Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha


Biz oʻquv fanlarini integratsiyalash natijasi


Download 249.5 Kb.
bet22/32
Sana12.10.2023
Hajmi249.5 Kb.
#1699799
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
4-ma\'ruza

Biz oʻquv fanlarini integratsiyalash natijasi fanlar oʻzaro bogʻlanmagan holda oʻrgatilganda shakllantirish mumkin boʻlmagan subyektiv yangi bilimlarning oʻzlashtirilishi, - degan kontseptual gʻoyaga tayanamiz.
Ilmda yangi bilimlarning fanlararo sintez jarayoni juda sekin kechib, ba’zida u bir qancha oʻn yilliklarga teng davrni qamrab oladi. Oʻquv jarayonida oʻqituvchi bir yoki bir necha mashgʻulot, yoki hatto bir necha daqiqa ichida talabani ilgari turli fanlariga oid oʻzlashtirilgan bilimlarga tayanuvchi subyektiv yangi bilimga “olib kelishi” kerak boʻladi. Ya’ni, bilimlarni tayyor holatida berish emas, balki ularning sintezi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu vazifani amalga oshirishning texnologik usullaridan biri bir sohaga oid bilimlarni boshqasiga olib oʻtish bilan bogʻliq boʻlib, u fanlararo aloqalarni oʻrnatishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bilimlarning har qanday olib oʻtilish holati subyektiv yangi bilimlar sinteziga olib kelmaydi. Buning uchun ushbu bilim inversiyaga uchrashi lozim.
Bilimlarning inversiyasi quyidagi jarayonlarni qamrab oladi: talaba aqliy faoliyatini faollashtirish maqsadida bilimlarni shakllangan fandan boshqasiga oʻtkazilgandagi tavsifining oʻzgarishi; ilmiy bilimlar mohiyat jihatidan oʻzaro bogʻliqligini oʻquv vazifalariga aylantirish; talaba ijodkorlik qobiliyatlari ham kasbiy yoʻnalganligining tarkib topishini ta’minlovchi fanlararo bilim va koʻnikmalarni egallash darajalarini belgilab olish.
Inversiyaning mohiyatini quyidagi misolda izohlash mumkin. I.Nьyuton tomonidan kashf etilgan mexanika qonunlariga oid bilimlar inversiya natijasida hali maktab fizika kursidayoq texnika va texnologiya ob’ektlariga tatbiq etilib, politexnik koʻrinishda taqdim etiladi. Ushbu bilim boshqa ob’ektlarga oʻtkazilganida oʻzga yoʻnalish kasb etib, boshqa kasbiy vazifalar yechimiga xizmat qiladi. Misol uchun, fizikani oʻqitish metodikasiga oʻtkazilgan fizikaga oid bilimlar inversiyaga uchrab, boʻlajak fizika oʻqituvchilarini tayyorlashdagi kasbiy bilimlarga aylanadi. Fan yoʻnalishlariga oid bilimlar boʻlajak muhandisning maxsus fanlarni oʻrganishi hamda ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida kasbiy bilimga aylanadi. Bu kabi oʻzgarishlar amalga oshirilmasa, umumta’lim hamda maxsus fanlarga oid bilimlar kasbiy faoliyatga tatbiq etilmasa ular boʻlajak muhandis uchun kasbiy bilim emas, balki propedevtik ahamiyat kasb etuvchi ma’lumot sifatidagina ahamiyatga ega boʻladi.
Umumta’lim, umumtexnik hamda maxsus turkumdagi fanlarni integratsiyalash imkoniyatlari ularning mazmunida mujassamlashgan, zero, u oʻzida tabiatiga koʻra yagona boʻlgan atrof-olam toʻgʻrisidagi bilimlarni ifoda etadi. Pedagogikaga oid ilmiy izlanishlarda oʻquv fanlarini oʻqitishdagi tarqoqlikni bartaraf qilishga qaratilgan shakl, metod hamda vositalari tizimini, ularning asosi boʻlgan oʻqitish va tarbiyalash jarayoni metodologiyasini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maktabda oʻquvchilar shaxsiy ishini samarali tashkil etish zamon talabidir. Buning uchun ularga mehnatni ilmiy tashkil qilishning oqilona eng oddiy usullarini oʻrgatish zarur. Bu bilan ularga eng kam kuch sarflab eng koʻp samaraga erishish imkonini yaratgan boʻlamiz.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning quyidagi asosiy talablari mavjud:
1. Maqsadni aniqlab olish.
2. Ishni qismlarga ajratish.
3. Qismlarni keraksiz narsalardan tozalash, qolganlarini oqilona joylashtirish.
4. Eng kerakli qurol-asboblarni tanlash.
5. Eng yaxshi usullarni oʻrganish.
6. Maqsadga erishish.
Bularni oʻquvchilar hayotiga qanday tatbiq qilib boʻladi?
Oʻqish – aqliy mehnat turlaridan biri. Mamlakatimizda millionlab oʻquvchilar maktablarda oʻqishadi. Oʻqish – bu oʻziga xos xususiyatga ega mehnatdir. SHu narsa aniqki, bu mehnat ham ayni bir natijaga erishish uchun koʻp yoki oz kuch sarflanishiga qarab u yoki bu darajada samarali boʻlishi mumkin.
Oʻquvchilarni har bir ishga kirishishdan oldin xoh yozma, xoh ogʻzaki reja tuzib olishga oʻrgatish kerak. Ijtimoiy ishlab chiqarishda ham, shaxsiy ishda ham tartiblilik, tejamlilik rejaning mavjudligi va mukammalligiga bogʻliqdir: Reja – ishdagi muvaffaqiyatning asosidir.

Download 249.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling