Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter


Telekommunikatsiyalar kanali


Download 0.95 Mb.
bet13/16
Sana09.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1760418
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
TTAT

Telekommunikatsiyalar kanali - texnik vositalar va tarqalish muhiti majmui boʻlib, u telekommunikatsiya signallarining oʻtish yoʻlini hosil qiladi. Bu yoʻl kanallar va ikkilamchi tarmoq liniyalari bilan ikkilamchi tarmoq stansiyalari hamda tugunlari yordamida ketma-ket ulangan.
Tarmoqning turiga koʻra, telekommunikatsiyalar kanalini, masalan, telefon, telegraf, maʻlumotlar uzatish kanali deb ataladi.
Telekommunikatsiyalar tarmogʻi – bu uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, maʻlumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni taʻminlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui.
Telekommunikatsiyaning yadrosini tashkil etuvchi – telefon tarmogʻi XX asrda interaktiv xizmatlarning asosiy ikki aloqa turini – telefon va telegraf xizmatlari orqali amalga oshirilardi.
Aloqa kanali - uzatuvchi moslamadan qabul qiluvchi moslamaga turli ma’lumotlar uzatishni ta’minlovchi texnik qurilmalar to’plami.
Aloqa trakti - ikki punkt orasida aloqa o’rnatishda ishlatiladigan aloqa vositalari (aloqa liniyasi, styalar, apparatlar va boshqalar). Axborotlarning maxsus uzatish kanallarini tuzish uchun mo’ljallangan chastotalar polosasi, axborotlarni uzatish tezligi va boshqalar bilan ifodalanadi.
Chastotalar polosasi bo’yicha birlamchi (60-180 kgs li), ikkilamchi (312-552 kgs li) guruh kanallari va boshqa traktiga; axborotlarni uzatish tezligi bo’yicha past 50-300 bit/s) o’rtacha (600 - 10.000 bit/s) va yuqori (48000 bit/s va undan yuqori) tezlikda uzatadigan aloqa traktiga bo’linadi.
Aloqa uzeli – 1) telegraf, telefon, pochta orqali yuboriladigan xabarlar oqimini birlashtirish va taqsimlash uchun xizmat qiladigan aloqa tarmog’ining tarkibiy qismi. Tarmoq aloqa uzeli elektr aloqa tarmoqlarining tuzilishiga muvofiq 3 xilga: telegraflar va shaharlararo telefon stansiyalari amalga oshiradigan asosiy aloqa uzeliga; katta sig’imli telegraf stansiyalari va shaharlararo ATS amalga oshiradigan viloyat aloqa uzeliga; kichik sig’imli telegraf stansiyalari va tuman ATSlari amalga oshiradigan tuman aloqa uzeliga bo’linadi.
Radioeshittirish uzeli tarmoq aloqa uzelining bir turi hisoblanadi; 2) aholiga, ishlab chiqarish korxonalariga, tashkilotlarga turli aloqa xizmati ko’rsatiladigan aloqa korxonasi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling