Intensiv kurs
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinish belgilarini qo‘llash qoidalarining asoslari
Talaffuz va ohang
1. Qanday gaplarda ohangning ahamiyati katta bo‘ladi? A) uyushiq bo‘lakli gaplarda B) umumlashtiruvchi bo‘lak qatnashgan gaplarda C) undalmali va ajratilgan bo‘lakli gaplarda D) A, B, C 2. To‘g‘ri yo‘lda uchta yengil mashina ketar edi. Ushbu gapning qaysi qismida vergul qo‘yilsa gap mazmuni o‘zgaradi? A) birinchi so‘zdan keyin B) ikkinchi so‘zdan keyin C) uchinchi so‘zdan keyin D) to‘rtinchi so‘zdan keyin 3. Qaysi gapda tinish belgilari noto‘g‘ri qo‘llangan? A) Ko‘z nurim – onam, oltin so‘zim – onam! B) Aqlning bosh o‘lchovi – idrokdir. C) Do‘stim she’rga rost, biroz no‘noq. D) Bolam, jon bolam! Meni yana tashlab ketasanmi? Tinish belgilarini qo‘llash qoidalarining asoslari 1. Hozirgi yozma adabiy tilda qancha tinish belgilari qo‘llanadi? A) 9 ta B) 10 ta C) 12 ta D) 11 ta 2. Tinish belgilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping. A) undov belgisi, uch nuqta, vergul B) qavs, qo‘shtirnoq, tire C) so‘roq belgisi, nuqtali vergul, chiziqcha D) nuqta, ko‘p nuqta, chiziqcha 3. Tinish belgilari qanday maqsadlarga ko‘ra qo‘llaniladi? A) gapning mazmuniga ko‘ra B) gapning ohangiga ko‘ra C) barchasi to‘g‘ri D) gapning grammatik qurilishiga ko‘ra 4. Ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun tugallangan bo‘lsa gap oxirida… A) nuqta yoki undov qo‘yiladi B) nuqta, undov, so‘roq belgisi, uch nuqta qo‘yiladi C) nuqta, undov yoki so‘roq belgisi qo‘yiladi D) nuqta qo‘yiladi 5. Gaplar orasidagi mazmun munosabatlari qo‘shma gaplarda qaysi tinish belgilari bilan ifodalanadi? 1) ikki nuqta; 2) tire; 3) nuqta; 4) vergul; 5) chiziqcha; 6) nuqtali vergul A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 6. Qanday birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi? A) kiritma gaplar B) ajratilgan bo‘laklar C) o‘zgalarning gapi D) barcha javoblar to‘g‘ri 7. Tugallanmagan yoki izohtalab tushunchalar qaysi tinish belgilari bilan ifodalanadi? A) tire yoki uch nuqta B) uch nuqta C) ko‘p nuqta yoki qavs D) ikki nuqta yoki ko‘p nuqta 8. Qaysi qatordagi tinish belgilari gapning grammatik qurilishiga ko‘ra qo‘llangan? A) Yo‘lchi, qancha aqchasi bo‘lsa ham, berishga tayyor edi. B) – O‘zimiz institut ochyapmiz, bilib qo‘y… C) Poezd keldi. D) “Ertaga sinovlar boshlanadi”, – dedi o‘qituvchimiz. 9. Fikr, maqsadning og‘zaki nutqdagi ifodasi nima? A) talaffuz B) ohang C) fonema D) so‘z 10. Tinish belgilarining o‘ziga xos ohangi qaysi qatorda noto‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) ko‘p nuqta va nuqta tugallangan ohang bilan talaffuz qilinadi B) qo‘shtirnoq, qavs kichik to‘xtalish bilan talaffuz qilinadi C) vergul, nuqtali vergul ajratilgan ohang bilan talaffuz qilinadi D) ikki nuqta, tire – izoh ohangi bilan talaffuz qilinadi 11. Qush mag‘rur – qanoti bo‘lgani uchun, Tog‘ mag‘rur – savlati bo‘lgani uchun. Ushbu jumladagi tirening qo‘yilish sababini aniqlang? A) bog‘lovchisiz qo‘shma gap bo‘lganligi uchun B) ohang talabi bilan qo‘yilgan C) sabab holi kesimdan keyin kelganligi uchun D) gap ega va ot kesimdan tashkil topganligi uchun 12. Ega mantiqiy urg‘u olgan gap berilgan qatorni toping. A) Vatanimiz – kelgusida buyuk davlat bo‘ladi. B) Maqsadimiz – o‘qimoq. C) Bilim olish – yuksalish. D) Olma ham meva. 13. Vatanimiz – kelgusida buyuk davlat bo‘ladi. Ushbu gapdagi tirening qo‘yilish sababini aniqlang. A) ega egalik qo‘shimchasini olganligi uchun B) gapning kesimi ot kesim bo‘lganligi uchun C) ega mantiqiy urg‘u olganligi uchun D) tire noto‘g‘ri qo‘yilgan Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling