Integrativ texnologiyalar va ulardan foydalanish
INTEGRATIV TA'LIM TEXNOLOGIYALARI
Download 262.5 Kb.
|
INTEGRATIV TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- MS: Sizning sohangiz boyicha tuzilgan dasturlarda qanday kamchiliklarni kuzatgansiz Ularni barataraf etish uchun qanday yollarni taklif qilgan bolar edingiz
INTEGRATIV TA'LIM TEXNOLOGIYALARI.
Ta'lim mazmuni, integrasiya, fanlararo bog'lanish, sintez, yaxlitlik, tizim, ilmiy dunyoqarash, birlashtiruvchi etakchi g'oya, o'quv modulli, blok, qaytuvchan aloqa, mustaqil ta'lim. MS: Ta'lim mazmunini tashkillash (tanlash, chegaralash, tizimlash)da tuzuvchi qanday muammolarga duch keladi? MS: Sizning sohangiz bo'yicha tuzilgan dasturlarda qanday kamchiliklarni kuzatgansiz? Ularni barataraf etish uchun qanday yo'llarni taklif qilgan bo'lar edingiz? Fan taraqqiyoti, mutaxassislarga ishlab chiqarish, jamiyat tomonidan qo'yilayotgan talabalarning o'sib borishi o'quv materialining keskin ko'payib borishiga olib kelmoqda. Bu esa, o'z navbatida ta'lim sifati, ta'lim oluvchilar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shuning uchun ta'lim mazmunini shakllantirishga va uzatishga yangicha yondashuvlar ishlab chiqilmoqda. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarida bu masala chetlab o'tilmagan albatta. Oliy ta'lim davlat ta'lim standartlari, shuningdek, baklavriyatning mavjud 131 yo'nalishi va magistrutura mutaxassisliklarining 664 namunaviy o'quv rejalari tasdiqlandi. Davlat ta'lim standartlari asosida har bir yo'nalish va mutaxassisliklar bo'yicha o'quv predmetlarining dasturlari ishlab chiqilgan. Oliy maktab uchun yangi, original darslik va o'quv qo'llanmalarni yaratish bo'yicha ishlar boshlandi. 1999-2007 yillarda O'TMlarni ta'minlash uchun adabiyotlarni nashrdan chiqarish istiqbol rejasi ishlab chiqildi. 1998-2002 yillarda 2927 ta darslik va o'quv qo'llanmalari nashr qilindi. O'TMlarda o'quv amaliyotiga elektron darsliklarni yaratish va tadbiq etish jarayoni boshlandi. 2000-2002 yillarda 400ta elektron darsliklar tayyorlandi. 2005 yilda 700ta darsliklar va o'quv qo'llanmalari, 40ta elktron dasrliklar nashr qilindi. (10) Bu sohada o'zbek olimlari R.Safarova, U Musaev, P.Musaev, F.Yusupova, R.Nurjanovalar tomonidan chuqur izlanishlar olib borishmoqda. Ushbu mualliflar tomonidan 2005 yilda yaratilgan “O'zbekiston Respubikasida umumiy o'rta ta'lim strategiyasi muammolari va ta'lim mazmunining yangi modellari, ularni tadbiq etish yo'llari” kitobida (3) bu muammo batafsil ko'rib chiqilgan va uni echishga qaratilgan qator yo'llar belgilab berilgan. Yuqorida ko'rsatilgan izlanishlar ko'proq umumiy o'rta ta'lim muaommolariga bag'ishlangan bo'lsada, ulardan oliy ta'limdagi muammolarni ham echishda samarali foydalanish mumkin. Bunda umumiy o'rta ta'lim mazmunini modernizasiyalash strategiyasi ta'lim mazmunini quyidagilar asosida belgilashning talab qilinishi ko'rsatilgan: 1.O'quvchilarga taqdim qilinadigan yangi bilimlarni, ta'lim mazmunida muhim o'rin tutmagan ikkinchi darajali bo'lgan tushunchalarni o'quv dasturlari mazmuniga kiritishga yo'l qo'ymaslik, o'zaro bir-birini takrorlaydigan tushunchalarni va o'quv materialarini dastur hamda darsliklarda uyg'un tarzda ifaodalash, o'quv rejasida o'quv yuklamasida rasional ifodalashga erishish. ... 2. O'quv dasturlari, ta'lim mazmunining yangi modellari kamida har uch yilda bir marta taqdim etilishi lozim. “O'quv rejasida ortiqcha o'quv yuklamalarining miqdorini kamaytirish, ya'ni takror va adekvat o'quv materiallarini integrallashtirishga erishish”ga alohida e'tibor qaratilgan. Ta'lim mazmunida fanlararo aloqadorlikni tanlash o'quvchilarning moddiy borliqni yaxlit tasavvur etishlari uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Download 262.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling