Intensiv kurs
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gapning his-hayajonning ishtirokiga ko‘ra turlari
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
1. Ifoda maqsadiga ko‘ra gaplar qanday turlarga bo‘linadi? A) darak, so‘roq, buyruq gaplar B) so‘roq, buyruq, istak gaplar C) darak, so‘roq, buyruq, istak gaplar D) darak, so‘roq, buyruq-istak gaplar 2. Darak, so‘roq, buyruq va istak gaplar odatda qanday shaklda bo‘ladi? A) egali va egasiz gap shaklida B) egali va egasiz, yig‘iq va yoyiq, sodda va qo‘shma gap shaklida C) sodda va qo‘shma gap shaklida D) egali va egasiz, yig‘iq va yoyiq gap shaklida 3. Istak gap berilgan qatorni toping. A) Xo‘sh, sen o‘tkazadigan tajriba nimani isbot qilishi kerak? B) Akalari ham, Oyqizning o‘zi ham shu uyda o‘sgan. C) Qani, hamma xotin ham sizday bo‘lsa… D) Mana senga qog‘oz bilan qalam, shunga sen bitta e’lon yozasan. Gapning his-hayajonning ishtirokiga ko‘ra turlari 1. Gaplar his-hayajonning ishtirokiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) his – hayajonsiz, his-hayajon (undov) gaplar B) his-hayajonsiz, so‘z gaplar C) his-hayajon, atov gaplar D) his-hayajonsiz, istak gaplar 2. His-hayajon gaplar yana qanday nom bilan ataladi? A) undov gaplar B) istak gaplar C) buyruq gaplar D) his-hayajonsiz gaplar 3. Undov gap… A) tarkibida undalma mavjud bo‘lgan gap B) fikrni his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gap C) turli hissiyotlarni ifodalovchi gap D) B, C 4. Undov gap qanday hissiyotni ifodalaydi? A) shodlik, quvonch, suyunish B) qo‘rquv, tantana, taajjub C) qayg‘u, afsuslanish D) barcha javoblar to‘g‘ri 5. Undov gap so‘roq gapdan hosil bo‘lgan bo‘lsa, gap oxirida qanday tinish belgisi ishlatiladi? A) oldin so‘roq, keyin undov belgisi qo‘yiladi B) oldin undov, keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi C) faqat bittasi qo‘yiladi. D) faqat so‘roq belgisi qo‘yiladi 6. O‘n yil // O‘n yildan beri kasal ekanmi // Ushbu gapdagi // belgilari o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi? A) vergul, so‘roq B) undov, so‘roq va undov C) so‘roq, so‘roq D) vergul, so‘roq va undov 7. Qaysi qatorda buyruq ma'nosi ifoda etilgan undov gap berilgan. A) Qani endi, shu kunlar qaytib kelsa. B) Ko'p andisha qilmang, yuring! C) Ko'zlarini yumib, o'ylanib turishi biram chiroyli, biram chiroyli! D) Qayda bo'lsang, omon bo'l! Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling