Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha
Oʻquv fanlariaro aloqadorlik ta’minlangan sharoitda
Download 249.5 Kb.
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻquv fanlariaro aloqadorlik muammolari
- "oʻquv fanlariaro aloqadorlik"
Oʻquv fanlariaro aloqadorlik ta’minlangan sharoitda oʻquvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlikni turli oʻquv predmetlari boʻyicha oʻquv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim.
Oʻquv fanlariaro aloqadorlik muammolari oʻzbekistonlik olimlarning ham tadqiqotlarida yetakchi pedagogik muammo sifatida namoyon boʻlmoqda. Chunonchi, A.Ch.Choriyev, U.Q.Musayev, N.S.Fayzullayeva, T.Z.Dayanayeva, A.A. Salomov, M.K.Ashirova va boshqalar oʻquv fanlariaro aloqadorlikning turli qirralari, oʻquv-biluv jarayonini optimallashtirish imkoniyatlarini tahlil qilganlar. Olib borilgan ilmiy-nazariy tadqiqotlar natijasidan ma’lum boʻldiki, matematika bilan ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlariaro aloqadorlikning didaktik imkoniyatlari aniqlanmagan. Hozirgi kunda ta’lim mazmunida matematik bilimlarni taqdim qilish, oʻquvchilarning yuqori darajadagi hisoblash koʻnikmalari, tafakkurini shakllantirish yuzasidan e’tiborga olinmay kelinayotgan holatlardan biri oʻquv fanlarining matematika bilan oʻzaro aloqadorligiga umumiy oʻrta ta’lim mazmunida yetarli darajada e’tibor berilmaganligidadir. Xorijiy mamlakatlarda fan va texnologiyaning jadal sur’atda rivojlanishi olimlar oldida murakkab muammolarni qoʻymoqda. Shu sababli tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari haqidagi yangi nazariy va amaliy bilimlarni ta’lim mazmuniga kiritish, barcha fanlardan oʻzaro aloqadorlikda eng zarur bilim va koʻnikmalarni hosil qilish, ijtimoiy hayot tajribalari va ilm- fanning turli sohalari uchun muhim boʻlgan bilimlarni oʻquvchilar egallashlari uchun yuksak bilim va mahoratga ega boʻlgan pedagoglarni tayyorlash nihoyatda zarurdir. Mazkur vazifalarni yechish uchun oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashni ilmiy jihatdan asoslash maqsadida har bir oʻquv fanining fanlararo aloqadorlikdagi mazmunini tanlash, ta’lim jarayonida qoʻllanilayotgan soʻnggi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda oʻquv fanlarining bir - biri bilan bogʻlangan tizimini shakllantirish lozim. Matematik tushunchalar orqali barcha oʻquv fanlarining oʻzaro aloqadorligi mohiyatiga tayanish, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar turkumdagi fanlarni oʻqitishning yangi jihatlarini aniqlash zarurdir. Oʻquvchilarga taqdim etiladigan matematik bilim, tushuncha va hosil qilinadigan hisoblash koʻnikmalari umumlashgan mazmunga ega boʻladi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik ta’minlanganda oʻquvchilarga oʻzaro bogʻlangan bilim va tushunchalar taqdim etiladi. Demak, "oʻquv fanlariaro aloqadorlik" oʻquv mavzulari mazmunini atroflicha ochib berish uchun zarur. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik dars mavzularining mazmunini oʻrganish, undagi muhim qoidalarni ajratib olib oʻzlashtirishda quyidagi jarayonlarni faollashtirish imkoniyatini beradi: • oʻquv mavzularini oʻrganish jarayonida oʻquv fanlariaro aloqadorlik holatini aniqlashga subyektiv yondashish ehtimolini pasaytirish; • fanning muhim gʻoyalarini ochib berishda birinchi darajali ahamiyatga ega boʻlgan oʻquv fanlari asosiy jihatlariga oʻquvchilar e’tiborini jalb etish; • doimiy ravishda idrok etishni murakkablashtirib borib, oʻquvchilar ijodiy tashabbuskorligi va oʻquv-biluv faoliyati mustaqilligi koʻlamini kengaytirish, koʻp tomonlama oʻquv fanlariaro aloqadorlikni samarali yoʻlga qoʻyish uchun didaktik vositalarning har xil turlarini qoʻllab, oʻquv fanlariaro aloqadorlikdan foydalanish boʻyicha tashkiliy ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish; • turli didaktik vositalar yordamida oʻquv fanlarining oʻzaro uzviy birlikda oʻzlashtirilishiga erishish; • oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasida ijodiy hamkorlikni vujudga keltirish; • hozirgi zamon talablari asosida oʻquvchilar ilmiy dunyoqarashini matematikaning ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlari bilan aloqadorligi vositasida, ijtimoiy hayot bilan hamohang shakllantirish. Download 249.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling