Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha
Oʻquv fanlariaro aloqadorlik asosida oʻtiladigan darslarga qoʻyidagi didaktik talablar qoʻyiladi
Download 249.5 Kb.
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadli bosqichda
- Isbotlash bosqichida
- Vositalar tanlash bosqichida
- Keyingi bosqich - natija
Oʻquv fanlariaro aloqadorlik asosida oʻtiladigan darslarga qoʻyidagi didaktik talablar qoʻyiladi:
1. Fanlararo aloqadorlik asosida oʻrganilayotgan darsda yangi mavzuni oʻzlashtirish uchun boshqa fanlardan olgan bilimlarni jalb etilishi hamda ularni tatbiq qilish malakalariga ega boʻlish. 2. Fanlararo aloqadorlik asosida oʻrganilayotgan darsda boshqa fanlardan bilimlarni qoʻllash boʻyicha oʻquvchilarning bilish faoliyatlari samaradorligini ta’minlash. Oʻqituvchi dars oʻtayotganda boshqa oʻquv fanining materialini takrorlamasligi lozim. Fanlararo aloqadorlikni ta’minlashdan koʻzlangan maqsad oʻquvchilarda yangi savollar va masalalarni yechishda turli fanlardan olgan bilimlarini mustaqil qoʻllash koʻnikmasini hosil qilishdan iborat boʻladi. Buning uchun dars boshida yoki yangi materialni tushuntirish jarayonida boshqa oʻquv fanlari mazmuniga kiritilgan bilimlarni aniqlab beruvchi takrorlash suhbatlari oʻtkaziladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi, bunda bir-biriga yaqin fanlardan oʻzlashtirilgan bilimlarni qoʻllash talab etiladi; oʻzlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun esa muntazam uy vazifalari beriladi; guruhda jamoali oʻquv ishlari bilan birga yakka holda topshiriqlar (qiziqishi yuzasidan, tanlab olish, majburiy) berilishi ta’minlanadi. 3. Dars jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlash asosida oʻrganilayotgan hodisalarning mohiyati, sabab-oqibatli bogʻliqliklarini tushuntirishga qaratilgan boʻlishi. Masalan, oʻqish darslarida qish fasliga doir she’r yoki matnni oʻqishdan oldin oʻqituvchi mavzuni tabiatshunoslik bilan bogʻliqligi haqida “tabiatshunoslik darsida biz qish faslida boʻladigan tabiatdagi oʻzgarishlarni oʻrgandik. Ushbu she’r (matn)da ham xuddi shu holat tasvirlangan” degan fikr bilangina cheklansa, unda oʻquv fanlari oʻrtasidagi bunday aloqadorlik faqat tashqi xususiyatga ega boʻladi, tasavvurlar va reproduktiv harakatlar darajasida qoladi. Oʻquv fanlariaro bilim va tushunchalarni tizimlashtirish uchun alohida oʻquv mavzulari boʻyicha umumlashtiruvchi jadvallarni tuzish maqsadga muvofiqdir (yoki fanlararo turli mavzudagi oʻquv muammolari boʻyicha). 4. Fanlararo aloqadorlik asosida oʻrganilayotgan dars mavzulari turli fanlardan bilimlarning bogʻliqligiga tayanuvchi dunyoqarash, umumlashtirilgan xususiyatga ega boʻlgan xulosalardan tashkil topishi lozim. Oʻquvchilar bunday xulosalarning obyektivligini faqat oʻzaro yaqin fanlardan bilimlarni jalb etish zarurligiga ishonch hosil qilgandagina anglashlari mumkin. 5. Oʻquv fanlariaro aloqadorlikni qoʻllash asosida oʻtilgan dars oʻquvchilarda ijobiy taassurotlar uygʻotishi, ularda turli fanlardan olgan bilimlari oʻrtasidagi tafovutlar, bogʻliqliklarni bilib olishga qiziqish hosil qilishi lozim. Ushbu faoliyatning samaradorligiga erishish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: • oʻrganilayotgan dars mavzusini fanlararo aloqadorlikda idrok etib, amaliyot bilan bogʻliqligini aniqlash; • ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlari mazmunida oʻzaro aloqador matematik atamalarni qoʻllash; • fanlararo aloqadorlik asosida amaliy, mustaqil ishlarni bajarish; • boshqa fanlardan qoʻllaniladigan koʻrgazmali vositalarni ushbu fanlarga yaqin, fanlararo aloqadorlik xususiyatiga ega boʻlgan ilmiy-ommabop adabiyotlardan foydalanish; bunda oʻquvchilarning boshqa fanlarga qiziqishlariga tayanish, ular bilan individual ishlash jarayonida mazkur qiziqishlarni rivojlantirish va mustahkamlash; 6. Fanlararo aloqadorlik asosida oʻrganilayotgan oʻquv materiallari umumlashtirilishi lozim. Shuning uchun, oʻquv fanlariaro aloqadorlikning vazifalarini umumlashtirishni ta’minlovchi ta’limning turli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir: mujassamlashtirilgan uy vazifalari, umumlashtiruvchi takrorlash darslari, sayohat darslar va boshqalar. Yil va chorak mundarijasiga turli ertak qaxramonlarini (kichik shaxzoda, Karlson, Dyumovochka va boshqalar) kiritilishi ham shu maqsadga mos keladi. Ular bolani mavzudan mavzuga yetaklab yurgandek boʻladi va shu yoʻl bilan inson muloqot qiladi, yangi narsalarni bilib oladi. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishda shaxsga moslangan yoʻnalish faqatgina sinf yoki guruhga emas, har bir bolaga ahamiyat berishni nazarda tutadi. Bunda uning shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari alohida koʻrsatiladi, uning qiziqishlari hisobga olinadi. U maqsadda «Oʻz yulduzingni yoq», «Guldatsada sening guling», «Sen sevgan kitob» kabi oʻyinlardan foydalanish mumkin. Oʻyin davomida diqqat - e’tibor birgina bolaga qaratiladi. (Masalan, tugʻilgan kuni munosabati bilan osmonda yangi yoritilgan yulduz uning nomi bilan ataladi yoki katta guldatsa bayram egasiga yoqadigai gul bilan boyitiladi). Sevimli kitob esa sinf kutubxonasini toʻldirish bilan birga egasining (imzosi)ga ega boʻladi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatlariga moslashish, ularning badiiy faolligini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bilim olish, badiiy hayotiy masalalarni hal qilishda oʻziga xoslikni uddaburonlikni, epchillikni ragʻbatlantirish nazarda tutiladi. Shu munosabat bilan bolalarning she’r va hikoyalar yozish, yangi raqs oʻylab topish, shirin taom pishirish, biror asbob yaratish, oʻsimliklardan shakllar yaratish kabi mustaqil ijodiyoti turli yoʻllar bilan ragʻbatlantirib borish taqozo etiladi. Emotsional tomonlarni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Mashgʻulotlar bolalarda koʻrish va eshit ish qobilyat larini (materiallar sifatini (fakturasini) ushlab koʻrib ajrata bilish qobilyati), sezish tuygʻularini (hid va ta’mni ajrata olish qobiliyatlarini) rivojlantirishga yordam beradi. «Ovchilar», «Hayvonlar», «Izquvarlar» oʻyinlarini oʻynash bolalarga faqat umumiy bilimlarga ega boʻlish, masalalarni mantiqan hal eta bilishgina emas, insonga berilgan barcha his-tuygʻular ham muhim ekanligini koʻrsatib beradi. Ularni rivojlantirish oʻta nozik tuygʻularning shakllanishiga yoʻldir. Bunga yorqin obrazlarga, san’at asarlariga, tabiat bilan zavqlanishga murojaat qilish orqali erishish mumkin. Bolalarda salbiy, xunuk, yomon narsalarga ham emotsional munosabatini rivojlantirish lozim. Bunga ertaklar oʻqish, turli sahna koʻrinishlari qoʻyish yordam beradi. Bolaning his-tuygʻulari uning jismoniy rivojlanishi bilan bogʻliq bola faoliyatiga harakat qilishga, oʻz holatini badan harakatlari, imo-ishoralar, raqs orqali koʻrsatib berishga imkon beruvchi mashqlarni kiritish lozim. Dars oʻtishdagi asosiy shart - sinfda zarur, mos muhitni yaratish: polga gilam solish, partalar oʻrniga qulay boʻlgan stul va kreslolar oʻrnini almashtirish. Mashgʻulot jarayonida bolalar oʻz yashash muhitlarini yaratishadi. Yil va chorak mavzusi «devorlardagi suratlar», «Hayvonot va oʻsimliklar dunyosi» paydo boʻladi, bularni oʻquvchilar oʻzlari oʻylab topishadi. Buning uchun turli badiiy va texnik vositalar, ma’lumot beruvchi nashrlar, ensiklopediyalar, xaritalardan foydalanish mumkin. Koʻpincha vaqtni sinfdan va maktabdan tashqarida oʻtkazish koʻzda tutiladi. Muzey va kutubxonalarda, xiyobon yoki koʻchalarda oʻtiladigan darslar odatiy boʻlib qoladi. Integratsiyalangan kurs utsidagi ishlar davom etadi. Tanlangan yoʻl juda qiyin va mutlaqo shubhasiz emas. Qiyin muammolarni hal qilish lozim. Hozirgi kunda boshlangʻich maktab ta’limini integratsiya qilish haqida koʻp gapirilayashti. Bu tushunarli - kichik maktab oʻquvchisi atrofdagi olamni bir butunligicha qabul qiladi. Uning uchun tabiatshunoslik, ona tili, musiqa va boshqa oʻquv predmetlarini nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligi mavjuddir. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bogʻliqligini koʻrishga oʻrgatish kerakligini oʻqituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talabi. Ta’limni integratsiyalash fikri xalq ta’limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshladi. Agar boshlangʻich ta’limni tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida oʻquvchilar qiziqishlarini faolllashtirish yotsa, integratsiyanning asosida esa turli fanlarni oʻrganish obyektlari boʻlgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish kabi vazifalar yotadi. Hozirgi kunda bir qator oʻquv predmetlari uchun umumiy boʻlgan tushunchalar orasidagi aloqalarni oʻrnatish psixologik va metodik asosga ega boʻlgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazishni taqozo qiladi. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida oʻrgatilishi va zarur oʻqitish vositalari bilan ta’minlanishi kerak. Tekshirish davomida oʻquv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar; integratsiyalash uchun fanlarning ma’qul birlashishi, oʻqituvchi va oʻquvchi harakatlarining mos kelishi, bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda mazmun, metod, usullarni tanlash lozimligini koʻrsatadi. Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash oʻqituvchi (ta’lim berish ) va oʻquvchi (ta’lim olish )harakatlarining mos kelishini koʻzda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor. 1. Maqsadli bosqichda oʻqituvchi umumiy maqsadni qoʻyadi. Oʻquvchilar oʻqituvchi boshchiligida predmetlararo bogʻliqliklarni tushunib yetishlari, turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak, bunda ular oʻz e’tiborlarini faqat umumiy bilimlarni oʻzlashtirishga emas balki, koʻchirish tahlil qilish shaxsning belgilari qobilyat va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratishlari kerak. 2. Isbotlash bosqichida oʻqituvchi oʻquvchilar dunyoqarashini oʻstiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga ragʻbarlantiradi. Oʻquvchilar oʻz irodalarini dunyoqarashni kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yoʻnaltiradilar. 3. Faoliyatning mazmun bosqichida oʻqituvchi yangi oʻquv materialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. Oʻquvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida oʻzlashtiradilar. 4. Vositalar tanlash bosqichida oʻqituvchi turli predmetlar bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi koʻrgazmali vositalarni-darsliklar, tablitsalar, sxemalar, savolnomalar, amaliy vazifalar. Oʻquvchilar koʻchirish, umumlashtirish, biriktirish xarakterlarini integratsion masalalarni hal qilishda koʻrgazmali vositalar yordamida bajaradilar. 5. Keyingi bosqich - natija. Oʻqituvchi ta’lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qoʻllaydi. Oʻquvchi bilimlar tizimida, umumlashtirishlarni amalda qoʻllaydi. 6. Nazorat qilish bosqichida oʻqituvchi bir-biri bilan bogʻlangan predmetlarga oʻquvchilarning tayyorligini baholaydi, nazorat qiladi, oʻzlashtirish sifatida baholaydi. Oʻquvchilar oʻz bilimlarini baholashni, turli predmetlar boʻyicha oʻz-oʻzini ham, ularni birlashtirish koʻnikmalarini nazorat qiladilar. Download 249.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling