Intensiv kurs
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ritorik so‘roq gaplar uslubiyati
Sintaktik vositalar
1. Novdalarni bezab g‘unchalar, Tongda aytdi hayot otini Va shabboda qurg‘ur ilk sahar Olib ketdi gulning totini. Mazkur parchadagi salbiy bo‘yoqli ijobiy baho bildirib kelgan so‘zni toping. A) sahar B) shabboda C) qurg‘ur D) olib ketdi 2. “Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lagan Laylo nomidan Sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom”. Mazkur jumla qaysi nutq uslubiga xos? A) rasmiy uslub B) so‘zlashuv uslubi C) badiiy uslub D) ilmiy uslub 3. Uslubiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Osmon tushib ketsa, ko‘tarib qolaman. B) Men qichqirmasam tong otmaydi. C) Dadam, qoziqning o‘rtasi bo‘l deb o‘rgatganlar. D) A, B, C 4. Uslubiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Men qichqirmasam tong otmaydi. B) Boy bo‘lib boltang yo‘q, gadoy bo‘lib xaltang yo‘q. C) Siz hali o‘zingizni odam sanaysiz-a! D) Dadam, qoziqning o‘rtasi bo‘l deb o‘rgatganlar. Ritorik so‘roq gaplar uslubiyati 1. Ritorik so‘roq gap berilgan qatorni aniqlang. A) Nega go‘zal ko‘rinar olam, Nega qarab to‘ymas ko‘zlarim? B) Nega kech qolding? C) Endi majlisni ochsam maylimi? D) Kombatdan, Davron akadan, ruxsat so’raganmisiz? 2. Ritorik so‘roq gaplar qanday gaplarga sinonim bo‘la oladi? A) buyruq va undov gaplarga B) buyruq va so‘roq gaplarga C) darak va undov gaplarga D) to‘g‘ri javob yo‘q 3. Javob talab qilmaydigan so’roq gapni toping. A) Siz hali bo’lib o’tgan voqeadan bexabarsiz? B) Kitobsiz umrni umr desa bo‘ladimi? C) Sizdan buyukroq, Sizdan balandroq, Sizdan issiqroq yana nima bor, onajon? D) B va C 4. Yashirin tasdiq ma’nosi mavjud bo’lgan ritorik so’roq gapni ko’rsating. A) Onang seni nahotki shu umid bilan katta qilgan bo’sa? B) Bo’lmasinmi, shoir tili lol, Shamol ko’chib o’ynasa yelda? C) Yaxshi ho’kiz birov yetaklasa, ketaveradimi? D) Kurashadi ikki to’lqin, qarab turaymi? Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling