Intensiv kurs
Egalik qo‘shimchalari uslubi
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘plik qo‘shimchasi uslubi
- Ta’sirli bo‘yoq (subyektiv baho) beruvchi qo‘shimchalarning uslubiy ma’nolari
Egalik qo‘shimchalari uslubi
1. Egalik qo‘shimchalarining eng muhim uslubiy belgisi… A) asosan otlarga qo‘shilishi B) faqat ismlarga qo‘shilishi C) qaratqichni – egalikni ko‘rsatib turishi D) butun bilan qism munosabatini bildirishi 2. Asosiy diqqat qarashlilikka emas, qaralmishning leksik ma’nosiga qaratilgan so‘z birikmalarini aniqlang. A) bizning uyimiz, sizning kitobingiz B) bizning o‘g‘lonlar, sizning o‘gitlar C) bizning ilmiy ishimiz, uning onasi D) kaminaning fikri, yurtimiz osmoni 3. Egalik qo‘shimchalari qanday ma’nolarni ifodalaydi? A) qarashlilik, xoslik B) butun-qism munosabati C) payt va o‘ringa taalluqlilik D) barcha javoblar to‘g‘ri Ko‘plik qo‘shimchasi uslubi 1. Ko‘plik qo‘shimchasi hurmat ma’nosini anglatgan gap berilgan qatorni toping. A) Bolalar yozishdi, ukalarim keldi. B) O‘quvchilar yozdilar. C) Adamlar keldilar, onamlar uydalar. D) Do’konlarda nonlar va ichimliklar sotilmoqda. 2. O‘zi qo‘shilayotgan so‘zning ma’nosini kuchaytirgan ko‘plik qo‘shimchasi qaysi qatorda mavjud? A) Sizlarga qarab zavqlarim toshib ketdi. B) “O‘rta” baho oldilar shekilli. C) Do‘konlarda nonlar va ichimliklar sotilmoqda. D) A va C 3. Ko‘plik qo‘shimchasi jamlash, umumlashtirish ma’nosini bildirgan gapni aniqlang. A) Sizlarga qarab zavqlarim toshib ketdi. B) …o‘rtangan shirinlarning fojialari, yor vaslini biyobonlardan izlagan Majnunlarning sarguzashtlari xayolimda jonlanadi. C) Darslarni bajarmadim. D) Odatda ayrim joylarda talabalar bilan qunt bilan ishlash, bilimlarini oxirigacha sinab ko‘rish o‘rniga, ularni dastlabki imtihonlardayoq “elab” yuborishadi. 4. “O‘rta” baho oldilar shekilli… Mazkur gapda ko‘plik qo‘shimchasi qanday ma’no anglatgan? A) tur ma’nosini B) kuchaytirish ma’nosini C) kesatish ma’nosini D) hurmat ma’nosini Ta’sirli bo‘yoq (subyektiv baho) beruvchi qo‘shimchalarning uslubiy ma’nolari 1. So‘zlovchining shaxsga, biror narsa yoki harakatga munosabatini uslubiy ma’noda ifodalash… A) ko‘plik qo‘shimchasi deyiladi B) ta’sirli bo‘yoq beruvchi qo‘shimchalar deyiladi C) sintaktik vositalar deyiladi D) egalik qo‘shimchalari deyiladi 2. Erkalatish, suyish ma’nosini ifodalovchi qo‘shimchani olgan gapni aniqlang. A) – Rahmat! – dedi Matluba chelakdagi chigitni mashina qutichasiga ag‘darar ekan. B) Tentakkinangiz savlatlikkina yigit bo‘lib qaytdi-yu, sallotlikdan. C) Jajji karavotcha olib keldi. D) A va C 3. Erkalatish ma’nosi egalik qo‘shimchasini qo‘shish bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Kechir, arslonim, hozir uyingga bormoqchi edim. B) Oyqizginam, sen bilan maslahatlashadigan ishlarim ko‘payib ketdi. C) So‘ylagil, ey kelinchak, buncha chopasan, nega? D) A va B 4. Erkalatish ma’nosidagi qo‘shimchalar qaysi so‘z turkumlariga qo‘shiladi? A) ot va ravishga B) ot va olmoshga C) ot va sifatga D) faqat otlarga 5. Kichraytirish qo‘shimchalari qaysi so‘z turkumlariga qo‘shilib keladi? A) otga B) ot va sifatga C) ot va olmoshga D) ot, sifat, olmoshga 6. Kichraytirish qo‘shimchasi erkalatish, suyish ma’nosida qo‘llangan gapni aniqlang. A) Jajji karavotcha olib keldi. B) So‘ylagil, ey kelinchak, buncha chopasan, nega? C) Baxtingdan o‘rgulay, do‘ndiqchalar, tuf-tuf, ko‘z tegmasin… D) Kelinglar, qizaloqlarim, gullolalarim, o’tiringlar. 7. Erkalatish qo‘shimchalari otlarga qo‘shilgan qatorni aniqlang. A) onaginam, oppoqqinam B) onaginam, qizginam C) likopcha, belkurakcha D) suyuklikkinam, chiroylikkina Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling