Integrativ texnologiyalar va ulardan foydalanish


Muammoli modulli texnologiya


Download 262.5 Kb.
bet17/20
Sana08.05.2023
Hajmi262.5 Kb.
#1445163
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
INTEGRATIV TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH

Muammoli modulli texnologiya.
Muammoli modulli texnologiya modulli va muammoli ta'limning integrasiyasi bo'lib, har ikkala texnologiyalarning ham yutuqli tomonlarini qo'llash uchun qulay sharoit yaratib beradi.
Har bir modul o'zaro bog'langan vazifalar ko'rinishiga ega bo'lib, ularni belgilangan ketma-ketlikda bajarish nazarda tutiladi. Lekin, ta'lim oluvchilar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, ularni alohida, boshqa modullardan ajratilgan holda berish mumkin.
Ta'lim mazmuni modullar tizimidan tashkil topadi. An'anaviy ta'limda modullar tizimi bir o'quv faniga birlashtiriladi. Modul doirasida joriy nazorat amalga oshirilib, yakuniy baho modullar bo'yicha olingan baholarning o'rtachasiga teng bo'ladi.
Modul talabaga amallarni anglagan holda tartib bilan bajarishga imkon yaratadi.
Muammoli modulli ta'limning egiluvchan texnologiyasida modul tuzilmasi murakkablashadi. U o'z ichiga uslubiy bloklar majmuasini olgan tarmoqlashgan dasturni tashkillaydi:
Kirish” blokining asosiy funksiyasi – faollashtiruvchi nazoratdir. Ushbu blokdan o'ta olgan talaba muammoli modulga “yo'llanma” oladi. Bu blok yangi ma'lumotni o'zlashtirish uchun zaruriy bo'lgan bilimlarni aktuallashtirish (eslash, faollashtirish)ga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda bu blokdagi vazifalar testlarni echish uchun kerakli o'quv materialga ishoralarni ham o'z ichiga oladi.
S: Bu blok vazifalari nima maqsada shunday tuziladi?
Keyingi modul KIRISh modulidir.
Tarixga oid blok qisqa ekskurs bo'lib, unda tushuncha, teorema, masalalarning kelib chiqishi, ularni shakllanishida tarixda vujudga kelgan ilmiy xatoliklar tahlili beriladi.
Aktualizasiya bloki o'z ichiga modulda beriladigan yangi ma'lumotni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgna tayanch iboralar va amallar usullarini oladi.
Eksperiment bloki ta'rif, eksperiment formulalarni ishlab chiqish uchun empirik materiali (o'quv eksperimenti, laboratoriya ishi)ning ta'rifini o'z ichiga oladi.
Muammo blokida modulda echilishi nazarda tutilgan muammo qo'yiladi. Ba'zan muammo bloki tarix bloki bilan birlashtirilgan ham bo'lishi mumkin.

Download 262.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling