Intensiv kurs
Gapning bo‘laklarga ajratilishi
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesim va uning ifodalanishi
Gapning bo‘laklarga ajratilishi
1. Gap bo‘laklari vazifasini qanday so‘zlar bajaradi? A) yordamchi va mustaqil so‘zlar B) mustaqil va oraliq so‘zlar C) faqat mustaqil so‘zlar D) mustaqil, yordamchi va oraliq so‘zlar 2. Berilgan gapni gap bo‘laklariga ajrating. Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi. A) Dildora – ega, kechagi – hol, gapirdi – kesim, uchrashuv haqida – to‘ldiruvchi B) Dildora – ega, kechagi – aniqlovchi, uchrashuv haqida – to‘ldiruvchi, zavqlanib – hol, gapirdi – kesim. C) Dildora – ega, kechagi – to‘ldiruvchi, uchrashuv haqida – hol, zavqlanib – aniqlovchi, gapirdi – kesim D) Gapirdi – kesim, Dildora – ega, uchrashuv haqida – aniqlovchi, zavqlanib – hol 3. Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi. Keltirilgan gap qaysi qatorda so‘z birikmalariga to‘g‘ri ajratilgan? 1) Dildora gapirdi; 2) zavqlanib gapirdi; 3) uchrashuv haqida gapirdi; 4) kechagi uchrashuv A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 2, 3 D) 2, 3, 4 4. Gapdagi nuqtalar o‘rniga kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilardan mosini qo‘ying. A’zam tizzasidagi mahsi.. hafsala .. pishiq tikadi. A) -ni, bilan B) -ga, qilib C) -ni, -sizlik bilan D) -ni, qilib 5. Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi. Ushbu gap qanday gap bo‘laklaridan tashkil topgan? A) kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol B) kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi C) kesim, ega, aniqlovchi, hol D) kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol 6. Quyidagi maqol qanday gap bo'laklaridan tashkil topgan? Er-u xotinning urushi — doka ro'molning qurishi. A) to'ldiruvchi, ega, aniqlovchi, kesim B) ega, kesim, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim C) aniqlovchi, ega, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim D) aniqlovchi, aniqlovchi, ega, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim Kesim va uning ifodalanishi 1. Kesimga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang. A) kesim gap markazi, hukmni ifodalaydi B) kesim tasdiq, inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalab keladi C) gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi D) javoblarning barchasi to‘g‘ri. 2. Kesim qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) fe’l kesim, ot kesim B) fe’l kesim, sifat kesim, ravish kesim, ot kesim C) fe’l kesim, sifat kesim, son kesim D) fe’l kesim va olmoshdan boshqa barcha so‘z turkumlari bilan ifodalan kesim 3. Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg'on yomon. (E.Vohidov) Ushbu gapdagi kesim bo'lib kelgan sifatlarni toping. A) yaxshidir B) achchiq, shirin C) yaxshidir, yomon D) yaxshidir, achchiq, yomon. 4. Qaysi qatorda ibora bilan ifodalangan kesim berilgan? A) Ammamning zardali ovozini eshitib, damim ichimga tushib ketdi. B) Faridaning onasi uning har bir harakatini ko'zdan kechirdi. C) A va B D) Qolaversa, doktorlarga ham qiyin. 5. Ular shoshilinch holda binoni qabul qilib qo'ya qolgan edi. Ushbu gapdagi kesimni aniqlang. A) qo'ya qolgan edi B) qolgan edi C) qabul qilib qo'ya qolgan edi. D) qilib qo'ya qolgan edi 6. Qaysi gapda sifat kesim vazifasida qo‘llangan? A) Sap-sariq bug‘doylarning oltin boshoqlari silkinar. B) Daraxtlarning tanasi pakana, mevasi mo‘l va yirik edi. C) G‘o‘za shoxlari oqish, pushtirang gullar bilan bezangan. D) Ko‘kimtir osmonda behisob yulduzlar chaqnab turardi. 7. Kesim gapda qanday ma’nolarni ifodala keladi? 1) tasdiq-inkor 2) mayl 3) nisbat 4) zamon 5) shaxs-son A) 4, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 8. Kesim quyida ko’rsatilgan qaysi savollarga javob bo’lishi mumkin? A) nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? B) nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? nechanchi? qanday? C) kim? nima? qachon? qayerda? nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? nechta? qanday? D) to’g’ri javob berilmagan Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling