Institutlari
Qorin churralari etiologiyasi va patogenezi
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keltirib chiqaradigan omillar.
- Sirpanuvchan churralar.
- Asoratlanmagan churralarni davolash.
- Churra rivojlanishida ahamiyati bo’lgan chov uchburchagining tuzilish xususiyatlari
- Simptomlari.
- Chov churralarini davolash.
Qorin churralari etiologiyasi va patogenezi. Churralar mahalliy va umumiy xarakterdagi sabablardan hosil bo’lishi mumkin, moyil qiladigan va keltirib chiqaradigan turlarga bo’linadi. Churralar hosil bo’lishining moyillik qiladigan sabablariga churra eng ko’p hosil bo’ladigan joylarda qorin devori tuzilishining mahalliy anatomik xususiyatlari kiradi. Bu kuchsiz joylar yoki «churra nuqtalari» quyidagilardir: - chov kanali sohasi; - sondagi oval chuqurcha sohasi; - qorin oq chizig’i aponevrozining kindik ustidagi va kindik oldidagi bo’limi; - Spigeli chizig’i sohasi; - Pti uchburchagi sohasi; 283
- Gryunfeld-Lesgaft to’rtburchagi sohasi; - yopqich teshik sohasi. Qorin devori tuzilishining anatomik xususiyatlari ayollarda va erkaklarda turli xil churralarning taqsimlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Son churralarining ko’p uchrashi ayollarda chanoq halqasi enining serbarligi bilan bog’liq. Erkaklarda chov churralarining ko’p uchrashi ularda chov halqasining birmuncha kengligi bilan izohlanadi. Embrion davrida u orqali tuxum yorg’oqqa tushadi va urug’ kanalchasidan (tizimchasidan) o’tadi, shuningdek chov yorig’i tuzilishining ham o’ziga xos xususiyati (uchburchak) bor. Ayollarda chov oraliri yoriqsimon shaklga ega. Umumiy moyillik qiladigan omillarga: irsiyat, yosh (umrining birinchi yoshidagi bolalarda ko’krak devori kuchsiz, keksalarda qorin devori to’qimalari atrofiyaga uchragan bo’ladi), jins (ayollarda chanoq va son halqasining tuzilish xususiyatlari, erkaklarda chovning kuchsizligi), gavda
tuzilishining xususiyatlari, semiz-oriqlik, tez-tez tug’ish, qorin devori shikastlari, operatsiyadan keyingi chandiqlar, qorin devori nervlari falajini kiritadilar. Bu umumiy omillar qorin devorining mahalliy zaiflanib qolishiga olib keladi.
omillardir, chunonchi: og’ir jismoniy mehnat, tug’ruqning qiyin o’tishi, juda og’ir yuklarni ko’tarish yoki og’ir narsani tutib turish uchun ko’p kuch sarflab zo’riqish shular jumlasiga kiradi. Churraning shu taxlitda hosil bo’lishiga «zo’riqishdan bo’ladigan churra» deyiladi. Qorin devori muskullari sustlashganda va etishmovchiligida churralar asta- sekin va bemor uchun sezilarsiz, biror jismoniy kuch ishlatmay va zo’riqmay hosil bo’lishi ham mumkin. Ularni «holsizlikdan paydo bo’ladigan churra» deyiladi (masalan, umurtqa pog’onasi, orqa miya va nervlar shikastlangandan keyin to’qimalar trofikasi pasayganda, tez oriqlab ketishda). Churralar kelib chiqishida ahamiyatli bo’lgan boshqa omillardan musiqa asboblarini chalgandagi zo’riqish, emfizema va o’pka sili, ko’kyo’taldagi 284
yo’talish, qabziyat va uretra strikturasidagi, prostata bezi adenomasida buzilishlar, takroriy va qiyin tug’ruqlar, astsit va boshqalarni eslatib o’tish mumkin. Churralarning hosil bo’lish mexanizmi ularning kelib chiqishiga bog’liq holda (tug’ma yoki orttirilgan) xar xil bo’ladi. Tug’ma churrada churra darvozalari va churra xaltachasi avval shakllanadi, so’ngra jismoniy zo’riqish natijasida ichki a’zolar churra xaltachasiga kiradi. Orttirilgan churralarda esa qorin ichidagi bosim oshganda ichki opganlar qorin devori qatlamlarini surib, parietal qorin pardasini cho’zib yuboradi va churra xaltachasi shakllanadi. Qorin churralarini aniqlash simptomlari Simptomlari bo’yicha asoratlanmagan churralar (to’g’rilanadigan, joyiga solinadigan), xronik asoratlangan (to’g’rilanmaydigan) va o’tkir asoratlangan churralarn farq qilish lozim. Asoratlanmagan tashqi churralar sub’ektiv turli-tuman namoyon bo’ladi. Ba’zan ular umuman bo’lmaydi. Aksariyat bemorlar churra sohasida joylashgan simillagan, qattiq og’riqdan noliydilar. Og’riq, masalan, to’sh osti soxasini boshlang’ich chov churrasida – moyakka, jinsiy labga va boshqa sohalarga beriladi. Og’riq jismoniy zo’riqishda, og’ir yuk ko’tarishda, vertikal vaziyatda kuchayadi. Dispeptik shikoyatlar: kekirish, jig’ildon qaynashi, ko’ngil aynishi, ba’zan qusish, dizuriya, qabziyatlar ham bo’lib turadi. Bemorlarni tik turganda va yotganda (gorizontal xolatda) tekshiriladi. Asoratlanmagan tashqi churralarning asosiy ob’ektiv belgilari: - churra joylashuvi uchun xos zonadagi bir oz shish - churra ichidagini qorin bo’shlig’iga kiritishga bog’liq bo’lgan shish ko’rinishi va xajmining tez va ocon o’zgaruvchanligi; - qorin bo’shlig’iga kiritilgan joyda qorin devorining bo’rtib chiqish nuqsoni – «churra darvozasi» borligi - «yo’tal turtkisi» fenomeni borligi.
285
To’g’rilashdan keyin, ehtimol, paypaslash yordamida churra darvozasi va kanalining ko’rinishini, o’lchamlarini ularning atrofidagi to’qimalar sifatini, churra darvozasining churra pardasi va churra xaltachasi bilan o’zaro munosabatini, suriluvchanligini, bitishmalarini aniqlash mumkin: - churrada ichak qovuzlog’i borligi bo’rtma yuzasining silliqligi va elastik yumshoq
konsistentsiyasidan, peristaltikaning teri orqali
bilinishidan, perkussiyada timpanit paydo bo’lishidan aniqlanadi; - churrada ko’p ichak qismi borligi (ayniqsa sirpanuvchan churra ko’rinishida) paypaslashdan tashqari, yo’g’on ichakni rentgenografiya qilishda aniqlanadi; - churradagi qovuq, devorini (sirpanuvchan churra) dizuriya borligidan va qovuqni tsistoskopiya yoki rentgenografiya qilish yordamida (sergozin) aniqlashga muvaffaq, bo’linadi; - churrada ayol ichki a’zolari borligini ba’zan hayz ko’rish davrida bo’rtmaning shishib chiqishidan bilsa bo’ladi. Sirpanuvchan churralar. Bu churra xaltchasining devorlaridan biri qorin pardasi bilan qisman qoplangan (masalan, qovuq, yuqoriga ko’tariladigan va pastga tushadigan ichak) churralardir. Churra xaltachasi kamdan-kam xollarda batamom bo’lmaydi. Yo’g’on ichakning sirpanuvchan churralari aksariyat qiyshiq chov churralarida, qovuqniki esa – to’g’ri chov churralarida bo’ladi. Sirpanuvchan churralar hamma chov churralarining 1-1,5 foizini tashqil qiladi. Ular tug’ma va orttirilgan bo’lishi mumkin.
286
64-rasm. Ko’richak sirpanuvchi churrasi. 1 – peritoneum; 2 – fascia transversalis; 3 – churra qopchasi; 4 – ko’richak devori.
Yo’g’on ichakning sirpanuvchan churrasining patognomonik simptomlari bo’lmaydi. Odatda bu yoshi ulg’aygan va keksa odamlardagi churra darvozasi keng katta churradir. Diagnostikasiga yo’g’on ichakni rentgenda tekshirish yordam beradi. Qovuqning sirpanuvchan churralarida siydik chiqarish buziladi yoki siydik ikki bo’lib chiqariladi (avvaliga bemor qovug’ini bo’shatadi, keyin churra bo’rtmasini bosganidan keyin qaytadan siydik chiqarish mayli paydo bo’ladi va bemor yana siya boshlaydi). Qovuqning sirpanuvchan churrasiga shubxa qilinganda qovuqni kateterlash va tsistografiya qilish zarur.
bilan radikal davolash mumkin. Churralarning hamma turlarida operatsiya qilish printsipi bir xil. Uning vazifasi: - churra xaltachasini churra pardalaridan ajratish; - xaltachani ochish, bitishmadan churra ichidagi a’zoni ozod qilish va qorin bo’shlig’iga kiritish; - churra xaltachasini tortib olish, uni og’zi satxida – bo’ynidan tikish va qirqib tashlash; - churra darvozalarini choklar bilan yopishdan iborat.
287
Churra devorlarini mahalliy bir xil turdagi to’qimalar tikish yo’li bilan yopish usullari lozim bo’lgan. Operatsiyadan keyingi davrda yo’tal, bronxit, zotiljam, qorin dam bo’lishining oldini olish muxim ahamiyatga ega – nafas gimnastikasi, erta o’rindan turish (2-4 kuni), 2-3 xafta mobaynida profilaktik dam olish maqsadga muvofiq. Operatsiyaga monelik qiladigan xollar: yurak va nafas etishmovchiligi bo’lgan juda keksalik, kon aylanishi dekompensatsiya bo’lgan yurak nuqsoni, III boskichdagi o’pka sili, jigar va buyrakning og’ir kasalliklari va boshqa tuzalmaydigan kasalliklar. Asoratlanmagan churralarni konservativ davolash bandaj taqishni tayinlashdan iborat. Bandaj korset va belbog’lar shaklida bo’ladi yoki qoringa mahkam qilib tasma bog’lanadi. Bandaj taqish churra ichida chandiqlar, bitishmalar hosil bo’lishiga sabab bo’ladi, ba’zan terini ta’sirlantiradi va ichki a’zolarni chiqib kolishdan va churrani qisilishdan hamisha ham saqlab qola olmaydi.
Qorin churralari profilaktikasi quyidagicha o’tkaziladi: 1) qorin devori muskullari mustahkamlanadi, buning uchun gimnastika mashg’ulotlari, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish tavsiya etiladi;
288
2) ishda churraga sabab bo’ladigan ortiqcha jismoniy zo’riqishlardan saqlanish lozim, shu maqsadda mehnatni mexanizatsiyalash, uni muxofaza qilish, ishchilarni jismoniy ishlarga to’g’ri tanlash lozim; 3) xomilador ayollar xomiladorlikning oxirgi oylarida belbog’-bandaj taqib yurishlari kerak, tug’ruqdan keyin esa qorinni massaj qilish va qorin muskullarini mustaxkamlash uchun maxsus mashqlar tavsiya etiladi; 4) bolalarning gigiena, ovqatlanish qoidalariga rioya qilishi, ularda ichak faoliyati, nafas a’zolari va siydik chiqarishning normal o’tishini kuzatib borish, qorin devoridagi nuqsonlarni aniqlash maqsadida ularni qunt bilan sinchiklab tekshirish, bordi-yu, churra aniqlansa, bolalikda operatsiya usulida olib tashlash; 5) yog’ bosishga va ayniqsa undan keyin qattiq oriqlab ketishga qarshi kurashish; 6) operatsiyadan keyin churralarning profilaktikasi jaroxat yiringlanishining profilaktikasidan iborat, buning uchun qorin jaroxati tamponada qilinadi, laparotomiyani boshdan kechirgan shaxslarga 2-4 xafta muddatga dam olish beriladi. Jismoniy ishga qaytishda asta-sekinlik printsipiga amal qilish va qorin devori muskullarini chiniqtirish zarur. Chov churralari (hernia ingvinalis) Chov soxasi anatomiyasi. Chov (yonbosh-chov) sohasi pastdan – pupart boylami, yuqoridan – ikkala Spinae iliaca anteriores superiores ni tutashtiradigan gorizontal chiziq bilan, medial tomondan – qorin to’g’ri ichagining tashqi cheti bilan chegaralangan. Chov soxasining pastki bo’limi chov uchburchagi deyiladi. Uning yuqori tomoni chov boylamining tashqi va uchdan bir o’rta qismi bilan to’g’ri ichakning lateral chekkasi o’rtasidagi nuqtani tutashtirib turadigan gorizontal chiziq hisoblanadi, pastki tomoni – chov boylami, medial tomoni – qorin to’g’ri muskulining tashqi chekkasidir. Chov uchburchagida chov kanali va chov churralari chiqadigan joy bo’ladi.
289
Chov uchburchagining pastki burchagiga chov orqali proektsiyalanadi – bu yuqoridan qorinning ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarining pastki chekkasi, pastdan – pupart boylami, medial tomondan – qorin to’g’ri muskulining tashqi chekkasi va m. cremaster tolalari bilan chegaralangan bo’shliqdir. Chov oralig’i shakliga ko’ra uchburchak, yumaloq, oval va yoriqsimon bo’lishi mumkin. Ayollarda chov oralig’i o’lchamlari kichiqroq, A.P. Krimov ta’rifiga ko’ra, ayollarda chov sohasining muskul devori «erkaklarnikidan birmuncha mukammal», shuning uchun ham chov churralari ko’proq erkaklarda uchraydi. Chov kanali (canalis ingvinalis) uzunligi 4-5 sm, quyidagi devorlari bor: yuqoridan – ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarning pastki chekkasi, pastdan – pupart boylami, orqadan – ko’ndalang fastsiya va oldindan – tashqi qiyshiq muskul aponevrozi.
66-rasm. Qorin oldi devorining ichki tomonidan ko’rinishi 1 – m. rectus abdominis; 2 – lig. interfoveolare; 3 – anulus inguinalis profundus; 4 – lig. inguinale; 5 – a. et v. epigastrica inferior; 6 – limfaticheskie uzly; 7 – lig. lacunare; 8 – a. et v. iliaca externa; 9 – foramen obturatorium; 10 – n. obturatorius; 11 – a. et v. obturatoria; 12 – ureter dexter; 13 – ductus deferens; 14 – vesica urinaria; 15 – peritoneum; 16 – fossa supravesicalis; 17 – fossa inguinalis medialis; 18 – lig. inguinale; 19 – fossa inguinalis lateralis; 20 – plica umbilicalis media; 21 – plica umbilicalis medialis; 22 – plica umbilicalis lateralis.
290
Chov kanalining ichki teshigi oldingi qorin devorining orqa yuzasidagi chuqurchaga (o’ymaga) muvofiq keladi, u plica epigastricadan va urug’ tizimchasidan lateral joylashgan lateral chov chuqurchasi deyiladi. Chov kanalining tashqi teshigi tashqi qiyshiq muskul aponevrozi tolalarining crus superior va crus inferiorga bo’linib ketishidan hosil bo’lgan va sog’lom erkaklarda ko’rsatkich barmoqning uchini o’tkazadi. Ko’ndalang joylashgan tolalar fibrae intercostalis aponevrozni mustaxkam qiladi. Erkaklarda chov kanali orqali urug’ tizimchasi, ayollarda esa yumaloq bachadon boylami o’tadi, churra bo’lmaganda chov kanali ko’rinmaydi. Qiyshiq, to’g’ri va intraparietal chov churralari farq qilinadi. Lateral chuqurcha orqali chiqadigan va chov kanalining ichki teshigi hisoblangan chov churralari qiyshiq chov churralari deb ataladi: churra plica epigastricadan va urug’ tizimchasidan medialroq joylashgan medial chov chukurchasi orqali chiqkanda to’g’ri chov churrasi vujudga keladi. Churra to’g’ri yo’l soladi, uning nomi shundan kelib chiqqan. To’g’ri churralarning qovuq usti chukurchasi orqali chiqishi ham mumkin. Intraparietal churralar qiyshiq chov churralarining ko’rinishi bo’lib, ularda churra xaltachasi qorin devori qatlamlari orasida joylashadi va churra uning ustidan mutlaqo chiqib turmasligi mumkin. Embrional davrida chov kanali orqali processus vaginalis peritonei o’tadi. Shu processus vaginalis peritonei o’sib etilmaganda tug’ma chov churrasi hosil bo’lishi mumkin. Tug’ma chov churralarida ichida moyagi bo’lgan seroz bo’shliq churra xaltachasi bo’shlig’i va qorin bo’shlig’i bilan tutashadi. Tug’ma chov churrasiga qin o’simtasining o’rta qismi obliteratsiyasida vujudga keladigan churrani ham kiritish lozim, chunki uning proksimal qismi kengaygan bo’ladi va churra xaltachasi hisoblanadi. Rivojlanish bosqichlari bo’yicha boshlang’ich, kanal va to’liq chov churrasi farq qilinadi. To’liq qiyshiq chov churralari kattalashib, yorg’oqqa tushadi (chov-yorg’oq churralari deyiladigan churralar). 291
To’g’ri chov churralari olat ildizi oldida teri ostidan bo’rtib chiqib turadi va hatto o’lchami kattagina bo’lganda ham yorg’oqqa kamdan-kam tushadi. Churra rivojlanishida ahamiyati bo’lgan chov uchburchagining tuzilish xususiyatlari: 1) chov oraligining shakli va balandligi. Chov oralig’i uchburchak, yumaloq shakllarda va baland (5,5 sm gacha) bo’lganda bunday chov «kuchsiz» (yumshoq, mayin) deyiladi va churra ko’proq paydo bo’ladi (erkaklarda). 2) agar tashqi chov xalqa soxasida fibrae intercruralis kuchsiz rivojlangan bo’lsa yoki bo’lmasa, bu xolda chov halqasi qorin ichidagi bosimga kam qarshilik ko’rsatadi va churra rivojlanadi. 3) N.I. Kukudjanov ishlariga binoan sog’lom odamlarda chov kanali devori qorin tashqi qiyshiq muskuli aponevrozi bilan birga ichki qiyshiq muskul tolasidan, yuqori devori esa faqat ko’ndalang muskul chekkasidan hosil bo’lgan. Agar ichki qiyshiq muskul urug’ tizimchasini old tomondan yopib turmasa, bu holda chov kanali devorlarining sustligi va chov churralari hosil bo’lishiga moyillik vujudga keladi. 4) chov kanalining orqa devori ko’ndalang fastsiyadan iborat, u chov boylami oldida va qorin to’g’ri muskulining tashqi chekkasida lig. Henle hisobiga zichlashadi. Chov uchburchagi sohasidagi ko’ndalang fastsiya aponevrotik tolalar falx ingvinalis va lig. interfoveolaris hisobiga zichlashadi. Ayollarda chov kanalining orqa devori erkaklarnikiga qaraganda kuchsizroq rivojlangan, shuning uchun to’g’ri chov churralari ayollarda ko’proq uchraydi.
simptomlarga ega. Asosan erkaklarda (5-10:1) kuzatiladi. Yoshi ulg’aygan odamlarda bolalar va o’smirlarga qaraganda ko’proq uchraydi. Qiyshiq chov churrasi eng ko’p tarqalgan hisoblanadi, to’g’ri churrasi esa churralarining taxminan 5-10% hollarida uchraydi.
292
Bemorlar bo’rtib chiqqan joy sohasida og’riq borligi, og’ir yuk ko’tara olmaslik, jismoniy tarbiya mashqlarini bajara olmaslik, ba’zan esa churraning vaqti-vaqtida qisilib turishidan shikoyat qiladilar. Ob’ektiv simptomlar – qorin bo’shlig’iga to’g’rilanadigan churra bo’rtmasi borligi, churra darvozasini aniqlash, churra to’g’rilangandan keyin aniqlash, yo’tal turtkisi fenomeni borligi. Qiyshiq chov churrasi to’g’ri churradan quyidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi: 1) qiyshiq churrada uning shakli qiyshiq va to’g’ri chov churrasida – yumaloq; 2) urug’ tizimchasiga munosabat. Qiyshiq churralarda urug’ tizimchasi churra xaltachasidan medial tomonda, to’g’ri churrada – lateral paypaslab ko’riladi; 3) qiyshiq churralar bir tomonlama, to’g’rilari esa ikki tomonlama bo’ladi; 4) churra darvozasi yo’nalishi – to’g’ri churralarda to’g’ri, qiyshiq churralarda chov kanali yo’liga muvofiq ravishda – qiyshiq; 5) yosh – to’g’ri churralar keksalarda, qiyshiq chov churralari yoshlarda va o’rta yoshli kishilarda uchraydi; 6) to’g’ri churralarda a. epigastrica inferior pulsatsiyasi lateral tomonda, qiyshiq chov churralarida esa medial tomonda; 7) to’g’ri churrada churra darvozasi orqali chov orqa yuzasini barmoq uchi bilan sezish mumkin, qiyshiq churrada bunga chov uchburchagi lateral bo’limining muskul-aponevrotik elementlari xalaqit beradi; 8) kelib chiqish mexanizmiga ko’ra to’g’ri chov churralari «kuchsizlikdan», qiyshiq churralar esa «zo’riqish»dan bo’ladi; 9) qiyshiq chov churralari yorg’oqqa tushadi, to’g’ri churralar esa amalda tushmaydi. Moyak istisqosi perkussiyada to’mtoq tovush beradi, oldingi qorin devoridan keskin chegaralangan va yoritilish simptomlarni beradi.
293
Urug’ tizimchasi venalarining varikoz kengayishi (varikotsele) bemor kuchanganda bosganda osonlikcha puchayib qoladigan egri-bugri yumshoq tuzilmalar ko’rinishida paypaslanadi. Shuningdek limfadenit, lipoma, son churrasi va tromboflebit, posttrombotik kasallikdagi qorin oldingi devori venalari kengayishidan differentsial diagnostika qilish kerak. Chov churralarini davolash. Chov churralarini operatsiya yo’li bilan davolashning 100 dan ortiq usuli mavjud. Og’riqsizlantirish ko’pincha mahalliy bo’ladi. Asoratlangan formalarida, shuningdek bolalarda operatsiya narkoz ostida o’tkaziladi. Operatsiyaning asosiy bosqichlari: 1) Pupart boylamiga parallel holda qiyshiq chov kesmasi ochiladi, teri, teri osti kletchatkasi, ikkita yuza fastsiya, jumladan Tompson va qorin tashqi qiyshiq muskuli aponevrozi tilinadi; 2) churra xaltachasini ajratish; 3) churra xaltachasini ochish va ichidagi a’zoni kiritish (to’g’rilash); 4) churra xaltachasining bo’ynini ikkala tomondan tikish, bog’lash va xaltachasini qirqish. Katta churralarda churra xaltachasi ajratilmay, bo’yni oldidan ko’ndalangiga kesiladi va kiset chok bilan ichidan tikiladi, bog’lanadi, xaltacha periferik qismini esa yorg’oqda qoldiriladi (V.I. Razumovskiy bo’yicha); 5) churra darvozalari plastikasi. Churra darvozalari turli usullar bilan berkitiladi. Orttirilgan qiyshiq chov churralarida churra darvozalarini plastika qilish usullarini ikki guruhga bo’lish mumkin: I. Chov kanali oldingi devorini qorin tashqi qiyshiq, muskuli aponevrozini ochmasdan mustaxkamlash usullari. Cherni usuli – aponevroz oyokchalariga ikkita chok va chov kanali oldingi devoriga 3-4 chok qo’yiladi. 294
Ru usuli – Cherni usulidan farqli ravishda yuqoridan. aponevrozdan tashqari ichki qiyshiq, va ko’ndalang muskullarning pastki chekkasini, pastdan esa pupart boylamini chokka qamrab oladi. Oppel usuli – tashqi chov halqasi oyokchalarini tikish bilan Ru usulini to’ldiradi. Xalkadan ko’rsatkich barmoq uchi o’tishi kerak. Churra qirqishning qorindan tashqarida o’tkaziladigan bu usullarining qator kamchiliklari bor, ular ko’rmasdan o’tkaziladi va aksariyat bolalarda foydalaniladi. II. Aponevrozni ochib, chov kanali oldingi devorini mustahkamlaydigan usullar: Bobrov-Luk-Shampioner usuli – tashqi qiyshiq muskul aponevrozi kesmasining yuqori chekkasini ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullar va ko’ndalang fastsiya bilan birga tashqi qiyshiq muskul aponevrozi pastki chekkasiga urug’ tizimchasining oldingi tomonidan tikiladi Martynov usuli – tashqi qiyshiq muskul aponevrozidan dublikatura yaratiladi. Qiyshiq chov churralarinii engil formalarida va chov oralig’i baland bo’lmaganda qo’llaniladi. Jirar usuli – muskullar Pupart boylamini ichki yuzasiga tikilgandan keyin tashqi qiyshiq muskul aponevrozidan, urug’ tizimchasi oldingi tomonida yana ko’shaloqlanish yuzaga keladi. Bu plastikada ko’pincha Pupart boylami va qorin yon muskullarining pastki chekkasi tolasizlanib qoladi. Spasokukotskiy usuli – Jirar usulidan farqli ravishda choklarning birinchi qatoriga aponevrozning yuqori laxtagini va ichki qiyshiq hamda ko’ndalang muskullar chekkalarini qamrab oladi va Pupart boylamiga tikadi. Choklarning ikkinchi qatori bilan aponevroz dublikaturasi vujudga keltiriladi. Kimbarovskiy usuli bir turdagi to’qimalarni (tashqi qiyshiq muskul bilan pupart boylami aponevrozi) qo’shilishiga asoslangan, bunda ular yaxshiroq, birikadi. Shu maqsad uchun original chok tavsiya qilingan. 295
Takrorlanadigan va katta churralarda, shuningdek to’g’ri chov churralarida churra darvozalarini plastika qilish uchun chov kanali orqa devorini mustaxkamlaydigan usullar qo’llaniladi.
67-rasm. Chov kanalini Jirar-Spasokukotskiy usulida Kimbarovskiy choklari bilan plastika qilish.
Bassini usuli – urug’ tizimchasi ajratiladi va uni chekkaga surib qo’yiladi. Ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarni pupart boylamiga tikib qo’yiladi va shu tariqa chov kanalining orqa devorini vujudga keltiriladi. Urug’ tizimchasini joyiga qo’yiladi va uning ustida tashqi qiyshiq muskul aponevrozi chekkalarini tikiladi. Medial tomondan, to’g’ri muskul qini chekkasini chov boylamiga va qov suyagining suyak pardasi ustiga tikib qo’yiladi. Bu usulda chov oralig’i tugatiladi, urug’ tizimchasi uchun yangi joy hosil bo’ladi.
296
68-rasm. Chov kanalini Bassini usulida plastika qilish. Kukudjanov usuli (soddalashtirilgan turi). Bu usulning mohiyati chov kanali orqa devorini urug’ tizimchasi orqasida qorin ko’ndalang payini oldindan tikish va chov oraligini to’g’ri ichak qinini Kuper boylamiga, ko’ndalang fastsiya va qorin ko’ndalang muskuli aponevrozini chov boylamiga fiksatsiya qilish hisobiga tugatish yo’li bilan mustahkamlashdan iborat. Eng tashqi chok kiset xolida qo’yiladi, unga kichkina uchastkada urug’ tizimchasining qin pardasi qamrab olinadi. Bu chok chov kanali chuqur halqasi sathida joylashgan. Iplar medial tomondan bog’lanadi. Urug’ tizimchasi yana joyiga qo’yilgandan keyin tashqi qiyshiq muskul aponevrozi varaqlaridan duplikatura hosil kilinadi. Postempskiy usuli – urug’ tizimchasi ostida ikki qator chok bilan aponevroz duplikaturasi hosil qilinadi. Choklarning birinchi qatoriga, aponevrozdan tashqari qorinning ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarining chekkalarini ham qamrab olinadi. Bu metodikaga binoan urug’ tizimchasi bevosita teri ostida bo’ladi. Xozirgi vaqtda chov kanalining ham orqa, ham oldingi devorini mustakkamlash uchun biologik (son, teri fastsiyalaridan, oziqlanadigan oyoqchadagi muskullardan autolaxtaklar) va sintetik (kapron, neylon, porolon, polietilen va b.) materiallar qo’llanilyapti.
297
Tug’ma chov churralaridagi operatsiyalar churra xaltachasiga ishlov berish va churra darvozalarini plastika qilish bilan farq qiladi. Churra xaltachasi urug’ tizimchasi elementlaridan ajratilmaganda xaltacha oldingi devori bo’ylab ochiladi va bo’yni oldida qirqiladi. Proksimal qismi ichidan kiset chok bilan tikiladi va qorin bo’shlig’iga kiritiladi. Xaltachaning distal qismi uzunasiga tilinadi va qisman kesiladi. Qolgan qismi seroz qoplami bilan tashqariga ag’dariladi va Vinkelman usulida tikiladi yoki boshidan-oxirigacha uzunasiga tilinadi (Bergman operatsiyasi). Bu moyak istisqosidan saqlab qoladi. Go’daklik yoshida churra darvozalarini plastika qilish uchun Cherni, Oppel usullari qo’llaniladi, katta yoshdagi bolalarda va kattalarda chov kanali oldingi devorini mustahkamlash usullaridan foydalaniladi. Sirpanuvchan chov churralarida churra xaltachasini ehtiyotlik bilan ochilgandan keyin qorin pardasi a’zoi o’tadigan joydan 1-1,5 sm tashlab, churra xaltachasi ichida chok solinadi. Kiset chokdan distal tomonda churra xaltachasi qirqib olinadi va sirpangan a’zo qorin bo’shligiga solinadi va chov kanali oldingi devorining plastikasi bajariladi. Hozirga paytda chov churralarida jarrohlik amaliyoti laparoskopik usulda bajarilishi keng qo’llanilmoqda. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling