Intensiv kurs
Kesimning birikmalar va iboralar bilan ifodalanishi
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ot kesim va ega orasida tirening qo’llanishi
Kesimning birikmalar va iboralar bilan ifodalanishi
1. Kesim ibora bilan ifodalangan gapni toping. A) Dadam qo‘li ochiq odam edilar. B) Respublikamizning eng nufuzli dargohi O‘zbekiston Milliy universitetidir. C) U birdaniga to‘nini teskari kiyib oldi. D) U sirkasi suv ko‘tarmaydigan qiz edi. 2. Kengaygan birikma bilan ifodalangan kesim qaysi qatorda berilgan? A) Hammasini aytib berishing darkor. B) Dadam qo‘li ochiq odam edilar. C) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad – milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. D) Bu katta ahamiyatga ega hodisa hisoblanadi. Ot kesim va ega orasida tirening qo’llanishi 1. Tire to‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang. A) Sharifa – ham to‘quvchi. B) Ko‘ylakning ranggi – sariq. C) Maqsadim – o‘qimoq edi. D) Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. 2. Tire noto‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang. A) Tinchlik – farovon hayot manbai. B) Mening aytadigan gapim – shu. C) Uch karra uch – to‘qqiz. D) Mening opam ham – talaba. 3. Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Men – mana shu minglarning biriman. B) Bu – siz uchun katta sinovdir. C) Sen – bizni ozod etuvchisan. D) Mening opam ham talaba. 4. Qaysi gapda tire noto‘g‘ri qo‘llangan? A) Bu gul – qizil. B) Sen – bizni ozod etuvchisan. C) O‘qish – ulg‘ayish. D) Men – mana shu minglarning biriman. 5. Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim? A) Urush quyon ovi emas. B) O'g'limdan umidim ko'p.C) Hammayoq top-toza, yovoyi o'tlar yo'q. D) Qo'shnilarim ham halol odamlar. 6. Tire noto'g'ri qo'llangan gapni toping. A) Men – mana shu minglarning biriman. B) Bu – siz uchun katta sinovdir. C) Sen – bizni ozod etuvchisan. D) Bizning sinfimiz – sakkizinchi. 7. Qanday hollarda ot kesim va ega orasida tire qo‘yiladi? A) ot kesim kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllanganda B) ot kesim sifat bilan ifodalanganda C) ot kesim kesimlik qo‘shimchalarisiz yoki bog‘lamasiz qo‘llanganda D) ega bilan ot kesim orasida ham yordamchisi bo‘lganda 8. Qaysi hukm noto‘g‘ri? A) Kesim sifat yoki ravish bilan ifodalansa ega va kesim orasiga tire qo‘yilmaydi. B) Kesim harakat nomi yoki sanoq son bilan ifodalansa ega bilan kesim orasiga tire qo‘yilmaydi. C) Ega bilan kesim bu, u, mana bu so‘zlari bilan ajratilganda tire ishlatiladi. D) Ega va kesim orasida ham yordamchisi bo‘lsa tire ishlatilmaydi. 9. Qaysi gap tarkibidagi ega va kesim orasida tire ishlatiladi? 1. Yulduz a‘lochilarimizdan. 2. Taniganim do‘stlarim. 3. Eshitganlarim haqiqat edi. 4. Bu kitob qiziq. 5. Aziza tikuvchi. A) 1, 2, 5 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 4, D) 2, 4, 5 Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling