Intensiv kurs
Nutq uslublari haqida ma’lumot
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘zlashuv uslubi
- Publitsistik uslub
Nutq uslublari haqida ma’lumot
1. Qanday so‘zlar ayrim nutq uslublaridagina qo‘llaniladi? A) uslubiy xoslangan so‘zlar B) o‘zlashma so‘zlar C) uslubiy xoslanmagan so‘zlar D) atamalar 2. Barcha uslublarda qo‘llanadigan so‘zlar qanday so‘zlar hisoblanadi? A) uslubiy xoslangan so‘zlar B) o‘zlashma so‘zlar C) atamalar D) uslubiy betaraf so‘zlar So‘zlashuv uslubi 1. Yozma nutqqa xoslanmagan nutq uslubi turini aniqlang. A) rasmiy uslub B) ilmiy uslub C) badiiy uslub D) so‘zlashuv uslubi 2. So’zlashuv uslubi to’g’risidagi qaysi fikr noto’g’ri? A) Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so’zlashuv uslubi oddiy so’zlashuv uslubi hisoblanadi. B) So’zlashuv uslubida so’zlar ko’pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo’ladi. C) Oilada, ko’cha-ko’yda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo’llanadigan nutq uslubi so’zlashuv uslubi sanaladi. D) So’zlashuv uslubi ko’pincha dialogik nutqda namoyon bo’ladi. 3. “– Bu hovli-joy otangdan qolgani uchun o‘zimniki deysanmi yo? Unday desang, boshput olib, o‘rusvoyning religa tushib, "Hayt!” deb… Makkatulloga jo‘nab qolaman! Hovling boshingdan qolsin, fitna!” Ushbu jumla qaysi nutq uslubiga xos? A) ilmiy uslub B) so‘zlashuv uslubi C) badiiy uslub D) publitsistik uslub Publitsistik uslub 1. Ta’sirchablik qaysi uslubning muhim belgilaridan biri hisoblanadi? A) publitsistik uslub B) ilmiy uslub C) badiiy uslub D) so’zlashuv uslubi 2. Publitsistik uslubga xos gap berilgan qatorni aniqlang. A) Dehqonlar yerdagi namlikdan, tog‘dagi qor zaxirasidan xursand – bu yil obihayot mo‘l bo‘lishidan umidvor. B) Badbaxt fitna! Qo‘yasanmi, qo‘ymaysanmi, axir? Xubbil vatani minal-iymon, deganlar – “Vatanni sevish iymondandir”, axir. C) Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ikki xil aloqaga kirishishi mumkin. 1 teng aloqa, 2 tobe aloqa. D) Muruvvatu ma’rifatdir buyuklikning nishonasi, qadam qo‘ying mana sizga asl yo‘lning ostonasi. 3. Axborot berish va ta’sir qilish qaysi uslubga xos xususiyat hisoblanadi? A) publitsistik uslub B) ilmiy uslub C) badiiy uslub D) so’zlashuv uslubi 4. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilish qaysi nutq uslubining o‘ziga xususiyatini sanaladi? A) so‘zlashuv uslubi B) publitsistik uslub C) ilmiy uslub D) badiiy uslub 5. 1) tushunarlilik; 2) estetik ta’sir etish; 3) soddalik; 4) mantiqlilik; 5) ta’sirchanlik; 6) aniqlik; 7) erkinlik. Yuqoridagi xususiyatlardan qaysilari publitsistik uslubga tegishli? A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4, 6, 7 D) 1, 3, 5 6-DARS. NUTQ USLUBLARI (davomi). O‘TILGANLARNI TAKRORLASH. (97-123-betlar) Reja: 1. Badiiy uslub. 2. Ilmiy uslub. 3. Rasmiy uslub. 4. Mustahkamlash. 5. Insho nazariyasi haqida ma’lumot. 6. Qo‘shma gaplar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash. 7. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar, nutq uslublari bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash. 8. Qo‘shma gap sintaksisi bo‘yicha test savollari. 9. Asosiy atamalar lug‘ati. 10. Tushunilishi qiyin so‘zlar lug‘ati. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling