Intensiv kurs
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izohlovchi va uning uslubiy vazifalari
Gap bo‘laklari uslubi
Sifatlovchi aniqlovchilar uslubi 1. Aniqlovchilarning muhim uslubiy vazifasi… A) gap tarkibiga aniqlik kiritish B) predmet yoki shaxsning belgisini ko‘rsatish C) shaxs va predmetlarga ifodali va ta’sirchan bo‘yoq berish D) aniqlovchi uslubiy vazifa bajarmaydi 2. Ot bilan ifodalanib majoziy ma’no kasb etgan aniqlovchini aniqlang. A) Hayotdek go‘zal, ilhombaxsh, musaffo tilimizni sevaylik va e’zozlaylik. B) Cheki yo’q ko’klarni kezar bo’lsam. C) Kumush choyshab yopib dalalar, Qor qo‘ynida uxlab yotadi. D) Qahramonim, o‘tiribsan sen ro‘paramda – kamtarin, dono. 3. Predmet yoki shaxs belgisini qabartirish, ortiq darajasini ko‘rsatish uchun qo‘llanga shartli sinonim qatnashgan gapni aniqlang. A) Nega kerak edi shu chiroy, shu o‘t, shu yoniq yulduzni ko’zga yashirmoq. B) Hayotdek go‘zal, ilhombaxsh musaffo tilimizni sevaylik va e’zozlaylik. C) Po‘lat qilichingni ko‘rganman o‘tda. D) Kumush qishdan, zumrad bahordan, Qolishmaydi kuzning ziynati. 4. Sof sinonimlar ma’no kuchaytirib kelgan qatorni toping. A) Uzun-uzun arg‘amchi yerda yotsa, maylimi. B) Hayotdek go‘zal, ilhombaxsh musaffo tilimizni sevaylik va e’zozlaylik. C) Otaning ikki qizi ham – Viloyat va Inoyat – oliy ma’lumotli kimyogar muhandislar bo‘lib yetishdi. D) Bu kishi mashhur kimyogar, Mehnat qahramoni Omon ota Ilyosov. 5. Bag‘ri chaman bog‘larga yoz chorlaydi, o‘rtoqlar. Mazkur gapdagi aniqlovchi qaysi so‘z turkumlaridan tashkil topgan? A) ot+ot B) faqat sifat C) ot+sifat D) aniqlovchi qo‘llanmagan 6. Ot+ravish orqali ifodalangan aniqlovchi ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) Cheki yo‘q ko‘klarni kezar bo‘lsam. B) U aqli raso yigit edi. C) Tog‘lardagi qip-qizil lola, Bo‘lib go‘yo yoqut piyola, Buloqlardan uzatadi suv. D) A va C Izohlovchi va uning uslubiy vazifalari 1. O‘xshatish ma’nosini bildirgan izohlovchi qaysi qatorda mavjud? A) Butoqlarga qo‘yib gul-kitobini, Varaqlashga tushdi bulbul-g‘azalxon. B) Bu yil butun umidimiz sizdan, azamat mexanizator yigitlar. C) Sen-ku hademay o‘tib ketasan, Turmush-bahor yashar toabad. D) A va C 2. Shaxslarning kasb-kori haqida ma’lumot beruvchi izohlovchilarni toping. A) Jo‘ra temirchi, Shukur ota, Muhammad chatoq B) Usta G‘iyos, Jo’ra temirchi C) Mirzo Anvar, Og‘acha oyim D) Nazir ota, brigadir Karim 3. Izohlovchilar salbiy uslubiy ma’noni qaysi so‘zlar vositasida ifodalashi mumkin? A) quyosh, gul, oftob B) qarg‘ish, nafrat, ilon C) yulduz, bahor, kelinchak D) boyo‘g‘li, ko‘rshapalak, ilon 4. Izohlovchi mavjud bo‘lgan qatorni aniqlang. A) Abdulla Qodiriy – Julqunboy jahon adabiyotining buyuk siymolaridan biriga aylandi. B) Chamanlarning gul tanini silkitib, astagina shabada-qiz yeladi. C) U kishini butun shahar – katta-yu kichik taniydi. D) A va B 4- DARS. USLUBIYAT (davomi). (66-81-betlar) Reja: 1. Ajratilgan bo‘laklar uslubiyati. 2. Undalmalarning uslubiy vazifasi. 3. Kirish so‘z va iboralar uslubiyati. 4. Qo‘shma gaplarning uslubiy vositalari. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling