Intensiv kurs
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ergashgan qo‘shma gap haqida ma’lumot
Mustahkamlash
1. Biriktiruvchi bog‘lovchi orqali bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating. A) Nuri goh sevinib shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini titroq bosadi. B) Kechqurun otam keldi va unga butun voqeani aytib berdim. C) Bu sohaning ustasi o‘z so‘zini aytar, lekin biz o‘ylagan imorat, taxminan, shu shaklda bo‘ladi. D) Mashina to‘xtadi-da, undan bir kishi tushdi. 2. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Aql ko‘pga yetkazadi, hunar bo‘lsa insonni ko‘kka ko‘taradi. B) Nodon mol-dunyo yig‘adi, aqlli odam bo‘lsa boshqalarga yordam berib, bundan rohatlanadi. C) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf-u shonini saqlaydi. D) Mashinaning nuqsoni bo‘lsa, tuzatiladi yo yana yaxshirog‘i yasaladi. Ergashgan qo‘shma gap haqida ma’lumot 1. Berilgan gaplardan qaysi biri ergashgan qo‘shma gap sanaladi? A) O‘zingga do‘st tanla, chunki bir o‘zing baxtli bo‘lolmaysan. B) Badanning quvvati – ovqat, aqlning kaliti – hikmat. C) O‘z tilingni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi. D) Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida dong taratdi. 2. Ergashgan qo‘shma gapni toping. A) Bulbul gulzorni izlaydi, boyo‘g‘li esa doim xarobani ko‘zlaydi. B) Qo‘rqoq keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi. C) Badanning quvvati – ovqat, aqlning kaliti – hikmat. D) Aql ko‘pga yetkazadi, hunar bo‘lsa insonni ko‘kka ko‘taradi. 3. Qaysi bog‘lovchi vositalar orqali bog‘langan qo‘shma gaplar ergashgan qo‘shma gaplar hisoblanadi? A) ergashtiruvchi bog‘lovchilar, ko‘makchili qurilmalar, nisbiy so‘zlar B) ergashtiruvchi bog‘lovchilar C) ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki shunday bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar D) ergashtiruvchi bog‘lovchilar va nisbiy so‘zlar 4. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gap berilgan? A) Bulbul gulzorni izlaydi, boyo‘g‘li esa doim xarobani ko‘zlaydi. B) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog‘ing. C) Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomalada bo‘ling. D) Nuri goh sevinib shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini titroq bosadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling