International education research ilmiy-nazariy jurnali


Download 392.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana25.10.2023
Hajmi392.17 Kb.
#1721789
TuriСборник
1   2   3   4
Bog'liq
359-360

Key words: education, educational activity, universal education, knowledge, skills and 
competence, educational process, modern technology. 
 
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qarorlar ta’lim 
oluvchini har jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetkazishdek maqsadlarga xizmat qilmoqda. Dunyo 
bilan qadam-baqadam bo‘ylashayotgan mamlakatimizda ta’limning barcha bosqichlarida ona tili 
ta’limini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ta’lim oluvchilarning keng qamrovli fikr-
mulohaza yuritishlari, erkin muloqotga kirisha olishlari, o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalardan 
foydalanishga tayyorliklari hamda aniq hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishlari, faollik bilan birgalikda 
ijodkorlikning rivojlanib borishi, mustaqil fikrlash qobiliyatlarining kengayishi, o‘z-o‘zini baholashga 
bo‘lgan ehtiyojlarining shakllanishi zamonaviy texnologiyalar va o‘qitishning yangi modellariga 
bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan ona tili fanidan zamonaviy 
texnologiyalar va yangi o‘qitishning modellarini yaratishga asoslangan kelajak qurish uchun olib 
borishimiz kerak bo‘lgan ta’limdagi innovatsion siyosat hisoblanadi.
Barcha sohalarning rivojlanib borishi, shaxslararo munosabatlarning kengayishi, faoliyat 
shartlarining murakkablashishi, shaxsga ta'sir qilish vositalari va usullarining xilma-xilligi sharoitida 
zamonaviy ta’lim tizimining asosiy maqsadi ijodiy fikrlovchi, faol va maqsadli ravishda harakat 
qilishga qodir shaxsni tarbiyalashdir. Eng muhim asosiy vazifalaridan biri o‘rganish jarayonini, 
shaxsning qobiliyatini o‘stiradigan universal ta’lim faoliyatlarini rivojlantirishdir.
Barchamizga ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim o‘qitish tizimining asosiy poydevori bo‘lib, 
ta’limning keyingi bosqichlari bu davrning muvaffaqiyatiga bog‘liq, shuning uchun boshlang‘ich 
ta’limni modernizatsiya qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Ulardan biri bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim 
o‘qituvchilari universal ta’lim faoliyatlarini rivojlantirish samaradorligini oshirish, ularga mustaqil 
ta’lim olish, o‘quv maqsadlarini belgilash, ularni amalga oshirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish, o‘z 
yutuqlarini baholash va nazorat qilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyatlarini oshirishdir. 


XALQARO ONLAYN ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MATERILLARI TO‘PLAMI
360 
Ta'lim faoliyati ta'lim subyektlarining maqsadli harakat jarayoni bo‘lib, uning asosida shaxsni 
o‘qitish, rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari hal qilinadi. Ya'ni, ta'lim faoliyati ta'lim va tarbiya 
jarayonlarini amalga oshiradigan faoliyatdir.
Talabalar tomonidan universal ta’lim faoliyatlarini o‘zlashtirish turli fanlar kontekstida amalga 
oshiriladi va natijada yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil ravishda muvaffaqiyatli egallash 
qobiliyatini, shu jumladan, o‘quv jarayonini mustaqil tashkil etish qobiliyatini shakllantirish, ya’ni, 
o‘rganish qobiliyatiga olib keladi. Ayrim talabalar o‘z fikrlarini to‘g‘ri va aniq shakllantirishda, 
shuningdek, muammoli vaziyatlardan tegishli xulosalar chiqarishda qiyinchiliklarga duch keladilar, 
natijada o‘z tajribalarini yangi yoki nostandart vaziyatlarda qo‘llay olmaydilar. Hatto ona tilida javob 
berishda, izchil fikr yuritishda yoki muammoni batafsil muhokama qilishda bu yaqqol ko‘zga tashlanib 
qoladi.
Ma’lumki, ta’lim oluvchi o‘z tafakkurini rivojlantirmay turib, og‘zaki va yozma nutq 
ko‘nikmalarini talab darajasida egallay olmaydi. Tafakkur esa, tahlil qilish, taqqoslash, 
umumlashtirish, guruhlash kabilarda namoyon bo‘ladi. Ona tili darslarida ta’lim oluvchilarning 
imkoniyati inobatga olinsagina, ta’lim jarayoni samarali kechadi. Berilayotgan topshiriqlar ta’lim 
oluvchi layoqatiga mos bo‘lsa, samarali bo‘lishi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi har bir talabaning 
shaxsiy qobiliyatini aniq bilishi va buni e’tiborga olishi lozim. Shaxsiy universal ta'lim harakatlari 
kichik o‘quvchining qadriyat yo‘nalishlari tizimini, uning atrofidagi dunyoning turli tomonlariga 
munosabatini aks ettiradi.
Shaxsiy universal ta'lim faoliyatini shakllantirish uchun quyidagi turdagi vazifalardan 
foydalanish mumkin:
− loyihalarda ishtirok etish; 
− ijodiy vazifalar;
musiqani vizual, vosita, og‘zaki idrok etish; 
− rasm, vaziyat, videofilmni aqliy takrorlash;
− hodisaga, o‘z-o‘zini baholash; 
− yutuqlar kundaliklari; 
− tadqiqot faoliyati. 
Ona tilini o‘qitishda talabalarning universal ta’lim faoliyatlarini rivojlantirishda innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish davr talabi hisoblanadi. Negaki, innovatsion texnologiyalardan 
foydalanishning bosh maqsadi o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni 
ta’minlashdan iborat. Bunda o‘qituvchi darsga mos pedagogik texnologiyani to‘g‘ri tanlay olishi, uni 
qo‘llashi juda muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning 
faoliyatlarini takomillashtirish va o‘quv jarayonini rivojlantirishning eng asosiy shartlaridan biri 
o‘qituvchilarning pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etishi bilan bog‘liq. Xususan, ona tilini 
o‘qitishda bilimlarning qay darajada o‘zlashtirilganini aniqlashda didaktik o‘quv materiallari, o‘z-
o‘zini nazorat qilish qobiliyatlarini takomillashtirishga qaratilgan ijodiy topshiriqlardan o‘rinli 
foydalanishga e’tibor qaratish zarur. Chunki o‘quv materiallarining tabiiy, jonli va qiziqarli namoyish 
etilishi, ta’lim oluvchilar tomonidan qayta ishlanishi ularning bilim olishi uchun qulaylik tug‘diradi, 
ayni vaqtda, o‘zlashtirilgan bilimlarni uzoq muddat xotirada saqlab qolish, ijodiy fikrlash ko‘nikma va 
malakalarini tarkib toptirish, bilimlarni amaliyotda qo‘llashlariga imkoniyat yaratadi. Bularni esa, oliy 
ta’limdan boshlab bo‘lajak fan o‘qituvchilariga o‘rgatib borish zarur. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Mingboyev U.X. O‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini 
takomillashtirish. Ped. fan. falsafa doktori (PhD). – Toshkent: 2019. 
2. Saidahmedov N. Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarni qo‘llash namunalari. 
Monografiya. – Toshkent: RTM, 2000.
3. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati // Xalq ta’limi, 1999. – № 1. 
4. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X. va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: 
Noshir, 2009. 

Download 392.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling