International journal of word art
Key words: language, thought, relationship between thew, language of literal works as on of the forms of creative thought
Download 363.76 Kb. Pdf ko'rish
|
3279-Текст статьи-6650-1-10-20211031
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY QISM
Key words: language, thought, relationship between thew, language of literal works as on of
the forms of creative thought. KIRISH: Badiiy matnni lingvopoetik jihatdan tadqiq etgan M. Yo`ldoshev o`z ilmiy ishida shunday deydi: “Tilni faqat va faqat kishilar o`rtasidagi aloqa vositasi sifati talqin etish insonning tabiiy tilini, bu murakkab va muhtasham hodisani, eng kami, jo`nlashtirishdan, aniq bir milliy qiyofa yoki milliy-ruhiy zamindan mosuvo bo`lgan sun`iy tilga (masalan, Esperanto kabi) tenglashtirishdan, yo`l harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli “tilga” baravarlashtirishdan boshqa narsa emas. Xolbuki, odamlar til vositasida tuyg`u va kechinmalari, hayrat va hayronliklari, qalbdagi huzurlari kabi xilma-xil sezgilarni ham ifodalaydilarki, bular hamisha ham sof kommunikativ maqsadlarni ko`zda tutmaydi. [1:164]. Zamonaviy o`zbek tili ekspressiv bo`yoqdor so`zlarga boyligi bilan hamda fikrni berishda jimjimadorlikka yo`naltirilganligi bilan ajralib turadi. Ekspressivlik va jimjimadorlik bor joyda uni ifodalovchi shaxs ruhiy holati o`z-o`zidan aks etadi. O`z asarlarida mana shunday ekspressiv bo`yoqdor va jimjimador so`zlarni o`z o`rnida qo`llay bilgan hamda davr, mafkura, insonlar taqdiriga qanchalar kuchli ta`sir ko`rsatishi mumkinligi, ulug` o`zgarishlarga sabab bo`lishini qilqalami bilan ishonarli aks ettirgan mahoratli yozuvchi Odil Yoqubovdir. Odil Yoqubov o`tkir qalami va tasvir mahorati bilan tarixiy shaxslarni badiiy haqqoniyati va salobati bilan gavdalantiradi, real shaxslarni o`ta ta`sirchan badiiy obrazga aylantiradi. Davr ruhini hamda qahramonlar ichki ruhiyatini tasvirlashda u fonetik, leksik vositalar bilan bir qatorda morfologik vositalardan shunday unumli foydalanadiki, asarlarini o`qigan kitobxon qahramonlar bilan kuladi, qahramonlar bilan yig`laydi. ASOSIY QISM: Inson ichki ruhiyatini aks ettirishda ruhiy holat ifodalovchi fe`llar o`ziga xos o`rin tutadi [2; 34]. G.Kushkarova nemis tilidagi tovushga taqlid asosida yuzaga kelgan ruhiy holatni aks ettiruvchi fe`llarning quyidagi turlarini farqlaydi. 1)nutqiy muloqot jarayonida so`zlovchining ruhiy holatini beruvchi fe`llar; 2) emotsiyalarning tovushdagi ifodalanishi asosidagi fe`llar [3; 59]. Bu kabi fe`llarni o`zbek tilida, jumladan O. Yoqubov romanlarida ham uchratish mumkin. Masalan, “Tilla” so`zini eshitgan chol ijirg`anib gapirdi va yuzini burishtirdi... Mirza Abdullatif ijirg`anib gapirdi. (Odil Yoqubov “Ulug`bek xazinasi “85-bet). Bu matnlardagi ijirg`anib fe`li so`zlovchining nutqiy muloqot vaqtidagi ruhiy holati haqida ma`lumot beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling