Institutlari
Ko’krak qafasining sanchilgan va o’q tekkan jarohatlanishlari
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tkir o’pka abstsessi
- Surunkali o’pka abstsessi
- O’pkaning yallig’lanish kasalliklari asoratlari
Ko’krak qafasining sanchilgan va o’q tekkan jarohatlanishlari. Bemor ko’p qon yo’qotib og’ir ahvolda keltirilganda, jarohat yurak yoki yirik qon tomirlar sohasida joylashganda shoshilinch «tipik» oldingi-yon tomonlama torakotomiya qilinib, ko’krak qafasi a’zolari taftish (reviziya) qilinadi va qon ketish manbaini topib, uni to’xtatish choralari ko’riladi. Agar bemor ahvoli barqaror bo’lsa, avvalo rentgenologik tekshiruv o’tkazish lozim bo’ladi. Plevra bo’shlig’iga teshib kirgan jarohatlarda (pnevmotoraks, gemotoraks) – torakoskopiya amaliyoti qilinadi. Torakoskopiya yordamida ko’krak qafasining kaysi a’zosi jarohatlanligini aniqlash mumkin bo’ladi. Yirik qon tomirlar, o’pka to’qimasi jarohatlanib, yirik bronxlardan qon oqishi davom etayotganda jarrohlik amaliyoti o’tkazishga to’g’ri keladi. Agar aktiv qon oqishi va massiv havo kirganligining alomatlari bo’lmagan taqdirda plevra bo’shlig’i drenajlanadi. O’pka to’qimasida jarohatlanish bo’lmaganda orqa qo’ltiq chizig’i bo’yicha VI qovurg’alar orasidan, jarohat bo’lganda esa o’rta o’mrov chizig’i buylab II qovurg’alar orasidan drenajlanishi kerak bo’ladi. Diafragmaning yaralangani aniqlanganda laparotomiya va qorin bo’shlig’i a’zolari taftishi o’tkazilishi kerak.
48
O’pkaning stafilokokk destruktsiyasi – stafilokokklarning patogen shtammlari ta’siri ostida o’pka to’qimasining yiringli yallig’lanishidir. O’pka to’qimasining yiringli yallig’lanishi tez
fursatda intoksikatsiyaning rivojlanishiga olib keladi. Diagnostika uchun o’pkani rentgenologik tekshiruvi va balg’amni bakteriologik tekshirish, hamda diagnostik bronxoskopiya o’tkazish muhimdir. Rentgenologik usul yordamida o’pka to’qimasining infiltratsiyasi, yallig’lanish o’choqlari, o’pkadagi ko’p sonli yupqa devorli bo’shliqlar, plevrit, pnevmotoraks aniqlanadi. Kasallik o’tkir boshlanadi (yuqori harorat, et junjikishi va b.), nafas qisishi, yiringli balg’am ajralishi belgilari bilan namoyon bo’ladi. Davolash. Maqsadga muvofiq antibakterial muolaja (bakteriologik ekmalar natijasiga ko’ra), antistafilokokk zardobini, stafilokokk bakteriofagini qo’llash, detoksikatsion muolaja, umumiy quvvatni oshiruvchi vositalar, sanatsion muolaja qo’llaniladi. O’tkir o’pka abstsessi – o’pka to’qimasining chegaralangan yiringli yallig’lanishi va bo’shliqlar hosil bo’lishidir. Mikroaspiratsiya, bronxlar drenaj faoliyatining buzilishi, organizm himoya kuchlarining keskin pasayib ketishi, shartli patogen mikrofloraning faollashuvi, o’pka to’qimasida qon ta’minotining buzilishi va nekrozga uchrashi sababli yuzaga keladi. Abstsesslar gematogen, bronxogen, limfogen va
travmatik tabiatga ega bo’lishi mumkin. Metapnevmonik va aspiratsion abstsesslar klinik amaliyotda birmuncha ko’proq uchraydi. Abstsesslar uchun biror bir spetsifik mikroflora yo’q. Ular streptokokk, stafilokokk, diplokokk, protey, fuzobakteriyalar va mikrofloraning boshqa turlaridan kelib chiqishi mumkin. So’nggi yillarda o’pkadagi yiringli jarayonlar rivojlanishida noklostridial anaerob bakteriyalar katta ahamiyatga ega. Abstsesslar joylashuviga ko’ra: periferik va markaziy, yolg’iz (yakka holda) va ko’p sonli, bir tomonlama va ikki tomonlama bo’ladi. Klinik manzarasida ikkita davr farq qilinadi: 49
1. Abstsessning bronxga yorilgunga qadar bo’lgan davri. 2. Abstsessning bronxga yorilgandan keyingi davri. Birinchi davrda: kasallik yuqori harorat, ko’krakda og’riq, yo’tal, nafas siqishi, ko’p terlash belgilari bilan boshlanadi. Sekin-asta rivojlanayotgan intoksikatsiya belgilari namoyon bo’ladi. Fizikal usullar bilan tekshirishda: perkutor tovushning qisqarishi, o’pkaning zararlangan qismi ustida nafas olish shovqinining sustlashishi yoki eshitilmasligini qayd qilish mumkin. Qon tahlilida yuqori leykotsitoz, qon formulasini chapga siljishi kuzatiladi. Rentgenogrammalarda zich, turli xil o’lchamlardagi soyalar ko’rinadi. Ikkinchi davr: yo’talish paytida birdaniga ko’p miqdorda yiringli, badbo’y balg’am ajralashi, ba’zi hollarda balg’am qon bilan aralashgan holda ajraladi. Bu davrda
odatda bemorning umumiy ahvoli
birmuncha yaxshilanadi, intoksikatsiya belgilari kamayadi. Abstsessning o’lchamlari katta bo’lganda uning ustida amforik nafas shovqini va turli kalibrdagi nam xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik tasvirda yorilgan abstsess, gorizontal suyuqlik sathi va perifokal yallig’lanishi bo’lgan yumaloq bo’shliq shaklida namoyon bo’ladi. Bronxoskopiyada chegaralangan yiringli endobronxit aniqlanadi. O’pka gangrenasi – o’pka to’qimasining bir qismi yiringli-irigan nekrozga uchrayshi. Bu jarayon o’pka abstsessidan farqli o’laroq, o’pka gangrenasida sog’lom to’qimadan chegaralangan kapsula bilan ajralib turmaydi (chegarasiz bo’ladi). Gangrenoz abstsess ham farq qilinadi, u o’pka to’qimasining bir qismini yiringli-chirigan nekrozi bo’lib, uning sekvestratsiyaga va o’pka to’qimasining zararlanmagan qismlaridan chegaralanib turishga moyilligi bo’ladi. Klinik manzarasi. Bemorning ahvoli og’ir, isitma gektik tabiatga ega bo’ladi, bemor terlaydi, nafasi siqadi, ko’p miqdorda badbuy hidli balg’am ajraladi, bemor qon tupuradi. Rentgenologik tasvirda katta, shakli yo’q diffuz qorong’ilik aniqlanadi, uning tarkibida o’pka to’qimasining irib ketayotganini
50
ifodalaydigan ko’p sonli yorug’ soyalar ko’rinadi. Plevra bo’shlig’ida suyuqlik aniqlanadi. O’tkir yiringli kasalliklarni kompleks davolash lozim bo’ladi. Hozirgi vaqtda asosiy davolash usuli konservativ muolaja bo’lib, ayni vaqtda kichik invaziv jarrohlik amaliyotlari: transtorakal, endobronxial drenajlash, uzoq muddatli regionar infuziya uchun bronxial arteriyani kateterlash amalga oshiriladi. O’tkir davrda operativ aralashuv kasallik asoratlar bilan kechgandagina (o’pkadan qon ketganda) yoki muolaja naf bermaganda, jarayonning tarqalishga moyil bo’lganidagina qo’llaniladi. O’pkadagi o’tkir yiringli jarayonlarda konservativ muolajaning tamoyillari quyidagilardan iborat bo’ladi: 1. Antibakterial muolaja – bakteriyalar turini va ularning antibiotiklarga ta’sirchanlik darajalarini bakterioskopiya va ekish ma’lumotlarini hisobga olgan holda tayinlanadi, sulfanilamidlar ham ishlatiladi. Antibakterial muolajaning ta’sirchanligiga erishish uchun zararlanish o’chog’ida davo preparatlari kontsentratsiyasini oshirib, ularni arteriyalarga yuboriladi. Bronxial arteriyaga kateter o’rnatib, muolajani o’sha orqali amalga oshirish eng samarali tadbir hisoblanadi. O’pkaning o’tkir yiringli xastaliklarida 60%gacha hollarda kasallik qo’zg’atuvchisi aeroblar bilan birga kelgan anaerob noklostridial infektsiya hisoblanadi. Noklostridial anaerob
infektsiyaning belgilari deganda yiringli suyuqlikning badbo’y hidi, yallig’lanish o’choqlaridagi to’qimalar nekrozi, odatdagi bakteriologik tekshiruvning natijalari manfiy bo’lganda ham, tushuniladi. Anaeroblarga qarshi metronidazol (trixopol), tinidazol, klaforan, rifambitsin, doksitsiklinlar yaxshi ta’sir qiladi. 2. Traxeobronxial yo’llar – mikroorganizmlarni yo’qotadigan, yallig’lanishni kamaytiradigan, balg’amni suyuqlashtiradigan va
uni ko’chiradigan dorivor aralashmalar yuborib sanatsiya qilinadi. Shuningdek bronxial shoxni kateterlash, mikrotraxeostomiya, sanatsion bronxoskopiya qilish yo’li bilan patologik suyuqlik tortib olinadi. Bunda sanatsiya uchun 51
qo’llaniladigan aralashmalar tarkibiga 2% li kaliy bikarbonat eritmasi (2 ml), mikrofloraga sezuvchanlikni hisobga olgan holda antibiotiklar, antiseptiklar (dioksidin, furagin), balg’amni suyultiradigan moddalar (mukosolvin 10%-1,0), proteolitik fermentlar (tripsin, ximotripsin 10-15 mg), bronxolitiklar (eufillin 0,5-1,0, 12%, novodrin 0,5%-0,5; efedrin 5%-0,5), gormonal preparatlar (gidrokortizon 25-50 mg) kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. 3. O’pka abstsesslari va plevra empiemasini sanatsiya qilish – abstsess bo’shlig’ini bronxoskopik yoki transtorakal yo’l bilan kateterlash, torakotsentez orqali aktiv aspiratsiya qilish va yiringli bo’shliqni yuvishni tashkil qilishdan iborat. Traxeobronxial shoxni chetlab o’tib yiringli suyuqlikni evakuatsiya kilish, nafas olish a’zolari faoliyatini yaxshilaydi, intoksikatsiyani kamaytiradi, bemorni tezda sog’ayib ketishga yordam beradi. 4. Detoksikatsion muolaja. Siydik haydovchi preparatlar (laziks, gipotiazid va b.) orqali diurez stimulyatsiyasi yordamida vena qon tomiriga o’tkaziladigan infuzion (tuzli eritmalar) muolajani o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda detoksikatsiyaning birmuncha ta’sirchan, ekstrakorporal usullari – gemosorbtsiya, limfosorbtsiya, plazmoferez va qonni ultrabinafsha nurlatishdan foydalanilyapti. 5. Suv-elektrolit buzilishlarni bartaraf etish. 6. Umumiy quvvatni oshiruvchi muolaja – gemotransfuziya, plazma, qonning oqsilli o’rinbosarlari, glyukozaning kontsentrlangan eritmalari ni quyish, anabolik preparatlar, temir preparatlarini va vitaminlarni qo’llashdan iborat.
7. Immunitetni oshiruvchi muolaja. Stafilokokk anatoksini quyidagi sxemaga ko’ra yuboriladi: 3 kunlik tanaffus bilan 10 in’ektsiya – 0,1, 0,2, 0,3 ml va h. k. Antistafilokokk giperimmun zardob 100-150 ml 3-5 marta. Antistafilokokk gammaglobulin (mushak orasiga) 5 ml 8-10 marta kun ora. T- aktivin. Dekaris 50 mg kunora 3-5 kun ichida. Prodigiozan in’ektsiyasi 30 kungacha: 0,2, 0,5, 0,6, 0,7, 1,0 mg. Metiluratsil 0,5 mg kuniga 2 marta 10-15 kun mobaynida.
52
8. Qonning ivish xususiyatlarini va mikrotsirkulyatsiyani normallashtirish qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydigan preparatlar, antiagregantlar (reopoliglyukin, aspirin, kurantil, trental) qo’llash. O’pkadagi og’ir destruktiv jarayonlarda DVS sindromining dastlabki ko’rinishlari borligini hisobga olib, antiferment-krioplazma bilan kompleks muolaja tadbirini o’tkazish tavsiya etiladi (100 ming birlik kontrikal venaga, 5 ming birlik geparin teri ostiga sutkasiga 4 marta, yangi muzlatilgan zardob).
O’pkaning surunkali yallig’lanish kasalliklari atamasiga, o’pkadagi davomli nospetsifik yallig’lanish jarayoni natijasida o’pka parenximasi, bronxial va qon tomirlar sistemalari strukturasida o’ziga xos o’zgarishlar bilan o’tadigan va o’xshash klinik manzara orqali namoyon bo’ladigan patologik holatlarning katta bir guruhi birlashtiriladi. Bunday kasalliklarning o’ziga xos klinik belgilari: uzoq vaqt yo’talib yiringli balg’am ajratish, aksariyat qon tupurib yurish hisoblanadi. Kasallik odatda avj oladigan tabiatga ega bo’ladi, remissiya va avj olish davrlari bilan o’tadi. Avj olishi aksariyat yilning sovuq mavsumlarida qayd etiladi. Qo’zish davrida yiringli balg’amning miqdorini ortishi, gipertermiya qayd qilinadi. Bahorda avj olib boradigan nafas etishmovchiligi, surunkali intoksikatsiya belgilari aniqlanadi. O’pkaning surunkali yallig’lanish kasalliklari diagnostikasida 2 bosqich farq kilinadi: birinchi bosqich – sinchiklab so’rab-surishtirishni o’z ichiga olgan klinik tekshirish, ikkinchi bosqich – rentgenologik, endoskopik, funktsional tekshirish usullarini o’z ichiga qamrab olgan asbob-uskunalar yordamida (instrumental) tekshirish. O’pkaning surunkali yallig’lanish kasalliklari aniqlanganda instrumental tekshiruvni ko’krak qafasini ikkita proektsiyada rentgenografiya qilish va maxalliy anesteziya ostida qilinadigan bronxofibroskopiyadan boshlanadi. Bunda qo’lga kiritiladigan ma’lumotlar jarrohlik amaliyoti o’tkazish kerak 53
bo’lgan o’pka kasalliklari bor bemorlarni tanlab olishga va ayni vaqtda jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo’lmay, terapevtik statsionarlarda davolanishi kerak bo’lgan bemorlarni aniqlashga imkon beradi. Tanlab olingan bemorlar guruhini ixtisoslashgan torakal bo’lim sharoitlarida sinchiklab tekshirish, tomografiya, bronxografiya, angiopulmonografiya bilan tenziometriya, radioizotop skannerlash, spirografiya, reografiyalarni o’z ichiga oladi va aniq diagnoz qo’yishga, jarrohlik amaliyoti o’tkazishning zarurligi haqidagi masalani hal etishga hamda uning hajmini aniqlashga imkon beradi. Yallig’lanish jarayoniga o’pkaning ko’pi bilan 3 bo’lagi qo’shilgan, bronxlar va o’pka parenximasida jiddiy morfologik o’zgarishlari bor bo’lgan bemorlar jarrohlik usuli bilan davolanishlari kerak. O’pkada lokal zararlanish bo’lganda funktsional tekshirish vaqtida aniqlangan nafas etishmovchiligi, qo’shilib kelgan og’ir patologiya borligi, keksa yoshdaligi, jarrohlik amaliyoti o’tkazishga monelik qiladigan hol hisoblanadi. Nafas etishmovchiligi belgilari unchalik ifodalanmaganda, qo’shilib kelgan yashirin patologiyada jarrohlik amaliyoti o’tkazish masalasi individual hal qilinadi.
O’pkada 2-3 oydan ko’proq vaqt mavjud bo’lgan nospetsifik yiringli bo’shliqning bo’lishi – o’pkaning surunkali abstsessi deyiladi. Surunkali abstsesslar paydo bo’lishiga o’pkasida o’tkir yiringli jarayonlari bo’lgan bemorlarni kasalxonaga kech yotqizish, muolaja jarayonining etarli bo’lmagani, uni statsionardan klinik jihatdan to’liq tuzalmasdan va rentgenologik tekshiruvsiz chiqarish sabab bo’ladi. Klinik manzarasi. Yiringli balg’am ajraladigan yo’tal, gipertermiya, o’rtacha ifodalangan intoksikatsiya simptomlari shular jumlasiga kiradi. Rentgenologik tekshiruvda ichki konturi aniq, nozikroq yallig’li gardishli va odatda
ozroq suyuqlik sathi bo’lgan
yumaloq bo’shliq ko’rinadi. Bronxografiyada bir yoki bir necha bronxlar bilan o’zaro bog’liq bo’lgan 54
yumaloq bo’shliq aniqlanadi. Bronxoskopiyada yiringli chegaralangan endobronxit aniqlanadi. Davolash. Radikal operativ davolash – segmentektomiya, lobektomiya, pulmonektomiya. Konservativ muolaja tamoyillari o’tkir jarayondagi davolash kabi, jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik sifatida yoki jarrohlik amaliyotiga monelik qiladigan ko’rsatmalar bo’lganda (jarayonning ikki tomonlamaligi, keksalik yoshi, qo’shilib kelgan patologiya borligi), mustaqil davolash vositasi sifatida foydalaniladi.
Bronx-o’pka sistemasining surunkali yallig’lanish kasalligi bo’lib, bronxlar devori elastik va mushak komponentlarining destruktsiyasi munosabati bilan bronxlarning kengayib ketishidan (bronxoektazi) iborat bo’lgan kasallik hisoblanadi. Uning rivojlanish mexanizmini bronx-o’pka sistemasidagi tug’ma buzilishlar, boshdan kechirilgan yallig’lanish jarayonlari, yot jismlarning ta’siri oqibatlari va shu kabilar bilan bog’laydilar. Bronxoektazlar turiga ko’ra tsilindrsimon, qopsimon va aralash turlarga bo’linadi. Atelektatik bronxoektazlar alohida guruhga ajratiladi. Bronxoektazlar ayniqsa bolalik, o’smirlik yoshida va navqiron yoshda birmuncha ko’proq uchraydi. Ko’pchilik bemorlar uzoq vaqt xasta bo’lib yuradigan kishilardir. Anamnez to’g’ri yig’ilganda to’lqinsimon kechayotgan ko’p yillik kasallikni aniqlashga muvaffaq bo’linadi. Bunda qisqa muddatli avj olish davrlari davomli remissiya davrlari bilan almashinib turadi. Vaqt o’tishi bilan tez-tez avj olishi bo’lib turadi, remissiyalar esa qisqaradi. Kasallikning o’ziga xos simptomlari: o’pka- bronx infektsiyasining tez-tez qo’zib turishi, yiringli badbo’y hidli (ko’pincha ertalab) balg’am ajralishi, nafas siqishi, qon tuflash, o’rtacha yuzaga chiqadigan intoksikatsiya belgilari hisoblanadi. Kasallikning so’nggi bosqichlarida bemor barmoqlari odatda nog’ora cho’plariga o’xshab ketadi, tirnoq falangalari esa soat 55
oynalari ko’rinishiga ega bo’ladi. Zararlangan o’pka qismi auskultatsiya qilib ko’rilganda, mayda pufakchali jarangdor xirillashlar qayd qilinadi. Rentgenologik usulda tasvir olinganda, o’pkaning kasallangan erlarida fibroz qismlar strukturasining ari iniga o’xshash ko’rinishda ekanligi, o’pka ildizi soyasi strukturasining buzilganligi aniqlanadi. Bronxoskopiyada diffuz yoki aniq chegaralangan bronxit ajralib turadi, bronxlarning distal kengayish simptomi kuzatiladi (Sul belgisi). Bronxografiya tekshiruvi bu kasallikda eng ko’p ma’lumotlar beradi – bronxlarning kengayganligi aniqlanadi: ular tsilindrsimon, xaltasimon, kistasimon va aralash turlari ko’rinadi. Lokal zararlanishda jarrohlik usulda davolaniladi – segmentektomiya, lobektomiya, bilobektomiya, pulmonektomiya qo’llaniladi (5-rasm).
5-rasm. Pulmonektomiya operatsiyasining bosqichlari.
Konservativ muolaja faqatgina jarayon tarqoq bo’lganida, shuningdek jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik maqsadida o’tkaziladi.
O’rta bo’lakning surunkali yallig’lanishi. O’pkaning atelektazi hisobiga o’rta bo’lak bronxi o’tkazuvchanligining buzilishi oqibatida rivojlanadi. O’pkaning yallig’lanish kasalliklari umumiy sonidan 20-26% ni tashkil etadi.
56
Kasallik o’rta bo’lak bronxining tuzilish xususiyatlariga, uning kattalashgan limfa tugunlari tufayli ezilishiga bog’liq, surunkali kechish xususiyatiga ega. Klinik manzarasi. Yiringli balg’am ajralib turadigan yo’tal, qon tuflash, nafas siqishi, intoksikatsiya alomatlari bilan ifodalanadi. O’pkada o’rta bo’lak proektsiyasi ustida
yirik-o’rtacha pufakchali xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik jihatdan o’rta bo’lak atelektazi, bronxoskopik jihatdan o’rta bo’lak bronxi o’tkazuvchanligining uning torayishi hisobiga buzilishi, chegaralangan yiringli endobronxit aniqlanadi. Bronxografiyada o’tkazuvchanlikning buzilishi, o’rta bo’lak bronxining «cho’ltog’i» aniqlanadi. Davolash jarrohlik usulida – lobektomiya amaliyoti qilinadi. Jarrohlik amaliyotiga monelik qiladigan hollar bo’lganda (qo’shilib keladigan kasalliklar, keksa,yosh) konservativ muolaja olib boriladi.
O’pkadan qon ketishi – nafas yo’llaridan qon ajralib chiqishi, o’pkadagi turli kasalliklarning ko’p uchraydigan va xatarli asoratidir. O’pkaning surunkali yiringli kasalliklari orasida 10% dan 60% gacha hollarni tashkil etadi. Bunda ko’p miqdorda qon ketishi faqat qon yo’qotilishi jihatidan emas, balki tezda yuz beradigan asfiksiya sababli xavfli bo’ladi. L. M. Nedvetskaya klassifikatsiyasi bo’yicha o’pkadan qon ketishi 3 darajaga bo’linadi: I darajasi – 300 ml gacha qon tuflash; II darajasi – 700 ml gacha; III darajasi – 700 ml dan ko’p qon yo’qotish. O’pkadan qon ketishida jarrohlik aralashuv kerak bo’ladi, konservativ davolash naf bermayotgan ko’p qon ketishida shoshilinch jarrohlik amaliyoti o’tkaziladi. Oshig’ich hollarda qon ketish manbaini aniqlay olmasdan bemor axvoli og’ir paytida, ko’pincha majburan jarrohlik amaliyoti qilishga to’g’ri keladi. Shuning uchun bunday hollarda jarrohlik amaliyoti natijalari rejali jarrohlik amaliyotlariga qaraganda birmuncha yomon bo’ladi. Shu munosabat bilan o’pkadan qon ketishini diagnostika qilish va davolashga yondoshishda 57
quyidagicha taktika tavsiya qilinadi. Hamma bemorlarni turli jarrohlik amaliyotlarni bajarishga ko’rsatmalariga ko’ra quyidagi 2 guruhga bo’lish mumkin: 1-guruh – o’pkasidan qon ketishi I-II darajali bemorlar, ularda davolash- diagnostik tadbirlar intensiv davolash fonida shoshilinch bronxoskopiyadan boshlanishi kerak. Shoshilinch bronxoskopiya asfiksiyaning oldini olish, traxeobronxial shoxni qunt bilan sanatsiya qilish, qon ketishini to’xtatish uchun bronxni vaqtincha obturatsiya qilishni o’z ichiga olgan qator chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bemor ahvoli barqaror bo’lgandan keyin yaqin 6-12 soatda bronxial arteriografiyani o’z ichiga olgan rentgenologik tekshiruv o’tkaziladi, diagnoz aniqlanadi va zarur bo’lganda zararlangan tomonda bronxial arteriya embolizatsiyasi bajariladi. Bunday taktika ko’pchilik bemorlarda qon ketishini vaqtincha to’xtatish, qon ketishi tufayli yuz bergan gomeostaz buzilishlarni yo’qotish uchun vaqtni qo’ldan boy bermaslik, bemorni qunt bilan tekshirish, diagnozni aniqlash va ehtiyotlab jarrohlik amaliyotini o’tkazishga imkon beradi. 2-guruh – o’pkasidan qon ketishi III darajali bemorlar. Bunda bemorlar kasalxonaga keltirilganda konservativ tadbirlar kompleksidan tashqari ularda rentgenologik tekshirish bilan birga (rentgenoskopiya, ko’krak qafasini 2 proektsiyada rentgenografiya qilish) fibrobronxoskopiya qilish zarur.
Fibrobronxoskopiya qattiq bronxoskopiyaga o’tish sharoitlarida o’tkazilishi lozim, chunki bunday bemorlarda tekshiruv jarayonida ko’p qon ketish ehtimolini istisno qilib bo’lmaydi. Olingan bronxoskopik rentgenologik ma’lumotlar ko’pchilik bemorlarda qon ketish manbaini aniqlash, diagnoz qo’yish, keyingi tekshiruv va davolash rejasini tuzishga imkon beradi. Jarrohlik amaliyoti o’tkazishga monelik qiladigan hollari bo’lgan bemorlarda qon oqishining takroran ro’y berishiga qarshi zararlangan tomonda bronxial arteriyani embolizatsiya qilish kerak.
Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling