Interfaol metodlardan foydalanish
Download 67.2 Kb.
|
Mustaqil ish Savodhonlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sarlavha (insho mavzusi)
Sarlavha (insho mavzusi)
Reja: 1. Rejaning birinchi bandi. 2. Rejaning ikkinchi bandi. 3. Rejaning uchinchi bandi. Rejadagi bandlarni 4, 5 yoki 6 tagacha ham tuzish mumkin. Reja bandlari raqamlanadi, raqamlardan keyin nuqta qoʻyiladi va jumla bosh harf bilan boshlanib, uning oxiriga tegishli tinish belgisi, odatda nuqta qoʻyiladi. Rejada soʻroq yoki undov gaplarni ishlatish amaliyotda deyarli uchramaydi. Sarlavha (insho mavzusi) Reja: I. Kirish. Insho yoʻnalishini ochib beruvchi band. II. Asosiy qism: 1. Asosiy qismning birinchi bandi. 2. Asosiy qismning ikkinchi bandi. 3. Asosiy qismning uchinchi bandi. 4. Asosiy qismning toʻrtinchi bandi. III. Xulosa. Insho mavzusini xulosalaydigan band. Murakkab koʻrinishdagi rejalar kirish, asosiy qism va xulosaga boʻlinadi. Oʻz navbatida, bu katta boʻlimlar oʻz ichiga mayda bandlarni oladi. Odatda kirish va xulosa qismi bittagina banddan iborat boʻladi. Asosiy qism ikki va undan ortiq qismdan tashkil topishi mumkin. Katta boʻlimlar rim raqamlari bilan, asosiy qismning bandlari esa arab raqamlari bilan belgilanadi. Asosiy qismning raqamlaridan soʻng qavs qoʻyib, jumlalar oxiriga nuqtali vergul qoʻyish, eng oxirgi bandda esa nuqta qoʻyish ham mumkin. Lekin bu koʻzga uncha yoqimli emas. Raqamdan keyin nuqta qoʻyish va har bir jumlani bosh harf bilan boshlash jumla aniq-tiniq ajralib-koʻrinib turishiga zamin yaratadi. Shu usulni tanlagan maʼqul. Hayotni qiyinlashtirishga ixlosmandlar murakkab rejalardagi bandlarni yana ichki bandchalarga boʻlishi mumkin. Menimcha, oʻta katta ehtiyoj boʻlmasa, bunday reja tuzmagan maʼqul. Sarlavha (insho mavzusi) Reja: I. Kirish. Insho yoʻnalishini ochib beruvchi band. II. Asosiy qism: 1. Asosiy qismning birinchi bandi. a) birinchi bandning birinchi kichik bandi; b) birinchi bandning ikkinchi kichik bandi. 2. Asosiy qismning ikkinchi bandi. a) ikkinchi bandning birinchi kichik bandi; b) ikkinchi bandning ikkinchi kichik bandi. 3. Asosiy qismning uchinchi bandi. a) uchinchi bandning birinchi kichik bandi; b) uchinchi bandning ikkinchi kichik bandi. III. Xulosa. Insho mavzusini xulosalaydigan band. Download 67.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling