Interer o’simliklar fani Reja: Fanga kirish, fan xaqida tushuncha


Download 0.99 Mb.
Sana15.09.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1678566
Bog'liq
1-Mavzi Interer o\'simlilar

Interer o’simliklar fani

Reja:

1.Fanga kirish, fan xaqida tushuncha

2. Interer o’simliklar faning ahamiyati

3.Fanning maqsad va vazifalari

Ma’ruza: 24 soat

Amaliy: 24 soat

Mustaqil ta’lim: 72 soat

Kredit miqdori: 4

Fan xaqida tushuncha. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini mustahkamlab, dadil qadamlar bilan rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda barcha rivojlangan davlatlar qatori O‘zbekistonda ham asosiy e’tibor fan-texnikaning barcha sohalarining rivojlanishiga qaratilmoqda. Lekin shunday bo‘lsada texnik estetika hisoblangan dizaynga bo‘lgan e’tibor hali yetarli darajada emas. Chunki ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini qamrab olgan dizayn faqat industrial rivojlangan, ya’ni sanoat ishlab chiqarishi gurkirab rivojlangan davlatlardagina e’tiborga molik holda taraqqiy etmoqda.

Dizayn so‘zi allaqachonlar har birimizning so‘z boyligimizdan keng o‘rin egallagan bo‘lsa-da, bu to‘g‘rida tushuncha va bilimlarimiz yetarli emas. Dizayn deganda bevosita ko‘z o‘ngimizda xohlagan bir buyumning, predmet yoki narsaning tashqi ko‘rinishi gavdalanishi mumkin, lekin aslini olganda dizayn-bu bor bo‘lgan predmet, narsa yoki buyumning yangidan hosil kilingan va aynan biz yashayotgan zamonga moslashtirilgan, eng asosiysi, juda qulaylashtirilgan shaklidir. Hozirgi vaqtda hattoki insonlar o‘zlari yuradigan yo‘llarni va yo‘lakchalarni, transport vositalarini, uy-ro‘zg‘or buyumlarini va, umuman, inson hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni qulaylashtirib yashashga o‘rgana boshladilar. Bu albatta insoniyat ongining yuksak darajada rivojlanib borayotganligidan dalolatdir.

Intererlar tug‘risida tushuncha. Insonning hayoti tabiat bilan chambarchas bog‘liq, shunday ekan, o‘simliklar hayoti bilan ham bog‘liqdir. Turli halqlarda ularning jamoat va madaniy-tarixiy sharoitlariga qaramasdan o‘simliklarga munosbati, xulqining aks etilishi, turli davrlardagi va formatsiyalardagi an’analar, urf-odatlar o‘ziga yarasha ifoda etilgan.Shuning uchun ham m

ahalliy sharoitlarga qarab odamlar joylarda har xil turdagi yaproq va nina bargli daraxt va buta turlaridan foydalanib nafis ko‘rinishdagi bog‘lar va sayilgohlar yaratib kelishgan.

Turar joylarni o‘simliklar bilan bezatish an’anasi,yil fasllarining keskin almashinadigan davlatlarda jonli tabiatning elementlarini yil bo‘yi uyda ushlab turishga erishilgan. Intererlarni shakllantirishda turlicha uylarda, binolarda hozirgi kunda insonning tabiiy ehtiyojidan kelib chiqib tabiatga yaqin bo‘lishi shaharalarning keng masshtabda urabanizatsiyalash munosabati bilan o‘simliklardan foydalaniladi. O‘simliklar tabiat bilan, go‘zallik shakli bilan aloqa qilish illyuzatsiyasini yaratadi, yoqimli hid taratishi va sokin yashil ranglar tusi, oliy nerv tizimiga foydali, yomon kayfiyatni ko‘tarishga yoki ruhiy zarba holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘simliklarning sanitar va gigienik funksiyasi (vazifasi) ayniqsa muhimdir. O‘simliklar changni yutib, ochiq osmondagiga qaraganda, ya’ni chang 20 marta ko‘p bo‘lgan joyda, xonani uglekislotadan havoni tozalashi isbotlangan, namlanishga va havoni ionlashuviga, uning haroratini me’yorda bo‘lishida sharoit yaratadi, lekin, ayniqsa – mikroorganizmlardagi ko‘pgina zararlalarni yo‘qotadi.

Xonadon va xona intereri deb bir-birini birlashtirib boglagan bitta oilaning yashashi uchun muljallangan bulakka aytiladi. Xonadon turar-joylarning asosiy tarkibiy kismi bulib xisoblanadi. Bu xonalarda oila a’zolari uzining asosiy vaktini utkazadi ya’ni ular bu yerda dam olishadi ishlashadi, uxlashadi, ovkatlanishadi va mexmon kutishadi. Uy tarxini yechishga uning kanday xajmli bulishiga karamasdan u yerda xamma xayot kechirish uchun kerak buladigan shart-sharoitlar yaratish zarur. Bular nimalar: xar bir oila a’zosini dam olishga va shaxsiy ishlarini bajarishga, uy xujaligini olib borishga, ovkat tayyorlash va ovkatlanishga, oila a’zolari bir-biri bilan va boshka odamlar bilan mulokatda bulishiga va gigienik tozalikni saklashga shart-sharoit yaratish kerak.

Turarjoy xonalarining soni va xajmi oila a’zolarining soniga yoshiga karab belgilanadi. Undan tashkari oila a’zolarining kasbi xam xisobga olinadi. Yordamchi xonalarning maydoni yashaydigan xonalarning soniga karab belgilanadi. Xonadonlar asosiy xujalik va yotok bulaklarga bulinadi Asosiy bulaklarga mexmon kutib oladigan va shu bilan birga oila a’zolarini bir yerga tuplanishi /yemakxona, mexmonxona, ish kabineti/ bu xonalarga tugridan-tugri daxliz orkali utiladi. Xujalik bulagiga /oshxona, obrazxona, kaznaxonalar/ ular asosiy bulak bilan yotok bulak urtasida joylashgan bulib u uzoqroqda joylashgani ma’qul.

Yaxshi sanitariya-gigiena sharoitini yaratish uchun xar bir oila a’zosi uchun yetarli mikdorda maydon bilan ta’minlaniladi /kamida 9 m.kv./ va xajmi /kamida 25 m. kub. Xonalar va yordamchi xonalar balandligi janub noxiyalarida 2,7 m kam bulmasligi kerak. Sanitariya gigiena sharoitini yaxshilash maksadida kelajakda turar joy normasi bitta odamga 12-15 m.kv.tashkil etishi kerak.

Turar joy xonalari yetarli yoruglikka ega bulishi kerak./kamida 1/8 yer maydonidan/ tugri orientatsiyaga va tabiiy shamollatishga moslashtirilgan bulishi kerak. Devorlarning kalinligi xonadonni kishda sovukdan yozda esa issikdan saklashi shu bilan birga kucha shovkini va changidan asrashi kerak. Bulardan tashkari ichki va tashkari devorlar tovush utkazmasligi xususiyatga ega bulishi kerak. Turar joy xonalar tarkibiga: mexmonxona, umumiy xona, ish xonasi, katta oila a’zolari uchun yotokxona va yosh bolalar uxlashi uynashi uchun xonalar kiradi. Yordamchi xonalarga: daxliz, oshxona, xojatxona, kul yuvadigan joy, yulkalar, kaznokxonalar, tokchalar, taxmonlar kiradi.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling