Intensiv kurs


Undalmali va kirish so‘zli gaplar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash


Download 0.59 Mb.
bet50/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Undalmali va kirish so‘zli gaplar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash
1. Qaysi gapda kirish so‘z ishtirok etmagan?
A) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk. B) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi. C) Bu vidolashuv, ayniqsa, Ulug‘bekka qattiq ta’sir qildi. D) Xullas, qars ikki qo‘ldan chiqadi.
2. Qaysi gapda tinish belgilari bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Kamol, Kamoljon, uxlab qoldingmi? Kel, o‘g‘lim, ovqating sovib qoldi. B) O‘zimning bulbulim, nega to‘xtab qolding? Bulbuljon? C) Yaxshi, bolam, yaxshi! Ko‘pning nazaridan qolma. D) Barcha gapda tinish belgilar to‘g‘ri qo‘llangan.
3. Qaysi gap tarkibida uyushiq undalma mavjud?
A) Kamol, Kamoljon, uxlab qoldingmi? B) Yaxshi, bolam, yaxshi! Ko‘pning nazaridan qolma. C) Uyushiq undalma qo‘llanmagan. D) O‘zimning bulbulim, nega to‘xtab qolding bulbuljon?
Sodda va qo‘shma gaplar
1. Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‘lgan gap …
A) sodda gap B) bir bosh bo‘lakli gap C) yig‘iq gap D) sodda yoyiq gap
2. Qaysi qatorda sodda gap berilgan?
A) Odam borki, fikr yuritish qobiliyatiga ega. B) Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin. C) Tilingni o‘z ixtiyoringda asra, so‘zingni ehtiyot bilan so‘zla. D) Odamlar siz bilan dardini yoki quvonchini o‘rtoqlashsa, diqqat bilan tinglang.
3. Gap uchun muhim belgi nima?
A) kesimlik B) eganing mavjudligi C) tugallanganlik D) ega va kesimlik
4. Ikki yoki undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo‘lgan butunlik…
A) uyushiq bo‘lakli gap deyiladi B) bog‘langan qo‘shma gap deyiladi C) qo‘shma gap deyiladi D) ergashgan qo‘shma gap deyiladi
5. Gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga ajratishda nima asos bo‘lib xizmat qiladi?
A) kesimlik belgisining miqdori B) grammatik asoslarning miqdori C) ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirok etish yoki etmasligi D) bog‘lovchilarning ishtirok etish yoki etmasligi
6. Qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin. B) Tilingni o‘z ixtiyoringda asra, so‘zingni ehtiyot bilan so‘zla. C) G‘ayratlining yuragi qaynar, g‘ayratsizning yuragi o‘ynar. D) B va C

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling