Intensiv kurs


Download 0.59 Mb.
bet25/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

So‘z birikmalari zanjiri
1. So‘z birikmalari zanjiri qanday hosil bo‘ladi?
A) gap tarkibida bir so‘z birikmasidagi hokim so‘z boshqa bir so‘zga tobelanganda B) bir hokim so‘z bir necha tobe so‘z yoki bitta tobe so‘z bir necha hokim so‘zga aloqador bo‘lganda C) so‘z birikmasidagi tobe va hokimlik yo‘qolganda D) A va B
2. Berilgan gapni so‘z birikmalariga ajrating. Badanni junjituvchi sovuq shamol izg‘ib qoldi.
A) badanni junjituvchi, sovuq shamol B) badanni junjituvchi, sovuq shamol, junjituvchi shamol C) badanni junjituvchi sovuq shamol D) A, B, C
3. Uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol birikmasini nechta so‘z birikmasiga ajratish mumkin?
A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta
4. Uchta paxta gulli chinni piyola. Ushbu birikmada nechta so‘z birikmasi zanjiri mavjud?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
So‘z birikmasi va gap
1. So‘z birikmalari berilgan qatorni toping.
A) gul chiroyli, muhandis akam B) shirin qovun, katta ko‘cha C) gul chiroyli, akam muhandis D) g‘azalni yodlaymiz, chiroyli gul
2. Qaysi qatorda so‘z birikmasi berilmagan?
A) sovuq qattiq B) qiziqarli mashg‘ulot C) qattiq sovuq D) o‘qishli asar
3. 1) berilgan topshiriq; 2) samarali ishlamoq; 3) chiroyli gul; 4) g‘azal yodlamoq; 5) o‘qishli asar; 6) maktab bog‘i
Yuqoridagi birikmalardan qaysilarining o‘rni almashtirilsa gap hosil bo‘ladi?
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
4. Berilgan qaysi so‘z juftligidan so‘z birikmasi va gap hosil qilish mumkin.
1. berilgan, topshiriq; 2. vazifa, bajarmoq; 3. qiziqarli, mashg‘ulot; 4. o‘qishli, asar; 5. samarali, ishlamoq
A) 1, 2, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5
5. Qaysi gapda tushum kelishigidagi ot fe‘l bilan birikma hosil qilgan?
A) Qishlog‘imizda yangi maktab qurildi. B) Yaxshilik yerda qolmas. C) Rais terimchilarga mukofot berdi. D) qoramtir osmonda yulduzlar chaqnay boshladi.
6. Birikma tarkibidagi tobe so‘z turlangan javobni toping.
A) g‘alabaga intilish B) birdaniga yopirilmoq C) yoppasiga ommalashmoq D) yolg‘ondan gapirmoq
7. Qaysi qatorda to‘ldiruvchili birikmalar berilgan?
A) qishloqdagi binolar, kitobdan ko‘chirmoq B) tunda kelmoq, qunt bilan ishlash C) choynakdan kattaroq, Sohibaning taqdiri D) otdan baland, kitobni o‘qib chiqmoq
8. So‘z birikma va gap haqida aytilgan qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) so‘z birikmasi ham, gap ham so‘zlarning grammatik aloqaga kirishuvidan yuzaga keladi B) gap so‘zlarning grammatik aloqaga kirishuvidan yuzaga keladi, biroq so‘z birikmasida bu holat kuzatilmaydi C) gap fikr, so’z birikmasi tushuncha ifodalaydi D) B, C

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling