‘tish jarayonida yangi mulk 
shakllari, jumladan xususiy mulkning paydo bo‘lishi sababli buxgalteriya hisobi 
tizimida 
ham 
tub 
o‘zgarishlar 
qilish 
zaruriyati 
tug‘ildi. 
Hisobning har bir bo‘limi va analitik uslublarning ko‘pchiligi amalda nazariy, 
uslubiy yondoshishni va asoslashni talab qiladi. Bozor iqtisodiga o‘tish bilan 
hisobda yuzaga kelgan muammolarni yechish yo‘llari hamda foydalaniladigan 
tushunchalarning doirasi kengaydi. Lekin buxgalteriya hisobining nazariy 
asoslari, ularning mohiyati va maqsadi o‘zgarmasdan qoldi. Moliyaviy 
hisobotlarning elementlari bo‘lgan aktiv va passivlarning yangi ko‘rinishlari, 
ularni baholash uslublari, moliyaviy natijalarni hisob-kitob qilish va xarajatlarni 
hisobga olish yo‘llari, axborotlarni turkumlarga ajratuvchi hisobvaraqlar 
rejasining yangi ko‘rinishi o‘z ifodasini topdi. Ayniqsa, buxgalteriya hisobi 
tizimida yangi tushuncha nomoddiy aktivlar, ya’ni «ko‘rinmas aktivlar» 
(intangible assets)ni baholash, hisobga olish, amortizatsiyani hisoblash usullari, 
shuningdek likvidatsiya qilish tartiblarini bayon qilishni taqozo etadi. 
Nomoddiy yoki «yashirin» aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora shakliga ega 
bo‘lmagan, lekin xo‘jalik yurituvchi sub’ektga daromad keltiruvchi mablag‘lar 


33 
kiritiladi. Nomoddiy aktivlar hisobi buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi, 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun
1
va buxgalteriya hisobi milliy 
standartlarida, xususan, «Nomoddiy aktivlar» hamda «Ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlab chiqarishga xarajatlar» deb nomlangan 7- va 11-sonli 
buxgalteriya 
hisobining 
milliy 
standartlarida 
bayon 
etiladi. 
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga muvofiq, nomoddiy aktivlar - 
moddiy- ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 
tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, 
shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk 
ob’ektlari.
8-chizma.Tashkilotning nomoddiy aktivlari tarkibi. 
Nomoddiy aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora (ko‘rinib turadigan) shaklga ega 
bo‘lmagan, lekin korxonaga daromad keltiradigan vositalar kiradi. 
Umumiy tarzda nomoddiy aktivlar deganda sanoat va aqliy mulk ob’ektlarining 
qiymati, mulk huquqi ob’ekti sifatida tan olinadigan boshqa shunga o‘xshash 
mulkiy huquqlar, shuningdek, uzoq muddatli chiqimlar tushuniladi.
Buxgalteriya 
hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat. 
• 
nomoddiy aktivlarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo‘lib, 
ularni hisobga olishni tashkil qilish; 
Nomoddiy 
aktivlar
Dasturiy 
ta'minot
Guvohnoma
Patent


34 
• 
nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli 
andozalarga hamda me’yoriy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
baholash; 
• 
korxonaga mavjud va ka tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya 
hisobi andozalariga va me’g‘riy hujjatlarga asosan amortizatsiya hisoblash; 
• 
mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan 
samarali foydalanishni tashkil qilish; 
• 
eskirgan, xo‘jalik uchun oshiqcha bo‘lgan nomoddiy aktivlarni o‘z vaqtida 
hisobdan chiqarishni ta’minlash; 
• 
hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri 
va o‘z vaqtida aniqlash. 
Amaliyotda nomoddiy aktivlarning quyidagi turlari mavjud: 
• 
patentlar -korxona tomonidan muayyan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish 
uchun foydalaniladigan, qonun bilan himoyalangan guvohnoma hisoblanadi. 
Patent korxona tomonidan belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida sotib 
olinadi; 
• 
nou-xau -ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati davomida foyda keltiruvchi yangi 
texnologiyalardir. Uni ta’sischilar kelishuvida aniqlangan qiymat bo‘yicha 
korxona ustav kapitaliga ulush hisobida kiritish mumkin. Nou-xau texnik, 
tijorat, boshqaruv, moliya kabi xarakterdagi texnik bilim va amaliy 
xarakterdagi boshqa bilimlarni o‘z ichiga oladi; 
• 
tovar belgilari, savdo markalari va atamalari - belgilangan tartibda ro‘yxatdan 
o‘tgan hamda boshqa firmalar tomonidan ruxsat berilmagan tarzda 
foydalanishdan qonun bilan muhofaza qilingan korxonalar nomi va bu 
korxonalar mahsulotlarining nomlari; 
• 
sanoat namunalari-ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi buyumlar va xalq 
iste’moli tovarlarining tashqi qiyofasini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik 
yechimlaridan foydalanish huquqi. Sanoat namunalariga hajmiy model 


35 
(avtomobil, stanok, mebel va hokazo) yoki yassi tasvir-sanoat naqshlari 
(gazlama, gilam gullari, shrift shakli va hokazo)misol bo‘la oladi; 
• 
dasturiy ta’minot - texnik dastur vositalari, avtomatlashtirilgan boshqarish 
tizimi bo‘yicha texnik va foydalanish hujjatlari yig‘indisi; 
• 
gudvill - korxonani xarid qilish chog‘ida yuzaga keladi va sotib olinayotgan 
korxona uchun haq hamda uning sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) 
aktivlarining baholovchi (bozor) qiymati o‘rtasidagi farq; 
• 
tashkiliy xarajatlar - yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni barpo etish xarajatlari, 
ya’ni ishni boshlash xarajatlari; 
• 
franshizalar - bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli aktivlardan, shu 
jumladan, savdo markalari va atamalari kabi nomoddiy aktivlardan 
foydalanish huquqining berilishi, buning ustiga, bevosita belgilanishi bo‘yicha 
mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan xizmatlar 
(tovarlar)ning belgilangan sifat standartlariga rioya qilish bunday huquq 
berilishlarining majburiy sharti hisoblanadi; 
• 
mualliflik huquqlari - ilmiy, adabiy, musiqa yoki boshqa asarlarni nashr qilish, 
ijro etish yoki boshqa turdagi foydalanish huquqi; 
• 
yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi - xo‘jalik yoki boshqa 
maqsadlarda yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni ta’minlovchi 
huquq, ammo yerdan foydalanish huquqi mazkur yer uchastkasini mulk qilib 
olishni bildirmaydi.Nomoddiy aktivlar auditining maqsadi - O’zbеkiston 
Rеspublikasidagi qonunchilik asosida nomoddiy aktivlarning holati, harakati, 
baholanishiga ob'еktiv baho bеrishdan iborat. Bunda nomoddiy aktivlar 
hisobining ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo’jalik 
opеratsiyalarining mе'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. 
Nomoddiy aktivlarni tеkshirishning asosiy vazifasi quyidagilardan 
iboratdir: 
• 
-aktivlarning nomoddiy aktivlarga to’g’ri olib borilganligi; 


36 
• 
-nomoddiy aktivlar ob'еktlari bo’lgan ixtirolar bo’yicha patеntlar, sanoat 
namunalari, tovar bеlgilari, kompyutеrlar uchun dasturlar va boshqa huquqlar, 
ishchanlik obro’si tеgishli hujjatlarda rasmiylashtirilishi; 
• 
-nomoddiy aktivlar kеlib tushishi va hisobdan chiqarilishi bo’yicha 
opеratsiyalarni to’g’ri rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish; 
• 
-nomoddiy aktivlar boshlang’ich qiymatini to’g’ri baholash; 
• 
-nomoddiy aktivlarning foydalanish muddatini va amortizatsiya ajratmalarini 
hisoblashni to’g’ri aniqlash; 
• 
-nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va uni hisobda aks ettirishni 
tanlangan usulini hisob siyosatida bеlgilanishi; 
• 
-nomoddiy aktivlarning ayrim ob'еktlari bo’yicha analitik hisobini tashkil 
etilishi; 
• 
-nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatini buxgaltеriya hisobida to’g’ri aks 
ettirilishi, hisobotda ma'lumotlarni to’liq va to’g’ri ochib bеrilishi
Nomoddiy aktivlar auditining maqsadi buxgalteriya hisoboti «nomoddiy 
aktivlar» moddasining ishonchlilik darajasi to‘g‘risida fikr shakllantirish va 
korxonada qo‘llanilayotgan nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubi hamda 
soliqqa tortish bilan bog‘liq muomalalarning O‘zbekiston Respublikasida amal 
qilayotgan qonunchilikka muvofiqligini aniqlashdan iborat. Nomoddiy aktivlar 
auditi jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi: 1. Nomoddiy aktivlar mavjudligi 
ustidan nazorat o‘rnatilishini aniqlash (mulkiy obyektlarni nomoddiy aktivlar 
qatoriga olib borishning to‘g‘- riligi; mavjudligini va muomalalarni 
hujjatlashtirishning to‘g‘riligini tekshirish; nomoddiy aktivlarni baholashning 
to‘g‘riligini tekshirish; inventtarizatsiya qilish; hisobot ko‘rsatkichlarining 
sintetik va analitik hisob ma’- lumotlariga mosligini aniqlash); 2. Sintetik hisobni 
yuritish, nomoddiy aktivlarning kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa 
tortishning to‘g‘riligini tekshirish (nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimiga doir 
muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirilishi; nomoddiy aktivlar 
kirimga olinishi va chiqim qilinishiga doir muomalalarni soliqqa tortish 


37 
masalalari); 3. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks 
ettirish (foydali xizmat muddatini belgilashning asoslanganligi; amortizatsiya 
hisoblashda qo‘llanilgan usullarning qonuniyligi va asoslanganligi; amortizatsiya 
ajratmalarining hisobda aks ettirilishi). Auditor nomoddiy aktivlarni tekshirish 
chog‘ida quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi:
* nomoddiy aktivlarni hisobga olishni va ular bilan bog‘liq muomalalarni soliqqa 
tortishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar;
* korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i (farmoyishi) (nomoddiy 
aktivlar hisobiga taalluqli qismi);
* nomoddiy aktivlar sintetik va analitik hisobi bo‘yicha korxonada 
qo‘llaniladigan hisob registrlari;
* nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga oladigan dastlabki 
hujjatlar; 
* buxgalteriya hisobotlari 
9-chizma.
Nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning umumiy 
chizmasi 


38 
Nomoddiy aktivlar bo’yicha quyidagi ikkiyoqlama yozuvlardan
oydalanamiz: 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling