International journal of word art


СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART


Download 363.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana19.01.2023
Hajmi363.76 Kb.
#1101366
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3279-Текст статьи-6650-1-10-20211031

СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
№1 | 2020
101 
Otaning so`ngi so`zlaridan Sarkor nihoyatda xursand bo`ldi. Axir besh-olti oydan beri 
uyqusida halovat yo`q.( Osiy banda).
Mirzo Ulug`bek ahvolidan xabar topgach, Ali ancha xotirjam tortdi…(Ulug`bek xazinasi). 
Qalbini yorug` nur chulg`ab olgan Malikul sharob, mayni bir sipqorishda bo`shatib, kosani 
qo`yarkan: 
- Ooo! –bu hayot qanchalar lazzatli!- dedi va yana chol bilan bo`lgan voqeani eslab quvondi… 
( Ko`hna dunyo)
Qalbida ilk muhabbat g`unchalari paydo bo`lgan Haydar onasining gaplaridan sevindi. Ko`z 
oldiga Latofatning nur bilan yug`rilgan tiniq yuzi keldi-yu, chuqur xo`rsindi. U ich-ichidan 
shodlanardi. (Diyonat). 
Ziyodaxonning noz-ishvasi Sarkorni befarq qoldirmasdi. U qizning yoqimli suhbatidan doim 
rohatlanardi… (Osiy banda) va hokazo.
Odil Yoqubov romanlaridan olingan matnlarni kuzatar ekanmiz, unda qahramonlarning 
ruhiyatini ifodalashda bir qator salbiy munosabat ifodalovchi fe`llarni ko`rishimiz ham mumkin. 
Bunday salbiy munosabat ifodalovchi ruhiy holat fe’llariga: xafalanmoq, xafalashmoq, jahllanmoq, 
g‘azablanmoq, yuragi og‘rimoq, ma’yuslanmoq, kibrlanmoq, qo‘rqmoq, xunobi chiqmoq, kayfi 
uchmoq, bag‘ri kabob bo‘lmoq, ko‘ngli xijil bo‘lmoq, xit bo‘lmoq, ishqori ozmoq, ichi achimoq, 
jigari suv bo‘lmoq, zardob yutmoq, zardasi tutmoq, zil-zambil bo‘lmoq, ichdan zil ketmoq, yuragi 
zirillamoq, bepichoq so‘ymoq, xo‘rsinmoq, siqilmoq, yuragi zirqillamoq, ko‘ngli cho‘kmoq, 
umidsizlanmoq, mulzam bo‘lmoq, xomushlanmoq, uyatli bo‘lmoq va boshqalar kiradi. Masalan:
Latofat yosh to`la ko`zlari bilan Haydarga mo`ltirab qaradi, so`ng yuzini uning ko`ksiga 
yashirib, o`ksib-o`ksib yig`lab yubordi.(Diyonat). 
Otaqo`zi hovlida to`xtamay, to`g`ri uyga kirdi. Uning ketidan kirgan Haydar dadasining 
vajohatini ko`rib qo`rqib ketdi: rangi oppoq oqarib, sochlari to`zg`ib ketgan Otaqo`zi shishani 
derazadan zimiston boqqa qarab otdi. Haydarning vujudidan ilonday sovuq bir vahima o`rmalab 
o`tdi.( Diyonat). 
… Ibn Sino go`yo bu mudhish voqea o`ttiz yil muqaddam emas, hozir ro`y berganday, yuragi 

Download 363.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling