Intensiv kurs
So‘z birikmasi (hosil bo‘lishi va grammatik ma’nolari)
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro birikish usullari
So‘z birikmasi (hosil bo‘lishi va grammatik ma’nolari)
1. So‘z birikmasi haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? A) So‘z birikmasi hokim so‘z va tobe so‘zdan tuziladi. B) Turli turkum so‘zlari hokim so‘z vazifasida kela oladi. C) Otli so‘z birikmasida tobe so‘z faqat ot, sifat, son, olmosh va ravish turkimlari bilan ifodalanadi. D) So‘z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumiga oid so‘z bilan ifodalanishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. 2. Otli so‘z birikmasi berilgan qatorni toping. 1) hammasidan katta; 2) chumchuqning chug‘ur-chug‘uri; 3) o‘quvchilarning beshtasi; 4) shaharning ko‘chalari; 5) katta qishloq; 6) zavq bilan o‘qimoq A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 4, 5 C) 1, 3, 5, 6 D) 4, 5, 6 So‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro birikish usullari 1. So‘z birikmalari tarkibidagi so‘zlarni bir-biriga bog‘lovchi vositalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping. A) egalik, kelishik, shaxs-son qo‘shimchalari B) bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama C) egalik, kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar D) lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalari 2. Qaysi qatordagi ta’rif bitishuv usulidagi so‘z birikmasiga to‘g‘ri kelmaydi? A) so‘zlar hech qanday qo‘shimchasiz bog‘lanadi B) so‘zlar faqat ohang yordamida bog‘lanadi C) so‘zlar ma’nosiga ko‘ra teng bog‘lanadi D) barcha javoblar to‘g‘ri 3. Boshqaruv usulidagi so‘z birikmasida qaysi vositalar muhim rol o‘ynaydi? A) tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt kelishigi, ohang va ko‘makchilar B) kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar C) tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi va ko‘makchilar D) kelishik qo‘shimchalari, bog‘lovchi va ko‘makchilar 4. Qaysi qatordagi fikr noto‘g‘ri? A) Tobe so‘zning hokim so‘zga egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘lanishi moslashuvli birikma hisoblanadi. B) Tobe so‘zning hokim so‘zga faqat ohang va ma’no yordamida bog‘lanishi bitishuvli birikma hisoblanadi. C) Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi yordamida bog‘lanishi moslashuvli birikma hisoblanadi. D) Tobe so‘zning hokim so‘zga ko‘makchilar orqali bog‘lanishi boshqaruvli birikma hisoblanadi. 5. Qaysi qatorda faqat moslashuvli birikmalar berilgan? A) tug‘ilgan kuning, ona allasi B) yurt tinchligi, maktab bog‘i C) kuz shamoli, sevimli kitobing D) bizning maktab, mehribon ona 6. Qaysi qatorda boshqaruvli birikma berilgan? A) g‘azal o‘qimoq B) ertalabdan kelmoq C) bugundan boshlab D) sayohat to‘g‘risida 7. Qaysi qatorda bitishuvli birikma berilmagan? A) ona allasi B) bejirim mato C) tezda kelmoq D) chindan gapirmoq 8. Bitishuv munosabatidagi so‘z birikmalarini aniqlang. A) kichkinagina gulzor, chiroyli ko‘ylak B) anvoyi gullar, bir tup atirgul, bitta g‘uncha C) tikilgan ko‘z, sholchasini sudrab, anvoyi gullar D) A va B 9. Moslashuv yo'li bilan birikkan so'z birikmalari qatorini belgilang. A) bog'da sayr, kitob uchun g'ilof B) bulbul navosi, so'z sehri C) ijodiy uchrashuv, bahorgi shabada D) diqqat bilan tinglash, kitobni o'qimoq 10. Boshqaruv yo'li bilan hosil bo'lgan so'z birikmasini ko'rsating. A) opasi bilan ko'rishmoq B) yashil o'rmon C) navbatchining vazifasi D) zimdan kuzatmoq 11. Bitishuv yo'li bilan hosil bo'lgan so'z birikmasini aniqlang. A) bolalar haqida g'amxo'rlik B) maktab hovlisi C) o'ylab gapirmoq D) gapirishga oson 12. Qanday so'z birikmalarida tobe so'z bosh so'zga grammatik vositalarsiz bog'lanadi? A) boshqaruvda B) moslashuvda C) bitishuvda D) boshqaruv va bitishuvda 13. Qaysi qatorda holli birikmalar berilgan? A) qalam bilan chizmoq, do‘stlar bilan uchrashmoq B) kuchli sel, qiyinchilik bilan ulg‘aymoq C) tez termoq, yoppasiga jonlanmoq D) tadbirkorlar haqida so‘zlamoq, katta kuch 14. So‘z birikmalari tarkibida so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiluvchi birliklarni aniqlang. A) aloqa munosabat shakllari, ko‘makchilar, bog‘lovchilar B) aloqa-munosabat shakllari, ko‘makchilar C) faqat ko‘makchilar D) ko‘makchilar, bog‘lovchilar va yuklamalar Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling