Institutlari
Son churrasi (hernia femoralis)
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diagnostikasi.
- Katta odamlardagi kindik churralari
- Anatomiyasi.
- Simptomlari.
- Me’da kasalliklari
- Qorinning yonbosh churralari.
Son churrasi (hernia femoralis) Kamroq uchraydi va Pupart boylamidan pastda joylashadi, ko’proq ayollarda (1:5) va chap tomonda kuzatiladi.
femoralis) o’rtasida joylashgan bo’shliq yonbosh fastsiyasi (arcus iliopectoralis) tarmoqlari vositasida 2 qismga (lacuna musculorum va lacuna vasorum) bo’linadi. Muskul lakunasi orqali m. iliopsoas va n. femoralis, tomir lakunasi orqali a. et v. Femoralis o’tadi, qov suyagi gorizontal tarmog’i periostidan m. pectineus bilan qoplangan fascia pectinea chiqadi. Fascia pectinea va Pupart boylami o’rtasidagi burchak biriktiruvchi to’qima plastikasi – lig. lacunare Gimbernati 298
bilan to’lgan. Jimbernat boylami bilan son venasi o’rtasidagi bo’shliq, yog’ kletchatkasi va Pirogov-Rozenmyuller chuqur chov limfa tuguni bilan to’lgan va son halqasi (anulus femoralis) deyiladi. Oldingi tomondan u chov boylami, orqadan esa taroqsimon boylam va shu nomli fastsiya bilan chegaralangan. Churra ochib boradigan yo’l normada bo’lmaydigan son kanali deb ataladi. Kanalning ichki teshigi bo’lib son halqasi xizmat kiladi, u qorin bo’shlig’i tomonidan ko’ndalang qorin fastsiyasi bilan yopilgan, bu soxada u limfatik tomirlar hisobiga ravoqlangan bo’ladi. Son kanalining tashqi halqasi hiatus saphenus hisoblanadi. Kanalning o’zi uch qirrali shaklga ega: uning oldingi devori son serbar fastsiyasining o’roqsimon chekkasi, lateral devori – son venasi, orqa medial devori – yonbosh taroqsimon fastsiyadan tashkil topgan. Son kanali uzunligi 1-3 sm. Son churrasini joylashuviga ko’ra tomir-lakunar, jimbernat-boylam va muskul-lakunar turlarga bo’lish mumkin. Son churrasining eng ko’p uchraydigan, ya’ni tipik turi tomir-lakunar tur hisoblanadi. Son churralari aksariyat churra hosil bo’lishiga anatomik moyillik tug’diradigan omillari bo’lgan ayollarda kuzatiladi, chunki ularning chanog’i katta, alohida qiyalikka ega, son halqasi o’lchamlari katta (anulus femoralis eni ayollarda 1,8 sm, erkaklarda esa 1,2 sm), oval teshik katta va uning yuqori shohi kaltalashgan. Unutmaslik kerakki, 28,5% hollarda a. obturatoria, a. epigastrica inferiordan anomal uzoqlashadi va bunday xollarda son kanalining ichki halqasi uchala tomondan tomirlar (v. femoralis, a. epigastrica inferior, a. obturatoria) bilan o’ralgan bo’ladi. Bunday joylashuv «ajal toji» (corona mortis) degan nom olgan, chunki qisadigan xalqani kesish vaqtida a. obturatoria shikastlanganda o’limga sabab bo’ladigan qon oqishi ro’y berishi mumkin. Diagnostikasi. Son churrasi Pupart boylamidan pastroqda son oval chuqurchasi zonasida, qov dumboqchasidan pastda lateral joylashgan kichikroq 299
(yorg’oq yoki tuxumdek keladigan) shish bilan xarakterlanadi. U chovda og’riq bilan o’tadi, ba’zan dispeptik buzilishlar, qorinda bo’lishi yoki qabziyat bilan birga kechadi, aksariyat o’ng tomondagi churra sirpanuvchan bo’ladi. Joyiga kiritib bo’lmaydigan churra ichida ko’pincha charvi bo’ladi. Churraning hamma tipik simptomlari – kuchanishda kattalashadigan va yotganda yo’qoladigan bo’rtma, yo’tal turtkisi bo’lganda va Pupart boylamining medial yarmida pastdagi tipik joylashuvda diagnoz qo’yish oson. Juda semiz va to’la ayollarda churraning Pupart boylami munosabatini aniqlash qiyin bo’lganda (spina iliaca anterior surerior va tuberculum pubicum) tutashtirib turadigan chiziqdan foydalaniladi. Bundan tashqari, son churralarining differentsial diagnostikasini urug’ tizimchasi lipomasi, oval chuqurcha limfadeniti, son venalarining varikoz kengayishi, xavfli o’sma metastazi, son tomirlari anevrizmasi bilan o’tkazish kerak.
Son churralari faqat operatsiya qilib davolanadi. Operatsiyalarning hamma usullarini ikki turga ajratish mumkin: 1) chov kanali tomonidan qilinadigan operatsiyalar; 2) son tomonidan bajariladigan operatsiyalar. Joyiga kiritib bo’lmaydigan katta o’lchamli son churralarida T-simon kesmalardan kam foydalaniladi. Chov tomonidan o’tkaziladigan operatsiyalar. Rudji usuli. Chov kanali va ko’ndalang fastsiya ochilgandan, churra xaltachasi ajratilib ishlov berilgandan keyin Pupart boylamini suyak usti pardasiga tikib, plastika o’tkaziladi. Chov kanali devorining butunligi tiklanadi. Parlavechcho usuli – tashqi halqa butunligini saqlab qolgan holda chov kanali ochiladi. Qorin ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarining pastki chekkasini qov suyagining suyak usti pardasiga urug’ tizimchasi orqasidan tikishadi. Choklarning ikkinchi qatori xuddi shu muskullarga chov boylamiga solinadi. 300
Rayx usuli – ichki qiyshiq va ko’ndalang muskul Pupart boylamiga va qov suyagining suyak pardasi ustiga urug’ tizimchasi oldidan tikiladi. Praksin usuli – qo’shma usul bilan plastika qilinadi operatsiyani son tomonidan boshlab xaltachani ajratiladi va unga ishlov beriladi. Plastikani esa chov yo’li orqali urug’ kanalchasi orqasida Pupart boylamiga va suyak usti pardasiga qilinib, ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullar pastki chekkasini tikiladi. Son tomondan kilinadigan operatsiyalar. Lokvud-Bassini usuli – son halqasi plastikasini chov boylamini qov suyagi usti pardasiga tikish hisobiga bajariladi (69-rasm).
69-rasm. Lokvud-Bassini usulida son xalqasini plastikasi Bassini plastika usulini oval chuqurcha yarimoysimon chekkasiga (margo falciformis) va taroqsimon fastsiyaga choklarning ikkinchi qatorini solish bilan to’ldirdi. Prokunin usuli – son kanalidagi ichki xalqani taroqsimon muskul va shu nomdagi fastsiyadan olingan laxtak bilan yopiladi. Aponevrozning chov boylamiga parallel qilib kesib olingan transplantatning eniga muvofiq tilinadi. Urug’ tizimchasini yuqoriga suriladi va korntsang yordamida son halqasi zonasidagi ko’ndalang fastsiyani to’mtoq holda suriladi. Son halqasi orqali
301
taroqsimon muskul laxtagini tashqi qiyshiq muskul aponevrozi kesmasiga o’tkaziladi, unga transplantat o’rnatilib, son kanalining ichki teshigi bekitiladi. Uotson-Cheyne usulining Prokunin usulidan farqi shundaki, taroqsimon muskuldan olingan asosi yuqoriga yo’naltirilgan 6-7 sm uzunlikdagi laxtak Pupart boylamiga tashqaridan tikib ko’yiladi. Transplantatni tomir qiniga va taroqsimon muskulga qo’shimcha mahkamlanadi. Kindik churralari Kindik halqasi orqali o’tadigan churralarga kindik churralari deyiladi. Kindik churralari hamma churralarning 6-8 foizini tashkil qiladi. Quyidagilar farq qilinadi: 1) kindik kanalchasining tug’ma churralari; 2) go’dak bolalardagi orttirilgan kindik churralari; 3) kattalarning kindik churralari. Anatomik ma’lumotlar. Qorin oldingi devori strukturasida kindik sohasini bo’sh joy deb hisoblash mumkin. Embrional davrda kindikning shakllanishi murakkab jarayondir. Normada antinatal davrning 6-oyidayoq kindik halqasi hosil bo’ladi, uning o’lchami asta-sekin kichrayib boradi va tug’ilishdan bir necha kun o’tgach tushgan kindik o’rnida ichiga botgan yamoqcha xolida uzil- kesil berkilib qoladi. Bu sohada aksariyat qorin oldingi devorining tug’ma rivojlanish nuqsonlari, shuningdek katta yoshdagi odamlarda churralar kuzatiladi. Hatto normal sharoitlarda kindik sohasi bir muncha beqaror strukturalar – teri, kindik fastsiyasi va qorin pardasi bilan berkilgan bo’ladi. Kindik halqasi serbar va fastsiyasi sust rivojlangan bo’lganda churralar paydo bo’lishi uchun shart-sharoitlar vujudga keladi. Kindik halqasining muskul pardasi bo’lmagan faqat kindik venasi o’tadigan yuqori bo’limi pastki bo’limidan kuchsiz bo’ladi. Kindik fastsiyasining to’rtta biriktiruvchi to’qima tortmalari bilan mahkamlanganligini eslatib o’tish lozim: bitib ketgan kindik venasi, kindik arteriyalari va obliteratsiyalangan siydik yo’li. Biroq fastsiya yaxshi rivojlangan qorin to’g’ri muskullari va uning kindik halqasi diametrini toraytiradigan qin aponevrozlari bo’lgandagina pishiq bo’ladi. Shuning uchun
302
kindik churrasi, odatda, to’g’ri qorin muskullari sust rivojlangan ayollarda (80%) va bolalarda kuzatiladi. Kindik tizimchasi churrasi yoki kindik churrasi (omphalocele) rivojlanish nuqsonidan iborat bo’lib, bunda bola tug’iladigan fursatda qorin bo’shlig’i qisman qorin pardasidan tashqarida – amnion, Vartanov liqildog’i va birlamchi oddiy qorin pardasidan tashqil topgan kindik pardalarida joylashadi (ichakning aylanish jarayoni buzilishi natijasida, qorin bo’shlig’ining o’sib etilmaganligi yoki qorin oldingi devorining yopilishi buzilishidan). Qorin oldingi devori rivojlanishining to’xtash vaqtiga ko’ra kindik churralarining 2 turi – embrional va fetal churralar tafovut qilinadi. Embrional churralarda jigarda Glisson kapsulasi bo’lmaydi va u kindik pardalari bilan qo’shilib ketadi. Churra o’lchamlariga ko’ra kichiqroq – 5 sm gacha, o’rtacha – 10 sm gacha, kattalari – 10 sm dan katta bo’ladi. Churra pardalari holatiga ko’ra: asoratlangan (pardalarining yirtilishi, ularning yiringli parchalanishi, ichak oqmalari) va asoratlanmagan (pardalari o’zgarmagan) turlariga bo’linadi. Kindik tizimchalarining churralari bo’lgan bolalarning taxminan 65 foizida rivojlanish nuqsonlari (yurak, me’da-ichak yo’li, siydik-tanosil sistemasining) birga uchraydi. Tug’ilishdan keyin dastlabki soatlarda churra xaltachasini hosil qiladigan kindik pardalari yaltiroq, tiniq, oqimtir rangli bo’ladi. Biroq birinchi sutka oxirida ular quriydi, loyqa tortadi, so’ngra infektsiyalanadi va fibrin qatlamlari bilan qoplanadi. Pardalar yupqalashganda va yirtilganda eventeratsiya yuz beradi.
Davolash operatsiya usulida va konservativ bo’ladi. Operatsiyaga mutloq monelik qiladigan xollarga tug’ma yurak nuksoni, bolaning oy-kuni ancha to’lmasdan tug’ilishi va og’ir kalla suyagi-miya shikasti kiradi.
Diametri 5-7 sm li churralarda qorin oralig’i devori qatlam-qatlam qilib tikiladi. 303
Diametri 7-9 sm li churralarda faqat teri tikiladi. Katta o’lchamli churralar qorin ichi bosimining xayot uchun xavfli oshib ketishi sababli operatsiyaga nisbiy monelik qiladigan xol xisoblanadi. Bunday xollarda churraga steril bog’lam qo’yiladi va qorin devorini yopishkoq plastir tilishlari bilan tortib qo’yiladi. Bunday chaqaloqlarning talaygina qismi peritonit va sepsisdan nobud bo’ladi. Agar bu kasallar oyi-kuni to’lib va qo’shilib keladigan og’ir rivojlanish nuqsonlarisiz tug’ilgan bo’lsalar Gross bo’yicha 2 boskichli operatsiya qilish yoki nuqsonni alloplastik material bilan yopish mumkin. Go’daklarda kindik churralari xayotining dastlabki oylarida rivojlanadi yoki keyinchalik hosil bo’ladi. Bolalarda kindik churralari ular yig’laganda, qattiq yo’talganda va fimozda doimiy kuchanganda, oriqlab ketganda vujudga keladi. Bolalarda kindik churralari odatda katta o’lchamli bo’lmaydi va oson joyiga tushadi. Qisilib qolish xollari kamdan-kam uchraydi. Davolash. Taktikasi churra turiga va bolaning yoshiga bog’lik. Chaqaloq va yosh bolalarda qorin pressi o’sishi va rivojlanishi jarayonida odatda bola 3-5 yoshga, ba’zan 5-6 yoshga etganda churraning o’z-o’zidan tuzalib ketishi kuzatiladi. Bundan kechroq muddatlarda kindik halqasi o’zicha yopilmaydi. Operatsiya kilib davolash kerak bo’ladi. Kengaygan kindik halqasi yopilishiga quyidagi tadbirlar imkon beradi: 1) kindik soxasiga paxtaga o’ralgan yassi karton parchasini qo’yib qo’yish. Uning chekkalari churra teshigi chekkalarini yopib turishi lozim. Bog’lam 1 oycha qo’yiladi, so’ngra alishtiriladi; 2) qorin pressini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan massaj va gimnastika. Davo bolaning 1 oyligidan boshlanadi; 3) qorin muskullarini doimiy tarang qilib turadigan asosiy kasallikni davolash; 4) to’g’ri rejim, vannalar, to’g’ri ovkatlanish. Konservativ davo yordam bermaganda (odatda 2-3 yildan keyin) va churra qisilganda operatsiya qilishga to’g’ri keladi. 304
Katta odamlardagi kindik churralari. Ko’pincha to’g’ri muskullar diastazi bilan birga keladi va ko’p tuqqan yoki juda semirib ketgan ayollarda uchraydi. Kindik churralari hosil bo’lishiga, shuningdek astsit va kindik oqmalari sabab bo’ladi. Churra teshigining o’lchamlari xar xil – juda tor teshikdan serbar teshikkacha. Katta teshiklar ko’ndalang yo’nalishga ega. Churra xaltachasi noto’g’ri shaklda va to’siqlar hamda divertikullar hosil qiladi. Kindik churralari arang bilinadigan bo’rtmachalardan tortib, katta xajmli o’smalargacha bo’lishi mumkin. Kindik churralari ko’pincha joyiga tushmaydigan bo’ladi, koprostaz va qisilib qolish bilan asoratlanadi. Churralar og’ir yuk ko’targanda, shuningdek churra o’zicha chiqkanda og’riq, beradi. Aksariyat kindik churralari terining bichilishi yoki kiyim-kechak yupka tortgan badan terisini bosib turishi natijasida yalliglanishga uchraydi. Shunday qayta yallig’lanishlar natijasida churra xaltachasi ichida bitishmalar hosil
bo’ladi va
churra joyiga
tushmaydigan, ya’ni
to’g’rilanmaydigan bo’lib qoladi. Kindik churralari operatsiya qilib davolanadi. Kindik churralarida kindik churra xaltachasi bilan birga kesib tashlanadi. Churra ichidagi a’zolar churra xaltachasi bilan bitishmalari ajratilgandan keyin qorin bo’shlig’iga kiritiladi. Churra xaltachasining ichida shishib qalinlashgan charvisi bo’lgan to’g’rilanmaydigan kindik churralarida charvini rezektsiya qilish kerak. Churra xaltachasi darvozalari oldida uzluksiz chok bilan tikiladi. Bolalardagi kichik churralarda churra darvozalari plastikasi Lekser bo’yicha o’tkaziladi: teshik atrofiga aponevrozga ipak ip bilan kiset choki solinadi, u tortilgandan keyin xalkani bekitadi. Keyinchalik aponevrozga ko’ndalang yo’nalishda tugunli ipak choklar solinadi.
305
70-rasm. Kindik churralarida operatsiya kesmalari 1-
2-
Lekser usuli 3-
Meyo usuli Meyo usuli churra darvozalarini yaxshi bekitish uchun katta kindik churralarida qo’llaniladi. Kindik halqasini ikkala tomonda 1 sm dan kesiladi. Aponevrozning pastki chekkasini bir necha П-simon choklar yordamida yuqori chekkasi ostiga tortiladi va o’sha erda duplikatura holida mahkamlanadi; aponevroz laxtagining yuqori chekkasini tugunli choklar qatori bilan aponevrozning pastki uchastkasi sathiga tikiladi. Sapejko usuli – Meyo usulidan qorin devori aponevrozini churra teshigi ustidan vertikal yo’nalishda ikki marta oshirish bilan farq qiladi. Sapejko usulida fakat tugunchali choklar solinadi. Oq chiziq churralari (hernia liniae alba) yoshi ulg’aygan va keksa odamlarda ko’proq uchraydi.
ko’ndalang muskullar aponevrozlarining biriktiruvchi to’qima tolalaridan hosil bo’ladi.
306
Kindikdan yuqoridagi oq chiziq kindik oldida eni 2-3 sm ga etadigan serbar biriktiruvchi to’qima plastikasidan iborat. Qorin to’g’ri muskullari qinini hosil qiladigan aponevrozlar oq chiziqqa o’tayotganda qiya yo’nalib, bir biri bilan kesishadi va ayrim kishilarda birmuncha kattalashib ketadigan va churra chiqadigan joy bo’lib xizmat qiladigan yog’li kletchatka bilan to’lgan yoriqsimon bo’shliqlar hosil qiladi. Qorin to’g’ri muskullari kindikdan pastda deyarli tegib turadi. Bunday joylashgan churralarning nihoyatda kam uchrashi shu bilan izohlanadi. Qorin usti sohasi anatomik strukturasida (epigastrium) ham churra bo’rtmalari hosil bo’lishiga shart-sharoitlar mavjud. Bu sohada qorin to’g’ri muskullari dastalari orasidagi yoriqlarni nazarda tutish lozim. Bu dastalarning bir qismi V-VII qovurg’alarga, boshqalari esa xanjarsimon o’simtaga yopishadi. Muskul-aponevrotik tuzilmalar tonusi buzilganda va qorin ichidagi bosim oshganda bu yoriqlarga qorin pardasi oldidagi yog’, shuningdek qorin pardasi kirib qolishi mumkin: me’da kasalligi bularning qisilib qolishiga sabab bo’lishi mumkin.
Oq chiziq churralari joylashuviga ko’ra kindikdan yuqorida joylashgan qorin usti churralari (herniae epigastricae), kindik oldida joylashgan kindik oldidagi (hernia paraumblicalis) va kindik pastida joylashgan qorin pastidagi (herniae hypogastricae) churralarga bo’linadi. Qorin ichidagi bosimning talaygina ko’tarilishi ta’siri ostida aponevrozdagi yoriq orqali (normada undan tomirlar, nervlar o’tadi) avvaliga qorin pardasi oldidagi yog’
bo’rtib chiqadi, u ba’zan qorin devori muskullari taranglashtirilganda yumaloq zichlashma (qorin pardasi oldidagi lipoma deb ataladigan) ko’rinishida paypaslanadi. Keyinchalik lipomadan keyin qorin pardasi ham bo’rtib chiqadi va xaqiqiy churra hosil bo’ladi.
bo’rtma sohasida og’riq sezadilar. Yotishda odatda og’riq bo’lmaydi. Churra qisilganda bemorning ko’ngli ayniydi va qusadi.
307
Me’da kasalliklari – gastrit, yara, rak bilan differentsial diagnostika o’tkaziladi. Me’da patologiyasida og’riqlar ovqat eyish bilan bog’liq, vaxolanki churrada og’riq jismoniy harakat qilinganda paydo bo’ladi. Bemorlarda epigastriyda og’riq bo’lgan hamma hollarda me’da va o’n ikki barmoq ichakni qo’shimcha rentgenologik tekshirish zarur.
Churra xaltachasi ajratilgandan va ishlov berilganda uni olib tashlangandan keyin yoriqni aponevrozda tugunli choklar, kiset chok bilan tikiladi yoki Sapejko bo’yicha yoki Sapejko-Dyakonov bo’yicha plastika qilinadi. Ikkinchi usul birinchisidan birinchi qatorda П-simon choklar solish bilan farq qiladi.
kesilgan abstsesslardan keyin, mahalliy muskul falaji zaminida hosil bo’lishi mumkin va odatda qorin ko’ndalang muskulining muskul qismi aponevrozga o’tayotganda spigeliy chizig’ida hosil bo’ladi. Aponevroz to’g’ri muskullar qini devorlari tarkibiga o’tayotganda o’yiq (chuqurcha) hosil bo’ladi. Bu erda aponevroz tolalari ikkiga bo’linadi va qinga qon tomirlar va nervlar kiradi. Bu joylar churra chiqadigan bo’sh joylar hisoblanadi. Churra ko’pincha kesilgan holda aniqlanadi. Operatsiya churra teshigini ochish, churra ichidagini qorin bo’shlig’iga solish va qorin devorini qatlam-qatlam qilib tikishdan iborat. Martynov bo’yicha plastika Sapejko usulidan kesmaning o’ng qorin to’g’ri muskuli chekkasi bo’ylab joylashuvi bilangina farq qiladi.
Ko’pincha qorinni kesib ochiladigan turli operatsiyalardan keyin uchraydi. Operatsiyadan keyingi churralar asosan qorin bo’shlig’ini tamponada qilish va drenajlash, jaroxat yiringlab ketishi va operatsion jarohatning ikkilamchi tortilib bitishi bilan o’tadigan operatsiyalardan keyin vujudga keladi. Churra paydo bo’lishining sabablaridan biri operatsiya vaqtida muskul nervlari va tomirlarining qirqilib ketishi hisoblanadi.
308
Operatsiyadan keyingi churralarning paydo bo’lish sabablarini faqat tikilgan to’qimalarning sust regeneratsiyasidan emas, balki operatsiya texnikasining noto’g’riligidan va operatsiyadan keyin bitmagan yamoqni etarlicha ehtiyot qilmaslikdan izlash kerak. Operatsiyadan keyingi churralar ba’zan juda kattalashib ketib, qorin a’zolarining talay miqdordagi eventratsiyasi bilan o’tadi. Operatsiyadan keyingi yamoqli churralar churra xaltachasiga ega bo’lishi, qator hollarda esa undan mahrum bo’lishi mumkin va operatsiyadan keyingi teri osti chandiqli eventratsiyasidan iborat bo’ladi.
shug’ullanishga imkon yo’qligi, ba’zan qabziyat va qorin dam bo’lishi bemorlarning asosiy shikoyatlaridan hisoblanadi. Ob’ektiv tekshiruvda qorin devorida yamoqli o’zgargan yupqalashgan teri bilan qoplangan bo’rtmacha aniqlanib, uning ostida qorin a’zolari paypaslab ko’riladi. Ularni joyiga solingandan keyin churra teshigining o’tkir chekkalarini paypaslab ko’rish mumkin, bu teshik operatsion yamoqning boshdan-oxirigacha katta o’lchamlargacha etishi mumkin. Churra xaltachasi ichidagi a’zolar (charvi, ingichka va yo’g’on ichak qovuzloqlari) ko’pincha bo’rtib chiqqan joy sohasida yamoqli o’zgargan teri bilan qo’shilib ketgan bo’ladi. Tushgan ichki a’zolarning churra xaltachasi bilan bitishmalar hosil qilganligi, shuningdek ko’p sonli ichki a’zolarning churra xaltachasiga surilishi natijasida operatsiyadan keyingi churralar ko’pincha to’g’rilab bo’lmaydigan bo’lib qoladi.
Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling