Intensiv kurs


Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplar


Download 0.59 Mb.
bet58/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
1. Quyidagi bog‘lovchilardan qaysilari bosh gap tarkibida keladi?
A) chunki, shuning uchun B) shu tufayli, shuning uchun, C) negaki, shu sababli D) chunki, negaki
2. Ilm martabasi martabalarning zo‘ridir, .... yoshlikdan ilm olish payida bo‘l. Nuqtalar o‘rniga ergashtiruvchi bog‘lovchilardan mosini qo‘ying.
A) negaki B) toki C) basharti D) shu sababli
3. Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gap qismlari orasida qanday munosabat mavjud bo‘ladi?
A) maqsad B) sabab C) shart D) qiyoslash
4. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalardan qaysilari bosh gap tarkibida keladi?
A) sabab bog‘lovchilari B) shart bog‘lovchilari C) ko‘makchili qurilmalar D) nisbiy so‘zlar
5. Qaysi bog‘lovchilar orqali bog‘langanda ergash gap bosh gapdan oldin keladi?
A) sabab bog‘lovchilari B) ko‘makchili qurilmalar C) -ki yuklamasi D) maqsad bog‘lovchilari
6. Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam O‘tma g‘urur ostonasidan, Piyolani shuning-chun inson O‘par doim peshonasidan. Ushbu gap turini aniqlang.
A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gap C) bog‘langan qo‘shma gap D) ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gap
3-DARS. ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR (davomi). (40-61-betlar)
Reja:
1. Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar.

2. Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplar.


3. Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar.
4. Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar.
5. Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi.
6. Kesim ergash gapli qo‘shma gaplar.
7. Ega ergash gapli qo‘shma gaplar.
8. Hol ergash gapli qo‘shma gaplar.
9. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar.
10. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar.
11. Mustahkamlash.

Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
1. Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gapning kesimi qanday shaklda bo‘ladi?
A) III shaxs buyruq mayli shaklida B) II shaxs xabar mayli shaklida C) I shaxs xabar mayli shaklida D) II shaxs buyruq mayli shaklida
2. Ukalarim bezovta bo‘lmasin deb, To‘ng‘ich botir to‘qayning bir chekkasiga qochdi. Ushbu gapdagi deb so‘zi o‘rnida qaysi ko‘makchini qo‘llash mumkin?
A) sababli B) kabi C) uchun D) deb so‘zini boshqa so‘z bilan almashtirib bo‘lmaydi
3. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko‘pincha qaysi vosita orqali bog‘lanadi?
A) -ki yuklamasi orqali B) chunki, negaki bog‘lovchilari orqali C) toki bog‘lovchisi orqali D) deb so‘zi orqali
4. Qaysi vositalar orqali bog‘langanda ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadi yoki sababini bildiradi?
A) ko‘makchili qurilmalar yordamida B) chunki, negaki bog‘lovchilari yordamida C) toki maqsad bog‘lovchisi yordamida D) deb so‘zi yordamida
5. Ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi deb so‘zining gapdagi joylashish o‘rnini aniqlang.
A) bosh gap oxirida keladi B) ergash gap boshida keladi C) bosh gap oldida keladi D) ergash gap oxirida keladi
6. Maqsad ma’nosi ifodalangan ergash gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda. B) Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo‘l hosil oldik. C) E’tiqod susaysa, til emas, imon ham unutilgay. D) Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bundog‘ to‘nlar berar!

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling