Intellektual tizimlar va dasturlash texnologiyalari fakulteti
Download 22.48 Kb.
|
Dilfuza Xusanova
- Bu sahifa navigatsiya:
- EMG biosignallar asosida qoʻl harakatlarini tasniflashning algoritmlari va dasturini ishlab chiqish.
- Samarqand 2023 KIRISH Tadqiqotning dolzarbligi.
- Tadqiqot maqsadi va vazifalari
- Tadqiqot obyekti.
- Tadqiqot usullari.
- Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Mavzu boʻyicha qisqacha adabiyotlar tahlili.
- Ishning amaliy ahamiyati.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI INTELLEKTUAL TIZIMLAR VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI “DASTURIY INJINIRING” KAFEDRASI Xusanova Dilfuza Quchqarovna EMG biosignallar asosida qoʻl harakatlarini tasniflashning algoritmlari va dasturini ishlab chiqish. 70610101 – “KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI” MUTAXASSISLIGI DISSERTATSIYA ISH ANNOTATSIYASI Ilmiy rahbar_________PhD, dotsent I.SH.Xujayarov 202__y “_____”____________ Samarqand 2023 KIRISHTadqiqotning dolzarbligi. Yurtimizda axborot texnologiyalari va ilm fanning taraqqiyotiga bo`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Unga ko’ra, kelgusi yillarda O`zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko’plab sohalarga targ`ib qilinadi. Buning isboti sifatida, bugungi kunda guvohi bo’lyapmizki, axborot telekomunikatsiya texnologiyalariga rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratlib berilmoqda hamda, shu texnologiylarni boshqa ilmiy sohalarga ham targ`ib etish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib axborot texnologiyalari kirmagan sohalar deyarli qolmadi hisob. Qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash, sanoat va hakazo sohalarda ularning o`rni beqiyos. Biosignallar sog'liqni saqlash, tibbiy tadqiqotlar va sport sohasida muhim rol o'ynaydi. Bugungi kunga kelib, biosignallarni o’lchash hamda tahlil qilish kabi ko’plab jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga bo`lgan talab XX asrning oxiriga qaraganda ortib ketdi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi elektromiografiya signali asosida qoʻlning baʼzi harakatlarini mashinali oʻqitish usullari yordamida tasniflash algoritmlari va dasturiy taʼminotini ishlab chiqishdan iborat. Ishlab chiqilgan dasturiy taʼminot yordamida protez qoʻllarni yaratishda, nogironligi mavjud bemorlar, yoki harakat funktsiyasi qisman yoki toʻliq buzilgan insonlarni reablitatsiyasida foydalanish mumkin. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi: Biosignallar va ularni turlarini o’rganish; Biosignallardan qayd etish vositalari tahlil qilish; Biosignallarning parametrlarini o’rganish; Biosignallarning parametrlarini dasturiy muhit yordamida aniqlash. Tadqiqot obyekti. EMG biosignallar asosida qoʻl harakatlarini tasniflashning algoritmlari va dasturini ishlab chiqish. Tadqiqot predmeti. Tibbiyotda qo’llash uchun EMG biosignallar asosida qoʻl harakatlarini tasniflashning algoritmlari va dasturini ishlab chiqish va shu asosida protez ishlab chiqish. Tadqiqot usullari. Dissertatsiya ishida sun’iy neyron tarmoqlar, fizioligik jarayonlar tahlili, kuzatish, virtuallashtirish, usullaridan foydalaniladi. Ishning ilmiy yangiligi. Ishlab chiqilgan dasturiy taʼminot yordamida protez qoʻllarni yaratishda, nogironligi mavjud bemorlar, yoki harakat funktsiyasi qisman yoki toʻliq buzilgan insonlarni reablitatsiyasida foydalanish . Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Mavzu boʻyicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Ilk biosignallar bemorlarning holatini baholash maqsadida qo’llanilgan turli usullar natijasida paydo bo’lgan. Ko’rish, paypaslash, urish, eshitish shular jumlasidandir. Elektromiyografiya (EMG): bu mushaklarning qisqarishi natijasida hosil bo'lgan elektr faolligini o'lchaydi. EMG ko'pincha harakat paytida mushaklarning faollashuv holatlarini o'rganish uchun ishlatiladi. EMG (elektromiografiya) apparati skelet mushaklari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr faolligini o'lchash va qayd etish uchun ishlatiladigan tibbiy asbobdir. Ushbu qurilma elektrodlar, kuchaytirgichlar, yozish asboblari va tahlil qilish uchun dasturiy ta'minot to'plamidan iborat. EMG qurilmasi mushak tolalari qisqarganda yoki bo'shashganda ular tomonidan ishlab chiqarilgan elektr signallarini aniqlash orqali ishlaydi. Elektrodlar tekshirilayotgan mushak ustidagi teriga joylashtiriladi. Elektrodlar mushaklardan aniqlangan signallarni kuchaytiruvchi kuchaytirgichga ulanadi. Keyinchalik kuchaytirilgan signallar kompyuter yoki boshqa yozish asboblari tomonidan yozib olinadi. Jahonda biosignallar asosida qo’l harakatlarini tasniflash bilan Yogendra Narain Singx, JM Irvine, A. Cheng, SA Israel, W. Todd, Fabian J. Theis, Anke Meyer-Base, Christos Xenophontoslar va boshqalarning bu boradagi ishlari qiyosiy o’rganib chiqildi. Respublikamizda biosignallar asosida qo’l harakatlarini tasniflash bilan Shukurov K.E., Zohirov Q.R.,A.M.Turg‘unov, Q.R.Zohirov,Sharipova B.A., Ro‘ziboyev F.Yu lar olib borgan ilmiy tadqiqotlar o’rganilib chiqildi. Ishning amaliy ahamiyati. Tadqiqotda olingan natijalarning amaliy ahamiyati EMG biosignallar asosida qoʻl harakatlarini tasniflashning algoritmlari va dasturini ishlab chiqish tibbiyotda protezlashda qo’llash mumkin. Ishning tuzilishi va qisqacha mazmuni. Dissertatsiya ishi ___ betdan iborat boʻlib, unda kirish, uchta bob, xulosa, adabiyotlar roʻyxati va glossariy boʻlimlari mavjud. Unda ta rasm, ta jadval mavjud. Download 22.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling