International journal of word art
СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
Download 363.76 Kb. Pdf ko'rish
|
3279-Текст статьи-6650-1-10-20211031
СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
№1 | 2020 101 Otaning so`ngi so`zlaridan Sarkor nihoyatda xursand bo`ldi. Axir besh-olti oydan beri uyqusida halovat yo`q.( Osiy banda). Mirzo Ulug`bek ahvolidan xabar topgach, Ali ancha xotirjam tortdi…(Ulug`bek xazinasi). Qalbini yorug` nur chulg`ab olgan Malikul sharob, mayni bir sipqorishda bo`shatib, kosani qo`yarkan: - Ooo! –bu hayot qanchalar lazzatli!- dedi va yana chol bilan bo`lgan voqeani eslab quvondi… ( Ko`hna dunyo) Qalbida ilk muhabbat g`unchalari paydo bo`lgan Haydar onasining gaplaridan sevindi. Ko`z oldiga Latofatning nur bilan yug`rilgan tiniq yuzi keldi-yu, chuqur xo`rsindi. U ich-ichidan shodlanardi. (Diyonat). Ziyodaxonning noz-ishvasi Sarkorni befarq qoldirmasdi. U qizning yoqimli suhbatidan doim rohatlanardi… (Osiy banda) va hokazo. Odil Yoqubov romanlaridan olingan matnlarni kuzatar ekanmiz, unda qahramonlarning ruhiyatini ifodalashda bir qator salbiy munosabat ifodalovchi fe`llarni ko`rishimiz ham mumkin. Bunday salbiy munosabat ifodalovchi ruhiy holat fe’llariga: xafalanmoq, xafalashmoq, jahllanmoq, g‘azablanmoq, yuragi og‘rimoq, ma’yuslanmoq, kibrlanmoq, qo‘rqmoq, xunobi chiqmoq, kayfi uchmoq, bag‘ri kabob bo‘lmoq, ko‘ngli xijil bo‘lmoq, xit bo‘lmoq, ishqori ozmoq, ichi achimoq, jigari suv bo‘lmoq, zardob yutmoq, zardasi tutmoq, zil-zambil bo‘lmoq, ichdan zil ketmoq, yuragi zirillamoq, bepichoq so‘ymoq, xo‘rsinmoq, siqilmoq, yuragi zirqillamoq, ko‘ngli cho‘kmoq, umidsizlanmoq, mulzam bo‘lmoq, xomushlanmoq, uyatli bo‘lmoq va boshqalar kiradi. Masalan: Latofat yosh to`la ko`zlari bilan Haydarga mo`ltirab qaradi, so`ng yuzini uning ko`ksiga yashirib, o`ksib-o`ksib yig`lab yubordi.(Diyonat). Otaqo`zi hovlida to`xtamay, to`g`ri uyga kirdi. Uning ketidan kirgan Haydar dadasining vajohatini ko`rib qo`rqib ketdi: rangi oppoq oqarib, sochlari to`zg`ib ketgan Otaqo`zi shishani derazadan zimiston boqqa qarab otdi. Haydarning vujudidan ilonday sovuq bir vahima o`rmalab o`tdi.( Diyonat). … Ibn Sino go`yo bu mudhish voqea o`ttiz yil muqaddam emas, hozir ro`y berganday, yuragi Download 363.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling