Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha


Integrativ ta’limning sinflarga boʻlinishi (klassifikatsiya). Koʻp fanlar integratsiyasi


Download 249.5 Kb.
bet10/32
Sana12.10.2023
Hajmi249.5 Kb.
#1699799
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
4-ma\'ruza

Integrativ ta’limning sinflarga boʻlinishi (klassifikatsiya). Koʻp fanlar integratsiyasi Ularni yana universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, oʻqish, tabiat, rasm darslarini bitta umumiy darsga birlashtirish.
Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma’lum tizimga keltirishadi va oʻz kurslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Koʻrinib turibdiki, boshlangʻich ta’lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda toʻgʻri ketma - ketlikka faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba’zi e’tiborli olimlar ta’kidlaydilarki, bu an’anaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma - ket oʻrganish yoʻli bilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlangʻich ta’limga ham darslarga ajratib oʻqitish an’analari tarqalgan deb hisoblaydilar.
Tabiiy fanlarni oʻqitishning tizim boʻyicha davom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun koʻpgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgan kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, oʻquvchilarda tabiiy fanlarni oʻrganishga qiziqish uygʻotish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli koʻrinishda hikoya qiluvchi boshlangʻich tabiiy fanlar kurslari (masalan, boshlangʻich sinflardagi «Tabiatshunoslik») kiradi.
Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar.
Keng integratsiya jarayoni oldingi ilmiy yoʻnalishlarni bogʻlovchi yangi tabiiy fanlar va ilmiy yoʻnalishlar hosil boʻlishiga olib keldi.
Boshlangʻich sinflarda ekologik ta’limni kuzatib, oʻqish, tabiatshunoslik, mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlariga ekologik mavzular kiritilgani koʻrinadi. Bir - biriga yaqin chegaradosh fanlarning qatoriga molekulyar biologiya, biofizika, geofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi.
Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar.
Zamonaviy bilimlarning har bir boʻlimini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagogika, pedagogik texnologiya, pedagogik psixologiya, inson yoshi psixologiyasi, fan rivojlanishi jarayonini oʻrganuvchi pedagogik psixo logiya, fanning insonning boshqa hayot jarayonlariga bogʻliqligini oʻrganuvchi: kibernetika- boshqarish, aloqa va informatsiyani qayta ishlash: informatsiyaning tuzilishi va xususiyatlarini, uning shaxs shakllanishidagi oʻrnini oʻrganuvchi informatika. Inson hayotining turli jarayonlar ida ilmiy yoʻnalish boʻlgan sistemalarning aloqalarini oʻrganuvchi sinergetikaning qoʻllanilanishi. Bu sinfdagi integrativ kurslarning mazmuni shu fanlar ma’nosi va struqturasi asosida tuziladi.

Download 249.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling