Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha


Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi


Download 249.5 Kb.
bet13/32
Sana12.10.2023
Hajmi249.5 Kb.
#1699799
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
4-ma\'ruza

Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlangʻich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qoʻyishi va ularning rivojlanishi qonunlariga oʻz munosabatlarini shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab oʻquvchisi predmet yoki voqealik hodisalarning bir necha tomondan koʻrish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada, biolog, soʻz ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazardan va boshqalar.
Asosiy fanlarni oʻzlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini oʻrnatish ta’limga integratsiyalashga yondoshuvning metodik asosidir. Bunga turli darslarga tushunchalarga koʻp marotaba qaytishi, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli boʻlgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. SHunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va oʻtkazish tartibiga ega boʻlgan, tarkibiga shu oʻquv predmetiga tegishli boʻlgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa oʻkuv predmetlari bilan bogʻliq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi.
Masalan, «qish», «sovuq», «boʻron», kabi tushunchalar oʻqish, rus tili, tabiatshunoslik musiqa, tasviriy san’at darslarida koʻrib chiqiladi. Tushunchalarning taxlil qilish boshqa oʻquv darslarida oʻzlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin boʻlishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, oʻziga hos oʻtish metodikasiga ega boʻladi.
Umumiy ta’limning poydevorining qoʻyadigan boshlangʻich maktabdagi koʻp tushunchalar tabiatshunlslik, rus tili, musiqa, tasviriy san’at va boshqalar uchun umumiydir.
Hozirgi kunda bir qator oʻquv predmetlari uchun umumiy boʻlgan tushunchalar orasidagi aloqalarni oʻrnatish psixologik va metodik asosiy boʻlgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida oʻrgatilishi va zarur oʻqitish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.

Download 249.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling