Intensiv kurs
Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish
- Mustahkamlash
Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar
1. O‘zlashtirma gap berilgan qatorni aniqlang. A) O’z o’rnida aytilmagan so’z hech kim yo’q yerda chalingan kuyga o’xshaydi. B) “Yaxshi fe’l bilan kishilar ko‘nglini olib, o‘zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha”, – deydi Ahmad Yugnakiy. C) Bir donishmand nasihatni olmaydigan odamning baxtsiz odam ekanligini ta’kidlagan edi. D) Robiya bo’lib o’tgan voqeani unga tushuntirib berdi. 2. Qaysi qatorda o‘zlashtirma gap berilmagan? A) Bobom shirinso‘zlik va muloyimlik har qanday baloni qaytarishga qodirligini aytdi. B) Hadislarda yaxshi xulqdan boshqa oliy nasab yo‘qligi haqida aytib o‘tilgan. C) Onasi Salimaning qanday o‘qiyotganini so‘radi. D) Xalqning yetugi saxiy kishidir, saxiylik kishiga sharaf keltiradi. 3. O‘zlashtirma gap… A) o‘zganing hech o‘zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gapi B) shakli saqlanib, mazmuni o‘zgartirilgan gap C) birovning aynan keltirilgan gapi D) mazmuni saqlanib, shakli o‘zgartirilgan gap Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish 1. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda yuzaga keladigan shakliy o‘zgarishlar qaysi qatorda noto‘g‘ri izohlangan? A) ko‘chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to‘ldiruvchiga aylantiriladi B) undalma qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi C) muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so‘zi aytdi so‘zi bilan almashtiriladi D) ko‘chirma gap tarkibidagi undov, kirish so‘zlar tushirib qoldiriladi 2. Darak gap shaklidagi ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda ko‘chirma gapning kesimi qanday bo‘lakka aylantiriladi? A) o‘zlashtirma gap kesimiga B) to‘ldiruvchiga C) qaratatqich aniqlovchiga D) o‘zlashtirma gap egasiga 3. “Salima qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Mazkur ko‘chirma gap qaysi qatorda o‘zlashtirma gapga to‘g‘ri aylantirilgan? A) Onasi Salimadan qanday o‘qiyotganligini so‘radi. B) Onasidan Salimaning qanday o‘qiyotganligini so‘radi. C) Onasi Salimaning qanday o‘qiyotganligini so‘radi. D) Onasi Salimadan uning qanday o‘qiyotganligini so‘radi. 4. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda muallif gapining egasi… A) qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi B) chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylantiriladi C) o‘zlashtirma gap egasiga aylantiriladi D) tushirib qoldiriladi Mustahkamlash 1. Amir Temur o‘g‘lini Tabrizdan Samarqandga jo‘natayotganda shunday nasihat qilgan edi // “El-yurtning mushkilin oson qilgin, adolatli yo‘l tutgin, savob ishlar qilib, ko‘pchilikning duosini olgin!” Ushbu gapdagi // belgilari o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi? A) vergul B) tire C) nuqtali vergul D) ikki nuqta 2. Do‘stim dedi: “Xo‘sh, u holda qanday tadbir ko‘riladi”? Ushbu gapda tinish belgilari bilan bog‘liq qanday xato mavjud? A) vergul noto‘g‘ri qo‘llangan B) so‘roq belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan C) tinish belgilari to‘g‘ri qo‘llangan D) ikki nuqta noto‘g‘ri qo‘llangan Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling