Institutlari


Kasallikning kechishi va belgilari


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/49
Sana05.11.2017
Hajmi3.88 Mb.
#19444
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49

Kasallikning kechishi va belgilari  

Klinik  nuqtai  nazardan  peritonit  belgilarini  shartli  ravishda  umumiy  va 

mahalliy turlarga bo’lish mumkin. Eng xarakterli ilk belgilar quyidagilar: 

-

 



bemorning umumiy ahvoli og’irligi; 

-

 



bemorning majburiy holati; 

-

 



yuz qiyofasining o’tkirlashib iztirobli ko’rinishi (Gippokrat yuzi); 

 

547 


-

 

teri  va  skleralarining  sarg’imtir  tusga  kirishi  og’ir  intoksikatsiyadan 



dalolat beradi; 

-

 



qorinda  og’riq:  somatik  va  vistseral  bo’lishi  mumkin;  somatik  og’riqlar 

aniq  lokalizatsiyaga  va  doimiy  tabiatga  ega  bo’lib,  qorin  mushaklarining 

taranglashishi bilan birga o’tadi. Vistseral og’riqlar esa o’ziga xos irradiatsiyali 

sanchiq ko’rinishida bo’lib, ma’lum lokalizatsiyaga ega bo’ladi; 

-

 

ko’ngil aynishi va qayt qilish kasallik avvalida reflektor xarakterda bo’lib, 



yallig’lanish  jarayoni  qorin  bo’shlig’i  bo’ylab  tarqalgan  sayin,  me’da-ichak 

sistemasining falajiga bog’liq bo’ladi; 

-

 

ich kelmasligi va el chiqmasligi (ichak pareziga bog’liq), ba’zan oz-oz va 



tez-tez ich kelishi kuzatiladi; 

-

 



taxikardiya (minutiga 120-150 zarba) ko’pincha reflektor xususiyatga ega 

bo’ladi,  ba’zan  bradikardiya  kuzatilishi  mumkin  (me’da  va  o’n  ikki  barmoqli 

ichak yarasining teshilishida – minutiga 60 zarba); 

-

 



nafas olishning tezlashishi (nafaqat diafragma eksursiyasining cheklanishi 

bilan,  balki  rivojlanayotgan,  o’pkaning  pastki  bo’laklari  pnevmoniyasi  bilan 

bog’liq bo’lishi mumkin; 

-

 



tili «cho’tka» kabi quruq; 

-

 



tana harorati 38-40

C gacha ko’tariladi, kasallikning terminal bosqichida 



pasayishi mumkin; 

-

 



ko’zdan  kechirishda  qorin  ichiga  tortilgan,  «taxtasimon»,  tarang  yoki 

keskin  taranglashgan,  passiv  yoki  nafas  olishda  qatnashmaydi,  kech 

bosqichlarida esa ichak parezi hisobiga shishgan bo’lishi mumkin. 

Shyotkin-Blyumberg  belgisi  musbat  va  yallig’lanish  jarayonida  parietal 

qorin  pardasining  ishtirokidan  darak  beradi.  Perkussiyada  jigar  chegaralari 

yaxshi aniqlanmaydi, qorin bo’shlig’ida ekssudat yoki erkin gaz hisobiga tovush 

o’zgarishi  kuzatiladi.  Auskultatsiyada  ichaklar  peristaltika  shovqinlari 

bo’lmasligi ichak falajidan darak beradi.  

Gemodinamik  buzilishlar  yiringli  peritonit  klinikasida  muhim  o’rin  tutadi, 

buning  ustiga  yurak-qon  tomir  va  nafas  olish  sistemasi  buzilishlari,  qorin 



 

548 


pardasining  tarqalgan  yallig’lanishida  o’limga  keltiruvchi  asosiy  sabablardan 

hisoblanadi. Gemodinamikaning buzilishalari, endotoksinning yurak miokardiga 

bevosita  ta’siri  natijasi  deb  ham  qaraladi,  nafas  olish  sistemasi  etishmovchiligi 

esa, asosan toksinlarning o’pka tomirlar to’riga bevosita ta’siri bilan bog’lanadi. 

Chunki gemodinamik buzilishlarda o’pka komponenti birlamchi hisoblanadi. 

Shunday  qilib,  gemodinamik  buzilishlari  zamirida  tomir  o’zanidagi 

suyuqlikning qorin bo’shlig’iga va ichki a’zolarga ko’p miqdorda diffuzlanishi, 

hamda suyuqlikning tomirlar o’zanidan oraliq bo’shliqlarga o’tishi hisoblanadi. 

Bunday sharoitda qorin bo’shlig’iga organizmning butun hujayra tashqarisidagi 

suyuqligining  50%  gacha  o’tishi  mumkin,  bu  6-10  litrni  tashkil  qiladi.  Ilgari 

suyuqlikning  bunday  o’tishi  sekvestratsiya  deb  atalgan,  chunki  u  qon  aylanishi 

tarkibidan  chiqarilar  edi.  Sekvestrlangan  suyuqlikning  asosiy  qismi  oxir-

oqibatda  ekssudat  tarkibini  tashkil  etadi,  organizmdan  bu  ekssudat  bilan  birga 

ko’p  miqdorda  elektrolitlar,  oqsillar,  aktiv  fermentlar  va  boshqalar  yo’qotiladi. 

Patologik  sekret  ko’rinishidagi  bu  suyuqlikning  nisbatan  kamroq  qismi  ichak 

bo’shlig’iga  tushib,  shundoq  ham  buzilgan  metabolik  jarayonda,  ko’p  sonli 

komponentlarini o’ziga tortib oladi. Suyuqlikning talaygina miqdori, qayt qilish 

oqibatida  yo’qotiladi.  Bunday  sharoitda  organizmda  aylanib  yurgan  qonning 

umumiy  hajmining  kamayishi,  yurakdan  chiqayotgan  qon  bosimining 

o’zgarishlari, taxikardiya va gematokrit ko’rsatkichlarining ortishi kuzatiladi. 

Kasallik  avj  olgan  sayin  yurak-qon  tomirlar  sistemasi  faoliyatining 

kompensator  zahiralari  o’z-o’zidan  kamayib  ketishi  yuz  beradi,  buning 

natijasida  yurak  siqib  chiqarayotgan  qon  ko’rsatgichlari  kamayadi,  yurakning 

minutda  va  har  zarbada  etkazib  berayotgan  qon  hajmi  muvofiq  ravishda 

pasayishi,  qon  oqimi  umumiy  tezligining  pasayishi  va  qon  tsirkulyatsiyasining 

samaradorlik koeffitsienti pasayishi kuzatiladi. 

Og’ir  yiringlik  kasalliklar  odatda  modda  almashinuvi  jarayonlarining 

keskin  aktivlashishi  va  ularning  katabolik  reaktsiyalar  tomoniga  siljishi  bilan 

o’tib,  organizmning  odatdan  tashqari  energetik  sarf-xarajatlarining  ortishiga 

sabab bo’ladi. Tana haroratining odatdagidan 1°C ga ko’tarilishi energetik sarf-



 

549 


xarajatlarini  15%  gacha  ortishiga  olib  keladi.  Hatto-ki  qorin  ichki  a’zolaridagi 

mahalliy  modda  almashinuvi  jarayoni  normada  organizmning  umumiy  modda 

almashinuvining qariyb 50% ni tashkil qilsa, yallig’lanish jarayonida esa uning 

anchagina  ortishi  va  og’ir  peritonitli  bemorda  energiyaga  ehtiyoj  bir  kecha-

kunduz mobaynida 3000-3500 kkal ni tashkil etishi mumkin. 

Bu sohada tadqiqotlar olib borgan barcha mualliflar, oqsil metabolizmining 

miqdoriy  buzilishlarini  qayd  etganlar,  bunda  ular  peritonitda  yaqqol  oqsil 

miqdorini  ortiq  darajadagi  tashqi  yo’qotishlari,  gipo-  va  disproteinemiyaning 

asosiy  sabablaridan  ekanligini  dalil  sifatida  keltiradilar.  K.S.  Simonyanning 

fikricha  (1971),  siydik,  qayt  qilish    massalari  va  ekssudat  bilan  bog’liq  oqsil 

yo’qotishlar  bir  kecha-kunduz  mobaynida  50  dan  200  g.  gacha  etishi  mumkin, 

aslida bu yo’qotishlar hamisha ham gipoproteinemiya bilan o’tavermaydi. V.D. 

Fedorov  (1974),  aksincha,  plazma  umumiy  oqsili  darajasining  sezilarli 

pasayishini ko’rsatib o’tib, gipoproteinemiya mahaliy peritonitda ham kuzatilib, 

qorin  pardasining  tarqalgan  va  umumiy  yallig’lanishida  eng  yuqori  darajaga 

ko’tarilganligini  bayon  qilgan.  A.N.  Lyulka  va  V.  Begunyaklar  (1976)  ham, 

peritonitning  tarqalgan  turlarida  plazma  tarkibida  aylanib  yuruvchi  doimiy 

oqsillarning miqdorini birmuncha pasayishini aniqlaganlar.  

Odatda,  ko’proq  mutloq  oqsil  yo’qotishlar  yiringli  ekssudat  bilan  ro’y 

beradi, bu Welch, Burke (1963) ma’lumotlariga ko’ra 30 dan 50 g/l gacha etadi, 

ya’ni qon plazmasidagi protein miqdoriga yaqin yo’qotishlar bo’ladi. Ahamiyati 

jihatidan  ikkinchi  o’rinni  oqsilning  qayt  qilish  massalari  bilan  yo’qotilishi, 

oxirgi  o’rinda  esa  siydik  bilan  yo’qotilishi  turadi.  Bu  chuqur  intoksikatsiyada 

buyrak  filtratsiyasi  va  reabsorbtsiyasining  buzilishlari  oqibatida  sodir  bo’ladi. 

Nihoyat, oqsilning kattagina miqdori parez bo’lgan ichak bo’shlig’iga diffuziya 

yo’li  bilan  o’tib,  u  erda  u  patologik  ferment  parchalashiga  uchraydi.  Bunday 

parchalanish  mahsulotlarini  reabsorbtsiya  qilish  imkoniyati  bo’lsa  kerak,  lekin 

organizmni  ularni  immun  va  plastik  material  sifatida  ishlatishi  g’oyat 

shubhalidir.  


 

550 


O’tkir  peritonitda  oqsil  almashinuvi  sifat  jihatidan  ham  turli  buzilishlarga 

uchraydi.  Avvalo  gipoalbuminemiya    yuzaga  keladi,  keyin  esa  plazma  proteini 

miqdorining umumiy pasayishi (gipoproteinemiya) ta’sirida globulin fraktsiyasi 

miqdorining  ortishi  kuzatiladi.  Odatda  albumin  darajasining  keskin  kamayishi 

va  globulin  fraktsiyasining  ortishi  tarqalgan  peritonitga  xos  bo’lib,  bu  moyillik 

kuzatuvning 

10-kunigacha 

boradi. 


Globulin 

fraktsiyasi 

miqdorining 

o’zgarishlari  faqat  bir  tomonlama  emas,  ba’zan  plazmaning  globulin 

komponenti  miqdorining  o’smasligi  mumkin.  Bu  holat  mahalliy  peritonitda 

birmuncha yaqqolroq, tarqalgan peritonitda nisbatan kamroq namoyon bo’ladi. 

Peritonitda  mineral  almashinuvi  ham  buzilib,  organizmda  suv-elektrolit 

muvozanatini  o’zgaradi.  Ma’lumki,  kaliy  (K

)  elektroliti  asosiy,  buning  ustiga 



eng  o’zgaruvchan  hujayra  kationi  hisoblanadi.  Yallig’lanish  o’chog’ida 

gidrostatik to’qima muvozanati buzilgan holatlarda kaliy ioni eng o’zgaruvchan 

bo’lgani tufayli to’qimani tark etadi va hujayra strukturalarida natriy (Na

) ioni 



yoki (anaerob gidroliz sharoitida) vodorod (H

) ioni bilan almashinadi. Bundan 



tashqari, kaliyning katta miqdori hujayra elementlarini emirilishi natijasida ozod 

bo’ladi.  Peritonitda  yallig’lanish  ekssudati  tarkibida  kaliy  ioni  miqdorining 

odatdan  tashqari  ko’pligi  (8,1-10,1  mmol/l)  buning  tasdig’i  bo’ladi,  ya’ni 

plazmadagiga nisbatan 2 marta yuqori bo’ladi.  

Kaliy  patologik  o’zgargan  me’da-ichak  yo’llari  shirasi  tarkibida  bundan 

ham  ko’p  miqdorda  bo’ladi.  Peritonitda,  buzilgan  reabsorbtsiya  sharoitlarida, 

ehtimol  buyrak  naychalari  darajalarida,  kaliy  kationining  natriy  yoki  vodorod 

ioni  bilan  almashinuvi  ro’y  beradi  va  bu  siydikda  kaliy  miqdorining 

ko’payishiga  olib  keladi.  Ayni  vaqtda  kaliyning  siydik  bilan  ko’p  miqdorda 

ajralib  chiqishi,  uning  yallig’li  ekssudat  va  qayt  qilish  mahsuloti  bilan  ham 

yo’qolishi  sababli  organizmda  yuzaga  kelgan  giperkaliemiya,  tez  fursatda 

gipokaliemiya  bilan  almashinadi,  bu  organizmda  kaliy  ionining  mutloq 

tanqisligini  paydo  qiladi.  Nihoyat,  peritonitning  terminal  bosqichida  o’tkir 

buyrak etishmovchiligining orta borishi elektrolitlarning (1-navbatda kaliyning) 

buyraklar  tomonidan  ekskretsiyasini  keskin  buzadi,  bu  xujayra  ichidagi  kaliy 


 

551 


miqdori  pastligicha  qolgan  bo’lsada,  gipokaliemiyaning  tobora  chuqurlashib 

borishiga olib keladi. 

Organizm  uchun  K

ning    patologik  yo’qotilishining  muhimligini  ta’kidlab 



o’tishga  ehtiyoj  bo’lmasa  kerak,  chunki  u  nerv  tolasining  o’tkazuvchanligi 

jarayonlarida,  yurak  faoliyatida  muhim  o’rin  tutadi.  Umumiy  kaliy  tanqisligi 

peritonitda  ichak  parezi  paydo  bo’lishida  va  miokard  faoliyatining  buzilishida 

muhim  ahamiyatga  ega.  O’z  navbatida  bu  hol  peritonitda  vujudga  qoladigan 

gemodinamik  buzilishlarining  kelib  chiqishida  ham  alohida  ahamiyatga  ega 

bo’ladi. 

Natriy  (Na

+

)  ioni  almashinuvi  peritonitda  aksari  tendentsiyada  bo’ladi, 



ya’ni  uning  organizmda  tutilib  qolishiga  moyillik  bilan  belgilanadi.  Bu  uning 

miqdorini  hujayra  elementlarida  ortishi  va  o’rtacha  giponatriemiya  paydo 

bo’lishi,  uning  siydik  bilan  ekskretsiyasining  pasayishi  kuzatiladi.  Natriyning 

bunday tutilishini buyrak usti bezlari mineral-kortikoid faoliyatining kuchayishi, 

xususan  aldosteron  ishlanishining  jadallashi  bilan  izohlanadi.  Biologik 

muhitlarda  osmotik  muvozanatni  saqlab  turishda  natriy  kationi  etakchilik 

qilishini nazarda  tutib,  aldosteron ishlanishi kuchayishini,  organizmning keskin 

buzilgan  sharoitlarida  o’ziga  xos  himoya  vositasi  ekanligini  tan  olish  lozim. 

Ekssudatda,  me’da  va  ichak  suyuqligida  natriy  miqdorining  nisbatan  yuqori 

emasligi ham buning tasdig’i bo’ladi. 

Peritonitda  organizm  kislota-ishqor  holati  (KIH)  muvozanatining 

buzilishlari  ko’p  yillar  mobaynida  klinitsistlarning  diqqat  markazida  turgan. 

Ba’zi  mualliflar  (V.Ya.  Shlapobarskiy,  1958;  P.L.  Seltsovskiy,  1963) 

peritonitda,  ayniqsa  tarqalgan  turlarida  hamisha  yaqqol  atsidoz  holati  paydo 

bo’ladi  deb  hisoblashgan.  Biroq,  Astrupning  aniq  ekspress  mikroelektrolitlarni 

tekshirish  usuli  paydo  bo’lishi  bilan  peritonitda  bu  tendentsiyaning  hamisha 

doimiy  emsligi  qayd  etilgan.  Buning  ustiga  peritonitda,  aksariyat  avvalda 

alkaloz holati, keyin esa atsidoz kuzatiladi, g’amda KIH ko’rsatkichlari bunday 

sharoitlarda juda tez o’zgarishi mumkin. 


 

552 


Tobora  chuqurlashib  boradigan  paralitik  ichak  tutilishi  (45-85%)  peritonit 

kechishini  og’irlashtiradi.  Ko’pincha  mualliflarning  ichak  parezi  darajasi  bilan 

kasallikning  ehtimol  tutilgan  oqibati  o’rtasidagi  bevosita  aloqadorlikni 

ko’rishlari  bejis  emas.  Bu  asorat  peritonitning  reaktiv  bosqichida  40% 

bemorlarda,  toksik  bosqichda  80%,  terminal  bosqichida  esa,barcha  bemorlarda 

kuzatilishi  mumkin. Mahalliy  peritonitda yaqqol ichak  parezi umuman  olganda 

54%da,  uning  tarqalgan  turlarida  esa  82,7%  bemorlarda  kuzatilishi  mumkin. 

Shunday  qilib,  peritonit  patogenezida  paralitik  ichak  tutilishi  belgilari  bilan 

kasallik og’irligining orta borishi o’rtasida aniq bog’lanish borligi kuzatiladi. 

 

Diagnostikasi 

O’tkir  peritonit  bilan  xastalangan  bemorlarni  tekshirish  muntazam,  har 

tomonlama  bo’lishi  va  kasallik  anamnezi,  shikoyatlar,  ob’ektiv  ko’rik, 

paypaslash, auskultatsiya va perkussiya natijalarini o’rganishni o’z ichiga olishi, 

klinik va biokimyoviy tekshirishlar o’tkazishni talab etadi.  

Kasallik  anamnezini  sinchiklab  o’rganish  to’g’ri  tashxis  qo’yish,  o’z 

vaqtida va asoslangan davolashda 1-darajali ahamiyatga ega. Anamnezga avvalo 

kasallikning  asosiy  belgilari  to’g’risidagi  aniq  ma’lumotlarni,  bemorning 

jarrohlik  bo’limiga  yotqizilguncha  qadar  qo’llanilgan  davo  chora-tadbirlarini 

aniqlash lozim bo’ladi. 

Qorin  bo’shlig’i  a’zolarining  o’tkir  xirurgik  kasalliklarining  asosiy 

belgilaridan  biri  og’riq  bo’lib,  uning  joylashuvi,  kuchi,  xarakterini  aniqlash 

muhim  hisoblanadi.  Bemor  umumiy  holatining  yomonlashuvi  bilan  o’tadigan, 

qorinda qattiq og’riq paydo bo’lishi, qorin bo’shlig’idagi jiddiy tahdiddan darak 

beruvchi  himoya  belgilardan  biri  hisoblanadi.  Peritonit  diagnostikasida  qayt 

qilish,  uning  mahsuloti  yoki  tarkibi,  necha  martaba  qaytalanishini  aniqlash 

alohida o’rin tutadi.  

Tilni tekshirish asosiy omillaridan biri hisoblanib, organizmda suyuqlikning 

depolanishi,  degidratatsiya  rivojlanayotganiga  bog’liq  bo’ladi.  Peritonitda  til 

«cho’tka» singari quruq bo’lishi kuzatiladi. 



 

553 


Peritonit diagnosikasida qorinni tekshirish muhim ahamiyatga ega. Qorinni 

ko’zdan  kechirishda,  odatda  bemorning  shakoyatiga  alohida  ahamiyat  berilib, 

ichga  botgan  yoki  shishganligi,  nafas  olish  jarayonida  ishtiroki,  teri 

qoplamlarining  ranggini  o’zgarishiga  alohida  ahamiyat  beriladi.  Qorin  devori 

harakatlanishining asosiy yallig’lanish o’chog’i sohasida harakatlanishi, boshqa 

sohalardagidan  ko’proq  cheklanganligi  qayd  etiladi.  Yuzaki  paypaslab 

ko’rilganda  yallig’langan  parietal  qorin  pardasiga  tegishli  sohada  qorin  oldi 

devori  mushaklarining  himoya  taranglashuvi  aniqlanadi.  Mushak  himoyasi, 

ayniqsa  kavak  a’zolar  perforatsiyasida  aniq  («taxtasimon  qorin»)  ifodalangan 

bo’ladi.  Ushbu  belgi  yallig’lanish  jarayoni  kichik  chanoq  bo’shlig’ida 

joylashganida  yoki  qorinning  orqa  devori  parietal  pardasi  shikastlanganda 

kamroq  namoyon  bo’lishi  mumkin.  Birinchi  holatda,  peritonit  diagnostikasida 

rektal  tekshirish  qimmatli  ma’lumot  beradi.  Bunda  to’g’ri  ichak  oldingi 

devorining  ekssudat  yig’ilishi  hisobiga  osilib  qolganini,  to’g’ri  ichak  devorini 

bosilganda  og’riq  bo’lishini  aniqlash  mumkin.  Ayollarda  vaginal  tekshirishda, 

qin  orqa  gumbazining  osilganini,  bachadonning  bo’yin  qismi  silanganda 

og’riqning  bo’lishini  aniqlash  mumkin.  Qorin  devorining  orqa  qismi 

yallig’lanishi  belgilarini  topish  uchun,  shu  soha  mushaklarining  tonusini 

aniqlash lozim bo’ladi.  

Qorin perkussiyasi pnevmoperitoneum borligi, qorinda qon yig’ilgani yoki 

ekssudat  birligini  aniqlashga  imkon  beradigan  tekshirish  usuli  hisoblanadi. 

Perkussiyada yallig’langan qorin pardasining tegishli sohasidagi og’riqni, ichak 

parezi  hisobiga  yuqori  timpanit  tovushini,  shuningdek  qorinning  biror  sohasida 

ko’p  miqdorda  ekssudat  yig’ilganda  perkutor  tovushning  tumtoqlashganini 

aniqlash mumkin.  

Auskultatsiyada peristaltika shovqinlarining yo’qligi paralitik ichak tutilishi 

mavjudligidan dalolat beradi. Paralitik ichak tutilishi oqibatida, odatda tarkibini 

ichakda yig’ilgan suyuqlik tashkil etgan takroriy qayt qilishlar, hiqichoq tutishi 

qayd  etilib,  bular  diafragma  nervi  ta’sirlanishidan  dalolat  beradi.  Ich  kelmay 

qolishi va elning chiqmay qolishi kasallikka xos belgilardan hisoblanadi.  



 

554 


Bemorning  tashqi  ko’rinishiga,  yurak-qon  tomirlar  sistemasi,  nafas  olish 

a’zolari  faoliyatini  tekshirishga,  shuningdek  tana  haroratini  o’lchashga  katta 

ahamiyat  beriladi,  bular  tashxis  qo’yishda  qo’shimcha  ma’lumotlar  berishi 

mumkin.  Qon  analizida  yuqori  darajadagi  leykotsitoz,  himoya  kuchlar 

pasayganida leykopeniya bilan almashinishi mumkin. Suv-elektrolit muvozanati, 

kislota-ishqor holatining buzilishlari yuqori darajalargacha chiqadi.  

Elektrokardiografiyada 

(EKG) 


miokardning 

toksemiya 

hisobiga 

zararlanishiga,  va  elektrolitlar  muvozanatining  buzilishlariga    (gipokaliemiya) 

xos  belgilar  paydo  bo’ladi.  Koagulogrammada  disseminatsiyalangan  tomir 

ichida ivish sindromi (DVS-sindrom) belgilari aniqlanadi. Bu esa o’z navbatida 

mikrotsirkulyatsiyani  buzadi,  kasallik  kechishini  og’irlashtiradi.  Bu  noxush 

omillarining  barchasi  hayotiy  muhim  a’zolar  va  sistemalar  faoliyatining 

dekompensatsiyasiga  olib  keladi,  yurak-qon  tomirlar,  nafas  olish  sistemasi  va 

jigar-buyrak etishmovchiligini rivojlantiradi. 

O’tkir  peritonitni  diagnostikasida  foydalaniladigan  instrumental  (asbob-

uskuna yordamida) tekshirish usullarini 2 guruhga bo’lish mumkin. 



1. Noinvaziv usullar: Bugungi kunda ko’p qo’llaniladigan usullarga qorin 

bo’shlig’ining  umumiy  rentgenografiyasi  (obzor  rentgenografiya),  ultratovush 

yordamida skanerlash (UT tekshiruvi), reografiyalar kiradi. 

Qorin  bo’shlig’ining  rentgenografiyasi.  Bu  tekshiruvda,  ayniqsa  kovak 

a’zolar (me’da, o’n ikki barmoqli ichak, ingichka ichak yarasi yoki o’smasining) 

perforatsiyasida  diafragmaning  o’ng  yoki  chap  gumbazi  ostida  gaz  (el) 

yig’ilganini, jarohat tomonida diafragmaning yuqori turganligini topish mumkin. 

Ayrim  hollarda  yallig’lanish  o’chog’ida  yondosh  ichaklarning  paretik  holati 

yoki  eldan  shishganini,  peritonitning  kechki  bosqichlarida  –  ichak 

qovuzloqlarida,  o’tkir  ichak  tutilishiga  xos,  suyuqlik  sathlarini  (to’nkarilgan 

Kloyber  kosachalari)  aniqlash  mumkin.  Rentgenologik  usulning  diagnostik 

imkoniyatlari 

polipozitsion 

rentgenografiya, 

pnevmoperitoneografiya, 

retropnevmoperitoneografiya uslublari qo’llanilganda yanada kengayadi va biror 

a’zoning  ilk  bosqichida  yallig’lanishni  (a’zoning  qalinlashgani,  qo’shni 



 

555 


a’zolarga  va  devorlarga  yopishganligi,  qorin bo’shlig’i  limfa  tugunlarining  erta 

giperplaziyasi va b.) topishga imkon beradi. 



Qorin  bo’shlig’ini  ultratovush  yordamida  skanerlash:  Bu  usul  qorin 

bo’shlig’i  a’zolarining  holati,  ulardagi  o’zgarishlar,  hamda  bo’shliqning  biror 

bo’limida ekssudat yig’ilganini aniqlashga yordam beradi, ayrim hollarda esa o’t 

pufagi  yoki  me’da  osti  bezi  sohasidagi  infiltratsiya  yoki  destruktiv  jarayoni, 

eldan shishib ketgan, paretik ichakni yoki destruktiv jarayonni aniqlashga imkon 

beradi. 


Reografiya  –  diastolik  to’lqin  balandligining  sistolik  to’lqinga  nisbatan 

keskin oshganini (normada aksincha) aniqlashga imkon beradi, bu me’da-ichak 

sistemasining  qon  tomirlaridagi  dimlanish  hodisalari  to’g’risida  xulosa  qilishga 

yordam beradi. 



2.  Invaziv  usullar:  laparotsentez,  «izlovchi»  kateter  usuli,  diagnostik 

laparoskopiya va diagnostik laparotomiya. 



Laparotsentez tekshirishning birmuncha oddiy usuli bo’lib, qorin devorini 

teshib, qorin bo’shlig’iga ingichka kateter kiritish yo’li bilan amalga oshiriladi. 

Peritoneal  ekssudatni  kateter  orqali  tashqariga  chiqishi  peritonit  borligiga  dalil 

bo’ladi. Bu usul operatsiya o’tkazish katta xavf bilan bog’liq bo’lgan diagnostik 

qiyin  hollarda,  qorin  bo’shlig’ida  ekssudat  yoki  qon  borligini  topishga,  uni 

aspiratsiya qilishga va mikroskopik tekshirishga imkon beradi. Olingan suyuqlik 

xususiyati  bo’yicha  (qon,  yiring  va  b.)  qorin  bo’shlig’idagi  o’zgarishlar 

to’g’risida  xulosa  chiqarish  mumkin.  Ekssudatni  pH  miqdoriga,  amilaza, 

eritrotsitlar  borligiga,  uning  tashqi  ko’rinishi,  xidi,  ranggiga  ko’ra 

laparotomiyaga ko’rsatmalarni aniqlash mumkin. Bu usulni qo’llash 91% gacha 

hollarda to’g’ri tashxis qo’yishga imkon beradi. 

Laparoskopiya bevosita yallig’lanish manbaini topishga yordam beradigan 

birmuncha ishonchli usul hisoblanadi. Bu usul tekshirishning, noinvaziv usullari 

ma’lumot  bermagan  taqdirda,  tashxis  qo’yishga  ishonch  bo’lmaganda 

qo’llaniladi.  Laparoskopiyada  qorin  bo’shlig’ining  deyarli  hamma  a’zolarini 



 

556 


ko’zdan  kechirish,  parietal  va  vistseral  qorin  pardasining  holatiga  baho  berish, 

ekssudat bor yoki yo’qligini topish mumkin. 



Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling