Intensiv kurs
Bog‘langan qo‘shma gap haqida ma’lumot
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
Bog‘langan qo‘shma gap haqida ma’lumot
1. Bog‘langan qo‘shma gapni toping. A) Yurakda orzum qat-qat, ko‘nglim etadi parvoz. B) Shogirdlar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘ngil qafasi shuncha ravshanroq bo‘ladi. C) Shu onda chiroq o’chdi va birdagi o’q uzildi. D) Jahonda hammadan to‘g‘rilik a’lo, Egrilikdan ortiq yo‘qdir hech balo. 2. Faqat teng bog‘lovchilar berilgan qatorni toping. A) va, yo, -da B) ammo, hamda, chunki C) va, biroq, dam…, dam… D) ammo, yo…, yo, shuning uchun 3. Bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Guli yo‘q bo‘stondan yaproq yaxshi, foydasi yo‘q yo‘ldoshdan tayoq yaxshi. B) Shu mashina haydashni o‘rganib olsang juda soz bo‘lardi. C) Mana sen ketding-u, bo‘ldim xayolkash. D) Shogirdlar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘ngil qafasi shuncha ravshanroq bo‘ladi. 4. Qaysi qatordagi bog‘langan qo‘shma gap tarkibida yuklama ishtirok etmagan? A) Sarbon shundog‘ dedi-da, quchog‘ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi. B) Oyim gapiryapti-yu, mening ko‘zlarim Kimsan akamda. C) Vijdonli kishini ta’qib etish mumkin, ammo sharmanda qilish mumkin emas. D) Umrlar o‘tar-u, kitoblar yashar. 5. Qaysi gap tarkibida yuklama zidlov bog‘lovchisi vazifasini bajargan? A) Yo‘lchining o‘zi ichkariga kirdi-yu, ikki ko‘zi tashqarida qoldi. B) Mana, sen ketding-u, bo‘ldim xayolkash. C) Sarbon shundog‘ dedi-da, quchog‘ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi. D) Uzun bir yog‘och topdi-da, asta olmani o‘ziga tomon “hayday” boshladi. 6. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni ko‘rsating. A) teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari, -u, -yu, -da yuklamalari B) teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa, deb so‘zlari, -u, -yu, -da, -ki yuklamalari C) teng bog‘lovchilar, sabab bog‘lovchilari, bo‘lsa, esa so‘zlari, -u, -yu, -da yuklamalari D) teng bog‘lovchilar, nisbiy so‘zlar, bo‘lsa, esa so‘zlari, -u, -yu yuklamalari 7. Teng bog‘lovchi yordamida bog‘langan qo‘shma gapni ko‘rsating. A) Mana, sen ketding-u, bo‘ldim xayolkash. B) Yo‘q, faqat meni bilishmaydi, lekin boshqalarni, jumladan, seni ham, yaxshi bilishadi. C) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir. D) Uzun bir yog‘och topdi-da, asta olmani o‘ziga tomon “hayday” boshladi. 8. Bo‘lsa, esa so‘zlari qaysi turdagi qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi? A) bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap B) ergashgan qo‘shma gap C) bog‘langan qo‘shma gap D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap 9. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Asalxon e’tibor bilan tingladi-yu, javob berish o‘rniga indamay yo‘lida keta berdi. B) Paxta terish bilan bilan bandman-u, butun diqqatim Muatttarda. C) barcha javoblarda zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap berilgan D) Oyim gapiryapti-yu, mening ko‘zlarim Sardor akamda. 10. Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap hosil qilish mumkin bo‘lgan qolip berilgan? A) Ursang, o‘laman. B) Kitob, daftar C) Aynidi, yog‘a boshladi. D) Qaradiki, ish chatoq. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling