Institutlari


Son churrasi (hernia femoralis)


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/49
Sana05.11.2017
Hajmi3.88 Mb.
#19444
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49

 

Son churrasi (hernia femoralis) 

Kamroq  uchraydi  va  Pupart  boylamidan  pastda  joylashadi,  ko’proq 

ayollarda (1:5) va chap tomonda kuzatiladi. 

Son  kanali  anatomiyasi.  Chov  boylami,  yonbosh  va  son  suyaklari  (arcus 

femoralis) o’rtasida joylashgan bo’shliq yonbosh fastsiyasi (arcus iliopectoralis) 

tarmoqlari  vositasida  2  qismga  (lacuna  musculorum  va  lacuna  vasorum) 

bo’linadi. 

Muskul lakunasi orqali m. iliopsoas va n. femoralis, tomir lakunasi orqali a. 

et  v.  Femoralis  o’tadi,  qov  suyagi  gorizontal  tarmog’i  periostidan  m.  pectineus 

bilan  qoplangan  fascia  pectinea  chiqadi.  Fascia  pectinea  va  Pupart  boylami 

o’rtasidagi  burchak  biriktiruvchi  to’qima  plastikasi  –  lig.  lacunare  Gimbernati 



 

298 


bilan  to’lgan.  Jimbernat  boylami  bilan  son  venasi  o’rtasidagi  bo’shliq,  yog’ 

kletchatkasi va Pirogov-Rozenmyuller chuqur chov limfa tuguni bilan to’lgan va 

son  halqasi  (anulus  femoralis)  deyiladi.  Oldingi  tomondan  u  chov  boylami, 

orqadan  esa  taroqsimon  boylam  va  shu  nomli  fastsiya  bilan  chegaralangan. 

Churra ochib boradigan yo’l normada bo’lmaydigan son kanali deb ataladi. 

Kanalning ichki teshigi bo’lib son halqasi xizmat kiladi, u qorin bo’shlig’i 

tomonidan  ko’ndalang  qorin  fastsiyasi  bilan  yopilgan,  bu  soxada  u  limfatik 

tomirlar  hisobiga  ravoqlangan  bo’ladi.  Son  kanalining  tashqi  halqasi  hiatus 

saphenus hisoblanadi. 

Kanalning  o’zi  uch  qirrali  shaklga  ega:  uning  oldingi  devori  son  serbar 

fastsiyasining  o’roqsimon  chekkasi,  lateral  devori  –  son  venasi,  orqa  medial 

devori – yonbosh taroqsimon fastsiyadan tashkil topgan. Son kanali uzunligi 1-3 

sm. 

Son  churrasini  joylashuviga  ko’ra  tomir-lakunar,  jimbernat-boylam  va 



muskul-lakunar turlarga bo’lish mumkin. 

Son  churrasining  eng  ko’p  uchraydigan,  ya’ni  tipik  turi  tomir-lakunar  tur 

hisoblanadi.  Son  churralari  aksariyat  churra  hosil  bo’lishiga  anatomik  moyillik 

tug’diradigan  omillari  bo’lgan  ayollarda  kuzatiladi,  chunki  ularning  chanog’i 

katta, alohida qiyalikka ega, son halqasi o’lchamlari katta (anulus femoralis eni 

ayollarda 1,8 sm, erkaklarda esa 1,2 sm), oval teshik katta va uning yuqori shohi 

kaltalashgan. 

Unutmaslik  kerakki,  28,5%  hollarda  a.  obturatoria,  a.  epigastrica 

inferiordan anomal uzoqlashadi va bunday xollarda son kanalining ichki halqasi 

uchala  tomondan  tomirlar  (v.  femoralis,  a.  epigastrica  inferior,  a.  obturatoria) 

bilan o’ralgan bo’ladi. 

Bunday  joylashuv  «ajal  toji»  (corona  mortis)  degan  nom  olgan,  chunki 

qisadigan  xalqani  kesish  vaqtida  a.  obturatoria  shikastlanganda  o’limga  sabab 

bo’ladigan qon oqishi ro’y berishi mumkin. 



Diagnostikasi.  Son  churrasi  Pupart  boylamidan  pastroqda  son  oval 

chuqurchasi zonasida, qov dumboqchasidan pastda lateral joylashgan kichikroq 



 

299 


(yorg’oq yoki tuxumdek keladigan) shish bilan xarakterlanadi. U chovda og’riq 

bilan  o’tadi,  ba’zan  dispeptik  buzilishlar,  qorinda  bo’lishi  yoki  qabziyat  bilan 

birga  kechadi,  aksariyat  o’ng  tomondagi  churra  sirpanuvchan  bo’ladi.  Joyiga 

kiritib bo’lmaydigan churra ichida ko’pincha charvi bo’ladi. 

Churraning  hamma  tipik  simptomlari  –  kuchanishda  kattalashadigan  va 

yotganda yo’qoladigan bo’rtma, yo’tal turtkisi bo’lganda va Pupart boylamining 

medial yarmida pastdagi tipik joylashuvda diagnoz qo’yish oson. Juda semiz va 

to’la  ayollarda  churraning  Pupart  boylami  munosabatini  aniqlash  qiyin 

bo’lganda  (spina  iliaca  anterior  surerior  va  tuberculum  pubicum)  tutashtirib 

turadigan chiziqdan foydalaniladi. 

Bundan  tashqari,  son  churralarining  differentsial  diagnostikasini  urug’ 

tizimchasi  lipomasi,  oval  chuqurcha  limfadeniti,  son  venalarining  varikoz 

kengayishi,  xavfli  o’sma  metastazi,  son  tomirlari  anevrizmasi  bilan  o’tkazish 

kerak. 


Son churralari faqat operatsiya qilib davolanadi. Operatsiyalarning hamma 

usullarini ikki turga ajratish mumkin: 

1) chov kanali tomonidan qilinadigan operatsiyalar; 

2) son tomonidan bajariladigan operatsiyalar. 

Joyiga  kiritib  bo’lmaydigan  katta  o’lchamli  son  churralarida  T-simon 

kesmalardan kam foydalaniladi. 

Chov tomonidan o’tkaziladigan operatsiyalar. 

Rudji  usuli.  Chov  kanali  va  ko’ndalang  fastsiya  ochilgandan,  churra 

xaltachasi  ajratilib  ishlov  berilgandan  keyin  Pupart  boylamini  suyak  usti 

pardasiga tikib, plastika o’tkaziladi. 

Chov kanali devorining butunligi tiklanadi. 

Parlavechcho  usuli  –  tashqi  halqa  butunligini  saqlab  qolgan  holda  chov 

kanali  ochiladi.  Qorin  ichki  qiyshiq  va  ko’ndalang  muskullarining  pastki 

chekkasini  qov  suyagining  suyak  usti  pardasiga  urug’  tizimchasi  orqasidan 

tikishadi.  Choklarning  ikkinchi  qatori  xuddi  shu  muskullarga  chov  boylamiga 

solinadi. 



 

300 


Rayx usuli – ichki qiyshiq va ko’ndalang muskul  Pupart boylamiga va qov 

suyagining suyak pardasi ustiga urug’ tizimchasi oldidan tikiladi. 

Praksin  usuli  –  qo’shma  usul  bilan  plastika  qilinadi  operatsiyani  son 

tomonidan  boshlab  xaltachani  ajratiladi  va  unga  ishlov  beriladi.  Plastikani  esa 

chov  yo’li  orqali  urug’  kanalchasi  orqasida  Pupart  boylamiga  va  suyak  usti 

pardasiga  qilinib,  ichki  qiyshiq  va  ko’ndalang  muskullar  pastki  chekkasini 

tikiladi.  

Son  tomondan  kilinadigan  operatsiyalar.  Lokvud-Bassini  usuli  –  son 

halqasi  plastikasini  chov  boylamini  qov  suyagi  usti  pardasiga  tikish  hisobiga 

bajariladi (69-rasm). 

 

69-rasm. Lokvud-Bassini usulida son xalqasini plastikasi 



 

Bassini  plastika  usulini  oval  chuqurcha  yarimoysimon  chekkasiga  (margo 

falciformis)  va taroqsimon  fastsiyaga  choklarning ikkinchi qatorini  solish bilan 

to’ldirdi. 

Prokunin  usuli  –  son    kanalidagi  ichki  xalqani  taroqsimon  muskul  va  shu 

nomdagi  fastsiyadan  olingan  laxtak  bilan  yopiladi.  Aponevrozning  chov 

boylamiga parallel qilib kesib olingan transplantatning eniga muvofiq tilinadi. 

Urug’  tizimchasini  yuqoriga  suriladi  va  korntsang  yordamida  son  halqasi 

zonasidagi  ko’ndalang  fastsiyani  to’mtoq  holda  suriladi.  Son  halqasi  orqali 


 

301 


taroqsimon  muskul  laxtagini  tashqi  qiyshiq  muskul  aponevrozi  kesmasiga 

o’tkaziladi, unga transplantat o’rnatilib, son kanalining ichki teshigi bekitiladi. 

Uotson-Cheyne  usulining  Prokunin  usulidan  farqi  shundaki,  taroqsimon 

muskuldan  olingan  asosi  yuqoriga  yo’naltirilgan  6-7  sm  uzunlikdagi  laxtak 

Pupart  boylamiga  tashqaridan  tikib  ko’yiladi.  Transplantatni  tomir  qiniga  va 

taroqsimon muskulga qo’shimcha mahkamlanadi. 



 

Kindik churralari 

Kindik  halqasi  orqali  o’tadigan  churralarga  kindik  churralari  deyiladi. 

Kindik  churralari  hamma  churralarning  6-8  foizini  tashkil  qiladi.  Quyidagilar 

farq qilinadi: 1) kindik kanalchasining tug’ma churralari; 2) go’dak bolalardagi 

orttirilgan kindik churralari; 3) kattalarning kindik churralari. 

Anatomik  ma’lumotlar.  Qorin  oldingi  devori  strukturasida  kindik  sohasini 

bo’sh  joy  deb  hisoblash  mumkin.  Embrional  davrda  kindikning  shakllanishi 

murakkab  jarayondir.  Normada  antinatal  davrning  6-oyidayoq  kindik  halqasi 

hosil  bo’ladi,  uning  o’lchami  asta-sekin  kichrayib  boradi  va  tug’ilishdan  bir 

necha kun o’tgach  tushgan kindik o’rnida  ichiga botgan  yamoqcha xolida  uzil-

kesil  berkilib  qoladi.  Bu  sohada  aksariyat  qorin  oldingi  devorining  tug’ma 

rivojlanish  nuqsonlari,  shuningdek  katta  yoshdagi  odamlarda  churralar 

kuzatiladi. 

Hatto  normal  sharoitlarda  kindik  sohasi  bir  muncha  beqaror  strukturalar  – 

teri, kindik fastsiyasi va qorin pardasi bilan berkilgan bo’ladi. 

Kindik  halqasi  serbar  va  fastsiyasi  sust  rivojlangan  bo’lganda  churralar 

paydo bo’lishi uchun shart-sharoitlar vujudga keladi. Kindik halqasining muskul 

pardasi  bo’lmagan  faqat  kindik  venasi  o’tadigan  yuqori  bo’limi  pastki 

bo’limidan  kuchsiz  bo’ladi.  Kindik  fastsiyasining  to’rtta  biriktiruvchi  to’qima 

tortmalari  bilan  mahkamlanganligini  eslatib  o’tish  lozim:  bitib  ketgan  kindik 

venasi,  kindik  arteriyalari  va  obliteratsiyalangan  siydik  yo’li.  Biroq  fastsiya 

yaxshi  rivojlangan  qorin  to’g’ri  muskullari  va  uning  kindik  halqasi  diametrini 

toraytiradigan  qin  aponevrozlari  bo’lgandagina  pishiq  bo’ladi.  Shuning  uchun 


 

302 


kindik  churrasi,  odatda,  to’g’ri  qorin  muskullari  sust  rivojlangan  ayollarda 

(80%) va bolalarda kuzatiladi. 

Kindik  tizimchasi  churrasi  yoki  kindik  churrasi  (omphalocele)  rivojlanish 

nuqsonidan  iborat  bo’lib,  bunda  bola  tug’iladigan  fursatda  qorin  bo’shlig’i 

qisman qorin pardasidan tashqarida – amnion, Vartanov liqildog’i va birlamchi 

oddiy  qorin  pardasidan  tashqil  topgan  kindik  pardalarida  joylashadi  (ichakning 

aylanish  jarayoni  buzilishi  natijasida,  qorin  bo’shlig’ining  o’sib  etilmaganligi 

yoki  qorin  oldingi  devorining  yopilishi  buzilishidan).  Qorin  oldingi  devori 

rivojlanishining  to’xtash  vaqtiga  ko’ra  kindik  churralarining  2  turi  –  embrional 

va  fetal  churralar  tafovut  qilinadi.  Embrional  churralarda  jigarda  Glisson 

kapsulasi bo’lmaydi va u kindik pardalari bilan qo’shilib ketadi. 

Churra  o’lchamlariga  ko’ra  kichiqroq  –  5  sm  gacha,  o’rtacha  –  10  sm  

gacha, kattalari – 10 sm dan katta bo’ladi. 

Churra  pardalari  holatiga  ko’ra:  asoratlangan  (pardalarining  yirtilishi, 

ularning  yiringli  parchalanishi,  ichak  oqmalari)  va  asoratlanmagan  (pardalari 

o’zgarmagan) turlariga bo’linadi. 

Kindik tizimchalarining churralari bo’lgan bolalarning taxminan 65 foizida 

rivojlanish  nuqsonlari  (yurak,  me’da-ichak  yo’li,  siydik-tanosil  sistemasining) 

birga uchraydi. 

Tug’ilishdan  keyin  dastlabki  soatlarda  churra  xaltachasini  hosil  qiladigan 

kindik  pardalari  yaltiroq,  tiniq,  oqimtir  rangli  bo’ladi.  Biroq  birinchi  sutka 

oxirida  ular  quriydi,  loyqa  tortadi,  so’ngra  infektsiyalanadi  va  fibrin  qatlamlari 

bilan  qoplanadi.  Pardalar  yupqalashganda  va  yirtilganda  eventeratsiya  yuz 

beradi. 


Davolash operatsiya usulida va konservativ bo’ladi. 

Operatsiyaga  mutloq  monelik  qiladigan  xollarga  tug’ma  yurak  nuksoni, 

bolaning oy-kuni ancha to’lmasdan tug’ilishi va og’ir kalla suyagi-miya shikasti 

kiradi. 


Diametri  5-7  sm  li  churralarda  qorin  oralig’i  devori  qatlam-qatlam  qilib 

tikiladi. 



 

303 


Diametri 7-9 sm li churralarda faqat teri tikiladi. 

Katta  o’lchamli  churralar  qorin  ichi  bosimining  xayot  uchun  xavfli  oshib 

ketishi  sababli  operatsiyaga  nisbiy  monelik  qiladigan  xol  xisoblanadi.  Bunday 

xollarda  churraga  steril  bog’lam  qo’yiladi  va  qorin  devorini  yopishkoq  plastir 

tilishlari bilan tortib qo’yiladi. Bunday chaqaloqlarning talaygina qismi peritonit 

va sepsisdan nobud bo’ladi. 

Agar  bu  kasallar  oyi-kuni  to’lib  va  qo’shilib  keladigan  og’ir  rivojlanish 

nuqsonlarisiz  tug’ilgan  bo’lsalar  Gross  bo’yicha  2  boskichli  operatsiya  qilish 

yoki nuqsonni alloplastik material bilan yopish mumkin. 

Go’daklarda kindik churralari xayotining dastlabki oylarida rivojlanadi yoki 

keyinchalik  hosil  bo’ladi.  Bolalarda  kindik  churralari  ular  yig’laganda,  qattiq 

yo’talganda va  fimozda doimiy  kuchanganda,  oriqlab ketganda  vujudga keladi. 

Bolalarda  kindik  churralari  odatda  katta  o’lchamli  bo’lmaydi  va  oson  joyiga 

tushadi. Qisilib qolish xollari kamdan-kam uchraydi. 

Davolash. Taktikasi churra turiga va bolaning yoshiga bog’lik. Chaqaloq va 

yosh  bolalarda  qorin  pressi  o’sishi  va  rivojlanishi  jarayonida  odatda  bola  3-5 

yoshga,  ba’zan  5-6  yoshga  etganda  churraning  o’z-o’zidan  tuzalib  ketishi 

kuzatiladi.  Bundan  kechroq  muddatlarda  kindik  halqasi  o’zicha  yopilmaydi. 

Operatsiya kilib davolash kerak bo’ladi. 

Kengaygan kindik halqasi yopilishiga quyidagi tadbirlar imkon beradi: 

1) kindik soxasiga paxtaga o’ralgan yassi karton parchasini qo’yib qo’yish. 

Uning  chekkalari  churra  teshigi  chekkalarini  yopib  turishi  lozim.  Bog’lam  1 

oycha qo’yiladi, so’ngra alishtiriladi; 

2)  qorin  pressini  rivojlantirish  va  mustahkamlashga  qaratilgan  massaj  va 

gimnastika. Davo bolaning 1 oyligidan boshlanadi; 

3)  qorin  muskullarini  doimiy  tarang  qilib  turadigan  asosiy  kasallikni 

davolash; 

4)  to’g’ri  rejim,  vannalar,  to’g’ri  ovkatlanish.  Konservativ  davo  yordam 

bermaganda  (odatda  2-3  yildan  keyin)  va  churra  qisilganda  operatsiya  qilishga 

to’g’ri keladi. 



 

304 


Katta  odamlardagi  kindik  churralari.  Ko’pincha  to’g’ri  muskullar 

diastazi  bilan  birga  keladi  va  ko’p  tuqqan  yoki  juda  semirib  ketgan  ayollarda 

uchraydi.  Kindik  churralari  hosil  bo’lishiga,  shuningdek  astsit  va  kindik 

oqmalari sabab bo’ladi. 

Churra  teshigining  o’lchamlari  xar  xil  –  juda  tor  teshikdan  serbar 

teshikkacha.  Katta  teshiklar  ko’ndalang  yo’nalishga  ega.  Churra  xaltachasi 

noto’g’ri shaklda va to’siqlar hamda divertikullar hosil qiladi. 

Kindik  churralari  arang  bilinadigan  bo’rtmachalardan  tortib,  katta  xajmli 

o’smalargacha  bo’lishi  mumkin.  Kindik  churralari  ko’pincha  joyiga 

tushmaydigan bo’ladi, koprostaz va qisilib qolish bilan asoratlanadi. 

Churralar  og’ir  yuk  ko’targanda,  shuningdek  churra  o’zicha  chiqkanda 

og’riq, beradi. Aksariyat kindik churralari terining bichilishi yoki kiyim-kechak 

yupka tortgan badan terisini bosib turishi natijasida yalliglanishga uchraydi. 

Shunday  qayta  yallig’lanishlar  natijasida  churra  xaltachasi  ichida 

bitishmalar 

hosil 


bo’ladi 

va 


churra 

joyiga 


tushmaydigan, 

ya’ni 


to’g’rilanmaydigan bo’lib qoladi. 

Kindik  churralari  operatsiya  qilib  davolanadi.  Kindik  churralarida  kindik 

churra  xaltachasi  bilan  birga  kesib  tashlanadi.  Churra  ichidagi  a’zolar  churra 

xaltachasi bilan bitishmalari ajratilgandan keyin qorin bo’shlig’iga kiritiladi. 

Churra  xaltachasining  ichida  shishib  qalinlashgan  charvisi  bo’lgan 

to’g’rilanmaydigan  kindik  churralarida  charvini  rezektsiya  qilish  kerak.  Churra 

xaltachasi darvozalari oldida uzluksiz chok bilan tikiladi. 

Bolalardagi  kichik  churralarda  churra  darvozalari  plastikasi  Lekser 

bo’yicha  o’tkaziladi:  teshik  atrofiga  aponevrozga  ipak  ip  bilan  kiset  choki 

solinadi,  u  tortilgandan  keyin  xalkani  bekitadi.  Keyinchalik  aponevrozga 

ko’ndalang yo’nalishda tugunli ipak choklar solinadi. 


 

305 


 

70-rasm. Kindik churralarida operatsiya kesmalari 

1-

 

Sapejko usuli 



2-

 

Lekser usuli 



3-

 

Meyo usuli 



 

Meyo  usuli  churra  darvozalarini  yaxshi  bekitish  uchun  katta  kindik 

churralarida qo’llaniladi. 

Kindik halqasini ikkala tomonda 1  sm  dan kesiladi.  Aponevrozning pastki 

chekkasini  bir  necha  П-simon  choklar  yordamida  yuqori  chekkasi  ostiga 

tortiladi va o’sha erda duplikatura holida mahkamlanadi; aponevroz laxtagining 

yuqori  chekkasini  tugunli  choklar  qatori  bilan  aponevrozning  pastki  uchastkasi 

sathiga tikiladi. 

Sapejko  usuli  –  Meyo  usulidan  qorin  devori  aponevrozini  churra  teshigi 

ustidan vertikal yo’nalishda ikki marta oshirish bilan farq qiladi. Sapejko usulida 

fakat tugunchali choklar solinadi. 

Oq  chiziq  churralari  (hernia  liniae  alba)  yoshi  ulg’aygan  va  keksa 

odamlarda ko’proq uchraydi. 

Anatomiyasi.  Qorinning  oq  chizig’i  o’rta  chiziq  bo’ylab  ichki  qiyshiq,  va 

ko’ndalang  muskullar  aponevrozlarining  biriktiruvchi  to’qima  tolalaridan  hosil 

bo’ladi. 


 

306 


Kindikdan yuqoridagi oq chiziq kindik oldida eni 2-3 sm ga etadigan serbar 

biriktiruvchi to’qima plastikasidan iborat. 

Qorin  to’g’ri  muskullari  qinini  hosil  qiladigan  aponevrozlar  oq  chiziqqa 

o’tayotganda  qiya  yo’nalib,  bir  biri  bilan  kesishadi  va  ayrim  kishilarda 

birmuncha  kattalashib  ketadigan  va  churra  chiqadigan  joy  bo’lib  xizmat 

qiladigan yog’li kletchatka bilan to’lgan yoriqsimon bo’shliqlar hosil qiladi. 

Qorin  to’g’ri  muskullari  kindikdan  pastda  deyarli  tegib  turadi.  Bunday 

joylashgan churralarning nihoyatda kam uchrashi shu bilan izohlanadi. 

Qorin  usti  sohasi  anatomik  strukturasida  (epigastrium)  ham  churra 

bo’rtmalari  hosil  bo’lishiga  shart-sharoitlar  mavjud.  Bu  sohada  qorin  to’g’ri 

muskullari  dastalari  orasidagi  yoriqlarni  nazarda  tutish  lozim.  Bu  dastalarning 

bir qismi V-VII qovurg’alarga, boshqalari esa xanjarsimon o’simtaga yopishadi. 

Muskul-aponevrotik  tuzilmalar  tonusi  buzilganda  va  qorin  ichidagi  bosim 

oshganda  bu  yoriqlarga  qorin  pardasi  oldidagi  yog’,  shuningdek  qorin  pardasi 

kirib qolishi mumkin: me’da kasalligi bularning qisilib qolishiga sabab bo’lishi 

mumkin. 


Oq  chiziq  churralari  joylashuviga  ko’ra  kindikdan  yuqorida  joylashgan 

qorin  usti  churralari  (herniae  epigastricae),  kindik  oldida  joylashgan  kindik 

oldidagi  (hernia  paraumblicalis)  va  kindik  pastida  joylashgan  qorin  pastidagi 

(herniae hypogastricae) churralarga bo’linadi. 

Qorin ichidagi bosimning talaygina ko’tarilishi ta’siri ostida aponevrozdagi 

yoriq  orqali  (normada  undan  tomirlar,  nervlar  o’tadi)  avvaliga  qorin  pardasi 

oldidagi 

yog’ 


bo’rtib 

chiqadi,  u  ba’zan  qorin 

devori 

muskullari 



taranglashtirilganda  yumaloq  zichlashma  (qorin  pardasi  oldidagi  lipoma  deb 

ataladigan)  ko’rinishida  paypaslanadi.  Keyinchalik  lipomadan  keyin  qorin 

pardasi ham bo’rtib chiqadi va xaqiqiy churra hosil bo’ladi. 

Simptomlari.  Bemorlar  jismoniy  harakat  paytida  va  qisilish  bo’lganda 

bo’rtma  sohasida  og’riq  sezadilar.  Yotishda  odatda  og’riq  bo’lmaydi.  Churra 

qisilganda bemorning ko’ngli ayniydi va qusadi. 


 

307 


Me’da  kasalliklari  –  gastrit,  yara,  rak  bilan  differentsial  diagnostika 

o’tkaziladi. Me’da patologiyasida og’riqlar ovqat eyish bilan bog’liq, vaxolanki 

churrada  og’riq  jismoniy  harakat  qilinganda  paydo  bo’ladi.  Bemorlarda 

epigastriyda  og’riq bo’lgan  hamma  hollarda  me’da  va  o’n  ikki  barmoq  ichakni 

qo’shimcha rentgenologik tekshirish zarur. 

Davolash – operatsiya usulida. 

Churra xaltachasi ajratilgandan va ishlov berilganda uni olib tashlangandan 

keyin  yoriqni  aponevrozda  tugunli  choklar,  kiset  chok  bilan  tikiladi  yoki 

Sapejko  bo’yicha  yoki  Sapejko-Dyakonov  bo’yicha  plastika  qilinadi.  Ikkinchi 

usul birinchisidan birinchi qatorda П-simon choklar solish bilan farq qiladi. 

Qorinning  yonbosh  churralari.  Kam  uchraydi,  ular  shikastlardan, 

kesilgan  abstsesslardan  keyin,  mahalliy  muskul  falaji  zaminida  hosil  bo’lishi 

mumkin  va  odatda  qorin  ko’ndalang  muskulining  muskul  qismi  aponevrozga 

o’tayotganda spigeliy chizig’ida hosil bo’ladi. Aponevroz to’g’ri muskullar qini 

devorlari  tarkibiga  o’tayotganda  o’yiq  (chuqurcha)  hosil  bo’ladi.  Bu  erda 

aponevroz  tolalari  ikkiga  bo’linadi  va  qinga  qon  tomirlar  va  nervlar  kiradi.  Bu 

joylar  churra  chiqadigan  bo’sh  joylar  hisoblanadi.  Churra  ko’pincha  kesilgan 

holda  aniqlanadi.  Operatsiya  churra  teshigini  ochish,  churra  ichidagini  qorin 

bo’shlig’iga  solish  va  qorin  devorini  qatlam-qatlam  qilib  tikishdan  iborat. 

Martynov  bo’yicha  plastika  Sapejko  usulidan  kesmaning  o’ng  qorin  to’g’ri 

muskuli chekkasi bo’ylab joylashuvi bilangina farq qiladi. 

 

Operatsiyadan keyingi churralar 

Ko’pincha qorinni kesib ochiladigan turli operatsiyalardan keyin uchraydi. 

Operatsiyadan keyingi churralar asosan qorin bo’shlig’ini tamponada qilish 

va  drenajlash,  jaroxat  yiringlab  ketishi  va  operatsion  jarohatning  ikkilamchi 

tortilib bitishi bilan o’tadigan operatsiyalardan keyin vujudga keladi. 

Churra  paydo  bo’lishining  sabablaridan  biri  operatsiya  vaqtida  muskul 

nervlari va tomirlarining qirqilib ketishi hisoblanadi. 


 

308 


Operatsiyadan  keyingi  churralarning  paydo  bo’lish  sabablarini  faqat 

tikilgan  to’qimalarning  sust  regeneratsiyasidan  emas,  balki  operatsiya 

texnikasining  noto’g’riligidan  va  operatsiyadan  keyin  bitmagan  yamoqni 

etarlicha  ehtiyot  qilmaslikdan  izlash  kerak.  Operatsiyadan  keyingi  churralar 

ba’zan juda kattalashib ketib, qorin a’zolarining talay miqdordagi eventratsiyasi 

bilan o’tadi. 

Operatsiyadan  keyingi  yamoqli  churralar  churra  xaltachasiga  ega  bo’lishi, 

qator hollarda esa undan mahrum bo’lishi mumkin va operatsiyadan keyingi teri 

osti chandiqli eventratsiyasidan iborat bo’ladi. 

Simptomlari  –  qorinda  og’riq,  og’irlik  va  jismoniy  mehnat  bilan 

shug’ullanishga  imkon  yo’qligi,  ba’zan  qabziyat  va  qorin  dam  bo’lishi 

bemorlarning asosiy shikoyatlaridan hisoblanadi. 

Ob’ektiv  tekshiruvda  qorin  devorida  yamoqli  o’zgargan  yupqalashgan  teri 

bilan  qoplangan  bo’rtmacha  aniqlanib,  uning  ostida  qorin  a’zolari  paypaslab 

ko’riladi. 

Ularni  joyiga  solingandan  keyin  churra  teshigining  o’tkir  chekkalarini 

paypaslab ko’rish mumkin, bu teshik operatsion yamoqning boshdan-oxirigacha 

katta o’lchamlargacha etishi mumkin. 

Churra  xaltachasi  ichidagi  a’zolar  (charvi,  ingichka  va  yo’g’on  ichak 

qovuzloqlari)  ko’pincha  bo’rtib  chiqqan  joy  sohasida  yamoqli  o’zgargan  teri 

bilan qo’shilib ketgan bo’ladi. Tushgan ichki a’zolarning churra xaltachasi bilan 

bitishmalar  hosil  qilganligi,  shuningdek  ko’p  sonli  ichki  a’zolarning  churra 

xaltachasiga  surilishi  natijasida  operatsiyadan  keyingi  churralar  ko’pincha 

to’g’rilab bo’lmaydigan bo’lib qoladi. 


Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling