Institutlari


Qorin  churralari  etiologiyasi  va  patogenezi


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/49
Sana05.11.2017
Hajmi3.88 Mb.
#19444
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49

Qorin  churralari  etiologiyasi  va  patogenezi.  Churralar  mahalliy  va 

umumiy  xarakterdagi  sabablardan  hosil  bo’lishi  mumkin,  moyil  qiladigan  va 

keltirib chiqaradigan turlarga bo’linadi.  

Churralar hosil bo’lishining moyillik qiladigan sabablariga churra eng ko’p 

hosil  bo’ladigan  joylarda  qorin  devori  tuzilishining  mahalliy  anatomik 

xususiyatlari kiradi. Bu kuchsiz joylar yoki «churra nuqtalari» quyidagilardir:  

- chov kanali sohasi; 

- sondagi oval chuqurcha sohasi; 

-  qorin  oq  chizig’i  aponevrozining  kindik  ustidagi  va  kindik  oldidagi 

bo’limi; 

- Spigeli chizig’i sohasi; 

- Pti uchburchagi sohasi; 



 

283 


- Gryunfeld-Lesgaft to’rtburchagi sohasi; 

- yopqich teshik sohasi. 

Qorin  devori  tuzilishining  anatomik  xususiyatlari  ayollarda  va  erkaklarda 

turli  xil  churralarning  taqsimlanishiga  ham  ta’sir  ko’rsatadi.  Son  churralarining 

ko’p  uchrashi  ayollarda  chanoq  halqasi  enining  serbarligi  bilan  bog’liq. 

Erkaklarda  chov  churralarining  ko’p  uchrashi  ularda  chov  halqasining 

birmuncha kengligi bilan izohlanadi. Embrion davrida u orqali tuxum yorg’oqqa 

tushadi va urug’ kanalchasidan (tizimchasidan) o’tadi, shuningdek chov yorig’i 

tuzilishining ham o’ziga xos xususiyati (uchburchak) bor. Ayollarda chov oraliri 

yoriqsimon shaklga ega. 

Umumiy  moyillik  qiladigan  omillarga:  irsiyat,  yosh  (umrining  birinchi 

yoshidagi bolalarda ko’krak devori kuchsiz, keksalarda qorin devori to’qimalari 

atrofiyaga uchragan bo’ladi), jins (ayollarda chanoq va son halqasining tuzilish 

xususiyatlari, 

erkaklarda 

chovning 

kuchsizligi), 

gavda 


tuzilishining 

xususiyatlari,  semiz-oriqlik,  tez-tez  tug’ish,  qorin  devori  shikastlari, 

operatsiyadan keyingi chandiqlar, qorin devori nervlari falajini kiritadilar. 

Bu  umumiy  omillar  qorin  devorining  mahalliy  zaiflanib  qolishiga  olib 

keladi. 

Keltirib  chiqaradigan  omillar.  Bu  qorin  ichida  bosimni  oshiradigan 

omillardir,  chunonchi:  og’ir  jismoniy  mehnat,  tug’ruqning  qiyin  o’tishi,  juda 

og’ir  yuklarni  ko’tarish  yoki  og’ir  narsani  tutib  turish  uchun  ko’p  kuch  sarflab 

zo’riqish  shular  jumlasiga  kiradi.  Churraning  shu  taxlitda  hosil  bo’lishiga 

«zo’riqishdan bo’ladigan churra» deyiladi. 

Qorin devori muskullari sustlashganda va etishmovchiligida churralar asta-

sekin  va  bemor  uchun  sezilarsiz,  biror  jismoniy  kuch  ishlatmay  va  zo’riqmay 

hosil  bo’lishi  ham  mumkin.  Ularni  «holsizlikdan  paydo  bo’ladigan  churra» 

deyiladi  (masalan,  umurtqa  pog’onasi,  orqa  miya  va  nervlar  shikastlangandan 

keyin to’qimalar trofikasi pasayganda, tez oriqlab ketishda). 

Churralar  kelib  chiqishida  ahamiyatli  bo’lgan  boshqa  omillardan  musiqa 

asboblarini  chalgandagi  zo’riqish,  emfizema  va  o’pka  sili,  ko’kyo’taldagi 



 

284 


yo’talish,  qabziyat  va  uretra  strikturasidagi,  prostata  bezi  adenomasida 

buzilishlar,  takroriy  va  qiyin  tug’ruqlar,  astsit  va  boshqalarni  eslatib  o’tish 

mumkin. 

Churralarning  hosil  bo’lish  mexanizmi  ularning  kelib  chiqishiga  bog’liq 

holda (tug’ma yoki orttirilgan) xar xil bo’ladi. 

Tug’ma churrada churra darvozalari va churra xaltachasi avval shakllanadi, 

so’ngra  jismoniy  zo’riqish  natijasida  ichki  a’zolar  churra  xaltachasiga  kiradi. 

Orttirilgan  churralarda  esa  qorin  ichidagi  bosim  oshganda  ichki  opganlar  qorin 

devori  qatlamlarini  surib,  parietal  qorin  pardasini  cho’zib  yuboradi  va  churra 

xaltachasi shakllanadi. 



 

Qorin churralarini aniqlash simptomlari 

Simptomlari  bo’yicha  asoratlanmagan  churralar  (to’g’rilanadigan,  joyiga 

solinadigan),  xronik  asoratlangan  (to’g’rilanmaydigan)  va  o’tkir  asoratlangan 

churralarn farq qilish lozim. 

Asoratlanmagan  tashqi  churralar  sub’ektiv  turli-tuman  namoyon  bo’ladi. 

Ba’zan ular umuman bo’lmaydi. Aksariyat bemorlar churra sohasida joylashgan 

simillagan,  qattiq  og’riqdan  noliydilar.  Og’riq,  masalan,  to’sh  osti  soxasini 

boshlang’ich  chov  churrasida  –  moyakka,  jinsiy  labga  va  boshqa  sohalarga 

beriladi.  Og’riq  jismoniy  zo’riqishda,  og’ir  yuk  ko’tarishda,  vertikal  vaziyatda 

kuchayadi.  Dispeptik  shikoyatlar:  kekirish,  jig’ildon  qaynashi,  ko’ngil  aynishi, 

ba’zan qusish, dizuriya, qabziyatlar ham bo’lib turadi. 

Bemorlarni tik turganda va yotganda (gorizontal  xolatda) tekshiriladi. 

Asoratlanmagan tashqi churralarning asosiy ob’ektiv belgilari: 

- churra joylashuvi uchun xos zonadagi bir oz shish 

-  churra  ichidagini  qorin  bo’shlig’iga  kiritishga  bog’liq  bo’lgan  shish 

ko’rinishi va xajmining tez va ocon o’zgaruvchanligi; 

-  qorin  bo’shlig’iga  kiritilgan  joyda  qorin  devorining  bo’rtib  chiqish 

nuqsoni – «churra darvozasi» borligi 

- «yo’tal turtkisi» fenomeni borligi. 


 

285 


To’g’rilashdan  keyin,  ehtimol,  paypaslash  yordamida  churra  darvozasi  va 

kanalining  ko’rinishini,  o’lchamlarini  ularning  atrofidagi  to’qimalar  sifatini, 

churra  darvozasining  churra  pardasi  va  churra  xaltachasi  bilan  o’zaro 

munosabatini, suriluvchanligini, bitishmalarini aniqlash mumkin: 

-  churrada ichak qovuzlog’i  borligi bo’rtma  yuzasining silliqligi  va  elastik 

yumshoq 


konsistentsiyasidan, 

peristaltikaning 

teri 

orqali 


bilinishidan, 

perkussiyada timpanit paydo bo’lishidan aniqlanadi; 

-  churrada  ko’p  ichak  qismi  borligi  (ayniqsa  sirpanuvchan  churra 

ko’rinishida)  paypaslashdan  tashqari,  yo’g’on  ichakni  rentgenografiya  qilishda 

aniqlanadi; 

-  churradagi  qovuq,  devorini  (sirpanuvchan  churra)  dizuriya  borligidan  va 

qovuqni  tsistoskopiya  yoki  rentgenografiya  qilish  yordamida  (sergozin) 

aniqlashga muvaffaq, bo’linadi; 

-  churrada  ayol  ichki  a’zolari  borligini  ba’zan  hayz  ko’rish  davrida 

bo’rtmaning shishib chiqishidan bilsa bo’ladi. 



Sirpanuvchan  churralar.  Bu  churra  xaltchasining  devorlaridan  biri  qorin 

pardasi  bilan  qisman  qoplangan  (masalan,  qovuq,  yuqoriga  ko’tariladigan  va 

pastga  tushadigan  ichak)  churralardir.  Churra  xaltachasi  kamdan-kam  xollarda 

batamom bo’lmaydi. 

Yo’g’on  ichakning  sirpanuvchan  churralari  aksariyat  qiyshiq  chov 

churralarida,  qovuqniki  esa  –  to’g’ri  chov  churralarida  bo’ladi.  Sirpanuvchan 

churralar hamma chov churralarining 1-1,5 foizini tashqil qiladi. Ular tug’ma va 

orttirilgan bo’lishi mumkin. 

 


 

286 


 

64-rasm. Ko’richak sirpanuvchi churrasi. 

1 – peritoneum; 2 – fascia transversalis; 3 – churra qopchasi; 4 – ko’richak devori. 

 

Yo’g’on  ichakning  sirpanuvchan  churrasining  patognomonik  simptomlari 



bo’lmaydi.  Odatda  bu  yoshi  ulg’aygan  va  keksa  odamlardagi  churra  darvozasi 

keng katta churradir. 

Diagnostikasiga yo’g’on ichakni rentgenda tekshirish yordam beradi. 

Qovuqning sirpanuvchan churralarida siydik chiqarish buziladi yoki siydik 

ikki  bo’lib  chiqariladi  (avvaliga  bemor  qovug’ini  bo’shatadi,  keyin  churra 

bo’rtmasini bosganidan keyin qaytadan siydik chiqarish mayli paydo bo’ladi va 

bemor yana siya boshlaydi). 

Qovuqning sirpanuvchan churrasiga shubxa qilinganda qovuqni kateterlash 

va tsistografiya qilish zarur. 

Asoratlanmagan churralarni davolash. Churralarni faqat operatsiya usuli 

bilan radikal davolash mumkin. Churralarning hamma turlarida operatsiya qilish 

printsipi bir xil. Uning vazifasi: 

- churra xaltachasini churra pardalaridan ajratish; 

- xaltachani ochish, bitishmadan churra ichidagi a’zoni ozod qilish va qorin 

bo’shlig’iga kiritish; 

-  churra  xaltachasini  tortib  olish,  uni  og’zi  satxida  –  bo’ynidan  tikish  va 

qirqib tashlash; 

- churra darvozalarini choklar bilan yopishdan iborat. 

 

 



 

287 


Churra  devorlarini  mahalliy  bir  xil  turdagi  to’qimalar  tikish  yo’li  bilan 

yopish usullari lozim bo’lgan. 

Operatsiyadan  keyingi  davrda  yo’tal,  bronxit,  zotiljam,  qorin  dam 

bo’lishining  oldini  olish  muxim  ahamiyatga  ega  –  nafas  gimnastikasi,  erta 

o’rindan turish (2-4 kuni), 2-3 xafta mobaynida profilaktik dam olish maqsadga 

muvofiq. 

Operatsiyaga  monelik  qiladigan  xollar:  yurak  va  nafas  etishmovchiligi 

bo’lgan juda keksalik, kon aylanishi dekompensatsiya bo’lgan yurak nuqsoni, III 

boskichdagi  o’pka  sili,  jigar  va  buyrakning  og’ir  kasalliklari  va  boshqa 

tuzalmaydigan kasalliklar. 

Asoratlanmagan  churralarni  konservativ  davolash  bandaj  taqishni 

tayinlashdan  iborat.  Bandaj  korset  va  belbog’lar  shaklida  bo’ladi  yoki  qoringa 

mahkam qilib tasma bog’lanadi. 

Bandaj  taqish  churra  ichida  chandiqlar,  bitishmalar  hosil  bo’lishiga  sabab 

bo’ladi,  ba’zan  terini  ta’sirlantiradi  va  ichki  a’zolarni  chiqib  kolishdan  va 

churrani qisilishdan hamisha ham saqlab qola olmaydi. 

 

 

65-rasm. Sirpanuvchi churrada kiset chok qo’yish jarayoni. 



Qorin churralari profilaktikasi quyidagicha o’tkaziladi: 

1)  qorin  devori  muskullari  mustahkamlanadi,  buning  uchun  gimnastika 

mashg’ulotlari, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish tavsiya etiladi; 


 

288 


2)  ishda  churraga  sabab  bo’ladigan  ortiqcha  jismoniy  zo’riqishlardan 

saqlanish  lozim,  shu  maqsadda  mehnatni  mexanizatsiyalash,  uni  muxofaza 

qilish, ishchilarni jismoniy ishlarga to’g’ri tanlash lozim; 

3) xomilador ayollar xomiladorlikning oxirgi oylarida belbog’-bandaj taqib 

yurishlari  kerak,  tug’ruqdan  keyin  esa  qorinni  massaj  qilish  va  qorin 

muskullarini mustaxkamlash uchun maxsus mashqlar tavsiya etiladi; 

4)  bolalarning  gigiena,  ovqatlanish  qoidalariga  rioya  qilishi,  ularda  ichak 

faoliyati, nafas a’zolari va siydik chiqarishning normal o’tishini kuzatib borish, 

qorin  devoridagi  nuqsonlarni  aniqlash  maqsadida  ularni  qunt  bilan  sinchiklab 

tekshirish, bordi-yu, churra aniqlansa, bolalikda operatsiya usulida olib tashlash; 

5)  yog’  bosishga  va  ayniqsa  undan  keyin  qattiq  oriqlab  ketishga  qarshi 

kurashish; 

6) operatsiyadan keyin churralarning profilaktikasi jaroxat yiringlanishining 

profilaktikasidan  iborat,  buning  uchun  qorin  jaroxati  tamponada  qilinadi, 

laparotomiyani  boshdan  kechirgan  shaxslarga  2-4  xafta  muddatga  dam  olish 

beriladi. 

Jismoniy  ishga  qaytishda  asta-sekinlik  printsipiga  amal  qilish  va  qorin 

devori muskullarini chiniqtirish zarur. 



 

Chov churralari (hernia ingvinalis) 

Chov  soxasi  anatomiyasi.  Chov  (yonbosh-chov)  sohasi  pastdan  –  pupart 

boylami,  yuqoridan  –  ikkala  Spinae  iliaca  anteriores  superiores  ni 

tutashtiradigan  gorizontal  chiziq  bilan,  medial  tomondan  –  qorin  to’g’ri 

ichagining  tashqi  cheti  bilan  chegaralangan.  Chov  soxasining  pastki  bo’limi 

chov  uchburchagi  deyiladi.  Uning  yuqori  tomoni  chov  boylamining  tashqi  va 

uchdan bir o’rta qismi bilan to’g’ri ichakning lateral chekkasi o’rtasidagi nuqtani 

tutashtirib  turadigan  gorizontal  chiziq  hisoblanadi,  pastki  tomoni  –  chov 

boylami,  medial  tomoni  –  qorin  to’g’ri  muskulining  tashqi  chekkasidir.  Chov 

uchburchagida chov kanali va chov churralari chiqadigan joy bo’ladi. 


 

289 


Chov uchburchagining pastki burchagiga chov orqali proektsiyalanadi – bu 

yuqoridan  qorinning  ichki  qiyshiq  va  ko’ndalang  muskullarining  pastki 

chekkasi,  pastdan  –  pupart  boylami,  medial  tomondan  –  qorin  to’g’ri 

muskulining  tashqi  chekkasi  va  m.  cremaster  tolalari  bilan  chegaralangan 

bo’shliqdir. 

Chov  oralig’i  shakliga  ko’ra  uchburchak,  yumaloq,  oval  va  yoriqsimon 

bo’lishi  mumkin.  Ayollarda  chov  oralig’i  o’lchamlari  kichiqroq,  A.P.  Krimov 

ta’rifiga  ko’ra,  ayollarda  chov  sohasining  muskul  devori  «erkaklarnikidan 

birmuncha mukammal», shuning uchun ham chov churralari ko’proq erkaklarda 

uchraydi. 

Chov kanali (canalis ingvinalis) uzunligi 4-5 sm, quyidagi devorlari bor: 

yuqoridan  –  ichki  qiyshiq  va  ko’ndalang  muskullarning  pastki  chekkasi, 

pastdan  –  pupart  boylami,  orqadan  –  ko’ndalang  fastsiya  va  oldindan  –  tashqi 

qiyshiq muskul aponevrozi. 

 

66-rasm. Qorin oldi devorining ichki tomonidan ko’rinishi 



1 – m. rectus abdominis; 2 – lig. interfoveolare; 3 – anulus inguinalis profundus; 4 – lig. 

inguinale; 5 – a. et v. epigastrica inferior; 6 – limfaticheskie uzly; 7 – lig. lacunare; 8 – 

a.  et  v.  iliaca  externa;  9  –  foramen  obturatorium;  10  –  n.  obturatorius;  11  –  a.  et  v. 

obturatoria;  12  –  ureter  dexter;  13  –  ductus  deferens;  14  –  vesica  urinaria;  15  – 

peritoneum; 16 – fossa supravesicalis; 17 – fossa inguinalis medialis; 18 – lig. inguinale; 

19  –  fossa  inguinalis  lateralis;  20  –  plica  umbilicalis  media;  21  –  plica  umbilicalis 

medialis; 22 – plica umbilicalis lateralis. 


 

290 


 

Chov  kanalining  ichki  teshigi  oldingi  qorin  devorining  orqa  yuzasidagi 

chuqurchaga  (o’ymaga)  muvofiq  keladi,  u  plica  epigastricadan  va  urug’ 

tizimchasidan lateral joylashgan lateral chov chuqurchasi deyiladi. 

Chov  kanalining  tashqi  teshigi  tashqi  qiyshiq  muskul  aponevrozi 

tolalarining crus superior va crus inferiorga bo’linib ketishidan hosil bo’lgan va 

sog’lom  erkaklarda  ko’rsatkich  barmoqning  uchini  o’tkazadi.  Ko’ndalang 

joylashgan tolalar fibrae intercostalis aponevrozni mustaxkam qiladi. Erkaklarda 

chov  kanali  orqali  urug’  tizimchasi,  ayollarda  esa  yumaloq  bachadon  boylami 

o’tadi, churra bo’lmaganda chov kanali ko’rinmaydi. 

Qiyshiq,  to’g’ri  va  intraparietal  chov  churralari  farq  qilinadi.  Lateral 

chuqurcha orqali chiqadigan va chov kanalining ichki teshigi hisoblangan chov 

churralari  qiyshiq  chov  churralari  deb  ataladi:  churra  plica  epigastricadan  va 

urug’  tizimchasidan  medialroq  joylashgan  medial  chov  chukurchasi  orqali 

chiqkanda to’g’ri chov churrasi vujudga keladi. Churra to’g’ri yo’l soladi, uning 

nomi  shundan  kelib  chiqqan.  To’g’ri  churralarning  qovuq  usti  chukurchasi 

orqali chiqishi ham mumkin. 

Intraparietal  churralar  qiyshiq  chov  churralarining ko’rinishi  bo’lib,  ularda 

churra  xaltachasi  qorin  devori  qatlamlari  orasida  joylashadi  va  churra  uning 

ustidan mutlaqo chiqib turmasligi mumkin. 

Embrional  davrida  chov  kanali  orqali  processus  vaginalis  peritonei  o’tadi. 

Shu processus vaginalis peritonei  o’sib etilmaganda tug’ma chov churrasi hosil 

bo’lishi  mumkin.  Tug’ma  chov  churralarida  ichida  moyagi  bo’lgan  seroz 

bo’shliq churra xaltachasi bo’shlig’i va qorin bo’shlig’i bilan tutashadi. Tug’ma 

chov  churrasiga  qin  o’simtasining  o’rta  qismi  obliteratsiyasida  vujudga 

keladigan churrani ham kiritish lozim, chunki uning proksimal qismi kengaygan 

bo’ladi va churra xaltachasi hisoblanadi. 

Rivojlanish bosqichlari bo’yicha boshlang’ich, kanal va to’liq chov churrasi 

farq  qilinadi.  To’liq  qiyshiq  chov  churralari  kattalashib,  yorg’oqqa  tushadi 

(chov-yorg’oq churralari deyiladigan churralar). 



 

291 


To’g’ri chov churralari olat ildizi oldida teri ostidan bo’rtib chiqib turadi va 

hatto o’lchami kattagina bo’lganda ham yorg’oqqa kamdan-kam tushadi. 



Churra  rivojlanishida  ahamiyati  bo’lgan  chov  uchburchagining 

tuzilish xususiyatlari: 

1) chov oraligining shakli va balandligi. Chov oralig’i uchburchak, yumaloq 

shakllarda  va  baland  (5,5  sm  gacha)  bo’lganda  bunday  chov  «kuchsiz» 

(yumshoq, mayin) deyiladi va churra ko’proq paydo bo’ladi (erkaklarda). 

2)  agar  tashqi  chov  xalqa  soxasida  fibrae  intercruralis  kuchsiz  rivojlangan 

bo’lsa  yoki  bo’lmasa,  bu  xolda  chov  halqasi  qorin  ichidagi  bosimga  kam 

qarshilik ko’rsatadi va churra rivojlanadi. 

3)  N.I.  Kukudjanov  ishlariga  binoan  sog’lom  odamlarda  chov  kanali  devori 

qorin  tashqi  qiyshiq  muskuli  aponevrozi  bilan  birga  ichki  qiyshiq  muskul 

tolasidan, yuqori devori esa faqat ko’ndalang muskul chekkasidan hosil bo’lgan. 

Agar  ichki  qiyshiq  muskul  urug’  tizimchasini  old  tomondan  yopib  turmasa,  bu 

holda  chov  kanali  devorlarining  sustligi  va  chov  churralari  hosil  bo’lishiga 

moyillik vujudga keladi. 

4)  chov  kanalining  orqa  devori  ko’ndalang  fastsiyadan  iborat,  u  chov 

boylami  oldida  va  qorin  to’g’ri  muskulining  tashqi  chekkasida  lig.  Henle 

hisobiga zichlashadi. 

Chov  uchburchagi  sohasidagi  ko’ndalang  fastsiya  aponevrotik  tolalar  falx 

ingvinalis va lig. interfoveolaris hisobiga zichlashadi. 

Ayollarda  chov  kanalining  orqa  devori  erkaklarnikiga  qaraganda 

kuchsizroq rivojlangan, shuning uchun to’g’ri chov churralari ayollarda ko’proq 

uchraydi. 

Simptomlari.  Chov  churralari  hamma  churralar  uchun  umumiy  bo’lgan 

simptomlarga  ega.  Asosan  erkaklarda  (5-10:1)  kuzatiladi.  Yoshi  ulg’aygan 

odamlarda  bolalar  va  o’smirlarga  qaraganda  ko’proq  uchraydi.  Qiyshiq  chov 

churrasi  eng  ko’p  tarqalgan  hisoblanadi,  to’g’ri  churrasi  esa  churralarining 

taxminan 5-10% hollarida uchraydi. 


 

292 


Bemorlar  bo’rtib  chiqqan  joy  sohasida  og’riq  borligi,  og’ir  yuk  ko’tara 

olmaslik,  jismoniy  tarbiya  mashqlarini  bajara  olmaslik,  ba’zan  esa  churraning 

vaqti-vaqtida qisilib turishidan shikoyat qiladilar. 

Ob’ektiv simptomlar – qorin bo’shlig’iga to’g’rilanadigan churra bo’rtmasi 

borligi,  churra  darvozasini  aniqlash,  churra  to’g’rilangandan  keyin  aniqlash, 

yo’tal turtkisi fenomeni borligi. 

Qiyshiq  chov  churrasi  to’g’ri  churradan  quyidagi  ma’lumotlar  asosida 

aniqlanadi: 

1)  qiyshiq  churrada  uning  shakli  qiyshiq  va  to’g’ri  chov  churrasida  – 

yumaloq; 

2)  urug’  tizimchasiga  munosabat.  Qiyshiq  churralarda  urug’  tizimchasi 

churra  xaltachasidan  medial  tomonda,  to’g’ri  churrada  –  lateral  paypaslab 

ko’riladi; 

3) qiyshiq churralar bir tomonlama, to’g’rilari esa ikki tomonlama bo’ladi; 

4)  churra  darvozasi  yo’nalishi  –  to’g’ri  churralarda  to’g’ri,  qiyshiq 

churralarda chov kanali yo’liga muvofiq ravishda – qiyshiq; 

5) yosh – to’g’ri churralar keksalarda, qiyshiq chov churralari yoshlarda va 

o’rta yoshli kishilarda uchraydi; 

6)  to’g’ri  churralarda  a.  epigastrica  inferior  pulsatsiyasi  lateral  tomonda, 

qiyshiq chov churralarida esa medial tomonda; 

7) to’g’ri churrada churra darvozasi orqali chov orqa yuzasini barmoq uchi 

bilan  sezish  mumkin,  qiyshiq  churrada  bunga  chov  uchburchagi  lateral 

bo’limining muskul-aponevrotik elementlari xalaqit beradi; 

8) kelib chiqish mexanizmiga ko’ra to’g’ri chov churralari «kuchsizlikdan», 

qiyshiq churralar esa «zo’riqish»dan bo’ladi; 

9)  qiyshiq  chov  churralari  yorg’oqqa  tushadi,  to’g’ri  churralar  esa  amalda 

tushmaydi. 

Moyak  istisqosi  perkussiyada  to’mtoq  tovush  beradi,  oldingi  qorin 

devoridan keskin chegaralangan va yoritilish simptomlarni beradi. 


 

293 


Urug’  tizimchasi  venalarining  varikoz  kengayishi  (varikotsele)  bemor 

kuchanganda  bosganda  osonlikcha  puchayib  qoladigan  egri-bugri  yumshoq 

tuzilmalar ko’rinishida paypaslanadi. 

Shuningdek limfadenit, lipoma, son churrasi va tromboflebit, posttrombotik 

kasallikdagi  qorin  oldingi  devori  venalari  kengayishidan  differentsial 

diagnostika qilish kerak. 



Chov  churralarini  davolash.  Chov  churralarini  operatsiya  yo’li  bilan 

davolashning 100 dan ortiq usuli mavjud. Og’riqsizlantirish ko’pincha mahalliy 

bo’ladi. 

Asoratlangan  formalarida,  shuningdek  bolalarda  operatsiya  narkoz  ostida 

o’tkaziladi. 

Operatsiyaning asosiy bosqichlari: 

1) Pupart boylamiga parallel holda qiyshiq chov kesmasi ochiladi, teri, teri 

osti kletchatkasi, ikkita yuza fastsiya, jumladan Tompson va qorin tashqi qiyshiq 

muskuli aponevrozi tilinadi; 

2) churra xaltachasini ajratish; 

3) churra xaltachasini ochish va ichidagi a’zoni kiritish (to’g’rilash); 

4)  churra  xaltachasining  bo’ynini  ikkala  tomondan  tikish,  bog’lash  va 

xaltachasini  qirqish.  Katta  churralarda  churra  xaltachasi  ajratilmay,  bo’yni 

oldidan  ko’ndalangiga  kesiladi  va  kiset  chok  bilan  ichidan  tikiladi,  bog’lanadi, 

xaltacha  periferik  qismini  esa  yorg’oqda  qoldiriladi  (V.I.  Razumovskiy 

bo’yicha); 

5) churra darvozalari plastikasi. 

Churra darvozalari turli usullar bilan berkitiladi. 

Orttirilgan  qiyshiq  chov  churralarida  churra  darvozalarini  plastika  qilish 

usullarini ikki guruhga bo’lish mumkin: 

I. Chov kanali oldingi devorini qorin tashqi qiyshiq, muskuli aponevrozini 

ochmasdan mustaxkamlash usullari. 

Cherni usuli – aponevroz oyokchalariga ikkita chok va chov kanali oldingi 

devoriga 3-4 chok qo’yiladi. 



 

294 


Ru  usuli  –  Cherni  usulidan  farqli  ravishda  yuqoridan.  aponevrozdan 

tashqari  ichki  qiyshiq,  va  ko’ndalang  muskullarning  pastki  chekkasini,  pastdan 

esa pupart boylamini chokka qamrab oladi. 

Oppel  usuli  –  tashqi  chov  halqasi  oyokchalarini  tikish  bilan  Ru  usulini 

to’ldiradi. Xalkadan ko’rsatkich barmoq uchi o’tishi kerak. 

Churra qirqishning qorindan tashqarida o’tkaziladigan bu usullarining qator 

kamchiliklari  bor,  ular  ko’rmasdan  o’tkaziladi  va  aksariyat  bolalarda 

foydalaniladi. 

II.  Aponevrozni  ochib,  chov  kanali  oldingi  devorini  mustahkamlaydigan 

usullar: 

Bobrov-Luk-Shampioner  usuli  –  tashqi  qiyshiq  muskul  aponevrozi 

kesmasining  yuqori  chekkasini  ichki  qiyshiq  va  ko’ndalang  muskullar  va 

ko’ndalang  fastsiya  bilan  birga  tashqi  qiyshiq  muskul  aponevrozi  pastki 

chekkasiga urug’ tizimchasining oldingi tomonidan tikiladi 

Martynov  usuli  –  tashqi  qiyshiq  muskul  aponevrozidan  dublikatura 

yaratiladi.  Qiyshiq  chov  churralarinii  engil  formalarida  va  chov  oralig’i  baland 

bo’lmaganda qo’llaniladi. 

Jirar  usuli  –  muskullar  Pupart  boylamini  ichki  yuzasiga  tikilgandan  keyin 

tashqi  qiyshiq  muskul  aponevrozidan,  urug’  tizimchasi  oldingi  tomonida  yana 

ko’shaloqlanish yuzaga keladi. Bu plastikada ko’pincha Pupart boylami va qorin 

yon muskullarining pastki chekkasi tolasizlanib qoladi.  

Spasokukotskiy  usuli  –  Jirar  usulidan  farqli  ravishda  choklarning  birinchi 

qatoriga  aponevrozning  yuqori  laxtagini  va  ichki  qiyshiq  hamda  ko’ndalang 

muskullar  chekkalarini  qamrab  oladi  va  Pupart  boylamiga  tikadi.  Choklarning 

ikkinchi qatori bilan aponevroz dublikaturasi vujudga keltiriladi. 

Kimbarovskiy  usuli  bir  turdagi  to’qimalarni  (tashqi  qiyshiq  muskul  bilan 

pupart  boylami  aponevrozi)  qo’shilishiga  asoslangan,  bunda  ular  yaxshiroq, 

birikadi. Shu maqsad uchun original chok tavsiya qilingan. 



 

295 


Takrorlanadigan va katta churralarda, shuningdek to’g’ri chov churralarida 

churra  darvozalarini  plastika  qilish  uchun  chov  kanali  orqa  devorini 

mustaxkamlaydigan usullar qo’llaniladi. 

 

 



67-rasm.  Chov  kanalini  Jirar-Spasokukotskiy  usulida  Kimbarovskiy 

choklari bilan plastika qilish. 

 

Bassini usuli – urug’  tizimchasi ajratiladi va uni  chekkaga  surib qo’yiladi. 



Ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarni pupart boylamiga tikib qo’yiladi va shu 

tariqa  chov  kanalining  orqa  devorini  vujudga  keltiriladi.  Urug’  tizimchasini 

joyiga qo’yiladi va uning ustida tashqi qiyshiq muskul aponevrozi chekkalarini 

tikiladi.  Medial  tomondan,  to’g’ri  muskul  qini  chekkasini  chov  boylamiga  va 

qov suyagining suyak pardasi ustiga tikib qo’yiladi. 

Bu  usulda  chov  oralig’i  tugatiladi,  urug’  tizimchasi  uchun  yangi  joy  hosil 

bo’ladi. 

 


 

296 


 

 

68-rasm. Chov kanalini Bassini usulida plastika qilish. 



 

Kukudjanov  usuli  (soddalashtirilgan  turi).  Bu  usulning  mohiyati  chov 

kanali orqa devorini urug’ tizimchasi orqasida qorin ko’ndalang payini oldindan 

tikish  va  chov  oraligini  to’g’ri  ichak  qinini  Kuper  boylamiga,  ko’ndalang 

fastsiya  va  qorin  ko’ndalang  muskuli  aponevrozini  chov  boylamiga  fiksatsiya 

qilish  hisobiga  tugatish  yo’li  bilan  mustahkamlashdan  iborat.  Eng  tashqi  chok 

kiset  xolida  qo’yiladi,  unga  kichkina  uchastkada  urug’  tizimchasining  qin 

pardasi qamrab olinadi. Bu chok chov kanali chuqur halqasi sathida joylashgan. 

Iplar  medial  tomondan  bog’lanadi.  Urug’  tizimchasi  yana  joyiga  qo’yilgandan 

keyin tashqi qiyshiq muskul aponevrozi varaqlaridan duplikatura hosil kilinadi. 

Postempskiy usuli – urug’ tizimchasi ostida ikki qator chok bilan aponevroz 

duplikaturasi  hosil  qilinadi.  Choklarning  birinchi  qatoriga,  aponevrozdan 

tashqari qorinning ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarining chekkalarini ham 

qamrab olinadi. 

Bu metodikaga binoan urug’ tizimchasi bevosita teri ostida bo’ladi. 

Xozirgi  vaqtda  chov  kanalining  ham  orqa,  ham  oldingi  devorini 

mustakkamlash  uchun  biologik  (son,  teri  fastsiyalaridan,  oziqlanadigan 

oyoqchadagi  muskullardan  autolaxtaklar)  va  sintetik  (kapron,  neylon,  porolon, 

polietilen va b.) materiallar qo’llanilyapti. 


 

297 


Tug’ma chov churralaridagi operatsiyalar churra xaltachasiga ishlov berish 

va churra darvozalarini plastika qilish bilan farq qiladi. Churra xaltachasi urug’ 

tizimchasi  elementlaridan  ajratilmaganda  xaltacha  oldingi  devori  bo’ylab 

ochiladi  va  bo’yni  oldida  qirqiladi.  Proksimal  qismi  ichidan  kiset  chok  bilan 

tikiladi  va  qorin  bo’shlig’iga  kiritiladi.  Xaltachaning  distal  qismi  uzunasiga 

tilinadi  va  qisman  kesiladi.  Qolgan  qismi  seroz  qoplami  bilan  tashqariga 

ag’dariladi  va  Vinkelman  usulida  tikiladi  yoki  boshidan-oxirigacha  uzunasiga 

tilinadi (Bergman operatsiyasi). Bu moyak istisqosidan saqlab qoladi. Go’daklik 

yoshida  churra  darvozalarini  plastika  qilish  uchun  Cherni,  Oppel  usullari 

qo’llaniladi, katta yoshdagi bolalarda va kattalarda chov kanali oldingi devorini 

mustahkamlash usullaridan foydalaniladi. 

Sirpanuvchan  chov  churralarida  churra  xaltachasini  ehtiyotlik  bilan 

ochilgandan keyin qorin pardasi a’zoi o’tadigan joydan 1-1,5 sm tashlab, churra 

xaltachasi ichida chok solinadi. Kiset chokdan distal tomonda churra xaltachasi 

qirqib  olinadi  va  sirpangan  a’zo  qorin  bo’shligiga  solinadi  va  chov  kanali 

oldingi devorining plastikasi bajariladi. 

Hozirga  paytda  chov  churralarida  jarrohlik  amaliyoti  laparoskopik  usulda 

bajarilishi keng qo’llanilmoqda. 



Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling