Intensiv kurs
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
Antonimlar
1. Antonimlar ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang. A) Charxi kajraftorning bir shevasidan dog‘man, Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadir. B) Mehr-u muhabbatingni ham qo‘ling, ham tiling bilan ko‘rsat. C) Meni kim ko‘rsa, farq etmas Xazon birla bahorimdan. D) A va C 2. Kunduzni tun deb o‘ylab, sarhadga keldi o‘g‘ri, Ko‘rshapalak oxiri otashga keldi to‘g‘ri. Dushmanning tepasidan yozib po‘lat qulochin, Kalxat bilan olishgay osmonda zo‘r lochin. (H.Olimjon) Mazkur she’riy parchadagi antonimlarni aniqlang. A) kunduz, tun B) kalxat, lochin C) A va B D) o‘g‘ri, to‘g‘ri 3. Antonimlar to‘g‘ri yozilgan qatorni aniqlang. A) kecha-kunduz, yosh-qari B) kecha-yu kunduz, yosh-u qari C) kechayu-kunduz, yoshu-qari D) A va B 4. Antonimlar berilgan qatorni aniqlang. A) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi. B) Arqonning uzuni, gapning qisqasi yaxshi. C) U o‘zini oynaga solib, allaqanday she’rni kuyga solib xirgoyi qilar edi. D) A va B 5. Antonimlar ishtirok etmagan gapni aniqlang. A) Bir shirin so‘z odamga Asal bo‘lib tuyular. Bir achchiq so‘z olamga, Zahar bo‘lib tuyular. B) Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning C) Mening quloqlarim shunday eshitadi-ki, uzoqdagi gaplarni ham eshitadi. D) Yo‘g‘on ingichka bo‘lguncha, ingichka uziladi. Sinonimlar 1. Shartli sinonimlar qatnashgan gapni aniqlang. A) Yig‘latdi meni demayki, siqtatdi meni. B) Nega kerak edi, shu chiroy, shu o‘t? Shu yoniq yulduzni ko‘zga yashirmoq. C) Falakdan, osmondan, ko‘kdan oshgay faxr etib boshim… D) Ajoyib husndor, go‘zal fasl bu! Sadoqatli, qadrdon, oshno-yu, do‘st-u yorim bor. 2. Sinonimlar noto’g’ri berilgan qatorini aniqlang. A) odam, inson, kishi, bashar B) yel, bo’ron, sabo, nasim C) gapirdi, aytdi, so’zladi, so’radi D) el, yurt, diyor, vatan 3. Qator kelgan sinonimlar berilgan gapni aniqlang. A) Menga qondosh, jondosh bo‘lgan el. Gado edi, qashshoq edi xor, Qalbi to‘la nafrat, alam zor. B) Yaxshi topib so‘zlar, yomon qopib so‘zlar. C) Zulm ila qahr-u g‘azab, ozor qilmoq shunchalar. D) A va C 4. Qaysi javobda sinonimlar qatori noto‘g‘ri berilgan? A) o‘rtoq, jo‘ra, do‘st, dushman, oshna B) osmon, falak, ko‘k C) nozik, nafis D) imorat, kulba, uy 5. Ko‘z ochib yumguncha, ko‘z boylash, ko‘z tashlash iboralarining ma’nodoshini aniqlang. A) tezda, aldash, qarash (nigoh) B) sekin, ko‘zini bog‘lash, ketish C) darrov, ko‘zga ko‘rinmas, saxiy D) to‘g‘ri javob berilmagan Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling