Institutlari
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anatomik ma’lumotlar.
- Simptomatikasi va davolash.
- Diagnostikasi
- Churralarning o’tkir asoratlari.
- Churraning o’tkir yallig’lanishi.
- Churra qisilishi.
- Churra qisilishining klinik manzarasi.
- To’g’rilanmaydigan churra simptomatikasi.
- ME’DA VA O’N IKKI BARMOQLI ICHAK KASALLIKLARI Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Davolash. Operatsiyadan keyingi churralarni konservativ davolash qorinni mahkam tutib turadigan belbog’-bandaj tayinlashdan iborat. Davolashning bu usuli ba’zan katta eventratsiyali semiz bemorlarni davolashning birdan bir yo’li hisoblanadi, chunki yurak faoliyatida buzilishlar bo’lgan bu bemorlarni operatsiya yo’li bilan davolash katta xavf tug’diradi.
309
Eventratsiyasi ko’p bemorlarni operatsiyaga 1-2 xafta mobaynida tayyorlanadi, u o’rinda yotishi kerak, chunki aks holda operatsiya vaqtida ichki a’zolarni to’g’rilash va ularning ustidagi qisqargan qorin devorlarini tortish qiyin. Operatsiya qilib davolash churra xaltachasini ajratishdan, yupqalashgan teri yamog’i va unga yopishgan churra ichidagi a’zolar o’rtasidagi bitishmalarni ajratishdan iborat, shundan keyin ajralib ketgan qorin devori aponevrozini ajratish va ularga choklar solish zarur. O’rtada joylashgan churra operatsiyalaridan keyin churra teshigini ikki marta ko’paytirish printsipi bo’yicha, aponevrozning bir chekkasini ikkinchisiga qo’yib yopiladi. Yon tomonlama operatsiyalardan keyingi churralarda devor nuqsoni odatda muskullarni qatlam-qatlam qilib tikib yopiladi. Vreden usuli – qorin devori nuqsoni bo’lgan joyda cho’zilgan yamoq to’qimalari va aponevrozidan qo’shaloq hosil qilishdan iborat. S. P. Shilovtsev usuli – aponevrozdagi nuqsonni yamoqli teri laxtagi bilan uning epidermal qatlamini oldindan elektr koagulyatsiya qilib plastik bekitishdan iborat. Chandiqli to’qima va katta nuqsonlarda cutis-subcutis dan foydalaniladi, shuningdek qo’shni muskullardan olingan oyoqchadagi plastinka, son serbar fastsiyasidan olingan erkin fastsial to’qima yoki alloplastika ham qo’llaniladi. Churra teshiklarini polivinilalkogol, porolon, polietilen kabi matolar bilan plastika qilishda ham yaxshi natijalar olingan. 310
71-rasm. Amaliyotdan keyingi churralarda Voznesenskiy usulida plastika qilish.
Amaliyotdan keyingi gigant churralarida, osilgan qorin bilan bo’lgan bemorlarda jarrohlik amaliyoti churra darvozasini Voznesenskiy usulida plastika qilish va osilgan qorinni Zolton usulida bartaraf etish tavsiya qilinadi. Ichki churralar va kam uchraydigan churralar Ichki yoki intraabdominal churralarga qorin cho’ntaklari churralari va diafragmal churralar, shuningdek joylashuviga ko’ra kam uchraydigan: qorinning yonbosh churralari (spigeliy chizig’ining), Pti uchburchagining bel churralari va Lesgaft-Gryunfeld to’rtburchagi churralari: yopqich, quymich va oraliq churralari kiradi. Anatomik ma’lumotlar. Qorinning ichki churralari ichki a’zolar qorin bo’shlig’i a’zolarining teshiklaridan biriga (foramen epiploica Winslovi), boylam yoki qorin cho’ntaklari recessus iliococalis, intersigmoideus; flexura duodenojejunalis dan biriga yoki diafragma teshiklariga kirganda vujudga keladi. Ma’lumki, diafragma muskul va pay qismlardan tashkil topgan. Ko’krak bo’shlig’i tomonidan u parietal plevra bilan, qorin bo’shlig’i tomonidan parietal
311
qorin pardasi bilan qoplangan. Diafragmaning muskul qismida 3 bo’lim: partes sternalis, aortalis, lumbalis farq qilinadi. Diafragmaning bel qismi xar qaysi tomondan 3 ta oyokcha: medial, o’rta va lateral oyoqcha hosil qiladi. Diafragma bel qismining medial oyoqchalari (o’ng va chap) 8 raqami ko’rinishidagi kesishma hosil qilib, ikkita teshik hiatus aortcus hiatus oesophagus ni chegaralab turadi.
Keyingisi adashgan nervlar bilan
qizilo’ngachni o’tkazadi. Qizilo’ngachni o’rab turgan muskul tolalari qizilungach sfinkteri m. sphincter oesophagi ni hosil qiladi. Sfinkter borligiga qaramay, qizilo’ngach teshigi orqa ko’ks oralig’i diafragmal churralar chiqadigan joy bo’lib xizmat qilishi mumkin, churra ichida odatda me’daning kardial qismi bo’ladi. Diafragmada muskul tolalari bo’lmaydigan va ko’krak ichi va qorin ichi fastsiyalari tegib turadigan uchastkalar bo’ladi. Diafragmaning bu «kuchsiz uchastkalari» ba’zan diafragmal churralar chiqadigan joylar bo’lib xizmat qiladi. Diafragmaning to’sh va qovurg’a qismi orasida, xanjarsimon o’simtadan chapda uchburchak oraliq trigonum sternocostalis bo’ladi, uni yana Larrey nishoni ham deb ataladi (shu joyda perikardni Larrey usulida teshiladi). Oraliqda kletchatka bilan o’ralgan vasa thoracica interna bo’ladi, xanjarsimon o’simtaning o’ng tomonidagi xuddi shunday oraliq Ma’zoi yorig’i deyiladi. Diafragmaning qovurga qismi va bel qismining tashqi oyoqchasi o’rtasida trigonum lumbocostalis bo’ladi, ularni Boxdalek yoriqlari deb ataladi. Bel sohasida kam joylashadigan churralar Pti uchburchagi yoki Lesgaft- Gryunfeld rombasimon bo’shlig’i orqali chiqadi: 1) orqaning serbar muskuli chekkasining yonbosh qirrasi va qorin tashqi qiyshiq muskuli yaqinida tarqaladi va uchburchak shaklidagi bo’shliq, trigonum lumbale (Pti uchburchagi) hosil qiladi. Ba’zan shu joydan bel churralari chiqadi; 2) bel bo’shlig’i – spatium lumbale Lesgaft-Gryunfeld uchburchagi yoki rombasi. Uchburchak tomonlari quyidagilar: yuqoridan – pastki tishsimon muskulning pastki chekkasi, pastdan – ichki qiyshiq muskulning orqa (erkin) chekkasi, medial – orqa yozuvchi muskulning lateral chekkasi. Ba’zan uning 312
hosil bo’lishida yuqoridan XII qovurga qatnashadi, bu holda bo’shliq to’rtburchak shaklida bo’ladi. Bu oraliqning tubi qorin ko’ndalang muskuli aponevrozidan hosil bo’ladi. Ustki tomonidan faqat orqaning serbar muskuli bilan yopilgan va shunga ko’ra qorin orqa devorining eng yumshoq sohasi sanaladi. Ba’zan Lesgaft-Gryunfeld uchburchagi bel churralari chiqadigan joy bo’lib xizmat qiladi.
borki, ular qisilmagan vaktda, diafragmal churralarni istisno qilganda muayyan klinik simptomlarga ega bo’lmaydi va aniqlanmaydi. Ular qisilganda xronik (qisilishgacha) yoki o’tkir strangulyatsion ichak tutilib qolishi simptomlari bilan namoyon bo’ladi. Shuning uchun ichki churra diagnozi faqat operatsiya vaqtida qo’yiladi. Bel churralari kamdan-kam, keksa xolsizlangan ayollarda uchraydi va ko’pincha katta o’lchamli bo’ladi. Katta bel churralarida churra teshigi qorin tashqi qiyshiq mukulidan olingan oyoqchadagi laxtak bilan yopiladi yoki alloplastika qilinadi. Yopqich churra yopqich kanali orqali shu nomdagi nervlar va tomirlar bilan birga chiqib kanaldan o’tadi va m. peelneum ostida joylashadi. Suning uchun churra o’smasi
deyarli konturlanmaydi (ko’rinmaydi) va
yaxshi paypaslanmaydi. Kamdan kam, faqat kattalarda, deyarli faqat ayollarda, asosan yoshi ulg’aygan (60-70 yoshdagi) odamlarda uchraydi.
qiyinchilik tug’diradi. Xovship-Romberg simptomi xarakterli. Unda nevrologik xarakterdagi kuchli sanchiqli og’riq bo’lib, u yopqich nerv yo’li bo’ylab, sonning medial yuzasi bo’yicha tizza bo’g’imigacha tarkaladi va paresteziya bo’ladi. Bemor oyog’ini bukib va yon tomoniga burib o’tiradi. Qin yoki to’g’ri ichagi orqali kiritilgan barmoq bilan ba’zan chanoq oldingi devoridagi tortmani paypaslab ko’rilsa bo’ladi. Davolash operatsiya usulida, chunki aksariyat qisilish manzarasida operatsiya qilishga to’g’ri keladi. Laparotomiya yoki son kesmasi 313
yo’li bilan, ba’zan kombinatsiya qilib – laparotomiya va son kesmasi ko’rinishida (Trelat) operatsiya qilinadi. Quymich churralari: a) noksimon muskul ustidan b) noksimon muskul ostidan (foramen intraperiforme) orqali chiqishi mumkin. Keksa ayollarda uchraydi. Quymich churralari ko’p xollarda noksimon muskul ostidan o’tadi va dumbaning katta muskuli ostiga yotadi. Shuning uchun o’lchami katta bo’lmagan churralar qiyinlik bilan aniqlanadi. Ba’zan quymich sohasida og’riq paydo bo’ladi va u yurish vaqtida kuchayadi. Qisilganda bosimdan mahalliy og’riqlar va ishias simptomlari aniq ifodalangan bo’ladi, ichak tutilishi manzarsi paydo bo’ladi. Davolash – faqat operatsiya usulida, aksariyat u qisilish vaqtida o’tkaziladi. Ko’pchilik xirurglar qorin orqali qilinadigan usuldan foydalanadilar. Churra darvozalari fastsiya yoki muskul bilan to’ldirladi. Oraliq churrasi teri ostiga chanoq tubining muskul qismi orqali m. levator ani, m. coecygeus yoki m. levator ani tolalari orasidagi bo’shliqqa chiqadi. U chanoq fastsiyasini bo’rttirib, isheorektal chuqurgacha kiradi va oraliq yoki to’g’ri ichak oldingi devori, qin devori yoki katta lab pastki qismi terisini bo’rttiradi. Aksariyat to’g’ri ichakning tushishi bilan birga keladi. Ko’pincha ayollarda, to’g’ri ichak operatsiyasidan keyin uchraydi. Uning ichida qovuq yoki uning divertikuli, ayol tanosil a’zolari, ichak, charvi bo’lishi mumkin. Joylashuviga ko’ra o’rta, yon tomonlama, oraliq churralar farq kilinadi. Churra o’smasining xarakatchanligi, uning yo’talish va kuchanish vaqtida kattalashuvi, shuningdek quldirab joyiga kirishi xarakterli.
usulida bo’ladi. Joyiga kiritib bo’lmaydigan yon tomonlama oraliq, churralarida operatsiyaga ruxsat etilmaydi. Qorin churralari asoratlari – yalliglanish, churrani joyiga kiritib bo’lmaslik, koprostaz, qisilish. 314
Churralarning o’tkir asoratlari. Bularga: churrada najas turib qolishi (koprostaz), churra ichidagi a’zolar yalliglanishi va churra qisilishi kiradi. Koprostaz asosan yoshi ulg’aygan odamlarda, aksariyat ayollarda sodir bo’ladi. Bunda odatda churraning o’zida ham, butun qorin bo’ylab ham og’riq nisbatan kam bo’lgani holda churra bo’rtmasining xajmi kattalashadi. Keyinchalik qorinda og’riq paydo bo’ladi, loxaslik va intoksikatsiya, kekirish, ko’ngil aynishi, qusish paydo bo’ladi. Churrada axlat turib qolganda dastlabki yordamning asosiy vazifasi qorin pressining peristaltikasini kuchaytirishga yordam berish va shu tariqa najas turib qolishiiga barham berish uchun churra ichidagini qorin bo’shlig’iga repozitsiya qilish (o’tkazish) hisoblanadi. Churra bo’rtmasini massaj qilish yoki oz-moz bosib turadigan bog’lam bog’lash ma’lum darajada yordam beradi. Churra bo’rtmasiga muz solingan xaltacha qo’yish yoki bo’rtgan joy terisiga xloretil oqimini ta’sir ettirish shu maqsad uchun xizmat qiladi. Ular ta’siri ostida ichaklarning qonga to’liqligi kamayadi, ularda qiska vaqtga spazm vujudga keladi, ichak repozitsiyaga oson beriladi, uning peristaltikasi kuchayadi. Churraning o’tkir yallig’lanishi. Churraning o’tkir yallig’lanishi kamroq uchraydi. Ichak devori sohasi churrani yallig’lantiradigan manba hisoblanadi. Bunda churrada, ko’pincha gipogastral sohasida o’rtacha og’riq sezgilari, Qorinning chuqur joylashgan qismida to’liqlik hissi paydo bo’ladi, qorin devori zonasi taranglashishi mumkin. Bunday yallig’lanishlarni davolash ularning ichidagi narsani qorin bo’shlig’iga albatta repozitsiya qilish, keyin o’rinda yotish rejimini saqlash, ichak va qovuq funktsiyasi ustida nazorat qilishdan iborat. Bunda churraning qisilishiga yo’l qo’ymaslik uchun churra holatini tez-tez nazorat qilib turish zarur. Odatda shundan keyin churra yalliglanishi kamayib boradi va yo’qoladi. Churra patogen mikroblar ishtirokida yallig’langanda seroz va seroz-fibrinoz ekssudat tezda yiringli va hatto yiringli-chirigan bo’lib qoladi. Churra xaltachasidagi infektsiya reflektor qusishga, butun qorin bo’ylab qorin pardasi yallig’lanishiga, qorin og’rishi, ichaklar parezi, peritonit manzarasiga sabab 315
bo’ladi. Shuning uchun bunday hollarda qorin devorining o’zgarmagan to’qimalari chegarasiga yaqin joyda revizion laparotomiya operatsiyasini boshlash va agar qorin bo’shligida hamma narsa joyida bo’lsa, bu jarohatni yopish va shundan keyingina yalliglangan churra to’qimalarini kesishga o’tish kerak.
darvozalarida yoki churra xaltachasi bo’yni og’zida, yoki churra xaltachasidagi bitishmalar orasida to’satdan qisilib qolishidan iborat. Bunda churra ichidagi a’zolar to’qimalarida qon ta’minoti, innervatsiyasi binobarin ular trofikasi va oziqlanishining buzilishlari ro’y beradi. Churraning qisilish sabablari turli tuman bo’lishi mumkin. Elastik qisilishda churra xaltachasiga o’tgan a’zolar tashqaridan bosiladi. Najas bilan qisilishda ichak ichidagi narsa ko’p miqdorda yig’ilib, churra xaltachasining to’lishini ancha oshiradi va shu tariqa churra halqasidagi bosimni kuchaytiradi, buning oqibatida ichak tutilib qolishi vujudga keladi. Churraning qisilish turlaridan biri Rixter churrasi bo’lib, uni o’z vaqtida diagnostika qilish nihoyatda mushkul. Churraning bu turida churra xaltachasida ichak devorining faqat bir qismi qisiladi. Operatsiyada churra xaltasini ochish birmuncha qiyinchilik tug’diradi, chunki devor oldidagi qisilgan uchastka bevosita churra xaltachasi tubiga taqalgan bo’ladi va shu sababli ichak tasodifan kesib qo’yilishi mumkin. Retrograd yoki teskari qisilish qisilishning turlaridan biri hisoblanadi. Retrograd qisilishda ichak qovuzloqlarining jonsizlanishi qisilgan xalqadan yuqorida boshlanadi. Ichak qovuzloqlari 2-14 soat ichida jonsizlanadi.
klassik klinik belgilari odatda
uchta simptom hisoblanadi: - churra bo’rtmasi bo’lgan joyda yoki umuman qorinda to’satdan og’riq boshlanishi; - churra bo’rtmasi xajmining tez kattalashuvi; - churrani to’g’rilash imkoniyatining birdaniga yo’qolishi. 316
Bu simptomlarning yuzaga chiqish darajasi har xil bo’ladi. Davolash. Churrasi qisilgan bemorlarni davolashning birdan-bir to’g’ri usuli shoshilinch operatsiya. Qisilgan churrani operatsiyasiz, qo’lda to’g’rilashga urinish mumkin emas, biroq operatsiya qilishga mutlaq monelik bo’lgan hollar bundan mustasno. Qisilishni bartaraf etish va qisilgan a’zolarning yashashga layoqatliligini aniqlash zarur. Buning uchun to’qimalarni aponevrozgacha qavat-qavat qilib tilinadi va churra xaltachasi ochiladi, uni kesiladi va «churra suvi» ni chiqariladi. Bunda xirurg yordamchisi qisilgan a’zolarni tutib turadi va qisilgan a’zolar tekshirib chiqilgandan keyingina qisadigan xalqa kesiladi va qisilgan a’zolarning yashashga layoqatliligi aniqlanadi. Ichakning yashab ketish mezonlari: pushti rang tusda, strangulyatsion egatchalar va subseroz gematomalari yo’q, ichak tutqich mayda tomirlarida pulsatsiya va ichak peristaltikasi saqlanib qolgan. Ichak yashashga layoqatsiz bo’lsa, uni olib tashlanadi. Ichakning olib keladigan kesigidan kam deganda 30-40 sm va olib ketadigan kesigidan 15-20 sm ni rezektsiya qilish kerak. Hazm yo’llari uzluksizligini tiklanadi va churra darvozalarini eng oddiy usullar bilan plastika qilinadi. Qari yoshdagi va hamrox og’ir kasalliklari bo’lgan bemorlarga qisilgan churralarda churra kesish amaliyoti bajarish jarayonida churra darvozasi plastikasi bajarilmaydi, jarohat qavtma-qavat tikiladi. Churra xaltachasi flegmonasi bilan asoratlangan qisilgan churrada operatsiyani o’rta laparotomiyadan boshlanadi, ichakni yashashga layoqatli to’qimalar chegarasida rezektsiya qilinadi. Ichaklarning uchlarini tikiladi, olib keladigan va olib ketadigan kovuzloqlar orasiga anastomoz qo’yiladi. Operatsiyaning qorin ichidagi bosqichi tugallangandan keyingina churra flegmonasiga xirurgik ishlov beriladi, qisilgan ichakni va churra xaltachasini olib tashlanadi. Churra darvozalari plastikasi qilinmaydi. Operatsiyani yordamchi choklar solish va jaroxatni drenajlash bilan tugallanadi. 317
Bemorda qisilgan churra o’zicha joyiga tushgan xollarda xirurg taktikasi, o’tgan fursatdan qat’iy nazar, shoshilinch operatsiya qilishdan iborat, chunki to’g’rilangan a’zolarning xolati qandayligi noma’lum bo’ladi. Qorin bo’shlig’ining qator o’tkir kasalliklari qorin devorida churralar bo’lganda go’yo qisilish borligidan xabar beradigan simptomlar bilan o’tadi. Asoratlarning bu turi adabiyotda «Brok soxta qisilishi» nomi bilan ma’lum. Ozod qorin bo’shlig’i bilan tutashmasi bo’lgan churra xaltachasida churra xaltachasi bo’shlig’iga yallig’li ekssudat tushishi bilan bog’lik, ikkilamchi o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ilgari to’g’rilanadigan churra endi to’g’rilanmaydigan bo’lib qoladi, og’riq sezgilari paydo bo’ladi. Soxta qisilishning bu simptomlari me’da yarasi teshilganda, xoletsistitda, appenditsit va boshqalarda rivojlanishi mumkin. Birgalikda rivojlanadigan bu jarayonlarning diagnostikasi qiyin va bemorni qunt bilan sinchiklab tekshirish, anamnezni puxta yig’ishni talab etadi. Joyiga solinadigan churrada (surunkali asoratlangan) ilgari to’g’rilanadigan churra to’g’rilanmaydigan bo’lib qoladi, biroq bunda og’riq ham bo’lmaydi. To’g’rilanmaydigan churralarning ko’p qismi xayotda orttirilgan bitishmalar borligi bilan bog’liq.
To’g’rilanadigan churranikidan odatda yaqqolroq ifodalangan. Dispeptik buzilishlar, qabziyatlar ko’p uchrab turadi. To’g’rilanmaydigan churra ko’pincha ichakning mexanik tutilib qolishi (bitib ketish, buralish, striktura), churra pardalarining yallig’lanishi va qisilishi bilan asoratlanadi.
318
ME’DA VA O’N IKKI BARMOQLI ICHAK KASALLIKLARI Anatomik-fiziologik ma’lumotlar Me’da chap qovurg’alar ostida va qorinning chap yarmida joylashgan, uning chiqish qismigina o’rta chiziqdan o’ngga o’tadi. Me’da to’lganda uning katta egriligi kindik sohasida proektsiyalanadi. Me’dada kardial bo’lim, tubi, tanasi, antral bo’lim, pilorik kanal farq qilinadi. Pilorik qisqich me’da bilan o’n ikki barmoqli ichak o’rtasidagi chegara hisoblanadi. O’n ikki barmoqli ichak me’da osti bezi boshchasini taqa ko’rinishida bo’lib, Treytts boylami oldida duodenoeyunal bukilma hosil qiladi. O’n ikki barmoqli ichakda 4 qism qayd qilinadi: yuqori gorizontal, pastga tushadigan (unga umumiy o’t yo’li va me’da osti bezi yo’li quyiladi), pastki gorizontal va yuqoriga ko’tariladigan qism. Me’da tanasi bilan antral bo’lim o’rtasida burchak kemtigiga muvofiq keladigan oraliq egat chegara bo’lib hisoblanadi. Me’dani shu tarzda bo’lish me’daning gistologik tuzilishiga va fiziologik xususiyatlariga muvofiq, keladi. Me’da qon bilan qorin aortasi tarmoqlaridan ta’minlanadi. Tomirlarning a’zolar ichidagi katta aloqalari, ularning anastomozlari qon ta’minotining ko’pligini keltirib chiqaradi. Bu hol eroziyalardan va yaralardan qon oqqanda qon ketishini to’xtatishni qiyinlashtiradi. Me’da venalari arteriyalarga mos keladi va qopqa vena tarmog’i hisoblanadi. Me’da kardial bo’limining shilliq, pardasi ostidagi qavatda venoz chigallar portal sistemani yuqori kovak vena sistemasi bilan tutashtiradi, bu portal gipertenziyada venalarning varikoz kengayishini diagnostika qilishda va davolashda g’oyat muhim. Me’dadan limfa oqib ketadigan yo’llar me’dada onkologik jarayon sababli o’tkaziladigan radikal operatsiyalarda muhim ahamiyatga ega. Asosan tomirlar yo’li bo’ylab joylashadigan asosiy limfatik sohalar soni 3 ta: 1) chap me’da 319
arteriyasi sohasi; 2) taloq arteriyasi bo’ylab o’tgan limfatik tomirlar; 3) jigar arteriyasi bo’ylab joylashgan limfatik tugunlar. Bu uchala asosiy arteriyalar tarmoqlari bo’ylab joylashgan tugunlar birinchi tartibdagi limfatik tugunlar, bu arteriyalarning o’z tutami bo’ylab joylashgani – ikkinchi tartibdagi tugunlar, qorin arteriyasi (truncus coeliacus) bo’ylab joylashgani esa uchinchi tartibdagi limfatik tugunlar deb ataladi. Me’dani intramural nerv chigallari, adashgan nervlar va quyosh chigalidan simpatik nervlar innervatsiya qiladi. Me’da funktsiyasini idora qilishda oldingi yoki orqa, ba’zan esa ham oldingi, ham orqadagi qo’shimcha tutamlar ko’rinishidagi adashgan nervlar, o’ng tutamdan chiqadigan va qizilo’ngachning orqa chap yuzasi bo’ylab me’da tubiga Gis burchagi sohasida boradigan Grassi qo’shimcha tarmog’i muhim ahamiyatga ega. Bu qo’shimcha tarmoqlar vagotomiyadan keyin yara kasalligining qaytalanishida muhim rol o’ynaydi. Adashgan nerv tutamlari sekretor faoliyatini boshqaradigan Latarje oldingi va orqa tarmog’i bilan tugallanadi, uning oxirgi 2-4 tarmoqlari esa motor funktsiyasini boshqaradi. Oldingi va opqa Latarje tarmoqlari orasida antral bo’lim sohasida ham, tanasi va hatto kardiya sohasida ham kollaterallar bo’ladi. Me’da sekretsiyasi butun hazm qilish davri mobaynida o’zaro ta’sir qiladigan neyrogumoral mexanizm bilan amalga oshiriladi. Adashgan nervlar I faza deb ataladigan neyrogen fazani ta’minlab beradi, u o’rta hisobda taxminan yarim soat davom qiladi va sekretsiyaning go’yo ish solish mexanizmi hisoblanadi. Ayni vaqtda adashgan nervlar ovqatning me’dadan o’n ikki barmoqli ichak motorikasini va evakuatsiyasini ta’minlab beradi. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra ovqat eyilgandan keyin me’dani bo’shashishi noadrenergik tormozlanish nerv tolalari tomonidan amalga oshiriladi. Me’da sekretsiyasining (II faza) gumoral rag’batlantirishni 1905 yil Edkins kashf etgan va 1964 yilda Gregori va Trasi sof holda ajratib olgan gastrin vositasida amalga oshiriladi. Gastrin me’daning antral bo’limi shilliq pardasida joylashgan hujayralar (ularning 90%gacha), o’n ikki barmoqli va och 320
ichaklarning proksimal qismlarida, hatto me’da osti bezidagi hujayralar tomonidan sintez qilinadi. Fiziologik sharoitlarda C-hujayralar oqsili ovqat, peptonlar, aminokislotalar, adashgan nerv kabilar bilan rag’batlantiriladi va endi uning o’zi ichki omil ishlanishi, xlorid kislota, pepsin, me’da osti bezi fermentlari sekretsiyasini rag’batlantiradi, me’da va och ichak peristaltikasini kuchaytiradi. Ichak fazasi (III faza) mexanizmi unchalik ravshan emas: ayrim mualliflar ingichka ichakning yuqori bo’limlarida me’da sekretsiyasini rag’batlantiradigan enterogastron hosil bo’ladi deb hisoblasalar, boshqalari ingichka ichakda oqsil parchalanishida gistamin hosil bo’ladi deb hisoblaydilar. Ma’lumki, ingichka ichak sekretsiyani faqat qo’zg’atish ta’siriga emas, balki tormozlash ta’siriga ham ega. Biroq, bu vagus innervatsiyasi saqlanib qolgan taqdirdagina shunday bo’ladi. Me’dada 3 ta sekretor bezsimon sohalar farqlanadi: 1.
2.
Fundal bezlar, hujayralarning 4 turidan tashkil topgan: bosh hujayralar pepsinogen ajratadi, parietal (yoki qoplama) hujayralar xlorid kislota va Kastl ichki omilini ajratadi; qo’shimcha hujayralar bufer xossalarga ega shilliq ishlab chiqaradi; differentsiatsiyalanmagan hujayralar – ulardan qolgan hujayralar rivojlanadi. 3.
eriydigan shilliq, va gastrin gormoni ajratadi. Me’daning tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan butun shilliq pardasi shilliq pardani o’z-o’zini hazm qilishdan himoya qiladigan va uni parda ko’rinishida bekitib turadigan asosiy vosita hisoblangan shilliq ajratadi. O’n ikki barmoqli ichak shilliq pardasida endokrin hujayralar joylashadi: gastrin ishlab chiqaradigan C-hujayralar, S-hujayralar – sekretin, J-hujayralar – pankreozimin ishlab chiqaradi. Bir sutka ichida me’dada 1 l gacha me’da shirasi hosil bo’ladi. Ovqatda xlorid kislota, pepsinogendan hosil bo’ladigan pepsin tomonidan xlorid kislota
321
ta’siri ostida ishlov beriladi. Ovqatning o’n ikki barmoqli ichakka portsiya- portsiya bo’lib tushishini pilorus va me’daning antral bo’limi funktsiyasi ta’minlab turadi.
Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling