Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha


Download 249.5 Kb.
bet6/32
Sana12.10.2023
Hajmi249.5 Kb.
#1699799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
4-ma\'ruza

Integratif funksiya – bu funksiya umumta’lim va kasbiy ta’limni boglovchi zvenodir.
Bunda ta’lim mazmunidagi barcha tashkil etuvchi elementlar majmkasini – bilim, ko`nikma, malaka, me’yor, pedagogik tizimlarni uzida mujassamlab:
bilimlarni tizimlashtirishni tashkil etish, talabalarda xar xil predmetlarda utiladigan va texnik, texnologik jarayonlarda sodir buladigan hodisalar, tushunchalar, goyalar, nazariyalar orasidagi uzaro integratsiya va xar tomonlama boglanish borligini urnata olish kunikmalarini shakllantirish;
bu boglanishlar kasbiy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam beruvchi ekanini tushuntirishni ta’minlash;
talabalarda ijodkorlik masalalarini nazariy tugri texnik va amaliy jixatdan maqsadga muvofik echishda, turli Oʻquv predmetlarini urganishda olgan bilim va maxoratlari asosida texnikaviy – iktisodiy, ijtimoiy – ekologik, tashkiliy – pedagogik tizimlar maqsadi, mezoni va vazifasini tugri shakllantirish kunikmalarini xosil kilishlarini nazarda tutadi. [Alimov N.N.]
Integratsion ta’limning tuzilishi qanday? Integratsionta’limning integrativligi uning tuzilishiga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Yil uchun umumiy boʻlgan bir mavzu, har chorakning asosiy mavzusida oʻz rivojini topadi. Shunday qilib, kurs asosiga qoʻyilgan gʻoyalar (fikrlar)ning gorizontal harakati amalga oshiriladi. Xuddi shu yoʻl bilan vertikal harakat ham amalga oshiriladi (sinfdan sinfga), bunda bir mavzu bolaning oʻsishiga qarab, murakkablashib boradi.
Integratsion kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta’lim sistemasida tavsiflanadi. Bilimning integratsiyalashgan (koʻrgazmali) tarmogʻida integratsiyalashning usul va vositalari: ta’lim rejasidagi oʻqitish joyida: vaqtning hajmiga qarab shu kursni toʻla oʻzlashtirish vaqti oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi: koʻp maqsadli va rang-barangliligi hamda koʻp funksiyaga egaligi bilan tavsiflanadi (koʻrgazmali).
Integratsiya kursi - oʻquv fanlaridan biri boʻlib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun oʻrganiladi. U har xil turlar, usullar, uslublar, fanlararo integratsiya ob’ektlari asosida tuzilgan.

Download 249.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling