Interfaol metodlar tushunchasi


  Muammoli bayon etish, bunda pedagog mustaqil ravishda muammoli vaziyatni  vujudga keltiradi va uning mustaqil yechimini qidiradi, topadi.  2


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/46
Sana12.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1768170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
1.  Muammoli bayon etish, bunda pedagog mustaqil ravishda muammoli vaziyatni 
vujudga keltiradi va uning mustaqil yechimini qidiradi, topadi. 
2.  Pedagog mustaqil ravishda muammoni qo`yadi, ammo uning yechimini 
o`quvchilarni jalb qilgan holda hamkorlikda izlaydilar, topadilar, xulosalaydilar.
3.  Pedagog o`quv jarayonida o`quvchilar oldiga muammoni qo`yadi. O`quvchilar 
uni izlaydilar, axborot almashadilar, qayta ishlab, o`zlarining ishtiroklaridagina yechimni 
topadilar.
4.  Muammoli vaziyat o`quvchilarni o`zlari tomonidan vujudga keltiriladi. Uning 
yechimini boshqa o`quvchilar izlanish, yangicha fikrlash orqali topadilar, o`zaro yechim 
qidiradilar. O`qituvchi yo`llanma, maqullash orqali passiv ishtirok etdi.
Muammoli ta’lim sohasida qalam tebratgan M.I.Mahmudov, M.N.Skatskin, 
I.Ya.Larner kabi olimlarning xulosalariga ko`ra quyidagi metodlarni keltirish mumkin: 
 
I. Modellashtirish (trenirovka - mashq qilish) 
O’qitishning bu usuli o’z ichiga real hayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan 
moslama, asbob yoki vaziyatni o’z ichiga oladi. 
Qo’llanilishi: 
- turli vaziyatlarda kerak bo’ladigan ko’nikmalarni qo’llashda; 
- oddiy va murakkab mexanik va elektrik asboblar yasashda, operativ ko’nikmalar 
va qaror qabul qilishni amalga oshirishda; 
- xavfli va kechiktirib bo’lmaydigan vaziyatlarda boshqarish ko’nikmalarini 
mustahkamlashda; 
- ilgari o’rnatilgan prinsiplarni real hayotiy vaziyatlarda qo’llashda. 
Afzalligi: 
- o’quvchilar faolligi va jalb qilinishini mustahkamlaydi; 
- eslab qo’lishni kuchaytiradi. 
II. Namoyish qilish 
Demonstratsiya - "ko’rsataman, isbotlayman" degan ma’noni anglatadi. 
Bu o’qitish usulida o’qituvchi topshiriqni bajarib, o’quvchilarga bu topshiriqni 
qanday bajarish kerakligini ko’rsatadi. Bu o’qitish usulidan so’ng, o’quvchilarga 
topshiriqni bajarib ko’rish imkonini berish kerak. 
Qo’llanilishi: 
- topshiriqni qanday bajarishni ko’rsatish uchun; 
- muammolarni hal qilish va analitik mohirlikka o’rgatishda; 
- texnika xavfsizligini o’rgatishda; 
- texnik vositalar va asboblar bilan ishlashni o’rgatishda. 
Afzalligi: 
- o’quvchi o’z ko’zi bilan ko’radi; 
- tushunish va eslab qolishga yordam beradi
- qiziqishini oshiradi; 
- o’qitishning juda faol shakli ekanligi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling