Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha


Download 249.5 Kb.
bet16/32
Sana12.10.2023
Hajmi249.5 Kb.
#1699799
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
4-ma\'ruza

birinchidan, koʻpgina oʻqituvchilar oʻquvchilarga oʻquv materiali mazmunini tushuntirishda asosan ta’limning reproduktiv metodlaridan foydalanadilar. Dars jarayonida taqdim etilayotgan bilimlarning asosiy mazmuni oʻquvchilarga tayyor tarzda taqdim etiladi. Shuning uchun oʻquvchilarning oʻquv fanlariga oid bilim va tushunchalari, fan asoslarini oʻzlashtirganlik darajalari aksariyat holllarda DTS talablariga javob bermaydi;
ikkinchidan, barcha oʻquv predmetlari uchun umumiy boʻlgan dars jarayonida oʻquvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishda oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlovchi imkoniyatlardan toʻla foydalanilmaydi.
Tadqiqotning keyingi bosqichida ilmiy farazimiz asosida boshlangʻich sinflardagi oʻquv fanlarining oʻzaro aloqadorligini aniqlash boʻyicha qator tadbirlar amalga oshirildi. Boshlangʻich sinflarda oʻrganilayotgan oʻquv fanlarining oʻzaro aloqadorlik xususiyatlari va shu asosda oʻquvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan dasturlar yaratildi. Ulardan boshlangʻich sinf oʻquvchilari va oʻqituvchilari orasida oʻtkazilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida foydalanildi. Unda oʻquvchilarga ilmiy tushuncha va oʻzlashtirilgan bilimlari asosida muayyan koʻnikma va malakalarni tarkib toptirishda oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlovchi shakl va vositalarini samarali qoʻllash, oʻzaro aloqadorlikni ta’minlash va uni tajriba-sinovdan oʻtkazish asosiy maqsad qilib olindi. Pedagogik tajriba-sinov jarayonida boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va oʻquvchilarining biz taklif qilgan texnologiyaga nisbatan munosabatlarini aniqlashga e’tibor qilindi. Ta’lim jarayonida oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlovchi vositalarga nisbatan ularning munosabatlari aniqlandi, vujudga keladigan ayrim qiyinchiliklarni bartaraf etish chora- tadbirlari taklif qilindi. Shu bilan bir qatorda, oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlovchi ba’zi vositalar orqali oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilayotgan oʻquv materiallarining sifat va samaradorligini oshirish muammolari oʻrganildi.

Download 249.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling